🇺🇿 O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari
2.17K subscribers
12K photos
784 videos
45 files
4.49K links
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
yuridik texnikumlarining rasmiy kanali

📞 71-207-04-50
71-233-66-36

Facebook: www.fb.com/Yuridiktexnikum
Instagram: https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/

Murojaat uchun: @yuridiktexnikumlar_bot
Download Telegram
⚡️"Zakovat" intellektual klubi NNT tomonidan respublikada tahsil olayotgan o'quvchilar o'rtasida "Talaba-o'quvchilar ligasi" sinxron 2023/2024-yilgi mavsumi o'tkazilib kelinayotgan edi.

Ligada respublikamizdagi akademik litsey, texnikum va kasb-hunar maktab o'quvchilarining 72 ta jamoa hamda 500 nafardan ortiq o'quvchilari ishtirok etib, unda Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining "Uzbek power" hamda "Power academy" jamoalari mavsum davomida peshqadamlikni qo'ldan boy bermay kelishdi.

Kuni-kecha liga o'z yakuniga yetib, o'yinda texnikumning "Uzbek power" jamoasi 2023/2024-yilgi mavsum g'olibi deb topilib, maxsus kubok va 1-darajali diplom bilan, shuningdek, "Power academy" jamoasi respublika bo'yicha eng kuchli 20 ta jamoa qatoriga kiritildi va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

"Uzbek power" hamda "Power academy" jamoa a'zolari va murabbiysi M.Nurmatovni erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Qashqadaryo viloyatidagi yuridik texnikumning qurilish va montaj ishlari bilan tanishdi.

Vazir oʻrinbosari mazkur dargoh har tomonlama zamonaviy innovatsion texnologiyalarni oʻzida mujassamlashtirishi va bu yerda yetuk kadrlar yetishib chiqishi muhim vazifa ekanini taʼkidlab, qurilish yakunlari boʻyicha muhim tavsiya va takliflar bildirildi.

Yuridik klinika faoliyatiga alohida to'xtalib, kelgusida mazkur bo'limni rivojlantirish maqsadida moddiy qo'llab-quvvatlash zarurligi ta'kidlandi.

Texnikum xodimlari bilan suhbatlashish chog’ida mavjud muammo va kamchilik bartaraf etish lozimligi aytib o’tildi.

@adliyangiliklari
🔴 Ayni damda Xorazm viloyati yuridik texnikumi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi binosida “Professional ta’lim tizimida huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
⚡️Rasman Qurbon hayiti bayrami dam olish kunlari e'lon qilindi.

Unga ko‘ra olti kunliklar ketma-ket 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi.

15-iyun, shanba 5 kunliklar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni;

16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;

17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
#Ilmiy_rukn

S.Saydiyev - "Inson resurslarini boshqarishning xorijiy tajribasi".
Batafsil...

X.Muxamadiyev, A.Burxonov, M.Xasanova, S.Kattabekova, D.Abdusaidova - "Fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki". Batafsil...

A.Ismoilov - "Intellektual mulk huquqini himoya qilishda xalqaro shartnomalarning tutgan o'rni". Batafsil...

T.Rasulova - "Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish". Batafsil...

S.Saydiyev - "Kadrlar menejmentini innovatsiyalar asosida samaradorligini oshirish yo'llari". Batafsil...

X.Muxamadiyev, N.Raxmatova, Sh.Norpo‘latova, O‘.Qarshiboyeva - "Xalq hokimiyatchiligining konstitutsiyaviy asoslari". Batafsil...

T.Rasulova - "Huquqiy tarbiya berishning bugungi holati". Batafsil...

X.Muxamadiyev, Sh.Norpo‘latova, R.Umarova, S.Esonova - "Gender tengligi, xotin-qizlar va erkaklarga teng huquq va imkoniyatlar". Batafsil...

Davomi...

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
🏆🏆🏆 🏆 • TDYU “Times Higher Education World Impact Ranking — 2024” xalqaro reytingining TOP-500 ro‘yxatidan joy oldi

👉 Batafsil...

🏆🏆🏆🏆 🏆 • ТГЮУ вошел в топ — 500 международного рейтинга Times Higher Education World Impact Ranking-2024

👉 Подробнее...

🏆🏆🏆🏆 🏆 • TSUL entered the top 500 of the international rating Times Higher Education World Impact Ranking-2024

👉 More...

👍 ❤️ 📩 @tsulofficial #yutuq #достижение #achievement
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

⚡️ Xorazm viloyati yuridik texnikumi tomonidan “Professional ta’lim tizimida huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
#Diqqat_muhim

📣 Bugun, 21-iyun kuni soat 15:00 da Adliya vazirligi yuridik texnikumlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Akademik litseylari qabuliga oid muhim masalalar bo‘yicha onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi.

Asosiy maqsad — yuridik texnikumlar va Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Akademik litseylariga 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalarini ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikka yetkazish.

Muloqot vazirlikning Facebook dagi “Adliya bilan muloqot” guruhi va YouTube dagi “Adliya vazirligi / Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Onlayn muloqotda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari Senator va yoshlar parlamenti a'zolarining yoshlar bilan uchrashuvida ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvda, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, davlat va jamiyat boshqaruvida ularning tutgan o'rni va roli, amalga oshilayotgan islohotlarga dahldorlik hissini tuyish va bu jarayonlarga o‘z hissasini qo‘shish borasida so‘z bordi.

Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan uchrashuvda, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Yuridik texnikumlarning 2-bosqichini tamomlayotgan o'quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasini topshirmoqda.

📌Quyida siz yakuniy davlat attestatsiyasi bo‘lib o‘tayotgan jarayonlarni kuzatishingiz mumkin.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikumi

2. Buxoro viloyati yuridik texnikumi

3. Jizzax viloyati yuridik texnikumi

4. Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi

5. Namangan viloyati yuridik texnikumi

6. Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi

7. Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi
7. Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

8. Xorazm viloyati yuridik texnikumi

9. Toshkent shahar yuridik texnikumi

@Adliya_yuridik_texnikum