“Аkademnashr” nashriyoti
6.17K subscribers
2K photos
293 videos
28 files
2.49K links
“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali

Мutolaa qiling!

Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo

Tel: 99 433-16-77
Aloqa: @akademnashr_bot

Manzil: t.me/Akademnashr/1461
Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)
Download Telegram
Men Kortasar ijodini bir xushmanzara bogʻga oʻxshataman, bogʻga kirgan odam koʻngli tusagan mevalardan bahramand boʻladi. Lekin shu bahramandlik darajasi bog‘ga tashrif buyurgan kishining xohish-istagi, intilishiga qarab hosil boʻladi. Birov gul uzadi, birov tomosha qiladi, boshqa birov oddiygina bogʻ-da, deb chiqib ketishga shoshiladi. Binobarin, kitobxon didi, farosati, bilimi, maʼrifatining koʻlamiga qarab Kortasarni taniydi, qabul qiladi.

Olim OTAXON

📚  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
📘 So‘z yodlash sirlari

Ingiz tilidagi so‘zlarni tezkor yodlash bo‘yicha qo‘llanma sizga so‘z yodlashning eng qulay va unumli usullari bilan tanishtiradi.

Tilni o‘rganishdagi noan’anaviy usullar orqali test yechish va tarjima borasida ham yangicha tavsiyalarga ega bo‘lasiz.

Darvoqe, muallif birdaniga 14.000 ta so‘zni oson o‘rganish sirini ham xuddi shu kitobida keltirgan!

Mualliflar: Shohruh-Mirzo Rahmonov, Iskandar Sattibayev
Muqova: yumshoq, 128 b.
Narxi: 22 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
#kechki_mutolaa

Madaminjon Solijonov: "Yozyovondan chiqqan ritsar yoxud ikki asar haqida ayrim mulohazalar"

👉 O‘qish uchun: https://akademnashr.uz/2024/02/07/yozyovondan-chiqqan-ritsar/


📚  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
#kechki_mutolaa

Olim Otaxon: "Kechikkan Kortasar"

Kortasar hikoyalarining oʻzi bir olam, ularning hammasida moʻjiza roʻy beradi, qandaydir kutilmagan, aqlga sigʻmaydigan hodisalar, tashqi kuchlar taʼsirida odamlarning hayotida katta oʻzgarishlar sodir boʻladi. Bir maromda davom etib kelayotgan turmushlari algʻov-dalgʻov boʻlib ketadi.

👉 O‘qish uchun: https://akademnashr.uz/2024/02/07/olim-otaxon-kechikkan-kortasar/


📚  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
9 fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Navoiy ijodi bilan bog‘liq quyidagi kitoblarni xarid qilishingiz mumkin:

📘 «Xamsa», Alisher Navoiy

Muqova:
qattiq
Hajmi:
840 bet (A4)
Narxi:
210 000 so‘m


📘 «Muntahab ul-lug‘ot. Zubd ul-lug‘ot». Alisher Navoiy asarlari lug‘ati.

Muqova:
yumshoq
Hajmi:
416 bet
Narxi:
22 000 so‘m

Xarid: t.me/akademsavdo

📚  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
📘 Turk she'riyati antologiyasi

Kitobda Yunus Emro, Mehmed Akif Erso‘y, Yahyo Kamol Bayotli, Oshiq Vaysal Shotiro‘g‘li, Shukufa Nihol Bashar, Ali Mumtoz Oro‘lot kabi ko‘plab qardosh turk xalqining taniqli shoirlari ijodi qamrab olingan.

Tarjimon: Yo‘ldosh Eshbek
Muqova: yumshoq
Hajmi: 368 bet
Narxi: 38 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

📘  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nima uchun asaringiz nomini "Hech" deb nomlagansiz?

Murod Chovush: — "Hech" nomini Rauf Parfi tanlagan. Men "Hech narsa haqida bu kitob," - deb ustozga ko‘rsatganman. U: "Bir fransuz shoiri hech narsa haqida yozgan, bu "Hech" bo‘ladi," - deb keskin aytgan. Keyin bilsam, Rauf akaning "Sukunat" nomli kitobida “Hech narsadan boshlangan dunyo, hech narsani tan olmas go‘yo,” - degan go‘zal misralar bor ekan. O‘shanda, men Rauf akaga "aql" o‘rgatmoqchi bo‘lganman "Siz tushunmaysiz," deb. Shunaqa gaplar.

Xarid: t.me/akademsavdo

📘  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xulio Kortasarning "Ishg‘ol qilingan uy" kitobidan quyidagi hikoyalar o'rin olgan:

Ishg‘ol qilingan uy
Aksolotl
Tambalangan eshik
Avtobus
Chalqancha va yuzbaland
Menadalar
Janubiy shosse
Senyorita Kora
Bari olov – bir olov
Kindberg
Ikkinchi daf’a
Qaynoq epkinlar
Kissadan topilgan bitiklar
O‘tayotgan bog‘lar
Tilla baliqchalar
Ishimning mashaqqatlari
Hissasiz qissa

Hajmi: 272 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 50 000 so'm

Xarid: t.me/akademsavdo

📍Kitob O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.

📚  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
📘 “Hech”, Murod Chovush

Muqova: yumshoq
Hajmi: 128 bet
Narxi: 25 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
Forwarded from Publisher.uz
“Akademnashr” 20 yoshda
#nashriyotlar

Yurtimizdagi eng faol nashriyotlar haqida yozib borishni niyat qilgandim. Bugun mamlakatimiz noshirlik ishiga katta hissa qo‘shgan, kerak bo'lsa uni yangi bosqichga ko‘targan nashriyot “Akademnashr” haqida yozmoqchiman.

“Akademnashr” deganda kimningdir ko‘z oldiga bir-biridan chiroyli bolalar kitoblari kelsa, kimdir adabiyotimizga yangi nafas olib kirgan yosh ijodkorlarning “Izlam” turkumini eslaydi, yana kimdir ilm-fanga oid asarlarni eslasa, boshqalar turli tillarga oid lug‘at kitoblarni eslaydi.

Men uchun “Akademnashr” kitob nashr qilib kun o‘tkazish deyarli imkonsiz bo‘lgan yillarda shu ishni qilgan insonlarning fidoyiligi timsoli, bir guruh kitob shaydolarining bu millat yana kitob o‘qishiga – yorug‘ kelajakka ishonchi timsoli.

“Akademnashr” nashriyoti o‘zbekning fidoyi farzandi Sanjar Nazar rahbarligi 2004-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Nashriyot jamoasida Bahriddin Bozorov, Abdulla Sharopov, Feruza Nazar, Dilshod Nazarov va yana qator ijodkorlar faoliyat yuritadi. Tug‘ilgan farzand 20 yil ichida ulg‘ayib kuchga to‘lganidek “Akademnashr” ham bugun ayni kuchga to‘lgan payt, nazarimda.

Shu yillar davomida nashriyot tomonidan jami 2500 dan ortiq nomdagi kitoblar nashrdan chiqibdi. Ular ichida kitobxonlar mehrini qozonib, qayta-qayta nashr etilganlari oz emas. Nashriyot 2021-yilda 197 nomdagi, 2022-yilda 144 nomdagi, 2023-yilda esa esa 100 ga yaqin nomdagi asarlarni nashrdan chiqaribdi. Dona hisoda olganda esa yiliga 1,5 million atrofida kitob nashr qilingan. Bu aytishga oson, lekin uncha-muncha katta nashriyotlar ham uddasidan chiqolmaydgan ish.

Men “Akademnashr”ni "Yod olamiz, shodlanamiz" turkumidagi rang-barang kitoblari bilan yaqindan taniganman. Bizda ham shunday chiroyli kitoblar chiqarkanda deb hayron qolgandim. Anvar Obidjonning shu turkumda chiqarilgan "Mulla baqaloq" nomli to'plamidagi she'rlani o'g'lim to'liq yodlab olgan edi. Po'lat Mo'min, Tursunboy Adashboyev, Quddus Muhammadiylarning to'plamlari ham bor edi turkumda.

“Akademnashr” nashr qilgan Adib Xolidning «O‘zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob» kitobi va Abdusattor Jumanazarning "Buxori ta'lim tizimi tarixi" kitoblari uchun nashriyotga bemalol davlat mukofoti bersa arziydi. Bu kitoblarni nashr etib “Akademnashr” O‘zbekiston tarixi, madaniyati, ma’rifati uchun katta ish qildi, tarixga kirdi.

Bugun o'zini kitobxon, ziyoli bir o'zbek deb hisoblagan inson borki uyida "Akademnashr"da chiqqan kitob bo'lmasa. Adabiyot, ilm-fan ichida yurgan kishilarning ko'pchiligi o'z kitoblarini shu nashriyotda nashr qildirdi yo shunday niyati bor. Bugun bu nashriyot mamlakatimiz noshirlik ishi rivojida, yangi davr adabiyoti, umuman madaniyati rivojida o'z o'rniga ega bo'lgan, nashriyot shiorida aytilganidek vaqtdan ustun qadriyat yarata olgan nashriyotga aylandi.

Men "Akademnashr" jamoasi qilayotgan katta ishlarning yanada rivojlanishiga ishonaman. Ularga yangi zafarlar va muvaffaqiyatlar tilayman.

@Publisher
Faxriyor she’rlari bugun jahon adabiyotida “postmodernizm” deb atalgan oqim tamoyillariga to‘liq javob berishi bilan ahamiyatli. Ma’lumki, postmodernizm o‘zidan avvalgi ma’rifatchilik, neoromantizm hamda xaos va absurdga subyektiv ma’no izlash orqali modernizm qarashlarini, demakkim, borliqqa bo‘lgan munosabatini inkor qilaroq paydo bo‘ldi.

Shakliy va janr qoliplarini tan olmaslik, janrlar qorishig‘i (“Yozdig‘”, “Ayolg‘u”dostonlari misolida), istehzo, qora yumor (“...asta bolg‘a bilan ushatib, va tarozi pallasiga tashlab qaytib olib, oshiqchasini sotar bir do‘stim, meni chakana narxda, shukr, xaridorim bor ekan mening ham”), ichki dramaning tadrijiy rivojini inkor qilish postmodernizmning asosiy xususiyatlari sanaladi. Faxriyor ijodini kuzatsak, aynan mana shu xususiyatlarning urg‘ulanganiga guvoh bo‘lamiz.

Nazar Eshonqul

📘  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Kecha va kunduz" romanida Akbarali mingboshi “Men endi topdim baxtimni. Hammayog’im shuniki!” deya kimga aytgan?
Anonymous Quiz
48%
Miryoqubga
17%
Hakimjonga
21%
Mirzaboshisiga
14%
Eshonga
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘liq suhbat tez kunda youtube kanalimizga joylanadi.

📘  @akademnashr | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 O'zbek tiliga tarjima qilingan badiiy kitoblar

📘 Harper Li: Mazaxchini o'ldirish


Tarjimon: Mushtariy Mamadaliyeva
Janr: roman
Hajmi: 480 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 55 000 so'm

📘 Xulio Kortasar: Ishg‘ol qilingan uy


Tarjimon: Sharifjon Ahmad
Janr: hikoyalar
Hajmi: 272 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 50 000 so'm

📘 Jeyms Joys: Musavvirning yoshlikdagi shamoyili

Tarjimon: Ahmad Otaboyev
Janr: roman
Hajmi: 368 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 37 000 so'm

Xarid: t.me/akademsavdo

📘  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_nashr

📘 Sanashni o'rganamiz — Qo‘llanmada sonlarning tarkibini o‘zlashtirishga yordam beruvchi xilma-xil topshiriqlar keltirilgan. Ularni bajarish jarayonida bolalarda misollarni ishlash ko‘nikmalari shakllanadi, mantiqiy fikrlash, diqqat va eslab qolish qobiliyati rivojlanadi. Bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan bo'lib, maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘shimcha qo‘llanma sifatida ham, uyda mustaqil shug‘ullanish uchun ham foydalanish mumkin.

📘 Задачник — Bolaning 1-sinfda egallashi kerak bo'lgan asosiy ko'nikmalardan biri bu misol va masalalarni tez yechish qobiliyatidir. Qo'llanmadagi qiziqarli vazifalar va misollar 1-sinfda matematika o'quv dasturini yengil o'zlashtirish va mustahkamlashga yordam beradi. Qo'llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan.

Mualliflar: Fazilat Rafiyeva, Farzona Rafiyeva, Afzuna Abdurazikova
Muqova: yumshoq
O'lchami: A4
Hajmi: 48 bet
Narxi: 17 000 so'm

Xarid: t.me/akademsavdo

📘  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📘 Bir tushning evrilishlari, Sharifjon Ahmedov

Muqova: qattiq
Hajmi:
176 bet
Narxi: 24 000 soʻm

Xarid: t.me/akademsavdo

📘  @akademnashr

Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM