Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
#Vaqt

Vaqt - kutganingda sekin, qoʻrqqaningda tez oʻtadi... U tashvish paytingda choʻziladi, xursand boʻlganingda esa qisqa boʻladi...
Tilagimiz oʻtadigan vaqtingiz mazmunli va ezgu amallarga boy boʻlsin Qadrdon.
👍2
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
Kecha bir necha soatda "Ota-onamni yaxshi ko‘raman" nomli kitobimni o‘qib chiqdim. Bolalar uchun bo‘lgan ushbu kitob kattalarga ham ancha "dars beradi", ochig‘i. O‘zim ham kamchiliklarimni yana bir bor esladim. Kitobda ota-onaga qilinadigan yaxshiliklar tavsiya qilingan va shu mavzuda ibratli hikoyalar keltirilgan.

Rangli, rasmli kitob. Qayta nashrga tayyorlayapmiz. Ma’nosida o‘zgarish bo‘lmaydi. Dizaynda biroz o‘zgarish bo‘ladi, xolos.
Kitob - eng yaxshi hamsuhbat.📖

Kitob - mutolaasiga kirishish, o'qishga berilish, aqlni foydali ishlar bilan o'stirish band qilish saodat kalitidir.
Johiz, senga qayg'udan yiroq bo'lishing uchun kitob mutolaa qilishni tavsiya qilib, aytadi:
"Kitob - xolis hamsuhbat, aldamaydigan do'st, malol olmaydigan hamroh. Mol-dunyoying uni qiziqtirmaydigan, ichingdagi narsani xushomadgo'ylik bilan chiqarib olmaydigan, makr bilan muomala qilmaydigan, munofiqlarcha aldamaydigan, yolg'on so'zlab hiyla qilmaydigan do'stdir...
👏2
Boyning namozdan keyingi eng muhim ibodati sadaqa qilish, olimniki haqni gapirish, otaniki halol yo‘l bilan oilasini boqish, yosh qizniki (muslima) iffatini saqlash, onaniki esa farzand tarbiya qilish...


«Islom degan qizlar» kitobidan.

@Al_AddL
👍2
Forwarded from Elektron Kitoblar
Ulamolar nazdida vaqtning qadri [@kitoblar_pdf].PDF
6.7 MB
"Ulamolar nazdida vaqtning qadri".
Abu Fattoh Abu G'udda.

📍 Inson o'z vaqtini boshqara olmas ekan uning hayoti hech qachon tartibli bo'lmaydi. Vaqtingizni qadriga yetishishingiz uchun eng yaxshi kitob.

🤍 Doʻstlaringizga ham ulashing.

📌 @pdf_book_uz | #tavsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Haqiqiy erkak—ortiqcha soʻz gapirmay, munosabatlardagi muammolarni hal qiladi, atrofdagilarning ortiqcha eslatmalariga ehtiyoj sezmaydi, ayolining nomusini oʻziniki kabi himoya qiladi, oilasiga mehr berish u uchun—zaiflik hisoblanmaydi, hayotida sodir boʻlayotgan har narsani ipidan ignasigacha aytib oʻtiravermaydi.
Erkak indamay, sukutda ishini besh qiladi.
Haqiqiy erkakning yonida ayolning «endi nima boʻladi, qanday boʻladi» deb boshi qotmaydi.

Haqiqiy oqila ayolga ham, ortiqcha gapirishning, unga nasihat qilishning hojati yoʻq, chunki undagi tarbiya va axloq hamma jabhada oʻz vazifasini bajaradi.
Oqila ayol eridan behojat joylarda ham, oʻzini hokisor tutadi, erining va oʻzining yuzini himoya qiladi.
Oqila ayol hech qachon erini tarbiya qilishni, uni oʻzgartirishni maqsad qilmaydi.
Uning eri–uning jannat kaliti ekanini yaxshi biladi.
Oqila ayol bilan hayot kechiradigan erkakda
“sharmanda boʻlish” qoʻrquvi boʻlmaydi.
Oqila ayoldan erkakning koʻngli har doim toʻq boʻladi.

Erkak va ayol bir birini tuldiradi!
👍2
#Do'st

Do'stlik - yaxshi do'st dunyodagi eng katta sovg'a. Do'stlaringiz bilan bo'lishga vaqt toping....
Bu "do'stlik" Extiyojining joyini xech narsa bosolmaydi. Do'stlar - bular ajoyib insonlar, ular sizni taniydilar, siz to'g'ringizda xamma narsadan xabardor va baribir sizni sevuvchi insonlardir.


Xayot yaxshi insonlarga kulib boqadi.
👍1😁1
#hayrli_tong                                                               

Bu hayot siznikidir, uni oʻzingiz istaganingizdek imkon qadar baxtga yoʻgʻrilgan xolda yashashga intiling. Yaxshilik qiling va yaxshilar qurshovida boʻling!

Yana bir yangi boshlangan kuningiz hayrli boʻlsin Qadrdon. Assalomu alaykum!

Juma tongingiz muborak boʻlsin azizlar..!
👍2🔥1
O‘qimoq kerak, bilmoq kerak, amal qilmoq kerak. Chunki inson eng ko‘p bilmaganining dushmanidir!


Kel, yaxshiroq fikrlash haqida fikir yuritaylik.......,

Kelajakda ortga qarab afsuslanmaslik uchun ayni paytda bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerak.

Balkim shunda qachondir o'tmishga qarab siqilishnimas, o'zimizdan faxrlanishni boshlarmiz :)

@Al_AddL
👏3
Qachonki, biz omma (ko'pchilik) oldida gapirishimiz kerak bo'lsa va bizni gaplarimiz audio tasmaga yozib olinishini bilsak, juda mas'uliyat bilan, so'zlarni terib-terib keraklisini gapirishga harakat qilamiz.

Holbuki, bu gaplarimizni eshitayotgan insonlar unutishi, audio tasma ham bir kun buzilib qolishi mumkin.

Biroq, Allohning farishtalari tomonidan hamma so'zlarimiz hattoki, hech kim yo'q joylarda, pichirlab aytgan gaplarimiz ham yozib olinayotganligini va bir kun kelib bu so'zlarimiz uchun hisob berishimiz kerak bo'lishini unutgandaymiz...

akmal
👍4
ACHCHIQ HAQIQAT
  
Gʻarb madaniyati ko‘pxotinlikka qarshi, ammo yuzlab zinoga ruxsat beradi. Ko‘pxotinlikni jazolaydi. Ammo bachchavozlikni himoya qiladi. Ular islom diyorlarini kuzatib turishadi. Agar bu diyorlardan biror kishi Muhammad sallollohu alayhi va sallamga ta’na qilib qolsa, u kishini masxara qilib qolsa uni qo‘llab unga bag‘irlarini ochishadi.
   Bugun ozgina bilimi bor odamga ateizm tanilish va mashhurlikka yetib bordigan eng qisqa yo‘l ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Buzuq inson bo‘lsangiz hech kim sizga indamaydi. Omondasiz, hamma sizdan rozi...
   Men yosh musulmonlardan bu kabi qabihliklardan uzoq bo‘lishlarini, qanchalar ko‘p to‘siq bo‘lmasin din va sharaflarini mahkam tutishlarini so‘ragan bo‘lar edim.
   Ateizm fikriy jihatdan jirkanchlik va pastkashlikdir. Xulqiy jihatdan esa buzuqlikdir. Garchi ularning buguni rohat bo‘lsada, ertaga ularni azob, la’nat va g‘azab kutib turibdi!

Muhammad Gʻazzoliy rohimahullohning "Achchiq haqiqat" kitobidan.

@Al_AddL
🔥3
#Kitobdan

Umr yo'ldosh tanlash degani farzandlarga ota yoki ona tanlash degani hamdir! Avvalo ota yoki ona bo'lishga haqlimanmi? degan savolga javob topib so'ng yor tanlash kerak!

Men bunchalik emas edimku?! Unutmang Yaxshilik o'n barobar, yomonlik uch barobar qaytadi...

Otasiz o'sayotgan farzandlar bor ular otalari vafot etgan yoki ota onasi ajrashgan bolalar emas, e'tiborsiz qolgan bolalardir!

Gohida yeyilgan taom ham isrof bo'ladi...

"Bolani tinchit, keyin ovqatlanaman?" deyish katta xatodir! Bola tinchitilaversa to'g'ri ovqatlanishni qachon va kimdan o'rganadi?

"Yaxshi otalar kitobi"

@Al_AddL
🔥3
O'z yillarimni qotili oʻzim
Gunohga boshlar, xar aytgan so'zim.
Uyalmay xam qoldi, xatoki ko'zim
Raqib bolib qoldim, o'zimga oʻzim...

@Al_AddL
🔥3
Yakka Sada kitobxonlari
O'z yillarimni qotili oʻzim Gunohga boshlar, xar aytgan so'zim. Uyalmay xam qoldi, xatoki ko'zim Raqib bolib qoldim, o'zimga oʻzim... √@Al_AddL
Xoh erkak bo‘lsin, xoh ayol, odam iffati bilan maftun qiladi. Chunki iffatda pokizalik bor, saqlanish bor.

Odam fitrati bilan poklikni, toza narsani yaxshi ko‘radi.

Yuzga surtilgan bo‘yoqlar, badanning ochilgan joylari va har xil shahvoniy ilmoqli gaplar nafsni faqat bir muddat aldashi mumkin. Bunday narsalarni ko‘rgan va iste’mol qilgan nafs endi bu bilan qoniqmaydi.

Shu sababli kim ko‘zini asrasa va o‘zini ham ko‘zlardan asrasa, ana o‘sha toifa haqiqiy orom va sakinat topadi. Eng shirin ne’matlar ham ularga nasib etadi.

@Al_AddL
👍3
#Vaqt

Asalomu aleykum!

Vaqt - kutganingda sekin, qoʻrqqaningda tez oʻtadi... U tashvish paytingda choʻziladi, xursand boʻlganingda esa qisqa boʻladi...
Tilagimiz oʻtadigan vaqtingiz mazmunli va ezgu amallarga boy boʻlsin Qadrdon.

Kuningiz yaxshi amallar bilan, barokatli o'tsin...

@Al_AddL
🕊3
​​#otalarga

Bajarilmagan va'da

Har bir bajarilmagan va'da sizning oiladagi o'rningizni bir pog'ona pastga tushirishini bilarmidingiz? Ayniqsa farzandingizga va'da berib, uni bajarmasangiz va bu holat bir necha marotaba sodir bo'ladigan bo'lsa, farzandingiz oldidagi obro'yingizga putur yetadi. U sizga ishonmay qo'yadi.

"Yakshanba kuni seni hayvonot bog'iga olib boraman, kelishdikmi?" Bola bir hafta Yakshanba kelishini kutib yashaydi. Ammo, otasining yakshanba kuni muhim ishi, o'rtoqlari bilan choyxonasi chiqib qoladi. Yoki shunday charchaganidan yakshanba kuni hech qayerga chiqish yoqmaydi.

Hurmatli otalar! Va'da berdingizmi, uni bajaring...

"Asl otalar kitobidan"
👍5
Asalomu aleykum!

Baxtli bo'lish uchun yaxshilik qilaylik. Yaxshilik qilishdan aslo charchamang..!

Arestotel aytadi; "Ideal inson yaxshilik qilishdan zavqlanadi.
Uziga yaxshilik qilinsa, xijolat chekadi."

Unitmaylik, baxt minnatdorchilk isxor etilishini kutadigan insonga emas, Raxmat eshitsa, noqilulay boladigan insonga qulib boqadi.

"Baxtli-Oila, Baxtli-Farzand kitobidan"

@Al_AddL
3
Yer ekin ekish uchun tozalangani kabi qalb ham ilm uchun tozalanadi.

Ilmning makoni qalbdir. Ma’lumki, ilm ezgulik va nurdir. Kishi ilmni puxta egallash uchun qalbini turli xil ma’naviy illatlar, jumladan kibr, hasad, gina, kudurat, g‘iybat va shu kabilardan tozalashi lozim. Ushbu kamchiliklar bor qalbga ilm yaxshi o‘rnashmaydi, tezda unutiladi yoki biron manfaat keltirmaydi. Shuning uchun ilm olishga kirishayotgan kishi birinchi navbatda qalbini tozalashi, so‘ngra yaxshi niyat bilan ilm tahsliga o‘tishi kerak.
Bola yoshligida xotirasi kuchli, qalbi toza va beg‘ubor bo‘ladi. Bunday paytda olingan ilm har taraflama pishiq va mustahkam bo‘ladi. Demak, ota-onalar bu borada mas’uliyatliroq bo‘lsalar, farzandlarining kamolga yetib, olim bo‘lib, dini va yurtiga foydasiga tegadigan chin inson bo‘lishida hissa qo‘shgan bo‘ladilar.


@Al_AddL
🔥3👍2
#Farzand tarbiyasidan avval...

Farzand tug'ilmasidan avval, uning tarbiyasi uchun lozim bo'lgan ishlar:

-Unga munosib Ota yoki Ona tanlash;

- Solix-Solixa zuriyot surab duo qilish:

- Xomila chog'idayoq unga e'tibori qilish;

- Tarbiya ilming o'rganish;

- O'zini islox qilib, guzal namuna tayyorgalik ko'rishdir.

@Al_AddL
3
#Asl_otalar_kitobi

​​Yaxshi ota bo‘lish shartlari

Ota bo‘lish oson, lekin yaxshi ota bo‘lish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Yaxshi ota bo‘lish uchun umrning har bir bosqichida yangi-yangi mas’uliyat va vazifalarga "labbay" deb javob berishingiz kerak bo‘ladi.

Yaxshi ota bo‘lish uchun tavsiya, maslahatlar ko‘p, lekin hayotda asqatadigan ayrimlarini sizga ilindik:

1. Asabiylashmang.
Chaqaloqligidan boshlab baqir-chaqir bilan bolaning asab tolalarini lat yedirib, keyin undan osudalik talab qilishdan foyda yo‘q.

2. Aldamang.

3. Urmang.

4. Har narsani man qilavermang.
Mashina yo‘liga chiqishi – haqiqatda man qilinishi shart bo‘lgan narsa. Qumda yangi kiyimda o‘ynashi esa shunchaki sizga noqulaylik keltiradi, xolos.

5. Yomon namuna bo‘lmang.
O‘zingiz xunuk so‘zlarni ishlata turib, bolangizga: "Xunuk gapirma!" deya olmaysiz. O‘zgarishni o‘zingizdan boshlang.

6. Aybingizni tan ola biling.

7. Bolani erka qilishdan qo‘rqmang.
Erkalik yangi o‘yinchoqlar bilan emas, sizning mehringiz bilan qoplansin.

8. Quchoqlang!

9. Sabrli bo‘ling.
Bolaga jahl qilishning eng asosiy sababi sabrsizlikdir. Bolaning qiliqlariga, ishiga, o‘qishiga, yurish-turishiga ozgina sabr qilsangiz, u ham sizni faqat xursand qiladi.


Jalolxon Umarov
"Asl otalar" kitobidan
3
#hayrli_kun

Hayot naqadar goʻzal.. umr esa juda qisqadir, kunlar kun sanamay oʻtib ketayotgandek goʻyo...
Bu qisqa umrimiz davomida chiroyli va shirin soʻzlarni faqat eshitishimiz emas, balki ularni kimlargadir aytishimiz kerakligini unutmang... Chunki, yonimizda chiroyli hamda shirin soʻzlarga arziydigan, qancha yaqinlarimiz bor...
Qalbingiz hamisha sokinlikda, xotirjamlikda, shukrda va tabassumda boʻlsin Qadrdon.

Assalomu alaykum!
👍2🔥2