O'zR FA | FAN - JAMIYAT TARAQQIYOTINI OLG'A SILJITUVCHI KUCH, VOSITA BO'LMOG'I LOZIM!
3.13K subscribers
11.9K photos
1.06K videos
534 files
6.32K links
O'zR Fanlar akademiyasi

Ishonch telefoni: 712335623

info@academy.uz

Murojaat: @faqaytaaloqabot

www.academy.uz
facebook.com/academy.uz
instagram.com/fanlar_akademiyasi
youtube.com/@Fanlar-akademiyasi

100047, Toshkent sh., Y.G'ulomov ko'chasi, 70-uy
Download Telegram
#taqdimot

📙 “Vaqtdan o‘zgan odamlar” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

🔰Joriy yilning 7-fevral  kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib va publitsist To‘lqin Hayit qalamiga mansub  “Turkiston” (hozirgi “Yoshlar ovozi”) gazetasi faoliyati, 1980-1990 yillar jurnalistikasiga bag‘ishlangan “Vaqtdan o‘zgan odamlar” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur kitobda O‘zbekistonning istiqlolga erishuvi arafasidagi jurnalistik maktabi, milliy jurnalistikamizning fidoyi insonlari, ularning mashhur materiallari yozilishi tarixi haqida o‘z davrining eng nomdor bosma nashri bo‘lmish “Turkiston” gazetasi va uning ahil ijodiy jamoasi misolida hikoya qilinadi.

Telegram  | Facebook | Instagram | Youtube  | Web-site
Shoh G‘arib Mirzo (XV asr)

Shoh G‘arib Mirzo (taxallusi G‘aribiy) (XV-asr 2-yarmi, Hirot) — shoir, Temuriy shahzodalardan biri. Husayn Boyqaroning o‘g‘li. Zamondoshlari tomonidan o‘z davrining nodir iste'dodli shoiri sifatida e'tirof etilgan. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida Shoh G‘arib Mirzoga alohida bob ajratib, unga ko‘pgina yaxshi nasihatlar qilgan. Keyinchalik vafot etganda ham, uning vafotiga ulug‘ shoir marsiya bag‘ishlagan. Shoh G‘arib Mirzo o‘zbek va fors tillarida ijod qilgan. Uning forscha va o‘zbekcha she'rlaridan iborat devonining qo‘lyozma nusxasi Gamburg milliy kutubxonasida saqlanadi (inv. №15). Unda Shoh G‘arib Mirzoning forscha 37 g‘azal, 1 qit'a va 1 muxammasi (umumiy hajmi 557 misra) va o‘zbekcha 76 g‘azal va 4 muxammasi (umumiy hajmi 1210 misra) o‘rin olgan.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy xodimlari tomonidan taqdim etilgan Shoh G‘arib Mirzo haqidagi qiziqarli va tarixiy ma’lumotlar bilan quyidagi video orqali tanishishingiz mumkin.
https://t.me/mtrkuzofficial/191366
Лукашенко Ўзбекистоннинг 3 минг йиллик тарихини ифодаловчи мажмуа билан танишди

Батафсил 👇👇
👇
https://qalampir.uz/n/97070

Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Dastur Xalqaro forum.docx
228.6 KB
#E'lon!

"O'zbekiston olima ayollarining xalqaro maydondagi o'rni" mavzusidagi xalqaro forum

11- fevral – Ilm-fanda xotin-qizlar ishtiroki xalqaro kuni. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida nishonlanadigan ushbu sana ayollarning ilmiy-texnologik hamjamiyatda muhim rol o‘ynashini, ilm-fanda ularning ishtirokini kengaytirish zaruratini eslatib turadi. Mazkur xalqaro sanani keng nishonlash Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2015-yil 22-dekabrdagi rezolyutsiyasida qayd etilgan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasida ham olima ayollarning xalqaro maydonda o‘z o‘rinlarini egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Ertaga 9-fevral kuni soat 10:00 da 11-fevral– “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bagʻishlab oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston olima ayollarining xalqaro maydondagi oʻrni” mavzusidagi xalqaro forum bo'lib o'tadi.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Mustaqillik” shoh ko‘chasi 54-uy, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti majlislar zali.
#Muassasalarda taqdimotlar

Fanlar akademiyasi institutlarida monitoring jarayonlari davom etmoqda. Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutida –Markaziy Osiyodagi koʻhna ilm dargohida 2023-yil sarhisobi va yangi loyihalarga bag'ishlangan taqdimot boʻlib oʻtdi. Institut 1873-yilda Toshkent Astronomiya observatoriyasi sifatida tashkil etilgan va 1966-yilda Astronomiya institutiga aylantirilgan. Institut 94 nafar xodimdan tashkil topgan 5 ta ilmiy laboratoriya mavjud. Taqdimotlarda 2023-yilda olingan eng muhim ilmiy natijalar va institut faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi va 2024-yil rejalari kelishib olindi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Forwarded from Тошкент Бугун | Toshkent Bugun
#Диққат #Тезкор
Яқин кунларда интернет ва электрсиз қолишимиз мумкин😳

️ - Қуёшдаги чақнаш Австралия ва Осиёда электр узилишларига олиб келади: яқин кунларда алоқа узилиши эҳтимоли 45%.

📍Огоҳлантириш ҳаво ва давлат хизматлари, шунингдек об - ҳаво станциялари томонидан ишлатиладиган частоталарга тегишли.

👉 @TOSHKENT_BUGUN
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan quyoshdagi chaqnash sabab elektrsiz qolishimiz mumkinligi to‘g‘risidagi xabarlarga
Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti olimlarining

ilmiy munosabati


Olingan ma‘lumotlarga ko'ra, yaqin 3 kun ichida bizning kenglamalarda aloqa tizimlari va elektr ta‘minotida uzilishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘rta va kuchli darajadagi geomagnit bo‘ronlar kutilmaydi. Quyosh shamolining kuchayishi ham kuzatilmaydi. Biroq, 7 fevraldan 9 fevralgacha davr oralig‘ida Quyoshning faol (dog‘ kuzatiladigan) sohalarida kuchsiz va o‘rtacha intensivlikdagi chaqnashlar sodir bo‘lish ehtimoli bor. O‘rtacha quvvatli chaqnashlar shimoliy mintaqalarda radioaloqani qisqa vaqt uzilishiga olib kelishi mumkin. Bizning ma‘lumotlarga ko‘ra, sutka davomida geomagnit vaziyat tinch holatdan biroz kuchsiz g‘alayonlanishga o‘zgaradi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda  kuzatib boring
👇

📌 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Fan va tarix #Navoiyshunoslik ilmi Bugun 21:30 da "O'zbekiston tarixi" telekanalida "Fan va tarix" ko'rsatuvining Alisher Navoiyning buyuk adabiy merosini o'zbek olimlari tomonidan ilmiy tadqiq etilishi tarixini yoritamiz. Ko'rsatuvlarimizni kuzatib boring!
📣TAKLIFNOMA

2024-yil 9-fevral (juma) kuni soat 10:00da Adiblar xiyobonidagi, soat 11:00da Davlat adabiyot muzeyi hamda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidagi shoir haykallari poyida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, Alisher Navoiy haykali (Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati).

📍Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 69-uy).

📍Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy).

❗️ Hurmatli jurnalistlar va OAV vakillari, tadbirlarda qatnashib, tafsilotlari keng yoritilishida amaliy yordam berishingiz so‘raladi.

❗️ Tadbirlarda 35ta xorijiy mamlakatdan kelgan mehmonlar ham ishtirok etadi.

Tadbirlarga barcha qiziqqanlarni taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#Bugunning hikmati

Ilm, Navoiy senga maqsud bil, Emdiki, ilm o'ldi, amal aylagil.
Alisher Navoiy
#Online

"O'zbekiston olima ayollarining xalqaro maydondagi o'rni" mavzusi xalqaro forum boshlanish arafasida...