ZDF_chinberdiyev_Azizbek
114 subscribers
69 photos
45 videos
1 file
45 links
Download Telegram
Uyga gooooooo😎😎😎
👍1🔥1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥰2🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kichik urug'dan ulkan daraxt o'sib chiqadi.
Bugungi kichik harakatingiz kelajakda ulkan meva beradi.
🏆2🔥1🥰1👏1👨‍💻1
JKning 166-modda nma hqida?
Anonymous Quiz
9%
bosqinchilik
55%
talonchilik
36%
bezorilik
Firibgarlik JKning nechanchi moddasi?
Anonymous Quiz
47%
167-modda
18%
191-modda
35%
168-modda
O'ZBEKISTONDA 2026-YIL "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" deya e'lon qilindi🇺🇿🇺🇿
💯1
❗️Nikoh yoshiga yetmaganlar bilan turmush qurganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi!

‼️Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan, shuningdek, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda. Biroq, nikohlanuvchi tomonlardan biri farzandlikka olingan yoki o‘gay farzand bo‘lgan hollar bundan mustasno.

🔹Shuningdek, nikohga kirishni xohlovchilarning arizasiga ko‘ra homiladorlik, bola tug‘ilishi bilan bog‘liq holatlarda nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.

‼️Bundan tashqari, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (20 mln 600 ming so‘mdan 41 mln 200 ming so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanmoqda.
👏32🔥2🕊1
141-1-modda. Shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish
Shaxs tanasining va (yoki) jinsiy aʼzolarining yalangʻoch holdagi foto- va (yoki) videotasvirini oʻz ichiga olgan axborotni uning roziligisiz tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish yoxud bunday axborotni tarqatish bilan qoʻrqitish, —
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yuz oltmish soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
👍2👏1💯1👨‍💻1
hozirgi paytta internetta shaxsning roziligisiz amalga oshirilayotgan , ko'p ommalashib borayotgan jinoyat turlaridan biri
🔥2👏1🕊1🆒1
O'zingizni taskin topish uchun tashqi tasdiqlarni kutmang.
Ichki ishonch – bu eng mustahkam poydevor.
👍3🕊3❤‍🔥2
62-modda

Topib olingan mol-mulkni yashirish

Topib olingan yoki tasodifan qoʻliga tushib qolgan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan ortiq boʻlgan oʻzganing mol-mulkini yashirish
sanksiyasi :
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

MANBA: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi
2🔥1🕊1💔1
Assalomu alaykum hammaga " yangi yilingiz bilan tabrikleman hammelarni"
❤‍🔥2🥰1🕊1💔1
278-modda.
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki oʻtkazish, shu jumladan ana shunday oʻyinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash
SANKSIYA:

yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab,
SANKSIYA:

yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarga jalb qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,
SANKSIYA:

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish yoki oʻtkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi provayderlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish, tegishli dasturiy taʼminotdan nusxa koʻpaytirish, uni koʻpaytirish, tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,
SANKSIYA:

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
MANBA: JINOYAT KODEKSI
🥰31🕊1👨‍💻1
Ishonayotgan insonlaringdan xushyor bo'l tuzham shakarga juda o'xshash..
😢3😨2💯1
O'ZBEKITON RESPUBLIKASI MILLIY STATISTIK QO'MITASI
O'ZBEKISTON AHOLI SONI
30.12.2025 HOLATIGA KO'RA: 38 232 253 SONI
03.01.2026 HOLATIGA KO'RA: 38 239 862 SONI SOAT 20:00
UNGA KO'RA:
ERKAKLAR: 19257595. 3. 01.2026-YIL SOAT 20:00 HOLATI
AYOLLAR: 18982267. 3. 01. 2026-YIL SOAT 20:00 HOLATI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
😍2💔1🆒1
❗️ Судьялар эндиликда дастлаб 5 йил, кейинчалик муддатсиз даврга сайланади


“Судьялар ҳамжамияти органлари фаолиятининг самарадорлиги ва очиқлигини ошириш ҳамда суд мустақиллиги кафолатларини янада кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ–227-сон, 24.11.2025 й.) қабул қилинди.

⛔️ Фармонга кўра, судьяларни навбатдаги 10 йиллик муддатга тайинлаш (сайлаш) тартиби бекор қилинади.

Судьялик лавозимларига номзодларни дастлаб 5 йил муддатга, кейинчалик муддатсиз даврга тайинлаш (сайлаш) тартиби белгиланади.

Туманлараро, туман, шаҳар судлари раислари ва уларнинг ўринбосарлари лавозимларига номзодларни аниқ мезонларга кўра судьялар орасида очиқ танлов асосида танлаш тартиби ўрнатилади.

📝 Судьянинг касбий фаолиятини баҳолашда “ҳалоллик”, “касбий лаёқатлилик” ва “судьялик одоби қоидаларига риоя этиш” талабларининг аниқ мезонлари қонун даражасида белгиланади.

⏭️ Шунингдек, Судьялар олий кенгашининг доимий асосда фаолият юритувчи судьялари лавозимига номзодлар тегишли суд судьялари малака ҳайъатлари томонидан тавсия этилади.

📑 Бунда Кенгашнинг доимий асосда фаолият юритувчи судьялари лавозимига, қоида тариқасида, судья сифатида камида 7 йил ишлаган судьялар номзоди кўрсатилиши мумкин.
🕊1💯1🫡1
Audio
❤‍🔥1👏1🆒1