Abdulhamid Murod | Rasmiy kanal
834 subscribers
465 photos
568 videos
20 files
2.29K links
📌Шиоримиз:

1.Аҳли сунна вал-жамоа мазҳаби асосида пок ақийда ва мусаффо Исломга интилиш.
2.Қуръон ва суннатни ўрганиб амал қилиш.
3.Исломий маърифат таратиш.
4.Cалафи солиҳ–улуғ мужтаҳидларга эргашиш.

Устоз: 🎙Абдулҳамид Ҳанафий Мотрудий саҳифалари.
Download Telegram
#tarjima
#kun_hadisi

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Kimki, ilm talabida (yo‘lga) chiqsa, (u) to qaytgunicha Allohning yo‘lidadir.

Termiziy rivoyat qilgan.

@Abdulhamid_Samarqandiy_Hanafiy — Ilm tarqatish sadaqai joriyadir!
#tarjima
#kun_hadisi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedi: «Dunyo moʻminning doʻzaxidir va kofirning jannatidir».

Imom Muslim rivoyat qilgan

@Abdulhamid_Samarqandiy_Hanafiy — Ilm tarqatish sadaqai joriyadir!
#kun_hadisi
#zikr

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Ey Allohning Rasuli, odamlar ichida qiyomat kuni shafoatingiz bilan eng saodatmand bo‘ladigan kishi kim?» dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Hurayra, aniqki, shu gapni sendan oldin hech kim so‘ramasligini bilar edim, chunki hadisga o‘ta harisligingni ko‘rganman. Odamlar ichida qiyomat kuni shafoatim bilan eng saodatmand bo‘ladigan kishi «La ilaha illalloh»ni qalbidan [yoki vujudidan] ixlos bilan aytgan kishidir», dedilar».

Imom Buxoriy rivoyat qilgan.


Ulashing⬇️

@Abdulhamid_Samarqandiy_Hanafiy — Ilm tarqatish sadaqai joriyadir.
#kun_hadisi

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Agar sen Alloh uchun bir narsani (haromni) tark etsang, Alloh Taolo uni o'rniga sen uchun undan-da yaxshisini beradi!", dedilar.

Imom Ahmad rivoyati.

P.s: Hozir qanchadan-qancha kishilarni ko'ramiz, ishlari namozlaridan to'sadi va ibodatlariga xalaqit beradi. Ular o'ylashadiki, agar men shu ishdan bo'shasam, rizqim kesiladi, deb.

Yo'q, aslo unday emas, har bir tirik jon bor ekanki, rizqi Allohning zimmasida! Alloh Taolo harom yo'l bilan ham, halol yo'l bilan ham topganga beryapti, lekin harom yo'l bilan pul topgan kimsani gunoh qilgani qolyapti, afsus!

Harom yo'l bilan pul topayotgan yoki ishlari ibodatlaridan man qilayotgan kimsalar, ogoh bo'ling, agar shariatga muvofiq ish tutsangiz, Alloh sizga undan-da yaxshisini beradi, in shaa Alloh


#isloh
©️ https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy
📌 #kun_hadisi

📚Rasululloh ﷺ  dedilar: «Agar Alloh taolo biror qavmga azob yuborsa, u azob oʻsha qavmning yaxshisi-yu yomoniga birdek yetadi. Lekin qiyomatda amallariga qarab qayta tirilishadi»
Buxoriy va Muslim  rivoyati
(Ibn Umar rodiyallohu anhudan)

📚Rasululloh ﷺ  «bizga yetti narsaga odat  qilingiz! — dedilar:
1. Janozaga qatnashmoqni
2. Kasalni borib koʻrmoqni
3. Chaqirilgan joyga bormoqni
4. Mazlumga yordam bermoqni
5. Qasam ichsa, qasamida turmoqni
6. Salomga alik olmoqni
7. Aksa urgan kishi «Alhamdulilloh» desa, unga «Yarhamukalloh» demoqni»
Imom Buxoriy rivoyati.

@Abdulhamid_Hanafiy 🍃
#kun_hadisi

📚Rasululloh ﷺ  dedilar: «Agar Alloh taolo biror qavmga azob yuborsa, u azob oʻsha qavmning yaxshisi-yu yomoniga birdek yetadi. Lekin qiyomatda amallariga qarab qayta tirilishadi»
Buxoriy va Muslim  rivoyati
(Ibn Umar rodiyallohu anhudan)

📚Rasululloh ﷺ  «bizga yetti narsaga odat  qilingiz! — dedilar:
1. Janozaga qatnashmoqni
2. Kasalni borib koʻrmoqni
3. Chaqirilgan joyga bormoqni
4. Mazlumga yordam bermoqni
5. Qasam ichsa, qasamida turmoqni
6. Salomga alik olmoqni
7. Aksa urgan kishi «Alhamdulilloh» desa, unga «Yarhamukalloh» demoqni»
Imom Buxoriy rivoyati.

t.me/Abdulhamid_Hanafiy