Oʻzbekiston XDP
17.6K subscribers
16.9K photos
2.4K videos
14 files
15.7K links
Download Telegram
“Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovi boshlandi

O‘zXDP Qashqadaryo viloyat kengashi tomonidan “Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlariga start berildi.

Kasbi, Qarshi va Nishon tumanlarida o‘tkazilgan bosqichlarda xotin-qizlar muammosini hal etishning eng samarali yo‘li, siyosiy hozirjavoblik hamda erkin mavzu shartlari orqali faol xotin-qizlarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Faxriylar_maktabi

🔹 Oldingi hokim
O‘zXDP Uchqo‘rg‘on tuman kengashi raisi, deputat Abdullajon Qodirovni uchqo‘rg‘onliklar shunday
hurmat qilishadi.

Abdullajon Qodirovning tashkilotchiligi sabab O‘zbekiston XDPdan ko‘rsatilgan nomzodlar mahalliy Kengashlarda ko‘p ovoz bilan deputatlikka saylanadi. Hozirgi raqamni ayta qolayin, bugungi kunda Uchqo‘rg‘ondan viloyat Kengashiga saylangan 4 nafar deputatning 3 nafari O‘zXDP nomzodlari. Xalq deputatlari tuman Kengashida faoliyat yuritayotgan 30 deputatning 16 nafarining nomzodi Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan.

Buning sirlari nimada? Afsuski, o‘zi ham tuman Kengashi deputati bo‘lgan fidoyimiz bu savolga to‘liq javob bermadi. Sababi, nomzod ko‘rsatishda, dedi xolos.

Abdullajon Qodirov deputatlikka saylangan okrug hududiga “Sohil”, Qumto‘g‘on”, “Ko‘prikboshi” mahalla fuqarolar yig‘inlari kiradi. U deputatlik qabuli e’lon qilmaydi. Ertami, kechmi uyi eshigi saylovchilari uchun ochiq. Nafaqat saylovchilari, boshqa hududlardagi mahallalardan ham turli masalalar bo‘yicha yordam so‘rab keluvchilarning qadami ish idorasidan ham, yashash xonadonidan ham uzilmaydi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Faxriylardan_taklif

Saylovoldi dasturimizda barcha fuqarolarning manfaatiga tegishli, sog‘lom turmush tarzini kafolatlaydigan yo‘nalishlar qamrab olinishiga e’tibor qilishimiz zarur...

📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Saylovoldi dasturiga taklif

O‘zXDP Toshkent viloyati kengashi tomonidan partiyaning saylovoldi dasturiga takliflar olish maqsadida tashkil etilgan Faxriylar kengashi a’zolari va faollari bilan uchrashuvda ko‘plab fikr-mulohazalar bildirildi.

Baxtiyor Yuldashev - Angren shahri faoli.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni va yoshlar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvlarni ko‘proq tashkil etishni yo‘lga qo‘yish kerak...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Faxriylardan_taklif

Avvalo o‘zimiz o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Yoshlarni tarbiyasiga ko‘proq urg‘u berilishi tarafdoriman...

📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest
#XDP_haftaligi

🗓 Yakunlanayotgan haftada Xalq demokratik partiyasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik partiyasidagi fraksiyasi faoliyatiga oid eng muhim xabarlar

📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi boshlandi.

Fraksiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2023 yilgi hisobotini ko‘rib chiqishmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Fraksiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasida bandlik xizmatlari takomillashtirilishi munosabati bilan «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qilishmoqda.

Qonun ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish jarayonini soddalashtirish, mehnat organlariga murojaat qilgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab qilishga chek qo‘yish, xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida fitosanitariya talablari yengillashtirilishi munosabati bilan «O‘simliklar karantini to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida»gi Qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu Qonun loyihasi bilan qonunchilikka xalqaro amaliyotga muvofiq fitosanitariya sertifikati yoki guvohnomasini olish talab etilmaydigan, o‘simliklar karantini ostidagi mahsulotlarni olib kirishda eksport qiluvchi davlatning fitosanitariya sertifikati yoki guvohnomasini talab etish amaliyoti bekor qilinishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Aholiga ko‘rsatilayogan bandlik xizmatlarining samaradorligi yanada oshadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Fraksiya a’zolari bandlik xizmatlari takomillashtirilishi munosabati bilan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qildilar.

Fraksiya a’zolari qonun loyihasi partiya elektorati manfaatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi bois kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni moddama-modda atroflicha muhokama qildilar. Deputatlar ushbu hujjat qabul qilingach, mehnat organlariga murojaat qilgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab qilishga chek qo‘yilishi, xodimlarning ijtimoiy himoyasi kuchaytirilishini e’tirof etgan holda qonun loyihasini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
So‘х tumanida “Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Sog‘lom ona – sog‘lom oila

O‘zXDP Yangiyer shahar kengashi «Faol ayollar» qanoti yetakchisi shahar Kengashi deputati G.Boymirzayeva tomonidan «Sog‘lom ona – sog‘lom oila» shiori ostida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida shifokorlar xotin-qizlarga o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lish, sog‘lom turmush tarziga rioya etishning muhimligi va ahamiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tishdi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Xotira abadiy – qadr muqaddas

O‘zXDP Shahrisabz tuman kengashi tashabbusi bilan bir guruh faollar bilan birgalikda “Obod mahalla” fuqarolar yig‘inida yashovchi 2-jahon urushi qatnashchisi Saydullo Jabborov xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar olindi.

Otaxon tashrif buyurgan mehmonlarga urush dahshatlarini, u kunlarning o‘chmas dog‘lari haqida so‘z yuritarkan, bugungi tinchlik-osoyishtalikni qadrlash, kelajakka intilish, shukronalik hissi bilan yashash zarur ekani xususida gapirdi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok