Abituriyent | Axborot portali
85.8K subscribers
995 photos
389 videos
309 files
3.56K links
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el
Download Telegram
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

🔹 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
🔹 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

📝 Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

1️⃣ oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
2️⃣ o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
3️⃣ qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.

📌 Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Test sinovi uchun to‘lovni 24 soat ichida amalga oshirish kerak deyishyapti. Shu to‘g‘rimi?

✔️ Test sinovi uchun to‘lovni onlayn ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng 24 soat ichida amalga oshirish kerak degan talab mavjud emas.

🌐 Abituriyentlar to‘lovni ro‘yxatga olish yakunlanganga qadar elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirishlari mumkin.

💬 Izoh: ro‘yxatga olish chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlarda 10-iyulga qadar, qolgan yo‘nalishlarda 20-iyulga qadar davom etadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Qizimning IELTS 5,5 sertifikati bor. Ingliz tilidan ijodiy imtihondan ozod etiladimi?

✔️ IELTSdan 5,5 ball B2 daraja hisoblanadi. Sertifikati tasdiqlansa, ingliz tili fani bo‘yicha imtihondan ozod etiladi va maksimal ball beriladi.

Ona tili fanidan milliy testda 82,8 ball to‘pladi. OTMlarga kirishda 2-fan uchun necha ball beriladi?

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida 82,8 ball to‘plagan abituriyentga majburiy fandan maksimal, mutaxassislik fanidan proporsional ball beriladi.

📌 Mutaxassislik fanidan beriladigan ballni aniqlash uchun ushbu fandan maksimal ballning sertifikatdagi foizini hisoblash lozim.

🔔Ushbu abituriyentda ona tili va adabiyot ikkinchi fan bo‘lgani uchun 63 ballning 82,8 foizi hisoblanadi: 63 x 0.828 = 52.164 ball.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023 #Statistika
2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 8-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 289 266 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 249 190 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 33 365 nafar;
🇺🇿 Qoraqalpoq tili — 5 596 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 115 nafar;

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 194 148 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 7 214 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 85 607 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 2 297 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 11 125 nafar;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 9 221 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 9 091 nafar;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 8 903 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 8 654 nafar;

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha top 5 talik:

1️⃣ Samarqand viloyati — 30 053 nafar;
2️⃣ Qashqadaryo viloyati — 27 463 nafar;
3️⃣ Toshkent viloyati — 27 091 nafar;
4️⃣ Andijon viloyati — 25 998 nafar;
5️⃣ Farg‘ona viloyati — 23 232 nafar.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023   #Abituriyent2023   #Statistika

📌2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 9-iyul 18:00 holatiga)

🍏 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 316 976 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 273 385 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 36 216 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 6 213 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 162 nafar.

✍️ Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔺 Kunduzgi ta’lim shakli — 212 917 nafar;
🔺 Kechki ta’lim shakli — 8 128 nafar;
🔺 Sirtqi ta’lim shakli — 93 437 nafar;
🔺 Masofaviy ta’lim shakli — 2 494 nafar.

➡️ Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 12 287 nafar;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 10 098 nafar;
👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 10 046 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 9 864 nafar;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 9 719 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha top 5 talik:

1️⃣ Samarqand viloyati — 32 852 nafar;
2️⃣ Qashqadaryo viloyati — 30 169 nafar;
3️⃣ Toshkent viloyati — 29 328 nafar;
4️⃣ Andijon viloyati — 28 463 nafar;
5️⃣ Farg‘ona viloyati — 25 313 nafar.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023   #Abituriyent2023

❗️ Bugun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

🔔 Bugun, 10-iyul kuni 8 ta oliy ta’lim muassasasining chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga roʻyxatdan o‘tish yakunlanadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​#Qabul2023 #Abituriyent2023 #Statistika

2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 13-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 504 647 nafar.

💬 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 436 896 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 54 030 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 12 188 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 533 nafar;

☄️ Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔺 Kunduzgi ta’lim shakli — 335 042 nafar;
🔺 Sirtqi ta’lim shakli — 153 297 nafar;
🔺 Kechki ta’lim shakli — 12 778 nafar;
🔺 Masofaviy ta’lim shakli — 3 530 nafar.

💬 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 19 636 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 15 371 nafar;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 15 319 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 15 314 nafar;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 14 906 nafar.

✔️ Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

1️⃣ Samarqand viloyati — 59 287 nafar;
2️⃣ Qashqadaryo viloyati — 55 979 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 47 759 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 45 485 nafar;
5️⃣ Andijon viloyati — 43 135 nafar.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/yLLxp1V3gZk5NGU
https://t.me/yLLxp1V3gZk5NGU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

❗️ Bugun test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi kuni!

📌 Avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.

Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

To‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar bugun (21-iyul) soat 23:59 ga qadar elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM