Forwarded from Madina Abdullayevna || Esse ekspert (Bazarboyeva Madina Abdulla qizi)
Ta'lim har bir jamiyatning rivojlanishi, inson huquqlari va tenglikni ta'minlash uchun muhim asosdir. Yaratilishidan boshlab, ta'lim har bir shaxsning potentsialini ochishga, jamiyatni yaxshilashga, va dunyo miqyosida raqobatbardosh bo'lishga yordam beradi. Bugungi kunda, ba'zi odamlar ta'limni bepul qilish zarurligini ta'kidlasalar, boshqalar esa ta'limga sarflangan mablag'ning jamiyat rivojiga xizmat qilishiga ishonishadi. Aslida, jamiyatimiz a'zolarining qaysi qarashlari õrinli?
Bir tomondan olib qaraganda, ta'limning bepul bõlishi taraftdorlarining ham qarashlari õrinli aslida. Tõlovsiz ta'lim g'oyasi ko'plab mamlakatlar tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. Bepul bilim berish jamiyatda tenglikni ta'minlash, ijtimoiy adolatni oshirish va har bir insonni o'z potensialiga erishish imkoniyatlari bilan ta'minlashga yordam beradi. Agar ta'limda pullik to'lovlar bo'lsa, kambag'al oilalar uchun bolalarining ta'lim olishi qiyinlashadi, bu esa ijtimoiy stratifikatsiya va tengsizlikni kuchaytiradi. Bepul ta'lim tizimi barcha qatlamlardagi fuqarolarga bir xil imkoniyatlar yaratadi va bu, o'z navbatida, iqtisodiy taraqqiyot va barqaror jamiyat qurishga xizmat qiladi. Misol uchun, Skandinaviya davlatlari, xususan, Shvetsiya, Norvegiya va Daniyada ta'lim tizimi keng tarqalgan va barcha uchun bepul. Bu mamlakatlar o'zining ta'limga bo'lgan yondashuvi bilan dunyo miqyosida yuqori darajada rivojlangan davlatlar sifatida tanilgan. Ularning ta'lim tizimi sifatli va hamma uchun ochiq, natijada iqtisodiyot va ijtimoiy farovonlikda katta yutuqlarga erishganlar. Bepul ta'limning ahamiyatini tan olish, odamlarning o'z bilimlarini oshirish va dunyoqarashini kengaytirish uchun zarurdir.
Boshqa tomondan, ta'limga tikiladigan mablag'lar faqat shaxsiy rivojlanish uchun emas, balki butun jamiyat uchun foydali bo'lishi kerak. Ta'lim tizimiga investitsiya qilish orqali davlatlar o'z iqtisodiyoti uchun zarur bo'lgan malakali va bilimdon ishchi kuchini tayyorlaydilar. Biror mamlakatda ta'lim tizimi mustahkam bo'lsa, uning raqobatbardoshligi va innovatsion salohiyati yuqori bo'ladi. Shuningdek, ta'limda sarflanadigan mablag'lar milliy iqtisodiyotning o'sishiga xizmat qiladi, chunki ta'limli fuqaro nafaqat iqtisodiy muvaffaqiyatga erishadi, balki jamiyatda yaxshiroq muammolarni hal qilishga qodir bo'ladi. Yuqori sifatli ta'lim tizimi yaratish uchun resurslar zarur. Bunday tizimni yaratish va uni saqlab qolish uchun mablag'ni jamiyatning barcha qatlamlaridan olish lozim. Ta'limga sarmoya kiritish o'quv dasturlarini yangilash, o'qituvchilarning malakasini oshirish va innovatsion texnologiyalarni ta'limga qo'shish imkonini beradi. O'z navbatida, ta'limga sarflangan mablag' uzoq muddatda jamiyatni rivojlantiradigan, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaydigan va iqtisodiy o'sishning asosiy poydevori bo'ladi.
Mening fikrimcha, bepul ta'lim va ta'limga investitsiya qilish o'rtasida muvozanatni topish muhimdir. Bepul ta'lim tizimi mavjud bo'lsa-da, bu tizimning samarali ishlashi uchun davlatning sarmoyasi zarur. Shunday qilib, ta'lim jamiyat uchun bepul bo'lishi kerak, ammo bu tizimni mukammal ishlatish va rivojlantirish uchun zarur resurslar va investitsiyalar ham bo'lishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, ta'limni bepul qilishning ijtimoiy adolatga va tenglikka xizmat qilishdagi o'rni beqiyosdir. Bepul ta'lim berish, umuman olganda, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash va jamiyatni rivojlantirishga katta hissa qo'shadi. Biroq, bu tizimni samarali amalga oshirish uchun sifatli ta'lim resurslari va to'g'ri boshqaruv zarur. Resurslar va o'qituvchilarni rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratish lozim.
Gõzal Sattorova✍
@ona_tili_milliy_sertifikat_esse1

✅🔷Qaynoqqina!!!🔷✅
🌕Juda koʻpchilik essedagi argument (fikr)larga aniq dalillar keltirishga qiynaladi.
🌕 Yuqoridagi fayldan foydalanib, aniq, faktli misollar yozsangiz boʻladi.