🇺🇿 O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari
2.19K subscribers
11.9K photos
779 videos
45 files
4.47K links
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
yuridik texnikumlarining rasmiy kanali

📞 71-207-04-50
71-233-66-36

Facebook: www.fb.com/Yuridiktexnikum
Instagram: https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/

Murojaat uchun: @yuridiktexnikumlar_bot
Download Telegram
⚡️Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda “Mintaqaviy muloqot” XNNT bilan hamkorligida tashkil etilgan “O‘qituvchilar uchun huquqiy asoslash, tadqiqot va huquqiy hujjatlar yozishni o‘qitish” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda.

🖇 Bugun professor-o‘qituvchilar besh kun davomida olgan bilimlarini guruhlarga bo'lingan holda berilgan vazifalar yuzasidan taqdimotlarini namoyish etmoqda.

ProfessorJennifer Franklin taqdimotlarni kuzatib borar ekan IRAC metodologiyasi va uni qo‘llash usullarini tahlil qilish, yuridik amaliyotda uchraydigan muammoli vaziyatlarni o‘rganishda mantiqiy usullardan keng foydalangan ishtirokchilarni baholab bormoqda

📌Jarayonlar qizg'in bahs- munozaralarga boy tarzda o'tmoqda, bizni kuzatishda davom eting.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Jizzax viloyat sudi tomonidan tashkil etilgan "Uch avlod uchrashuvi" da Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
1️⃣2️⃣3️⃣| #Idrok

Navoiy viloyati yuridik texnikumida "Idrok" intellektual o'yinining hududiy bosqichi tashkil etildi

⚡️ Unda texnikum o'quvchilaridan iborat 14ta jamoa o'zaro kuch sinashdilar.

📊 Falsafiy, mantiqiy va huquqiy bilimlar yuzasidan jamoalarga berilgan tezkor savollarni Adliya boshqarmasi, Navoiy davlat pedagogika instituti va yuridik texnikum mas'ul xodimlari tomonidan tuzilgan hakamlar hay'ati baholab bordi.

📝 Ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilgan mazkur bilimlar bellashuvida jamoalar quyidagi natijalarni qayt etdi:

🥇1- o'rinni "ADVOKATLAR"
🥈2- o'rinni "DIPLOMATLAR"
🥉3- o'rinni "NOTARIUS" jamoalari qo'lga kiritdilar.

🎖Bundan tashqari "Eng ahil jamoa" nominatsiyasi bo‘yicha "Yustitsiya" jamoasi, "Eng bilimdon talaba" nominatsiyasiga Axtamov Behzod loyiq deb topildi.

🏆 Intellektual o‘yinda faol ishtirok etgan jamoalar yuridik texnikum rahbariyati tomonidan diplom hamda 1-o'rinni egallagan "Advokatlar" jamoasi tanlovning Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🚀 Telegram | 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni"da ishtirok etdi.

🔹 Tadbir davomida, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, ekspertiza turlari, takomillashtirilgan zamonaviy moddiy texnika bazasi hamda markazning Farg‘ona viloyati bo‘limida yangi tashkil etilgan Odam DNKsi sud biologik ekspertiza laboratoriyasi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, yuridik texnikum o‘quvchilari “Ochiq eshiklar kuni” doirasida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Farg‘ona viloyati bo‘limida ekspertiza jarayonlarini kuzatish bilan birga mutaxassislarning bergan ma'lumotlarini muhokama qilishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
• Telegram | • Instagram
⚡️Jizzax viloyati yuridik texnikumida bo‘lib o‘tgan Sug‘urta sohasiga oid qonunchilik hamda sug‘urta munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plami chop etildi

Quyidagi havola orqali konferensiya materiallar to‘plamini yuklab olishingiz mumkin. 👉 https://t.me/texnikum_box/124

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣| #Idrok

⚡️ Xorazm viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari o'rtasida "IDROK" intellektual o'yinining texnikum bosqichi bo'lib o'tdi.

Intellektual o'yinda "Yustitsiya", "Xorazm", "Wisdom", "Idrok", "Adolat", "Feniks", "Astron", "Senator"  va "Oligarx" jamoalari o'zaro kuch sinashdi.

🗣 O‘yin 3 ta bosqichda tashkil etildi va har bir bosqich qiziqarli, umumiy va huquqiy sohaga oid 9 ta savoldan iborat bo‘ldi.

👩🏻‍💻 Intellektual o‘yin adliya organi, yuridik texnikum va jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘lgan 5 kishilik hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.

🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra "Astron" jamoasi g'olib deb topildi va respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎Hurmatli Telegram premium foydalanuvchilari!

😎Respublikadagi barcha yuridik texnikumlar faoliyatini keng targ'ib qilish va ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to'g'risida xabar berib kelayotgan @Adliya_yuridik_texnikum kanali faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida faol bo‘lib ovoz berishga chorlaymiz.

Kanalning rivojlanishiga o‘z hissangizni qo'shing!

https://t.me/boost/Adliya_yuridik_texnikum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM