Telefon nuri bizni qaritadi
Ekrandagi ko‘k nur terida oksidlovchi stressni keltirib chiqaradi. U kollagenni yo'q qiladi, ajinlar va qarilik dog'lari paydo bo'lishini tezlashtiradi.
Ayniqsa, agar siz yotishdan oldin qorong'ida telefondan foydalansangiz - terining tiklanishiga vaqt yo'q.
Nima qilish kerak? :
Tungi rejimni yoqing (iliq filtr).
Yuzdan kamida 25 sm masofani saqlashni unutmang.
Ekran taʼsirida 2 soatdan ortiq qolmang.
https://t.me/islamdatip
Insonlar bilan munosabating olov bilan munosabat kabi bo'lsin, ko'p uzoqlashma, sovqotasan, ko'p yaqinlashma, yonasan
Sa'diy Sheroziy
Sa'diy Sheroziy
❤1
Bo'sh-bo'sh hayollarga "yo'q" deng #kuzatuv
Yurakka tegadigan, hislarni jumbushga keltirib, o'tmishdagi xatolar, sizga qanday xiyonat qilishgani, qanchalik bechora odamligingiz esingizga tushib, dangasalashtirib qo'yadigan narsadan uzoqlashing. Ashula, kino, reels, shorts, dam olish, ko'p uxlash, ko'ngil yozishga mukkasidan ketishni boshlaganingizni o'zingiz ham sezmay qolasiz.
Natijada - oliy maqsad va burchingizni unutasiz.
Dangal, aniq, sizga foyda olib keladigan ishlarga qiziqing. Shunday insonlar bilan suhbatda bo'ling. Yaqin yuring, "qora"si yuqsin. Vaqtinchalik emotsiyalar keladi, ketadi. Ketganda ham, dunyoga g'arq qilib ketadi.
Foydali ilm, qat'iy ishonch, to'g'ri amallar isloh qiladi. Qalbingiz bir onda yumshoq, bir onda maqsadini unutmagan "ko'zi" ochiq bo'ladi.
- Mening maqsadim qani?, deng o'zingizga.
- Ulug'lar kuyunib, ustida vafot etishgan sabablar qani menda?, deng o'zingizga.
Bo'sh-bo'sh narsalarga aldanmang.
Maqsaddan chalg'imaganlar yutadi.
© ULUL ALBAB yozdi

📱 Telefon uyquning "qotili"
So’rovnomada 6 minga yaqin kishi uyquga ketishga telefon va ijtimoiy tarmoqlar xalaqit berishini aytgan. Uyqudan oldin telefondan foydalanish zararligi haqida deyarli hamma gapiradi. Ko’pchiligimiz qisqa videolar ko’rib kechasi bilan uxlamasdan chiqamiz lekin nega biz buni to’xtatolmaymiz?
Million yillardan beri insonlar quyosh chiqishi va botishiga qarab yashab kelishgan, uyqu rejimi quyoshga qarab to’g’irlangan. Chunki quyosh nuri miyamizda melatonin (uyqu gormoni) ishlab chiqarishni nazorat qiluvchi asosiy vosita hisoblanadi.
Telefon bilan quyoshning nima aloqasi bor desangiz, telefon ekranidan chiqadigan nur bilan quyosh nurini miyyamiz farqlamaydi. Natijada kechasi telefonga qaraganingizda, miya: "Hali quyosh chiqib turibdi, uxlamaslik kerak!" degan signal oladi. Natijada melatonin ishlab chiqarilishi to‘xtaydi va siz uxlashni xohlasangiz ham, miyangiz "uyg‘oq" rejimida qolaveradi.
Uyqudan tortib turuvchi yana bir narsa esa “scrolling”. Ijtimoiy tarmoqlardagi cheksiz "lenta" miyada dofamin (zavq gormoni) chaqiradi. Miya bu oson zavqqa bog‘lanib qoladi. Uyqu esa "zerikarli" jarayondek tuyuladi. Siz "yana besh daqiqa" deysiz, lekin bu vaqt ichida miyangiz haddan tashqari zavqlanib, chuqur uyquga kirish imkoniyatini yo‘qotadi.
Bu tuzoqqa tushmaslik uchun uyqudan kamida 1 soat oldin telefondan foydalnishni to’xtating.
Agar telefon ishlatishga majbur bo‘lsangiz, kechasi ekranda "Night Shift" yoki "Blue light filter" rejimini doimiy yoqib qo‘ying. Bu miyaga zararni biroz kamaytiradi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi "lenta" tugamaydi, lekin sizning sog‘lig‘ingiz va asablaringiz tugashi mumkin. Bugun tunda o‘zingizga “Shu video mening ertangi kunimdan va energiyamdan muhimroqmi?" deb savol bering.