“Аkademnashr” nashriyoti
5.91K subscribers
1.87K photos
270 videos
27 files
2.37K links
“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali

Мutolaa qiling!

Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo

Tel: 99 433-16-77
Aloqa: @akademnashr_bot

Manzil: t.me/Akademnashr/1461
Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)
Download Telegram
“Mazaxchi”ning sayohati

Mana bir necha kunki "Mazaxchi" men bilan sayohatda yuribdi. Asar men yoqtirgan mavzuda: "Tom tog'aning kulbasi", "Shamollarda qolgan hislarim" romanlari kabi quldorlik, insonlarni oq va qoraga ajratish, qora tanlilarni, garchi ozod bo'lishsa-da, inson o'rnida ko'rmaslik, "negrparvarlik"ning jamiyat nigohida axloqsizlik ekanligi va, albatta, bu qarashlarga qarshi chiqa oladigan bir dona bo'lsa ham inson borligi haqida ekan.

Roman yaxshi tarjima qilinibdi, ravon, tutilmay o'qiysiz, voqealar sodda tilda bayon qilingan. Tarjima haqida gap ketganida bir narsa e'tiborimni tortdi. Insonlar tashqi ko'rinishini ta'riflaganda "to'lishgan" so'zi ko'p ishlatilgan. Shu so'z sal yopishmaganga o'xshadi, nazarimda.

O'zbek tilida "to'lishgan" so'zi avval ozg'in bo'lib, keyin semirgan insonlarga nisbatan ishlatiladi. "To'ladan kelgan" deya ta'riflansa maqsadga muvofiq bo'lar edi, menimcha. Aytgancha, gap kitobning sayohati haqida edi. Qayerlarga sayohat qilganini rasmlarda ko'rishingiz mumkin. Asarni esa barchaga tavsiya qilaman!

© Sadoqat Xolmonova

Narxi: 55 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr
#tez_kunda

📘 ULUG‘BEK HAMDAM: “YAXSHIYAM, SEN BORSAN

Roman va hikoyalar

Tushbitiklar

📚 @akademnashr | #yangi_nashr
Farzandlaringizga kelajakda ham katta foydasi tegadigan mitti bilim oʻchogʻini hamroh qiling!

🔗 “Metallar olamiga sayohat” – 8 000 soʻm

🔗 “Elektr olami” – 4 000 soʻm

🔗 “Tasodifiy ixtirolar” – 8 000 soʻm

Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr | #sotuvda
Hayotning oʻzi sonlardan iboratligi qanchalik rost boʻlsa, yosh bilan til eshilishining bir-biriga toʻgʻri mutanosibligi shunchalik haqiqat. Zero, men haliga dovur kam gapiradigan moʻysafidni koʻrmadim…

📘 Abduqayum Yo'ldosh: "Puankare"

Narxi:
17 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr | #iqtibos
Yuragim maydoniga
dor qurganman
yuksak cho‘qqiday.
Gohida
yetaklab boraman
dor ostiga o‘zimni o‘zim.

📘 TURSUN ALI: TANLANGAN ASARLAR

Narxi: 38 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr
Bolaga pul qayerdan kelishini va ular tugab qolmasligi uchun nima qilish kerakligini aytib bering.

📘 “Men, bolam va pul”

Narxi: 20 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademsavdo
Test vaqti: adabiyot

Balzakning "Insoniyat komediyasi" asari romanning qaysi turiga kiradi? [Manba: "Adabiyot fanini mukammal o'zlashtirish uchun qo'llanma”, 8-sinf; Sadoqat Xolmonova]
Anonymous Quiz
16%
roman-dilogiya
58%
roman-epopeya
14%
roman-tetralogiya
12%
roman-trilogiya
Shoir yo‘l ahlidandir. Yo‘l tuyg‘usi – Go‘zallik va Nafosat tuyg‘usini yuragidan o‘tkazadi va bu yo‘l o‘zlik va Kamolot sari boriladigan oliy manzil ekanini chuqur idrok etadi.

📘 RAUF PARFI: HUKMNOMA

Narxi
: 38 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr
SEN KABI BAHOR

Bahor shoshilmayin keldi sen kabi,
sen kabi chehrasi uzra sochib nur.
Biz unga, u bizga tez ko‘nikadi
va kunlar boshlanar batartib, masrur.

Gullar har galgidan nafosatliroq,
qushlar har galgidan sho‘xroq ko‘rinar.
Ammo yuragimda nomaʼlum titroq,
eslay olmaslikka qalbim urinar.

Yangilansa qani eskirgan hislar,
og‘ochlar tusiday almashtirsa rang.
Maysalar chiqarsa bosilgan izlar,
boshqa odam bo‘lib erkin yashasang.

Ko‘nglim sezayotir, bir kun sezdirmay,
bahor ham bir reja uydirar qasddan.
Sovg‘a tayyorlaydi hali aprel, may,
so‘ng ketar sen kabi xayrlashmasdan.

📘 «Faqat u qoldi», Xurshid Abdurashid

Narxi: 35 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr  | #IZLAM
📔 TURK SHEʼRIYATI ANTOLOGIYASI

UCH DUNYO

Inson
Yashar uch turli shu uch dunyoda:
avvalo,
“Shuni sevdim, buni sevdim”, – deyaroq
Sevmoq bilan kechar umri!
Soʻzda yetuklashur bundan soʻng,
“Uni ado etdim, buni bajardim”, – deyaroq
Umri hisoblamoq bilan kechar.
Keksayganda tanur dunyoni,
“Bevafo dunyo!” – deb,
“Hey, ketdi dunyo!” – deb
Soʻkmak bilan kechar umri.


Oʻrxon Sayfiy Oʻrxon

Narxi: 38 000 soʻm
Xarid: @akademsavdo

📚 @akademnashr
Test vaqti: ona tili

“Zebi onasining beradigan javobini ilgaridan bilardi”. To`ldiruvchi qaysi bo‘lakka bog'langan?[Orzigul Hamroyeva: “Ona tili. Abiturientlar uchun savollar to'plami”]
Anonymous Quiz
21%
holga
12%
egaga
42%
kesimga
25%
aniqlovchiga
#iqtibos

Sevgi – otashdir. U har qanday yosh insonning yuragini yondiradi.

Sevgi – majnunlikdir. U har qanday kishini es-hushidan ayiradi.

Sevgi – buyuk kuchdir. U har qanday yigitni qahramonlikka undaydi.

Sevgi – zafar yo mag‘lubiyatdir... Insonni xayolga kelmagan, tasodifiy yo‘llarga boshlaydi. Ba’zan to‘g‘ri yo‘llarga chiqarib qo‘yadi.

📘 Ozod Mo'min Xo'ja: “Labirint”

Narxi: 28 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr
#yangi_nashr

📘 ULUG‘BEK HAMDAM: «YAXSHIYAM SEN BORSAN»

📖 Kitobga kirgan roman va hikoyalarga muallif tushlari asos qilib olingan. Shuning uchun ham uning boshqa bir nomi “Tushbitiklar”dir...

👉 Mundarija

Muqova: yumshoq
Hajmi: 240 bet
Narxi: 33 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr
Postmodern olamda manzil izlab…

Keyingi davr o‘zbek nasri haqida so‘z borarkan, kishi e’tiborini, avvalo, bu jarayondagi rang-baranglik o‘ziga tortadi. Zero, milliy adabiyotimizda yaratilayotgan asarlar nafaqat mazmun-mohiyatiga ko‘ra, balki ifoda shakllari jihatidan ham xilma-xillik kasb etmoqda. Albatta, bunga tabiiy hol sifatida qarasak o‘rinli bo‘lar, chunki xozirgi globallashuv davrida biror shaxs yoxud butun bir ijtimoiy guruhning biror ruhiy-ma’naviy holatda muqim yashashi qiyin. Xuddi shu hol o‘zbek adabiyotida ham aks etib, undagi rang-baranglikni ta’minlayotgan asosiy omil bo‘lsa, ajab emas. Lekin...

👉 Maqolani o‘qing

📚 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎊 Kimga sovg'a qilishni bilasiz...

📕Yaxshiyam sen borsan”, Ulug'bek Hamdam

🛍 Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr | #sotuvda
📘 “Yaxshiyam, sen borsan”

Kitobni qo‘limga olganimda xuddi tandirdan yangi uzilgan issiq nonning hidini tuydim, chunki bu kitobni birinchilardan bo‘lib men ushlayapman, Ulug‘bek Hamdamning "Yaxshiyam sen borsan" roman va hikoyalar to‘plamini.

Men kitobdagi "Yo‘l" romani haqida ikki og‘iz gaplamoqchiman. Bundan oldin Isajon Sultonning "Boqiy darbar"ini o‘qiganimda xuddi mana shu romandan tuygan hisni tuygandim, o‘zbek adabiyotiga yangicha bir shakl, yangicha bir ruh kirdi, menimcha.

Said Ahmad "Dunyoning ishlari"ni dostondek yozilgan, asarni o‘qiysizu o‘z onalaringiz haqida o‘ylab ketasiz, deb ta'riflagan. Bu asarni o‘qish chog‘ida esa, borliq va yo‘qlik, insonning bu dunyoga kelishidan maqsad, dunyo qayerdan keldi va qayerga ketayotir kabi masalalar haqida o‘ylab ketasiz.

"Yo‘l" judayam ravon, ammo siz uni juda sekin o‘qiysiz. Chunki turfa xil falsafayu haqiqatlar orasida Yo‘ldan adashib qolishingiz hech gap emas. O‘zingizdagi nafs atalmish bir unsurning qayerdan va qachon paydo bo‘lishini payqay boshlaysiz.

Asar 2015-yilda yozib tugatilgan va "Yoshlik" jurnalida bosilgan. Agar asarning taqdiri boshqa mamlakat bilan bog‘langanida allaqachon shov-shuv bo‘lib ketardi.

Asarni o‘qib bo‘lasiz va dunyoga yangicha nazar tashlab, o‘zingizga yangicha baho bera boshlaysiz.

© Diyorbek Mahmudov

📚 @akademnashr
***

"Bu yil Jontemirning “Jazba”, Xurshid Abdurashidning “Faqat u qoldi”, Feruza Xayrullayevaning “Tutqun”, Madina Norchayevaning “Qumaru”, Muhammad Siddiqning “Dugoh”, Rafiq O‘zturkning “Ichingda bahor”, Mirzohid Muzaffarning “Mahv” degan to‘plamlari “Akademnashr” nashriyotida bosildi. Bular davralarda she’rlar o‘qib yurgan, ayrimlarining avval kitoblari bosilgan, turli adabiy o‘zanlar sabab ko‘pchilik taniydigan yoshlardir..."

👉 Batafsil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​***

“– Gek, – dedi Attikus biz­ga chappa qarab tur­gancha, –  a­gar bu ishni berkitsak, men butun umr Jem­ga bermoqchi bo‘l­gan tarbiyamni inkor qil­gan bo‘laman. Goho men yaxshi ota bo‘lolmadim deb o‘ylayman, ammo ularnin­g mendan boshqa hech kimi yo‘q. Jem boshqalardan emas, mendan o‘rnak oladi va men doim unin­g ko‘zi­ga tik qaray olish uchun to‘g‘ri yashash­ga harakat qildim. A­gar bu ishni berkitmoqchi bo‘lsam, unin­g ko‘zi­ga qaray olmay qolaman, bu ish­ga qo‘l ur­gan kunim o‘g‘limni umrbod yo‘qotaman. Men Jem va Skautdan ayril­gim kelmayapti, chunki ulardan boshqa hech kimim yo‘q”.

📘 HARPER LI: «MAZAXCHINI O‘LDIRISH»

Narxi: 55 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr