SEN KABI BAHOR
Bahor shoshilmayin keldi sen kabi,
sen kabi chehrasi uzra sochib nur.
Biz unga, u bizga tez ko‘nikadi
va kunlar boshlanar batartib, masrur.
Gullar har galgidan nafosatliroq,
qushlar har galgidan sho‘xroq ko‘rinar.
Ammo yuragimda nomaʼlum titroq,
eslay olmaslikka qalbim urinar.
Yangilansa qani eskirgan hislar,
og‘ochlar tusiday almashtirsa rang.
Maysalar chiqarsa bosilgan izlar,
boshqa odam bo‘lib erkin yashasang.
Ko‘nglim sezayotir, bir kun sezdirmay,
bahor ham bir reja uydirar qasddan.
Sovg‘a tayyorlaydi hali aprel, may,
so‘ng ketar sen kabi xayrlashmasdan.
📘 «Faqat u qoldi», Xurshid Abdurashid
Narxi: 35 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
📚 @akademnashr | #IZLAM
Bahor shoshilmayin keldi sen kabi,
sen kabi chehrasi uzra sochib nur.
Biz unga, u bizga tez ko‘nikadi
va kunlar boshlanar batartib, masrur.
Gullar har galgidan nafosatliroq,
qushlar har galgidan sho‘xroq ko‘rinar.
Ammo yuragimda nomaʼlum titroq,
eslay olmaslikka qalbim urinar.
Yangilansa qani eskirgan hislar,
og‘ochlar tusiday almashtirsa rang.
Maysalar chiqarsa bosilgan izlar,
boshqa odam bo‘lib erkin yashasang.
Ko‘nglim sezayotir, bir kun sezdirmay,
bahor ham bir reja uydirar qasddan.
Sovg‘a tayyorlaydi hali aprel, may,
so‘ng ketar sen kabi xayrlashmasdan.
📘 «Faqat u qoldi», Xurshid Abdurashid
Narxi: 35 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
📚 @akademnashr | #IZLAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegraph
KO’ZLARI CHAQNOQ SHOIR
Tanishuv 80–yillar. Xadraning biqinidagi pivoxonaga kirdim. Bir krushka pivo olib jussasi kichkinagina sochlari tim qora (keyin bilsam bo’yalgan ekan) odam o’tirgan stolga kelib o’tirdim. U odam adabiyot ixlosmandi ekan shekilli suhbatimiz o’zidan-o’zi she’riyatga…
📔 TURK SHEʼRIYATI ANTOLOGIYASI
UCH DUNYO
Inson
Yashar uch turli shu uch dunyoda:
avvalo,
“Shuni sevdim, buni sevdim”, – deyaroq
Sevmoq bilan kechar umri!
Soʻzda yetuklashur bundan soʻng,
“Uni ado etdim, buni bajardim”, – deyaroq
Umri hisoblamoq bilan kechar.
Keksayganda tanur dunyoni,
“Bevafo dunyo!” – deb,
“Hey, ketdi dunyo!” – deb
Soʻkmak bilan kechar umri.
Oʻrxon Sayfiy Oʻrxon
Narxi: 38 000 soʻm
Xarid: @akademsavdo
📚 @akademnashr

Test vaqti: ona tili
“Zebi onasining beradigan javobini ilgaridan bilardi”. To`ldiruvchi qaysi bo‘lakka bog'langan?[Orzigul Hamroyeva: “Ona tili. Abiturientlar uchun savollar to'plami”]

Anonymous Quiz
21%
holga
12%
egaga
42%
kesimga
25%
aniqlovchiga
#iqtibos
Sevgi – otashdir. U har qanday yosh insonning yuragini yondiradi.
Sevgi – majnunlikdir. U har qanday kishini es-hushidan ayiradi.
Sevgi – buyuk kuchdir. U har qanday yigitni qahramonlikka undaydi.
Sevgi – zafar yo mag‘lubiyatdir... Insonni xayolga kelmagan, tasodifiy yo‘llarga boshlaydi. Ba’zan to‘g‘ri yo‘llarga chiqarib qo‘yadi.
📘 Ozod Mo'min Xo'ja: “Labirint”
Narxi: 28 000 so'm

#yangi_nashr
📘 ULUG‘BEK HAMDAM: «YAXSHIYAM SEN BORSAN»
📖 Kitobga kirgan roman va hikoyalarga muallif tushlari asos qilib olingan. Shuning uchun ham uning boshqa bir nomi “Tushbitiklar”dir...
👉 Mundarija
Muqova: yumshoq
Hajmi: 240 bet
Narxi: 33 000 so‘m

Postmodern olamda manzil izlab…
Keyingi davr o‘zbek nasri haqida so‘z borarkan, kishi e’tiborini, avvalo, bu jarayondagi rang-baranglik o‘ziga tortadi. Zero, milliy adabiyotimizda yaratilayotgan asarlar nafaqat mazmun-mohiyatiga ko‘ra, balki ifoda shakllari jihatidan ham xilma-xillik kasb etmoqda. Albatta, bunga tabiiy hol sifatida qarasak o‘rinli bo‘lar, chunki xozirgi globallashuv davrida biror shaxs yoxud butun bir ijtimoiy guruhning biror ruhiy-ma’naviy holatda muqim yashashi qiyin. Xuddi shu hol o‘zbek adabiyotida ham aks etib, undagi rang-baranglikni ta’minlayotgan asosiy omil bo‘lsa, ajab emas. Lekin...
👉 Maqolani o‘qing

Keyingi davr o‘zbek nasri haqida so‘z borarkan, kishi e’tiborini, avvalo, bu jarayondagi rang-baranglik o‘ziga tortadi. Zero, milliy adabiyotimizda yaratilayotgan asarlar nafaqat mazmun-mohiyatiga ko‘ra, balki ifoda shakllari jihatidan ham xilma-xillik kasb…
🎊 Kimga sovg'a qilishni bilasiz...
📕 “Yaxshiyam sen borsan”, Ulug'bek Hamdam
🛍 Xarid: t.me/akademsavdo
📚 @akademnashr | #sotuvda

📘 “Yaxshiyam, sen borsan”
Kitobni qo‘limga olganimda xuddi tandirdan yangi uzilgan issiq nonning hidini tuydim, chunki bu kitobni birinchilardan bo‘lib men ushlayapman, Ulug‘bek Hamdamning "Yaxshiyam sen borsan" roman va hikoyalar to‘plamini.
Men kitobdagi "Yo‘l" romani haqida ikki og‘iz gaplamoqchiman. Bundan oldin Isajon Sultonning "Boqiy darbar"ini o‘qiganimda xuddi mana shu romandan tuygan hisni tuygandim, o‘zbek adabiyotiga yangicha bir shakl, yangicha bir ruh kirdi, menimcha.
Said Ahmad "Dunyoning ishlari"ni dostondek yozilgan, asarni o‘qiysizu o‘z onalaringiz haqida o‘ylab ketasiz, deb ta'riflagan. Bu asarni o‘qish chog‘ida esa, borliq va yo‘qlik, insonning bu dunyoga kelishidan maqsad, dunyo qayerdan keldi va qayerga ketayotir kabi masalalar haqida o‘ylab ketasiz.
"Yo‘l" judayam ravon, ammo siz uni juda sekin o‘qiysiz. Chunki turfa xil falsafayu haqiqatlar orasida Yo‘ldan adashib qolishingiz hech gap emas. O‘zingizdagi nafs atalmish bir unsurning qayerdan va qachon paydo bo‘lishini payqay boshlaysiz.
Asar 2015-yilda yozib tugatilgan va "Yoshlik" jurnalida bosilgan. Agar asarning taqdiri boshqa mamlakat bilan bog‘langanida allaqachon shov-shuv bo‘lib ketardi.
Asarni o‘qib bo‘lasiz va dunyoga yangicha nazar tashlab, o‘zingizga yangicha baho bera boshlaysiz.
© Diyorbek Mahmudov

***
"Bu yil Jontemirning “Jazba”, Xurshid Abdurashidning “Faqat u qoldi”, Feruza Xayrullayevaning “Tutqun”, Madina Norchayevaning “Qumaru”, Muhammad Siddiqning “Dugoh”, Rafiq O‘zturkning “Ichingda bahor”, Mirzohid Muzaffarning “Mahv” degan to‘plamlari “Akademnashr” nashriyotida bosildi. Bular davralarda she’rlar o‘qib yurgan, ayrimlarining avval kitoblari bosilgan, turli adabiy o‘zanlar sabab ko‘pchilik taniydigan yoshlardir..."
👉 Batafsil
"Bu yil Jontemirning “Jazba”, Xurshid Abdurashidning “Faqat u qoldi”, Feruza Xayrullayevaning “Tutqun”, Madina Norchayevaning “Qumaru”, Muhammad Siddiqning “Dugoh”, Rafiq O‘zturkning “Ichingda bahor”, Mirzohid Muzaffarning “Mahv” degan to‘plamlari “Akademnashr” nashriyotida bosildi. Bular davralarda she’rlar o‘qib yurgan, ayrimlarining avval kitoblari bosilgan, turli adabiy o‘zanlar sabab ko‘pchilik taniydigan yoshlardir..."
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegraph
"Izlam" shoirlari haqida | Nazm kengashi hisobot ma’ruzasidan
*** Ilm-fan va ijodning barcha sohalarida yoshlarning iste’dodiga, tafakkuri va tasavvur ko‘lamiga umid qilinadi. Umid bilan qadalgan nihol bir kuni ulkan chinorga aylanadi. Tabiiyki, bunday nihollar parvarishi uchun suv va havo, yorug‘lik va rag‘bat zarur.…
***
“– Gek, – dedi Attikus bizga chappa qarab turgancha, – agar bu ishni berkitsak, men butun umr Jemga bermoqchi bo‘lgan tarbiyamni inkor qilgan bo‘laman. Goho men yaxshi ota bo‘lolmadim deb o‘ylayman, ammo ularning mendan boshqa hech kimi yo‘q. Jem boshqalardan emas, mendan o‘rnak oladi va men doim uning ko‘ziga tik qaray olish uchun to‘g‘ri yashashga harakat qildim. Agar bu ishni berkitmoqchi bo‘lsam, uning ko‘ziga qaray olmay qolaman, bu ishga qo‘l urgan kunim o‘g‘limni umrbod yo‘qotaman. Men Jem va Skautdan ayrilgim kelmayapti, chunki ulardan boshqa hech kimim yo‘q”.
📘 HARPER LI: «MAZAXCHINI O‘LDIRISH»
Narxi: 55 000 so‘m

“Yosh kitobxon” tanlovida o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar qatoridan o‘rin olgan “Akademnashr”da nashr etilgan kitoblar bilan tanishing.
Xarid: t.me/akademsavdo
📚 @akademnashr
Xarid: t.me/akademsavdo
📚 @akademnashr
“Rivoyatga ko‘ra, farishtalar inson qalbidagi kirni tozalab tashlar ekan. Ammo shunda ham qalbda yuqi qolarmish. E'tibor bersang, shu yuqning o‘ziyam odam bolasiga yetib ortar ekan. Inson bir umr kurashmasa, shu yuq uni yomonga aylantirishga qodir...”
📕 "Yaxshiyam, sen borsan"
🛍 Xarid: t.me/akademsavdo
📚 @akademnashr | #sotuvda
📕 "Yaxshiyam, sen borsan"
🛍 Xarid: t.me/akademsavdo
📚 @akademnashr | #sotuvda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📘 “Mushuklar malikasi Minush”
Bir oʻtirishda oʻqib tugatadigan darajada kaminani oʻziga jalb etadigan kitoblar kam uchraydi. Kecha allamahalda biron nima oʻqishga tutindim-da, “Minush xonim”ni qoʻlimga oldim. Tarjima juda silliq, asar ohanrabodek oʻziga tortadigan va illyustratsiyalar koʻzni quvontiradigan darajada ishlanganidan saharga qolmay kitobni xatm qilibman deng.
Muallif Anni Shmidt Niderlandiyaga va dunyoga mashhur bolalar yozuvchisi, Andersen mukofoti sohibi. Qolaversa, niderland olimlar uni Rembrandt, Van Gog va Anna Frank qatorida Hollandiston tarixidagi muhim shaxs sifatida “Canon van Nederland” darsligiga kiritishgan. “Mushuklar malikasi Minush” (1970) adibaning eng mashhur asarlaridan hisoblanadi.
Mazkur asar koʻplab tillarga tarjima qilingan, kitob asosida yaratilgan film (rejissyor Vincent Bal, 2001) ham dunyoda oʻziga xos shuhrat qozondi.
Syujet haqida ham qisqacha: Minush xonim mushukdan insonga aylanib qoladi va shaharcha roʻznomasida muxbir boʻlib ishlaydigan yigitcha Tibbe bilan yoʻllari kesishadi. Tibbe mushukparvar, hayvonlarni xushlaydigan boʻlsa, Minush odamlarni yoqtiradigan xonaki mushuk edi.
Minush muxbir yigitchaga shahardagi mushuklarning ogʻzidan eshitgan yangiliklarini yetkazib, ishini saqlab qolishda joniga oro kiradi. Yigitcha va mushuklarning hamkorligi hosilasi oʻlaroq gazetga shunday shov-shuvli maqola yoziladiki, buyogʻini oʻqiganda bilib olasiz.
Qissadagi mushuklarning nomlari ham, xarakterlari ham ajoyib. Masalan, daydi Sassiqpishak, benzokalonkada yashovchi Benzin-pishak, nonvoyxonadagi Boʻlka-pishak, maktabdagi Muarrix-pishak va hokazo.
Muallif asosiy yukni mana shu pishaklarga yuklagan. Deylik, Sassiqpishak daydi mushuklarning odamzotga nisbatan nafratini ifodalashi kerak boʻlsa, esi kirdi-chiqdi boʻlgan Muarrix-pishak esa asarga yumoristik kayfiyat bagʻishlaydi. Yumor esa bolalar adabiyoti uchun eng muhim unsurlardan biri, albatta.
Qissadagi antigonist obraz — atir-upa fabrikasi rahbari, jonivorlarni muhofaza qilish jamiyati rahbari, ikkiyuzlamachi va beshafqat janob Ellemeytni ham aynan mushuklar yengadi. Mushuklarni ichki kechinmalarini oʻqish orqali sizda ularga nisbatan mehr uygʻonadi, qachondir birorta mushukka ozor berib qoʻymaganmikanman degan xayolga borasiz. Ayniqsa, kitobni mutolaa qiladigan bolalarda jonzotlarga nisbatan shafqatli boʻlish hissi paydo boʻlishi juda muhim.
Bu kitobni kichkinalarga ham, kattalarga ham tavsiya qilgan boʻlardim. Qolaversa, kelajakda tarjimon boʻlishni istaganlarga ham. Boisi asarni men sevgan, oʻzimga ustoz sanaydigan tarjimon Sharifjon Ahmad niderland tilidan yuksak mahorat bilan oʻgirgan. Undan tashqari illyustratsiyalar ham alohida sanʼat! Xullas, kitob har qancha tavsiyaga arziydi.
Koʻpincha, taomilga koʻra, taqrizlar soʻngida oʻqilgan asarga oʻn ballik yoki besh yulduzlik tartibda baho beriladi. Lekin men buni sizga qoldirmoqchiman. Yaxshisi, kitob haqidagi fikrlarim sizni qiziqtirgan boʻlsa, mutolaadan soʻng oʻzingiz baho bering.
© Shohrux Usmonov