Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Forwarded from Elektron Kitoblar
Imom G_azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi.pdf
595.2 KB
📓 "Ihyou ulumid-din. Ilm sirlari kitobi"
Imom G'azzoliy

" ilm izlagan inson bor ekan u uchun hattoki dengizdagi baliqlar ham tasbex aytarkan ". Ilm olishda eng yaxshi hamroh ushbu kitob degan qarorga keldim.

👉
@pdf_book_uz | #tavsiya
1👍1
Hech kimdan ustun emasligingizni tushunadigan darajada kamtar va boshqalardan farqli ekanligingizni tushunadigan darajada dono bo'ling.

Ibn Rushd
🔥1
O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.

©️Jaloliddin Rumiy
Kitob do'konlarning marketing bo'limida ishlovchi xodimlar ko'p kitob o'qigan bo'lishi kerak. Ular kitobni ommaga tanishtirib beruvchi kishilardir. O'zlarining saviyalariga ko'ra iqtibos tanlaydilar, kitobni ta'riflaydilar. O'quvchining saviyasi undan yuqori bo'lsa, mahsulot to'g'ri targ'ib qilinmagan bo'ladi.

Ular kitobni qanday og'riqlarga davo bo'lishi, qanday muammolarga yechim berishini ko'rsata olishi kerak. O'quvchilarga kitobni nima uchun xarid qilishi kerakligini ochib berishi kerak. Shunda sotuv bo'ladi.

Afsuski, bu yo'l bilan nomunosib kitoblar ham reklama qilib sotilyapti. Ya'ni yolg'on da'vo, shov-shuvlar, mashhurlarning kitob bilan suratlari orqali o'n minglab nusxada sotilgan kitoblar ham yo'q emas.

Shuning uchun kitobxonlar o'qigan/tinglagan kitoblari haqida ro'yirost fikr bildirib borishi kerak, menimcha. Shunday emasmi?

#Kitob
#hayrli_kun

Bu hayot siznikidir, uni oʻzingiz istaganingizdek imkon qadar baxtga yoʻgʻrilgan holda yashashga intiling. Yaxshilik qiling va yaxshilar qurshovida boʻling!
Yana bir yangi boshlangan kuningiz hayrli boʻlsin Qadrdon. Assalomu alaykum!
Ta'sirchanlik

Ikki do'st birga yurib borar ekanlar, biri ikkinchisiga:
- Bugun ham havo bulutli, deganida, do'sti:
- Sen menga o'rdak deding, debdi.
- Buning o'rdak bilan qanday aloqasi bo'lishi mumkin?
Bu savoldan ajablanib, ta'sirlangan do'sti shunday tushuntiribdi:
- Havo bulutli bo'lsa, yomg'ir yog'adi. Yomg'or ko'p yog'sa, yerda ko'lmak paydo bo'ladi. Ko'lda nima suzib yuradi? O'rdak!
- Sen menga o'rdak deding, debdi yana...

Bizni ta'sirlantirgan mavzuning sababi ba'zan o'zimiz bo'lamiz. Masalan, "Ro'mol o'raganim uchun u menga ters qaradi!" deymiz. Aslida agar o'zimiz qarshimizdagi insonga tabassum bilan boqsak va u bilan tabassum qilgan holda suhbatlashsak, balki qarshimizdagi inson bizga unday qaramas...?

Har bir mavzuni shaxsiylashtirib, undan atrofimizga baland uy qurar ekanmiz, ta'sirchanlik oqibati - o'zini yeb bitirish bilan tugaydi.

@Al_AddL
Insonlarga qarang!... Olamlar parvardigori ularni yaratib, barchasiga: "Albatta, bir kuni o'lasiz", deya eslatmoqda.

Biroq tinglaydigan odam yo'q!

Chunki odamlarga Allohning buyrug'idan ko'ra shifokorlarning gapi tezroq ta'sir qiladi, garchi ularning so'zlari xato bo'lsa ham!

Mabodo bir shifokor bemor kishiga: "yaqinda o'lasan" desa, u xasta odam o'sha zahoti salkam o'layozadi!

O'limning nima ekanligini ana o'shandagina anglaydilar, tushunib yetadilar!
(Ulimni eslash, Kitobdan...)

@Al_AddL
1
Ayol—oʻzining yengilligi va nafosati bilan porlashni biladigan nozik xilqat.
U oʻzining ifori bilan qalblarni va koʻzlarni quvnatishi uchun, unga doimiy gʻamxoʻrlik qilish kerak boʻlgan guldir.
Lekin ba’zida, hayotiy vaziyatlar unga salbiy ta’sir qilishi, undagi bor kuch va ishtiyoqni tortib olishi mumkin.
Bu dunyoning shovqinida oʻzini yoʻqotib qoʻymasdan, ichki hotirjamlikni saqlash muhim.
Buning uchun, ruhiy holatiga e’tiborli boʻlish, oʻzini va salomatligini asrashi lozim.
Salbiy holatdan chiqib, oʻzini qayta tiklashi uchun, dam olishga ehtiyoji boʻladi.
Bu masalada, uning jufti haloli, suyangan togʻi, unung hojasi yordamchi boʻlishi kerak.
Ruhan uni qoʻllab-quvvatlab, sevgi va muxabbatga koʻmishi, e’tiborini ayamasligi darkor.
Shunday vaziyatlar, oiladagi inqirozni yengib oʻtishda yetakchi kuch hisoblanadi.
Channel photo updated
Farzand tarbiyasi toki jon tanani tark etmaguncha to‘xtamaydigan jarayon bo‘lishi lozim.

Alloh taolo bu haqda shunday deydi: «Ya’qubga o‘lim kelgach, u o‘g‘illariga: «Mendan keyin nimaga ibodat qilasizlar?» deb aytgan» (Baqara surasi, 133-oyat).

Ya’qub alayhissalom garchi o‘lim to‘shagi, bemorlik holida bo‘lsalarda, farzandlar voyaga yetgan, katta yoshli kishilar bo‘lishsada va hatto ularning orasida payg‘ambar (Yusuf alayhissalom) bor ekaniga qaramasdan tarbiya va aqidani tushuntirib, uni mustahkamlashda bardavom bo‘lishlarida tarbiyaning ahamiyati naqadar ulug‘ ekani namoyon bo‘ladi.

Farzand tarbiyasi kitobidan...

@Al_AddL
#Vaqt

Vaqt - kutganingda sekin, qoʻrqqaningda tez oʻtadi... U tashvish paytingda choʻziladi, xursand boʻlganingda esa qisqa boʻladi...
Tilagimiz oʻtadigan vaqtingiz mazmunli va ezgu amallarga boy boʻlsin Qadrdon.
👍2
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
Kecha bir necha soatda "Ota-onamni yaxshi ko‘raman" nomli kitobimni o‘qib chiqdim. Bolalar uchun bo‘lgan ushbu kitob kattalarga ham ancha "dars beradi", ochig‘i. O‘zim ham kamchiliklarimni yana bir bor esladim. Kitobda ota-onaga qilinadigan yaxshiliklar tavsiya qilingan va shu mavzuda ibratli hikoyalar keltirilgan.

Rangli, rasmli kitob. Qayta nashrga tayyorlayapmiz. Ma’nosida o‘zgarish bo‘lmaydi. Dizaynda biroz o‘zgarish bo‘ladi, xolos.
Kitob - eng yaxshi hamsuhbat.📖

Kitob - mutolaasiga kirishish, o'qishga berilish, aqlni foydali ishlar bilan o'stirish band qilish saodat kalitidir.
Johiz, senga qayg'udan yiroq bo'lishing uchun kitob mutolaa qilishni tavsiya qilib, aytadi:
"Kitob - xolis hamsuhbat, aldamaydigan do'st, malol olmaydigan hamroh. Mol-dunyoying uni qiziqtirmaydigan, ichingdagi narsani xushomadgo'ylik bilan chiqarib olmaydigan, makr bilan muomala qilmaydigan, munofiqlarcha aldamaydigan, yolg'on so'zlab hiyla qilmaydigan do'stdir...
👏2
Boyning namozdan keyingi eng muhim ibodati sadaqa qilish, olimniki haqni gapirish, otaniki halol yo‘l bilan oilasini boqish, yosh qizniki (muslima) iffatini saqlash, onaniki esa farzand tarbiya qilish...


«Islom degan qizlar» kitobidan.

@Al_AddL
👍2
Forwarded from Elektron Kitoblar
Ulamolar nazdida vaqtning qadri [@kitoblar_pdf].PDF
6.7 MB
"Ulamolar nazdida vaqtning qadri".
Abu Fattoh Abu G'udda.

📍 Inson o'z vaqtini boshqara olmas ekan uning hayoti hech qachon tartibli bo'lmaydi. Vaqtingizni qadriga yetishishingiz uchun eng yaxshi kitob.

🤍 Doʻstlaringizga ham ulashing.

📌 @pdf_book_uz | #tavsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Haqiqiy erkak—ortiqcha soʻz gapirmay, munosabatlardagi muammolarni hal qiladi, atrofdagilarning ortiqcha eslatmalariga ehtiyoj sezmaydi, ayolining nomusini oʻziniki kabi himoya qiladi, oilasiga mehr berish u uchun—zaiflik hisoblanmaydi, hayotida sodir boʻlayotgan har narsani ipidan ignasigacha aytib oʻtiravermaydi.
Erkak indamay, sukutda ishini besh qiladi.
Haqiqiy erkakning yonida ayolning «endi nima boʻladi, qanday boʻladi» deb boshi qotmaydi.

Haqiqiy oqila ayolga ham, ortiqcha gapirishning, unga nasihat qilishning hojati yoʻq, chunki undagi tarbiya va axloq hamma jabhada oʻz vazifasini bajaradi.
Oqila ayol eridan behojat joylarda ham, oʻzini hokisor tutadi, erining va oʻzining yuzini himoya qiladi.
Oqila ayol hech qachon erini tarbiya qilishni, uni oʻzgartirishni maqsad qilmaydi.
Uning eri–uning jannat kaliti ekanini yaxshi biladi.
Oqila ayol bilan hayot kechiradigan erkakda
“sharmanda boʻlish” qoʻrquvi boʻlmaydi.
Oqila ayoldan erkakning koʻngli har doim toʻq boʻladi.

Erkak va ayol bir birini tuldiradi!
👍2
#Do'st

Do'stlik - yaxshi do'st dunyodagi eng katta sovg'a. Do'stlaringiz bilan bo'lishga vaqt toping....
Bu "do'stlik" Extiyojining joyini xech narsa bosolmaydi. Do'stlar - bular ajoyib insonlar, ular sizni taniydilar, siz to'g'ringizda xamma narsadan xabardor va baribir sizni sevuvchi insonlardir.


Xayot yaxshi insonlarga kulib boqadi.
👍1😁1
#hayrli_tong                                                               

Bu hayot siznikidir, uni oʻzingiz istaganingizdek imkon qadar baxtga yoʻgʻrilgan xolda yashashga intiling. Yaxshilik qiling va yaxshilar qurshovida boʻling!

Yana bir yangi boshlangan kuningiz hayrli boʻlsin Qadrdon. Assalomu alaykum!

Juma tongingiz muborak boʻlsin azizlar..!
👍2🔥1
O‘qimoq kerak, bilmoq kerak, amal qilmoq kerak. Chunki inson eng ko‘p bilmaganining dushmanidir!


Kel, yaxshiroq fikrlash haqida fikir yuritaylik.......,

Kelajakda ortga qarab afsuslanmaslik uchun ayni paytda bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerak.

Balkim shunda qachondir o'tmishga qarab siqilishnimas, o'zimizdan faxrlanishni boshlarmiz :)

@Al_AddL
👏3
Qachonki, biz omma (ko'pchilik) oldida gapirishimiz kerak bo'lsa va bizni gaplarimiz audio tasmaga yozib olinishini bilsak, juda mas'uliyat bilan, so'zlarni terib-terib keraklisini gapirishga harakat qilamiz.

Holbuki, bu gaplarimizni eshitayotgan insonlar unutishi, audio tasma ham bir kun buzilib qolishi mumkin.

Biroq, Allohning farishtalari tomonidan hamma so'zlarimiz hattoki, hech kim yo'q joylarda, pichirlab aytgan gaplarimiz ham yozib olinayotganligini va bir kun kelib bu so'zlarimiz uchun hisob berishimiz kerak bo'lishini unutgandaymiz...

akmal
👍4
ACHCHIQ HAQIQAT
  
Gʻarb madaniyati ko‘pxotinlikka qarshi, ammo yuzlab zinoga ruxsat beradi. Ko‘pxotinlikni jazolaydi. Ammo bachchavozlikni himoya qiladi. Ular islom diyorlarini kuzatib turishadi. Agar bu diyorlardan biror kishi Muhammad sallollohu alayhi va sallamga ta’na qilib qolsa, u kishini masxara qilib qolsa uni qo‘llab unga bag‘irlarini ochishadi.
   Bugun ozgina bilimi bor odamga ateizm tanilish va mashhurlikka yetib bordigan eng qisqa yo‘l ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Buzuq inson bo‘lsangiz hech kim sizga indamaydi. Omondasiz, hamma sizdan rozi...
   Men yosh musulmonlardan bu kabi qabihliklardan uzoq bo‘lishlarini, qanchalar ko‘p to‘siq bo‘lmasin din va sharaflarini mahkam tutishlarini so‘ragan bo‘lar edim.
   Ateizm fikriy jihatdan jirkanchlik va pastkashlikdir. Xulqiy jihatdan esa buzuqlikdir. Garchi ularning buguni rohat bo‘lsada, ertaga ularni azob, la’nat va g‘azab kutib turibdi!

Muhammad Gʻazzoliy rohimahullohning "Achchiq haqiqat" kitobidan.

@Al_AddL
🔥3