O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.13K subscribers
11.9K photos
1.06K videos
534 files
6.32K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

info@academy.uz

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#TAQDIMOT

Joriy yil 20-aprel kuni soat 10:00 da O'zR FA Sharqshunoslik instituti, FA Matematika insituti hamda Italiyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamkorligida italiyalik olim Pyetro Juzeppe Frening «Числа, книги и бесконечность» nomli kitobining taqdimoti bo’lib o’tadi.
Taqdimot O'zR FA Sharqshunoslik instituti majlislar zalida o’tkaziladi.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek ko’chasi, 79.
#TAQDIMOT

Buyuk qomusiy alloma al Xorazmiy faoliyati chet ellik olim nigohida

«Число, книги и бесконечность» nomli kitob taqdimoti oʼtkazildi
Eʼtiborli jihati shundaki, kitobning toʼrtinchi bobi ulugʼ vatandoshimiz, buyuk qomusiy alloma, algebra asoschisi Muhammad ibn Muso al Xorazmiyga bagʼishlangan.
BATAFSIL 👉🏻 http://academy.uz/uz/news/cislo-knigi-i-beskonecnost-nomli-kitob-taqdimoti-otkazildi

BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATIB BORING:
📍 Telegram: https://t.me/ANRUz
📍Facebook: facebook.com/academy.uz
📍Instagram: instagram.com/fanlar_akademiyasi
📍Youtube: youtube.com/academy.uz
#TAQDIMOT

Урганч шаҳрида Ўзбeкистон Рeспубликаси Фанлар акадeмияси, Хоразм Маъмун Акадeмияси, Урганч давлат унивeрситeти, Италия Рeспубликасининг Ўзбeкистондаги элчихонаси уюштирган Италиялик олим Пьетро Джузеппе Френинг “Сонлар, китоблар ва чексизлик” китоби тақдимоти бўлиб ўтди. Тақдимотни Хоразм Маъмун академия раиси профессор И.И.Абдуллаев бошқариб борди. Тақдимотдан олдин Италия Республикасининг Ўзбекистондаги фавқулодда ва мухтор элчиси Агостино Пинна, Хоразм вилояти ҳокими ўринбосари Санъатбек Салаев давра иштирокчлари ва асар муаллифини қутлашди. Тақдимотдан сўнг академик А.Саъдуллаев, профессор Б.Абдуллаев, Хоразм Маъмун академияси Аниқ фанлар бўлими бошлиғи ф-м.ф.д. У.Балтаевалар тақдимот юзасидан нутқ сўзлашди. Тақдимотда 50 дан ортиқ профессор ўқитувчи, докторант ва иқтидорли талабалар қатнашишди.
#Taqdimot
2023 yil 22 fevral soat 13:30 Tarix instituti Bosh ilmiy xodimi professor Qahramon Rajabovning 2022 yil "Fan" nashriyotida chop etilgan kitoblari taqdimoti bo’lib o’tadi.
Taqdimot "Turon" kutubxonasida boshlanadi.
#Taqdimot

Olimlar mehnati mahsuli-kitoblar taqdimoti

Xorazm Ma’mun akademiyasida Fanlar akademiyasi 80 yilligiga bagishlangan kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Unda Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan so’nggi yillarda chop etilgan 300 dan ortiq saralab olingan monografiya va darsliklar namoyish etildi. Taqdimotda Fanlar akademiyasi prezidenti Bexzod Yuldashev, vitse prezident Sirojiddin Mirzayev, akademiklar Shavkat Ayupov, Tamara Aripova, Akbar Hakimov, Nag’met Aimbetov, Anatoliy Sagdullayev, Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'limi rahbari Nodira Mustafayeva, bir qator institutlar direktorlari Nizomiddin Mahmudov, Shokirjon Pidayev, Karimbergen Qudaybergenov, Svetlana Mambetullaeva, Jannat Ismoilova, Husniddin Olimov, Hakim Murodov, Zabardast Buriyev, Baxtiyor Xolmatovlar qatnashdilar. Bu kitoblar olimlarimizning izlanishlari, mehnatlari mahsuli hisoblanadi.
#Taqdimot

O'zbek me'morchiligiga oid kitob taqdimoti Niderlandiyada bo'lib o'tdi


Joriy yilning 21-25-avgust kunlari Niderlandiyaning Leyden shahrida Leyden universitetida "Tenth European Conference of Iranian Study" - Eronni tadqiq etishga oid Yevropaning 10-Konferensiyasi" mavzusida 10- xalqaro anjuman o‘tkazildi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi San'atshunoslik instituti  "Me'morlik" bo‘limi boshlig‘i, san'atshunoslik fanlari doktori, professor Mavluda Aminjanovna Yusupova "Buxoro Oazisi me'morchiligining 15-17 asrlardagi tadjiri va o‘ziga xosligi" mavzusida ma'ruza qildi va 23-avgust kuni M. Yusupovaning  "Bukhara school of architecture of 15-17th centries" kitobining xorijdagi birinchi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Taqdimot

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligida Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi professori Abdulhamid Anarbayevning "Axsikent arxeologiya parki" nomli kitob albomi taqdimoti bo‘lib o'tdi Taqdimotda respublikaning ko'plab ilm va ijod ahli shuningdek Milliy arxeologiya markazi ilmiy jamoasi vakillari ishtirok etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#taqdimot

📙 “Vaqtdan o‘zgan odamlar” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

🔰Joriy yilning 7-fevral  kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib va publitsist To‘lqin Hayit qalamiga mansub  “Turkiston” (hozirgi “Yoshlar ovozi”) gazetasi faoliyati, 1980-1990 yillar jurnalistikasiga bag‘ishlangan “Vaqtdan o‘zgan odamlar” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur kitobda O‘zbekistonning istiqlolga erishuvi arafasidagi jurnalistik maktabi, milliy jurnalistikamizning fidoyi insonlari, ularning mashhur materiallari yozilishi tarixi haqida o‘z davrining eng nomdor bosma nashri bo‘lmish “Turkiston” gazetasi va uning ahil ijodiy jamoasi misolida hikoya qilinadi.

Telegram  | Facebook | Instagram | Youtube  | Web-site
QUTLUG‘ NIGORXONIM

Qutlugʻ Nigorxonim (? — 1505/1506) — Fargʻona viloyati hukmdori Umarshayx mirzoning toʻngʻich xotini. Qutlugʻ Nigorxonimning otasi Yunusxon Chingizxonning 2-oʻgʻli Chigʻatoyxon naslidan boʻlgan, onasi Eson Davlat begim tuman beklaridan Sher Xonibekning qizi edi. Yunusxon Eson Davlat begimdan 3 qiz koʻrgan. Qutlugʻ Nigorxonim oʻrtancha qiz boʻlgan. Umarshayx Мirzoga uzatilgach, undan bir qiz (Xonzodabegim) va bir oʻgʻil (Zahiriddin Muhammad Bobur) koʻrgan. Dono, oqila, mehribon va vafodor bu ayol Boburning Temuriylar saltanatini inqirozdan saqlab qolish maqsadidagi harakatlarida madadkor boʻlgan, darbadarlik vaqtlarida hamrohlik qilgan. Bobur Kobulni qoʻlga kiritgandan soʻng, 5-6 oy oʻtgach, Qutlugʻ Nigorxonim kasalikka chalinadi va dunyodan koʻz yumadi. U Ulugʻbek tomonidan qurilgan Bogʻi Navroʻziyda dafn etilgan.
https://youtube.com/watch?v=KnhK3U_LYPI&si=E2Hee-yzj2fiikO5