Abdulhamid Murod | Rasmiy kanal
871 subscribers
465 photos
568 videos
20 files
2.29K links
📌Шиоримиз:

1.Аҳли сунна вал-жамоа мазҳаби асосида пок ақийда ва мусаффо Исломга интилиш.
2.Қуръон ва суннатни ўрганиб амал қилиш.
3.Исломий маърифат таратиш.
4.Cалафи солиҳ–улуғ мужтаҳидларга эргашиш.

Устоз: 🎙Абдулҳамид Ҳанафий Мотрудий саҳифалари.
Download Telegram
10741. Саъд ибн Ваққос розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни: «Аллоҳ тақводор, бой ва хилватнишин бандани яхши кўради», деганларини эшитганман», деди».

Имом Муслим ривояти.

https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy
📌 #дуо

Илмни зиёда қилиш дуоси

﴿رَبِّ زِدْنِي عِلْماً﴾

Ўқилиши: "Робби зидний ъилман".

Маъноси: "Роббим, илмимни зиёда қилгин" (Тоҳа сураси, 114-оят).

https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy
Kun hikmati
Xech kimga yomonlik tilamam aslo,
Yaxshi — yu, yomonga xakamdir Xudo...
Kim menga neniki, tilagan bo‘lsa,
Yaratgan unga xam aylasin ravo...
🍂

Rumiy

https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy
#Ҳулоса_қилинг

1. Закот- сени тозалаш ва кучингни кўпайтириш учун ўтказиладиган нозик жарроҳлик амалиётидир.
2. Уйланиш- борлиқдаги энг катта масъулият. Унинг ҳар-бир тафсилоти учун ё савоб оласан ёки жазоланасан.
3. Судхўрлик- Аллоҳ таолога қарши расмий уруш эълон қилиш.
4. Барака- Аллоҳнинг махфий қўшинларидан бири.
5. Садақа-  хатоларни ўчирувчи.
6. Масжид- Аллоҳнинг ўз аҳбоблари ила учрашиши учун ердаги уйи.

https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy📚🌙
Yodingizda boʻlsin,
"O'qi" deb buyurgan Zot, bir kun kelib "O'qidingmi?" deb soʻraydi?



https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy 📚🍃
#САДАҚАИ_ЖОРИЯ

Ўлимдан кейин ҳам савоб олиш учун 6 йўл:

1. Қайси масжидга бўлмасин Қуръон Карим қўйиб қўйинг.

2. Касалхонага ногиронлар аравачаси бериб қўйинг.

3. Масжид қурилишига қатнашиб қўйинг (Меҳнат ёки маблағ билан).

4. Одамлар кўп ўтадиган жойга сув чиқариб қўйинг.

5. Дарахт экинг.

6. Энг осони шу маълумотларни тарқатиб қўйинг.

https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy
Muhtaram er janoblari!
Oqila qizim!


Sizlarga aytar so‘zim:
Oila saodatini topmoqchi bo‘lsangiz, buning barcha siri uch narsada mujassam:
1. Allohga duoyu iltijo qiling. Zero, hikmatlardan birida:
Agar Parvardigor bandasiga yordam bersa, niyatlariga erishishi oson bo‘lib qoladi, deyilgan.
2. Ibodatlarni mahkam tuting, gunohlardan uzoq yuring.
Alloh buyurganidek yashang, O‘zi bizga istagan narsalarimizni tortiq qiladi.
Ha, baxtli hayot toat-ibodatsiz barpo bo‘lmas. Salafi solihlardan biri aytgan: Qilgan gunohimning izi ayolim va ulovimning yomon xulqida namoyon bo‘lishini ko‘raman.
3. Doim o‘zaro yaxshi muomalada bo‘ling, nimani berishni istasak, juftimizga o‘sha narsani ulashaylik, xatolarni kechiraylik.
Hech kimning jufti mukammal emas, mukammal bo‘lmaydi ham.
Bizning vazifamiz ularni shu holida sevish, rozi bo‘lish, yaxshi xislatlariga boqib, kamchiliklaridan ko‘z yumishdir. Binobarin, o‘zimiz ham ayblardan pok emasmiz.

Shayx Yusuf Xattor Muhammad
«Oila — saodat maskani» kitobidan


https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Телефон воситаларини ишлатувчилар учун.
(Телефон гудогига Азон, саловатлар қўйиб оладиганлар эшитсин!)

🎙 Шайх Муҳаммад Саъид Рамазон Бутий.ㅤㅤ

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Abdulhamid_Hanafiy
2023-07-18
Ruhiy tarbiya darsi
📚📚TAJUL-ARUS📚📚
(تاج العروس) kitobidan

📌📌📌 6-DARS 📌📌📌

🔴Ustoz Abdulhamid Hanafiy🎙

Kitob muallifi: IBN ATOULLOH SAKANDARIY

00:56 — Nafs bilan kurashish
05:36 — Mol-u duyo qalbingda bo‘lmasin!
09:15 — Kichik gunohlarga tavba qilish fazilati
17:05 — Qalbning o‘lishi
22:48Jasadni haqqi ovqat bo‘lsa, ruhni haqqi zikr va namozdir!
33:30#duo Robbana zolamna anfusana va illam tag‘fir lana zunubana lanaku:nanna minal-xosiriyn

#Ruhiy_tarbiya

Kanalga ulanish uchun ⤵️
👉 @Abdulhamid_Hanafiy 🍃
Tajul-Arus kitobidan o‘tilgan 6-darsdan #parcha

1. Inson 4 vaqtda zikr bilan mashg‘ul bo‘lishi kerak

Bomdod namozidan oldin
Bomdod namozidan keyin
Shom namozidan oldin
Shom namozidan keyin


2. Muhib (Alloh va uning rosulini yaxshi ko‘radigan) kishi, agarda tahajjud o‘qimas ekan, bas u o‘zini: Allohni sevaman deb, da‘vo qilmasin!

3. Imom G‘azzoliy o‘zlarining "Ihyou ulumiddin" kitoblarida aytganlar: Abatta har birimiz bandamiz, har birimizni kamchiligimiz, Allohdan so‘raydigan hojatlarimiz bor, o‘shalarda duolarimiz qabul bo‘ladigan vaqt tahajjud vaqtidir, o‘sha paytda duo qilish kerak: quyidagilarni jamlagan holda:
Qur‘onni qalbi - Yasin
Kunduzni qalbi - Bomdod
Kechani qalbi - Tahajjud

https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy 📚
📌📌📌 #ИБРАТ
📚 #кун_ҳадиси

Soliha ayolning vasfi

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

Sizlarga jannatdagi ayollar haqida xabar beraymi?
Eriga muhabbatli va tugʻadigan xotin boʻlib, agar gʻazab qilsa yoki unga nisbatan yomonlik qilinsa (yoki eri gʻazab qilsa): ”Mana bu qoʻlim sizning qoʻlingiz ustidadir, yaʼni men sizning izmingizdaman. To rozi boʻlmaguningizcha uxlamayman “, deb aytadigan xotindir ”, dedilar.

[Nasaiy va Tabaroniy rivoyati]

Agar huddi shuni aksi boʻlsa doʻzaxiy ayollardan boʻlishi ahtimoli kotta boʻladi shuning uchun kibrni yoʻqotib xoʻp deb ayb kimdan oʻtsada uzur soʻrash kerak jannatga kirish uchun.


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Каналга уланиш учун

👇👇👇
https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy
Kun hıkmatı

Alloh ko'rib turib, insonning aybini berkitadi.
Inson ko'rmagan narsasini olamga doston qiladi...

Rumiy

https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy
KUN_OYATI

«Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag'firat etar."
(Zumar surasi, 53-oyat)

https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy
Duo

Солиҳ фарзанд сўраш дуоси

﴿رَبِّ هَبْ لِي مِنَ الصَّالِحِينَ﴾

Ўқилиши: “Робби ҳаб лий минас сооли­хийн”.

Маъноси: “Роббим! Ўзинг менга солиҳ (фарзанд)лардан ато этгин!”

(Соффот сураси, 100-оят).

https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy
- "Дўст ачитиб гапиради" дейишади. Ҳар аччиқ сўз сўзлаган киши, дўст бўлиб қолавермайди. Сени севмаган киши ҳам, аччиқ сўзлаши мумкин. Дўстингни сенга сўзлайдиган сўзи аччиқ бўлса ҳам, сенинг жонингни ачитмайдиган шаклда ширин тил билан сўзлайди.

Шамс Табризий

https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy
10752. Абу Ҳафс Аббор раҳимаҳуллоҳ деди: “Абдуллоҳ ибн Шибримага бир ишда ҳожатим тушди у адо этиб берди. Унга ташаккур айтиб келдим. У: “Нима учун менга раҳмат айтмоқчисан?”. Мен унга: “Менинг фалон ишимни ҳал қилиб бердингиз”, дедим. У: “Бор, кетавер”, деди. Ва: “Агар дўстингни олдига у ҳал этишга қодир бўлган бирон ҳожатинг тушиб келса-ю, у ўзи ва молини сарф этмаса, у ҳолда, таҳорат олиб тўрт такбир билан (жаноза) намозини ўқиб қўй ва уни ўлганлардан ҳисоблайвер”, деди.

“Тарихи Димашқ” китобидан.

https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy
Ibn Kasir rohimahulloh ayollar haqidagi:
“Ular (
ayollaringiz) bilan yaxshilikda yashang”
(
Niso surasi, 19-oyat) oyatini tafsir qilib aytadi:
“Oyatning ma’nosi ularga so‘zingizni chiroyli qiling, muomalangiz, ko‘rinishingizni imkoni boricha ziynatli qiling. Axir, siz ham ayolingiz sizga nisbatan shunday bo‘lishini istaysizku, siz ham unga shunday munosabat qilingda”.

Shayx Yusuf Xattor Muhammad
«Oila — saodat maskani» kitobidan


https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy
A’lochilar bayrami

Uyimizda yaxshi baholar olib o‘quv yilini yakunlaganimiz uchun “A’lochilar bayrami” degan bayram o‘tkazardik.
Bu bayramning eng ajoyib tomoni ichimizda o‘quv yilining yakunida birgina a’lochi bo‘lsa-da, bayramni barcha birdek intiq bo‘lib kutardi. Bayram kuni dadam bilan onam barchamizga birdek e’tibor qaratishardi, a’lochilarnikidek katta bo‘lmasa ham, sovg‘alar taqdim qilishardi.
Biz ham yil davomida a’lo baholarga o‘qishga harakat qilardik. Ayniqsa o‘qishi orqada qolayotganlar yaxshi natijalarga erishish uchun a’lochilardan o‘rnak olib, o‘zlari ustida ishlaydigan, qo‘shimcha darslarga qatnashadigan bo‘lishdi.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’ti
" Farzand tarbiyasida 700 saboq " kitobidan


https://t.me/Abdulhamid_Hanafiy