Shayxontohur TIM matbuot xizmati
1.13K subscribers
4K photos
904 videos
35 files
1.48K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabi.

👉http://t.me/shayxontohur_IM_uz

👉https://www.facebook.com/groups/shayxontohur.im.uz

👉https://youtube.com/@Shayxontohur_im_uz?si=tsEDDc_iMzhwVTEA
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.

Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:

➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.

✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

✍️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI
2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
#qabul_2024

⚡️HURMATLI OTA-ONALAR, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI HAMDA BLOGERLAR!

📶 Sizni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari” mavzusidagi matbuot anjumaniga taklif etamiz!

📝 Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli haqida batafsil maʼlumot beriladi.

🗣Matbuot anjumanida Siz oʻzingizni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri javob olishingiz mumkin.

❗️Shuningdek, Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari Steve King onlayn tarzda ishtirok etadi.

📆 Sana: 30-may
⌛️ Soat: 15:00
🗺Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy. AOKA binosi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

🔔 DIQQAT, EʼLON!

❗️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Prezident maktablariga;
Ijod maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli boshlandi.

📺
Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❗️HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!

📶 Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

☎️ Shuningdek, 1206 qisqa raqamli call-markaz ham har kuni 09:00 dan – 19:00 gacha faoliyat olib bormoqda.

🪪 Agar ariza.piima.uz sayti orqali hujjat topshirish bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlsa 1206 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz.

🏛 Yoki hududingizdagi oʻzingizga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borishingiz mumkin.

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI
📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Qaysi holatlarda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjatlarni qabul qilish rad etiladi?

belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
Prezident maktablari uchun talabgorlarning o‘quv yili natijasiga ko‘ra, matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari a’lo bo‘lmagan taqdirda;
talabgor tahsil olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda;
maktablarga tanlovdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni to‘liq taqdim etmaganda;
shuningdek, chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining beshinchi sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar Prezident maktabining 5-sinfida takroran o‘qish istagini bildirgan bo‘lsa.

☎️ Call-markaz: 1206

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Shayxontohur_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#qabul_2024

Ota-onalar uchun yanada qulaylik!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabiga
2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali topshiriladi.

Shuningdek, Agentlik tizimidagi Shayxontohur tuman ixtisolashtirilgan maktab binosida hujjatlarni ONLAYN topshirish uchun koʻmaklashuvchi SHTAB tashkil qilindi.

❗️Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring.

Maktab lokatsiyasi:
📍
Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

☎️ Call-markaz: 1206
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

SHAYXONTOHUR TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGA 2024-2025-O‘QUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILINADI❗️

📢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga ko‘plab ota-onalar tomonidan  ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqib,              1-iyundan – 20-iyunga qadar Shayxontohur tuman ixtisolashtirilgan maktabga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirilishini ma'lum qilamiz.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

🟣  Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
🟣  3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
🟣  baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
🟣  pasport ma’lumotlar va bog‘lanish uchun telefon raqamlari; (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).

❗️Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabda aniq yo'nalishda 5-sinfga hamda tabiiy yo'nalishda 7- sinfga qabul bo‘ladi.

📍Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring.

Maktab lokatsiyasi:
📍Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

☎️ Call-markaz: 1206
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

📆 Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

❗️DIQQAT!
📶 Qurbon hayiti munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlarida ham ariza.piima.uz sayti ish faoliyatida boʻladi.

‼️ Shuningdek, Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabida qabul yuzasidan tashkil etilgan ISHCHI GURUH ham soat 09:00dan 18:00gacha tasdiqlangan grafik asosida navbat bilan faoliyat olib boradi.

📍Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring.

Maktab lokatsiyasi:
📍Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

☎️ Call-markaz: 1206
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Prezident maktablariga,
Ijod maktablariga,
Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish mudddati tugashiga 5 kun qoldi.

📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM