Asteroid B-612
4.09K subscribers
1.08K photos
13 videos
10 files
44 links
Har kimning o'z sayyorasi va unda kichkina shahzodasi bo'ladi

Admin👇
@oxunjonov_sardorr

Reklama masalasida👇
https://t.me/reklama_paketlari

t.me/reklamanatijalari_asteroid

*Perfluence
Download Telegram
Forwarded from Prizma
Бугун байрам. Баъзида инсонларнинг шунақа кунларда кайфияти тушиб кетади. Ўзингни жуда хурсанддек кўрсатишинг керак. Агар ростданам ҳам хурсанд бўлсанг бу муаммо эмас, лекин тескариси бўлсачи?

Байрамда ҳамма хурсанд бўлиши, кулиши ва байрамона кайфиятда бўлиши керак деган ёзилмаган қоида бор. Агар инсоннинг ички дунёсида қандайдир муаммо бўлса, у ташқарида "бахтли инсон" ролини ўйнашга мажбур бўлади. Бу ички ва ташқи дунё ўртасидаги конфликт кучли стресс ва йиғлаш истагини келтириб чиқаради.

Бундан ташқари ёнингда йўқ инсонларни эслайсан. Уларни оддий кунларда кўп ҳам эсламаслигинг мумкин, лекин мана шундай давраларда уларни эслаб сиқиласан.

Натижада ҳамма хурсанд бўлаётган вақтда сен йиғлайсан.

Одамзот тушунарсиз мавжудот.
💯306❤‍🔥5
"Bolalikning sehrli qahramoni"

Bog‘cha davrimizni eslasak, yangi yil bayramining eng unutilmas qismi – Qorboboning bizga sovg‘alar ulashgani edi. U ko‘rinishi bilan hammasini quvonchga to‘ldirardi, sovg‘alarni qabul qilib olish esa cheksiz baxt edi. Qorboboni yaxshi ko‘rar, yangi yilni intiqlik bilan kutardik.

Lekin o‘sha damlarda biz bilmas edik... Sovg‘alarni aslida ota-onamiz tayyorlashganini. Ularning mehrini, mehnatini Qorbobo orqali his qilardik. Bizni xursand qilish uchun qandaydir shirin bir sirni saqlab, yangi yilning sehrini barpo etishar edi.

Endi esa, bolalikning o‘sha beg‘ubor onlarini eslab, qalbimizda ularga nisbatan minnatdorlik uyg‘onadi. Yangi yil Qorboboning sovg‘asi emas, ota-onamizning muhabbatidan qurilgan mehrli bir xotira ekanini tushunamiz.


Bolaligingizni eslang... Yangi yilni esa mehr va minnatdorlik bilan kutib oling.
❤‍🔥1887
"Hamma narsa oldindan va muqarrar ravishda zerikarli tuyuladi. Odamlar orasida bo‘lganimda o‘zimni baxtsiz his qilaman: ichim bo‘sh, ya’ni ular bilan birga bo‘lganda o‘zimdan hech narsa qolmagandek tuyuladi. Ichimdan butkul so‘rib olingandekman. Na yangiliklar, na mehmonlar, na xabarlar meni qiziqtiradi. Yarim soatlik "suhbat"dan keyin boshim og‘riydi. O‘zimni soxta va ikkiyuzlamachi sezaman: xuddi mexanizmdek gapiraman va murdadek tinglayman. Ruyim so‘nadi, xuddi odamlar vaqtimni o‘g‘irlayotgandek, ongimni so‘rib olayotgandek his qilaman..."


Marina Svetayeva
💯3212❤‍🔥93
Nostalgiya sira ham estetik his-tuyg‘u emas, u hatto baxtli xotiralar bilan ham bog‘liq emas.

Biz biror joyni shunchaki u yerda yashaganimiz uchun sog‘inamiz - yaxshi yoki yomon yashaganmiz, buning ahamiyati yo‘q.
O‘tmish doimo go‘zal, aytgancha, kelajak ham shunday; faqat hozirgi zamon azob beradi, va biz uni xuddi azob-uqubatning yiringli yarasi kabi ichimizda olib yuramiz, u bizni sof baxtning ikki cheksiz chizig‘i orasidagi vaqtda bir lahza ham tark etmaydi.

✍️Mishel Uelbek
💯25113👏2❤‍🔥1
"Tabassum va Iliqlik: Pozitiv Energiyaning Hayotga Ta'siri"

Ba'zi insonlar atrofimizga yorug'lik va quvnoqlik olib kiradi. Ular bilan birga bo'lganimizda, barcha tashvishlar yengillashadi, yuraklarga esa iliqlik tarqaladi. Psixologiya fanida bu holat "emosional infektsiya" deb ataladi, ya'ni odamlar o'z his-tuyg'ularini boshqalarga "yuqtirishi" mumkin. Har qanday odam – bu hamkasb, tanish, yoki yo'lda uchragan bir kishi bo'lsa ham – bizga o'zining ijobiy energiyasini tarqata oladi.

Sizning hayotingizda shunday odamlar bormi? Ular bilan suhbatlashgandan keyin o'zingizni qanday his qilasiz? Ba'zan bizga faqatgina bir nechta iliq so'zlar yoki oddiy bir tabassum yetarli bo'lishi mumkin.

O'zingiz ham biror kishi uchun shunday kuchli manba bo'la olishingizni hech o'ylab ko'rganmisiz?
18❤‍🔥92💯2
Burgut bo‘lishni istaydigan fil yo‘q, fil bo‘lishni istaydigan burgut ham yo‘q. Ular o‘zlarini qabul qiladilar, o‘z mohiyatlarini tan oladilar.

Agar ular, odamlarga o‘xshab, xayolparastlikka, norozilikka va o‘zini aldashga berilganida qanchalar bema’ni bo‘lardi. Agar fil yerda kezib yurishdan zerikib, uchishni, quyonlarni yeyishni va tuxum qo‘yishni xohlasa, burgut esa kuch-quvvatga va ko‘kragida qalin teriga ega bo‘lishni istasa, bu qanchalar kulgili bo‘lardi.

Bularni insonga qo‘yib beraylik: o‘zi bo‘lmagan kimsa bo‘lishga intilish, erishib bo‘lmaydigan ideallarga intilish, tanqiddan qutulish uchun mukammallikka intilish, cheksiz aqliy azoblarga yo‘l ochish.


✍️Frederik Perlz
👏3016😁93💔2❤‍🔥1
Unga nimadir aytmoqchi edim, ammo aytolmadim. Haqiqatan ham aytadigan gaping bo‘lsa, so‘z topish mushkul. Kerakli so‘zlar kelganda ham, ularni aytishdan uyalasan. Bu so‘zlarning barchasi o‘tgan asrlarga tegishli. Bizning davrimiz hali o‘z his-tuyg‘ularini ifodalash uchun so‘z topa olmagan.

✍️Erix Mariya Remark
📖"Uch og'ayni"
48💯144❤‍🔥4👏2
"Hammaga xalaqit beryapman, deb doimo o‘ylashni bas qiling. Agar biror kishiga yoqmasa, u o‘zi shikoyat qiladi. Agar unda shikoyat qilishga jasorat yetishmasa, bu uning muammosi"

✍️Paulo Koelo | #iqtibos
1😁6425💯9💔5❤‍🔥1
Tushkunlik qora libosli ayolga o‘xshaydi. U kelsa, uni haydamang, aksincha mehmon sifatida dasturxonga taklif eting va u nima demoqchi ekanini tinglang.

Karl Gustav Yung | #iqtibos
141💯13👏12❤‍🔥1
"...bu dunyoda hamma narsa go‘zal, faqat biz o‘zimiz borliqning oliy maqsadlarini va insoniy qadr-qimmatimizni unutganda o‘ylaydigan va qiladigan narsalarimiz bundan mustasno."

Anton Pavlovich Chexov
📚"Kuchuk yetaklagan xonim"
37💯7❤‍🔥5👏5
- Ayol shunday mavjudotki, uni qanchalik o‘rganmang, baribir yangi narsaga duch kelaverasiz.
- Unday bo‘lsa, o‘rganmaslik afzalroq ekan-da.
- Yo‘q. Qaysidir matematik shunday degan ekan: lazzat haqiqatni topishda emas, balki uni izlashdadir.


Lev Nikolayevich Tolstoy
📚"Anna Karenina"
😁65💯2411❤‍🔥87👏63
Sen tinglashni bilasan. Bu xavfli qurol, chunki unga qarshi turish qiyin. O‘zingni tinglanayotganingni his qilish - bu dunyodagi eng yaxshi narsalardan biri.

Gregori Devid Roberts
📚"Shantaram"
163❤‍🔥1510💯101👏1
Onamni shunchalik yaxshi ko‘ramanki, bu qanchalik sentimental eshitilishi men uchun muhim emas. Keyingi tug‘ilgan kunimda unga sovg‘a olishni o‘ylab qo‘ydim. Bu an’anaga aylanishi kerak deb hisoblayman. Hammadan sovg‘alar olasan, ammo birini onangga berasan, chunki u ham sening dunyoga kelishing jarayonida ishtirok etgan-ku. Menimcha, bu ajoyib g‘oya bo‘lardi.

Stiven Chboski
📚"Kamtarin bo‘lish yaxshi"
15425💯14👏13❤‍🔥1
Nazarimda, ayol kishi eriga uni sevishini aytishi shart emas. Buning o‘rniga, uning porlab turgan, baxtli ko‘zlari so‘zlagani maʼqul. Ular har qanday so‘zdan ham ta’sirliroq.

✍️Erik Mariya Remark
📚"Uch ogʻayni"
54❤‍🔥19💯16151
Muvaffaqiyatli qarorlar achchiq tajribalardan kelib chiqadi. Afsuski, achchiq tajribalar muvaffaqiyatsiz qarorlarning natijasi hisoblanadi.

✍️Jill Shelvis
📚"Hamma narsa sevgiga borib taqaladi"
💯47👏12106❤‍🔥4
Kecha mendan so‘rashdi: ruhiy bo‘shliqni boshdan kechirayotgan odamga nima derdingiz? Men shunday javob berdim: uni to‘liq yashab o‘tishda davom eting. Toki o‘rningizdan turib, kichik bir qadam tashlashga kuch toping.

Baxtsiz bo‘la turib, o‘zingizni baxtli bo‘lishga majburlamang, "o‘zingizni qo‘lga olib, biror narsa qilishga majburlang", "yig‘layotganingizda baxt ketib qoladi", "orzu qilish emas, harakat qilish vaqti keldi" kabi tugamas maslahatlarni o‘zingizga qo‘llamang.

Yanada xavflisi - o‘zingizni go‘yo bardoshliroq, kuchliroq, muvaffaqiyatliroq bo‘lganlar bilan taqqoslash. Har kimning o‘z hayot sur’ati bor. Ammo eng tubda bo‘lganingizda ham, yuqorida quyosh porlayotganini unutmang va albatta, bir kuni uyg‘onib, yengil tortganingizni his qiladigan tong otishiga ishoning.

✍️Elchin Safarli
3713👏10💯5💔2❤‍🔥1
Ertalab birinchi o‘ylaydigan va kechqurun so‘nggi xayolingizga keladigan inson - yo baxtingizning sababi, yo azobingizning manbaidir.

✍️Erix Mariya Remark
🌚3927💯1716💔95❤‍🔥1👏1
“Biz o‘ylaydigan narsalar asta-sekin hayotimizga aylanadi. Behuda mavzular haqida gapirish orqali, biz ma’nosiz fikrlar, g‘oyalar va shunday ma’nosiz hayotga ega bo‘lamiz. Muloqot bizni har qanday narsaga ishontirishi va istalgan narsaga ishonishga majbur qilishi mumkin, shuning uchun muloqot doirangizni tanlashda ehtiyotkor bo‘ling.”

Radxanath Svami | #iqtibos
3015💯104
To‘satdan men boshqa bir inson uchun muhim ekanligimni va u faqat yonida bo‘lganimdan baxtiyor ekanini angladim. Bu so‘zlar o‘z-o‘zidan juda oddiy tuyuladi, ammo chuqurroq o‘ylab qaralsa, bularning barchasi qanchalik beqiyos ahamiyatga ega ekanini tushuna boshlaysan. Bu hol inson qalbida bo‘ron ko‘tarishi va uni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bu muhabbat, ammo ayni paytda boshqa bir narsa ham. Bu shunday narsaki, uning uchun yashashga arziydi.

Erix Mariya Remark
📚"Uch og‘ayni"
13121💔6🌚5❤‍🔥1
Xitoyda "Alisa mo‘jizalar mamlakatida" asari nima sababdan taqiqlangan?

Turli davrlarda Kerrolning bu kitobi turlicha baholanib, tanqid qilingan. Unda nomaqbul jinsiy mazmun, hokimiyat va cherkovga nisbatan mensimovchi iboralar va hatto giyohvand moddalar iste’moliga ishora borligini ta’kidlashgan. Vaqti-vaqti bilan "Alisa" goh u maktabda, goh bu maktabda yoki hatto butun shtatda man etilgan, 1931-yilda esa Xitoyda ham taqiqlangan.
Xunan viloyati hokimiyati (bu yillarda Xitoyda fuqarolar urushi ketayotgan va viloyat Gomindan nazoratida edi) kitobni o‘z fuqarolari uchun nomuvofiq deb topgan. Biroq asosiy muammo afyun chekayotgan Qurtda yoki hokimiyatni haqorat qilishda emas, balki ertakdagi ba’zi hayvonlarning inson tili bilan so‘zlashi, orqa oyoqlarida yurishi va umuman ko‘rinishi hamda xatti-harakatlari bilan insonga tenglashtirilishida edi. Bu esa noto‘g‘ri va haqoratli hisoblangan.

Bu holat, ayniqsa, Xitoy generali Xe Szyanni g‘azablantirgan va u shunday degan:
"Bolalarga hayvonlarning aql darajasi insonlarniki bilan bir xil degan fikrni singdirish mutlaqo mumkin emas!"

Hozirgi kunda "Alisa mo‘jizalar mamlakatida" kitobi Xitoyda, jumladan Xunan viloyatida ham chop etilib, erkin sotilmoqda.
65🤔4🌚3