Yakka Sada kitobxonlari
71 subscribers
253 photos
50 videos
21 files
44 links
Kitobni satrlarni o‘qir ekansan ham tabassum qilasan, ham yig‘laysan.  Kitob o‘qing,
insoniylik tuyg‘usini his qiling...
«Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik»;anonim yozish kanalni adminga https://sprosi.link/al_addl
Download Telegram
Bola hatto gapira boshlamagan bo'lsa ham sog'inib qolasiz. Ko'zlarini, tabassumini, hatto yig'isini ham. Unga boricha mehr qo'ygansiz: ko'zlari yo so'zlari uchun emas.

Bolasini sog'ingani uchun uyqusidan uyg'otib oladigan onalar aql bilan emas, yurak bilan harakat qiladi...

Farzandini bog'chadan tezroq olib keltirmoqchi bo'lgan onani ham bunga sog'inch undaydi...

Eshikka ko'z tikib turgan ota balki maktabga ketgan bolasini sog'inib kutayotgandir...

Ota-ona mana shunday – o'n yillab bolasini sog'inib ulg'aytirar ekan-da, keyin u o'z oilasini qurib, ota-onani battar sog'inchga qo'yib ketadi...

Bu dunyoda ota-ona va bolalar sog'inchlar, hijronlarsiz yashay olamizmi?!


G'iyosiddinYusuf
OQ, OYDIN KECHALAR

Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi. Hovlimizda bir tup bodom bo’lardi. Erta bahorda qiyg‘os gullardi-yu, hech meva tugmasdi. Onam: «Bodom yolg’iz bo’lgani uchun meva qilmaydi», deb tushuntirardi. Shu bodom tagida supa bor edi. Kun botishi bilan onam hovliga koloblatib suv separ, kunbo’yi oftobda qizigan yer hidi supa oldidagi rayhonlar isiga qo‘shilib ajib bir tarovat taratar, atrof jimjit bo’lib qolar edi…

”Dunyoning Ishlari”
Jumaning xayri va barokati sizga bo'lsin!🌙

Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad.

@Al_AddL
Ey oʻgʻlim!
Ohiri jahannam boʻlgan rohatning nimasi rohat?!
Ohiri jannat boʻlgan mashaqqatning nimasi mashaqqat?!

Ilhom Abdurrohman

👉 @Al_AddL
Ali aytadilar:

Ey Odam farzandi! Boylik sababli xursand bo'lma. Kambag'allik sababli noumid bo'lma. Balolar sababli mahzun bo'lma. Farog'at sababli quvonma. Tillaga olov bilan ishlov berilganidek solih banda ham balolar bilan sinaladi.

"Risolatul mustarshidin"dan

@Al_AddL
🤓1
Forwarded from Elektron Kitoblar
Imom G_azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi.pdf
595.2 KB
📓 "Ihyou ulumid-din. Ilm sirlari kitobi"
Imom G'azzoliy

" ilm izlagan inson bor ekan u uchun hattoki dengizdagi baliqlar ham tasbex aytarkan ". Ilm olishda eng yaxshi hamroh ushbu kitob degan qarorga keldim.

👉
@pdf_book_uz | #tavsiya
1👍1
Hech kimdan ustun emasligingizni tushunadigan darajada kamtar va boshqalardan farqli ekanligingizni tushunadigan darajada dono bo'ling.

Ibn Rushd
🔥1
O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.

©️Jaloliddin Rumiy
Kitob do'konlarning marketing bo'limida ishlovchi xodimlar ko'p kitob o'qigan bo'lishi kerak. Ular kitobni ommaga tanishtirib beruvchi kishilardir. O'zlarining saviyalariga ko'ra iqtibos tanlaydilar, kitobni ta'riflaydilar. O'quvchining saviyasi undan yuqori bo'lsa, mahsulot to'g'ri targ'ib qilinmagan bo'ladi.

Ular kitobni qanday og'riqlarga davo bo'lishi, qanday muammolarga yechim berishini ko'rsata olishi kerak. O'quvchilarga kitobni nima uchun xarid qilishi kerakligini ochib berishi kerak. Shunda sotuv bo'ladi.

Afsuski, bu yo'l bilan nomunosib kitoblar ham reklama qilib sotilyapti. Ya'ni yolg'on da'vo, shov-shuvlar, mashhurlarning kitob bilan suratlari orqali o'n minglab nusxada sotilgan kitoblar ham yo'q emas.

Shuning uchun kitobxonlar o'qigan/tinglagan kitoblari haqida ro'yirost fikr bildirib borishi kerak, menimcha. Shunday emasmi?

#Kitob
#hayrli_kun

Bu hayot siznikidir, uni oʻzingiz istaganingizdek imkon qadar baxtga yoʻgʻrilgan holda yashashga intiling. Yaxshilik qiling va yaxshilar qurshovida boʻling!
Yana bir yangi boshlangan kuningiz hayrli boʻlsin Qadrdon. Assalomu alaykum!
Ta'sirchanlik

Ikki do'st birga yurib borar ekanlar, biri ikkinchisiga:
- Bugun ham havo bulutli, deganida, do'sti:
- Sen menga o'rdak deding, debdi.
- Buning o'rdak bilan qanday aloqasi bo'lishi mumkin?
Bu savoldan ajablanib, ta'sirlangan do'sti shunday tushuntiribdi:
- Havo bulutli bo'lsa, yomg'ir yog'adi. Yomg'or ko'p yog'sa, yerda ko'lmak paydo bo'ladi. Ko'lda nima suzib yuradi? O'rdak!
- Sen menga o'rdak deding, debdi yana...

Bizni ta'sirlantirgan mavzuning sababi ba'zan o'zimiz bo'lamiz. Masalan, "Ro'mol o'raganim uchun u menga ters qaradi!" deymiz. Aslida agar o'zimiz qarshimizdagi insonga tabassum bilan boqsak va u bilan tabassum qilgan holda suhbatlashsak, balki qarshimizdagi inson bizga unday qaramas...?

Har bir mavzuni shaxsiylashtirib, undan atrofimizga baland uy qurar ekanmiz, ta'sirchanlik oqibati - o'zini yeb bitirish bilan tugaydi.

@Al_AddL
Insonlarga qarang!... Olamlar parvardigori ularni yaratib, barchasiga: "Albatta, bir kuni o'lasiz", deya eslatmoqda.

Biroq tinglaydigan odam yo'q!

Chunki odamlarga Allohning buyrug'idan ko'ra shifokorlarning gapi tezroq ta'sir qiladi, garchi ularning so'zlari xato bo'lsa ham!

Mabodo bir shifokor bemor kishiga: "yaqinda o'lasan" desa, u xasta odam o'sha zahoti salkam o'layozadi!

O'limning nima ekanligini ana o'shandagina anglaydilar, tushunib yetadilar!
(Ulimni eslash, Kitobdan...)

@Al_AddL
1
Ayol—oʻzining yengilligi va nafosati bilan porlashni biladigan nozik xilqat.
U oʻzining ifori bilan qalblarni va koʻzlarni quvnatishi uchun, unga doimiy gʻamxoʻrlik qilish kerak boʻlgan guldir.
Lekin ba’zida, hayotiy vaziyatlar unga salbiy ta’sir qilishi, undagi bor kuch va ishtiyoqni tortib olishi mumkin.
Bu dunyoning shovqinida oʻzini yoʻqotib qoʻymasdan, ichki hotirjamlikni saqlash muhim.
Buning uchun, ruhiy holatiga e’tiborli boʻlish, oʻzini va salomatligini asrashi lozim.
Salbiy holatdan chiqib, oʻzini qayta tiklashi uchun, dam olishga ehtiyoji boʻladi.
Bu masalada, uning jufti haloli, suyangan togʻi, unung hojasi yordamchi boʻlishi kerak.
Ruhan uni qoʻllab-quvvatlab, sevgi va muxabbatga koʻmishi, e’tiborini ayamasligi darkor.
Shunday vaziyatlar, oiladagi inqirozni yengib oʻtishda yetakchi kuch hisoblanadi.
Channel photo updated
Farzand tarbiyasi toki jon tanani tark etmaguncha to‘xtamaydigan jarayon bo‘lishi lozim.

Alloh taolo bu haqda shunday deydi: «Ya’qubga o‘lim kelgach, u o‘g‘illariga: «Mendan keyin nimaga ibodat qilasizlar?» deb aytgan» (Baqara surasi, 133-oyat).

Ya’qub alayhissalom garchi o‘lim to‘shagi, bemorlik holida bo‘lsalarda, farzandlar voyaga yetgan, katta yoshli kishilar bo‘lishsada va hatto ularning orasida payg‘ambar (Yusuf alayhissalom) bor ekaniga qaramasdan tarbiya va aqidani tushuntirib, uni mustahkamlashda bardavom bo‘lishlarida tarbiyaning ahamiyati naqadar ulug‘ ekani namoyon bo‘ladi.

Farzand tarbiyasi kitobidan...

@Al_AddL
#Vaqt

Vaqt - kutganingda sekin, qoʻrqqaningda tez oʻtadi... U tashvish paytingda choʻziladi, xursand boʻlganingda esa qisqa boʻladi...
Tilagimiz oʻtadigan vaqtingiz mazmunli va ezgu amallarga boy boʻlsin Qadrdon.
👍2
Forwarded from G'iyosiddin Yusuf
Kecha bir necha soatda "Ota-onamni yaxshi ko‘raman" nomli kitobimni o‘qib chiqdim. Bolalar uchun bo‘lgan ushbu kitob kattalarga ham ancha "dars beradi", ochig‘i. O‘zim ham kamchiliklarimni yana bir bor esladim. Kitobda ota-onaga qilinadigan yaxshiliklar tavsiya qilingan va shu mavzuda ibratli hikoyalar keltirilgan.

Rangli, rasmli kitob. Qayta nashrga tayyorlayapmiz. Ma’nosida o‘zgarish bo‘lmaydi. Dizaynda biroz o‘zgarish bo‘ladi, xolos.
Kitob - eng yaxshi hamsuhbat.📖

Kitob - mutolaasiga kirishish, o'qishga berilish, aqlni foydali ishlar bilan o'stirish band qilish saodat kalitidir.
Johiz, senga qayg'udan yiroq bo'lishing uchun kitob mutolaa qilishni tavsiya qilib, aytadi:
"Kitob - xolis hamsuhbat, aldamaydigan do'st, malol olmaydigan hamroh. Mol-dunyoying uni qiziqtirmaydigan, ichingdagi narsani xushomadgo'ylik bilan chiqarib olmaydigan, makr bilan muomala qilmaydigan, munofiqlarcha aldamaydigan, yolg'on so'zlab hiyla qilmaydigan do'stdir...
👏2
Boyning namozdan keyingi eng muhim ibodati sadaqa qilish, olimniki haqni gapirish, otaniki halol yo‘l bilan oilasini boqish, yosh qizniki (muslima) iffatini saqlash, onaniki esa farzand tarbiya qilish...


«Islom degan qizlar» kitobidan.

@Al_AddL
👍2
Forwarded from Elektron Kitoblar
Ulamolar nazdida vaqtning qadri [@kitoblar_pdf].PDF
6.7 MB
"Ulamolar nazdida vaqtning qadri".
Abu Fattoh Abu G'udda.

📍 Inson o'z vaqtini boshqara olmas ekan uning hayoti hech qachon tartibli bo'lmaydi. Vaqtingizni qadriga yetishishingiz uchun eng yaxshi kitob.

🤍 Doʻstlaringizga ham ulashing.

📌 @pdf_book_uz | #tavsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Haqiqiy erkak—ortiqcha soʻz gapirmay, munosabatlardagi muammolarni hal qiladi, atrofdagilarning ortiqcha eslatmalariga ehtiyoj sezmaydi, ayolining nomusini oʻziniki kabi himoya qiladi, oilasiga mehr berish u uchun—zaiflik hisoblanmaydi, hayotida sodir boʻlayotgan har narsani ipidan ignasigacha aytib oʻtiravermaydi.
Erkak indamay, sukutda ishini besh qiladi.
Haqiqiy erkakning yonida ayolning «endi nima boʻladi, qanday boʻladi» deb boshi qotmaydi.

Haqiqiy oqila ayolga ham, ortiqcha gapirishning, unga nasihat qilishning hojati yoʻq, chunki undagi tarbiya va axloq hamma jabhada oʻz vazifasini bajaradi.
Oqila ayol eridan behojat joylarda ham, oʻzini hokisor tutadi, erining va oʻzining yuzini himoya qiladi.
Oqila ayol hech qachon erini tarbiya qilishni, uni oʻzgartirishni maqsad qilmaydi.
Uning eri–uning jannat kaliti ekanini yaxshi biladi.
Oqila ayol bilan hayot kechiradigan erkakda
“sharmanda boʻlish” qoʻrquvi boʻlmaydi.
Oqila ayoldan erkakning koʻngli har doim toʻq boʻladi.

Erkak va ayol bir birini tuldiradi!
👍2