Rustam Nishonov
339 subscribers
2.03K photos
693 videos
150 files
1.93K links
Iqtisodiyot Assambleyasi va Nodavlat ta'lim muassasalari assotsiatsiyasi rais o'rinbosari, ta'lim sohasida tadbirkor Rustam Nishonovning rasmiy kanali!!!

Facebook: https://rb.gy/1bgvah
Instagram: https://rb.gy/pefttz
Telegram: t.me/rustamnishonov
Download Telegram
Forwarded from Azamat Akbar | Lektorium
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ишга мана шунақа кайфиятда бориш керак.
Forwarded from Azamat Akbar | Lektorium
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бир гулни ичида чарчаб ухлаб ётган асалари.

Бир донишманддан "заҳар нима?" деб сўрашибди.
Донишманд шундай жавоб берибди:
— Эҳтиёжимиздан ортиқча бўлган ҳамма нарса заҳардир. Ортиқча меҳнат, ортиқча ҳордиқ, ортиқча қўрқув, ортиқча сокинлик, ғазаб, ортиқча қувонч, нафрат ва ҳатто яхши гумон ҳам.

Ҳаётнинг моҳияти - мувозанат ва хотиржамликни сақлай олишдир. Бунинг учун ҳамма нарса меъёрида бўлиши керак.
Men, baxt olishda emas, balki berishda ekanligini tushindim. Xitoyliklarning yaxshi bir gapi bor: "Atirgul bergan odamning qo'llarida atirgul hidi qoladi". Ammo, biz buni ko'pincha unutin quyamiz. Masalan, biznesni olaylik: biz kamdan-kam hollarda o'zaro teng foydaga erishamiz. Biz g'olib bor joyda mag'lub ham bo'lishi kerak, degan noto'g'ri fikrdamiz. Biz o'z hududimizni qo'riqlaymiz va boshqalarga yordam berishni eng yaxshi amal deb hisoblaydigan qadriyatlarni qabul qilishdan bosh tortamiz. Bu noto'g'ri. Biznes yuritishning mijozlar va iste'molchilar kutganidan ko'proq xizmat ko'rsatishdan ko'ra yaxshiroq usuli yo'q. Haqiqiy biznes egalari ularga nonni kim berayotganini tushunishadi va mijozlariga qirollarga bo'lgani kabi munosabatda bo'lishadi. Ular o'z mijozlariga xizmat ko'rsatishadi, asrab-avaylashadi va ularni qadrlashadi.
-----------------------------------------------------------
Bunga ishonish qiyin, ammo biz odamlar o'z orzulariga erishish uchun emas, balki olomon bilan birga qolishga intiladigan dunyoda yashayapmiz.
--------------------------------------------------------------
.... odam boshdan kechirishi mumkin bo'lgan eng dahshatli narsalardan biri hayot so'nggiga kelib, to'satdan o'z orzularining hech birini amalga oshirmaganligini anglashdir.
---------------------------------------------------------
Hayotda harakatsizlikdan ko'ra kattaroq xatolik yo'q.
----------------------------------------------------------
Biz xatolarimizdan o'rganamiz. "To'g'ri mulohaza tajribadan kelib chiqadi, tajriba xatolar orqali orttiriladi, xatolar esa noto'g'ri mulohazalarning natijasidir" degan gap bor. Men o'zimga qulay joyda qolish va o'sishdan voz kechishdan ko'ra, tajriba va xato qilishga rozi bo'lgan bo'lardim. Ha, sen ba'zi xatolarni qilgansan. O'zongni kechir va yo'lingda davom et. O'tmish - qabr, qabrda yashashdan foyda yo'q. Har bir yakun yangi boshlanishni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, orqa ko'zgu oynasidan ko'zingni uzolmasang, oldinga siljiy olmaysan.
-------------------------------------------------------------
Muvaffaqiyat kaliti - xatolardan savoq olish va oldingidan ko'ra donishmandroq bo'lishdir.
--------------------------------------------------------------
Asosiysi, qurquvdab uzoqroqqa emas, balki qo'rquv tomonga yurish kerak, chunki qo'rquv orqasida yaxshiroq hayot yashiringan.

Robin Sharma,
""Ferrari"sini sotgan rohib bilan
O'Z TAQDIRINGIZNI KASHF ETING" kitobidan

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
📱Facebook           📱Instagram
🕊Telegram            📺YouTube
Bitta sahifada juda ko'plab "insayt"lar. Sahifa Robin Sharmaning ""Ferrari"sini sotgan rohib bilan O'Z TAQDIRINGIZNI KASHF ETING" kitobidan olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
📱Facebook           📱Instagram
🕊Telegram            📺YouTube
Yo'lga yo'l ko'rsatuvchisiz chiqqan odam, ikki kunda yuz yil yo'l yuradi.
Jaloliddin Rumiy
-------------------------------------------------------------
Donishmand odamning ruhi kelajakka, uning barcha fikrlari esa abadiylikka qaratilgan.
Sitseron
--------------------------------------------------------------
Aqlli odam dunyoga moslashadi, aqlsiz odam dunyoni o'ziga moslashtiradi. Shunday ekan, taraqqiyot faqat aqlini yo'qotgan odamlar qo'lidadir.
Jorj Bernard Shou
--------------------------------------------------------------
Hayot arqonda yurishdir. Qolgan hamma narsa hayot umidlaridir.
dorboz Nik Uollen
--------------------------------------------------------------
Hammamiz, jangchi bo'lamizmi yoki yo'qmi, vaqti-vaqti bilan oldimizda hech bo'lmaganda bir kub santimetrlik imkoniyat ochiladi. Oddiy odam bilan jangchi o'rtasidagi farq shundaki, jangchi buni oldindan biladi va har doim tayyor. U ongli ravishda fursat poylaydi va imkoni bo'lishi bilan undan foydalanadi.
Karlos Kastanada
--------------------------------------------------------------
Har bir odamda uxlayotgan mavjudot bor. U uyg'onsa, mo'jizalar sodir bo'ladi.
Frederik Faust
--------------------------------------------------------------
Yildan-yilga shuni tushunib bormoqdamanki, biz bor mehr-muhabbatimizni kimgadir bermagan, bor kuchimizni ishga solmagan bo'lsak, xudbinlik qilib, hech narsani xavf ostiga qo'ymasdan, og'riqlardan o'zimizni asrab, baxtimizni qo'ldan boy bergan bo'lsak, demak hayotimiz behuda o'tgan. Bu dunyoda, umrida biron marta "jilovni quyib yubormagan" odamdan ko'ra kambag'al odam yo'q.
Julian Mentl
--------------------------------------------------------------
Men uxlayotgan edim va hayot quvonch ekanligini tushimda ko'rdim. Men uyg'onib ketdim va hayot burch ekanligini angladim. Men ishlay boshladim va burch quvonch ekanligini tushundim.
Robindranat Tagor
--------------------------------------------------------------
Biz hayotga faqat pul topish uchun kelmaganmiz. Biz dunyoni har xil qilish, uning ufqlarini kengaytirish, unga umid va maqsad bag'ishlash, uni boyitish uchun shu yerdamiz. Bu vazifani unutib, biz o'zimizni yanada kambag'allashtiramiz.
Vudro Vilson
--------------------------------------------------------------
Og'iz bilan aytilmagan narsada buyuklik va poklik bor. Sukunat qalblarimizni yoritadi, ularga shivirlab, bir-biri bilan bog'laydi. Sukunat bizni o'zimizdan ayirib, ruh cho'qqilariga ko'taradi va bizni Jannatga yaqinlashtiradi.
faylasuf Xalil Jebran

Robin Sharma,
""Ferrari"sini sotgan rohib bilan
O'Z TAQDIRINGIZNI KASHF ETING" kitobidan

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
📱Facebook           📱Instagram
🕊Telegram            📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
To'laqonli yasha. Har bir daqiqadan rohatlan, garchi u mukammal bo'lmasa ham. Negaki, oxirimiz uzoq emas. Biz hali biror narsani anglashga ulgurmay, qabrga kiramiz, biz uchun eng oddiy narsalar bo'lgan barcha zavqlar - tanamizga tekkan yomg'ir tomchilari, bolalarimizning kulgisi, quyosh chiqishi - bularning barchasi xotiramizda uzoq qoladi.... Ko'pchiligimiz e'tibor bermagan narsalar - odamlar bilan samimiy munosabatlar, kutilmagan yaxshiliklar, yaxshi jismoniy ko'rinishda bo'lish, o'z ishimizga fidoyilik, bizdan qoladigan meros haqida qayg'urish, har kuni o'z ustimizda ishlash - mana shular eng muhim ahamiyatga ega bo'lib qoladi. O'lim tushagida yotgan hech bir inson, hisobida pul juda kamligi yoki mashinasi juda kichkina ekanligidan afsuslanmaydi. Aksincha, so'nggi damlarimizni hayotni mardonavor, muhabbat to'la, bironta yolg'onsiz yashab o'tganimda yaxshi bo'lar edi, degan xayollarda o'tkazamiz.

Robin Sharma
""Ferrari"sini sotgan rohib bilan O'Z TAQDIRINGIZNI KASHF ETING".

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
📱Facebook           📱Instagram
🕊Telegram            📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rustam Nishonov
Photo
©"Baqirmaydigan onalar". Xadicha Kubro Tongar

Asardan xulosalar:

*Bolalarni hurmat qilish kerak, xuddi kattalardek huquqlariga va qiziqishlari eʼtibor qaratish lozim.

*Kattalarga nisbatan ular nohaqliklarni, oʻzgarishlarni, tuygʻularni darrov payqashadi.

*Mehringizni his qilsin, yetti yoshgacha ularning hissiy faolligi yuqori boʻladi.

*Oʻyin ular uchun suv va havodek zarur. Ular bilan aloqa oʻrnatishning, yaqinlashishning eng oson va toʻgʻri yoʻli - birgalikda oʻynashdir.

*Ularga buyruq emas, chegaralangan tanlov imkoniyati berish orqali oʻzligini shakllantirish kerak. Nega chegaralangan tanlov, chunki bola aqlingizga kelmaydigan narsalarni talab qilishi mumkin-da.

*Urish, baqirish, jazo - yechim boʻlmaydi. Vaqtinchalik chora boʻlishi mumkin. Lekin kamchiliklarni ildizi bilan bartaraf etmaydi. Eng toʻgʻri yechim - bola bilan yaqinlik, uni eshitish va tushunishga harakat qilish bilan kechadi.

*Bola dunyoga ota-ona hayotini davom etishi(orzularini roʻyobga chiqarishi) uchun emas, yangi bir hayot, alohida shaxs sifatida yashash uchun keladi.

*Ota-onalik uchun tayyorgarlik lozim: ruhiy, moddiy, ilmiy. Toʻrt yillik oʻqish uchun tayyorgarlik koʻramiz, boshqa imtihonlar, sertifikatlar uchun yotib tayyorlanamiz. Lekin eng sharafli maqomimiz uchun hech hozirlanmaymiz. Taqdir taqozosi bilan ona boʻlib qoʻya qolamiz.

*Bolalarni boshqalar bilan solishtirish ularni betakror ekanligini, alohida ekanligi kabi noyob hislardan mosuvo etadi.

*Ayb ish qilganda unga doimiy aybini tushuntirishmasdan dakki berish, unda kichik yoshdan aybdorlik hissini oʻstiradi va mustaqil qaror qabul qila olmaydigan, buyruqlarga boʻysunuvchi, hurkak insonni shakllantiradi.

*Baxtli bolani tarbiyalash uchun ona baxtiyor boʻlishi kerak.

*Uni oʻrniga oʻzingizni qoʻyib koʻring.
Bolalar dunyo bilan tanishishda xatoliklarga yoʻl qoʻyishi, adashishi, moddiy zarar yetkazishi mumkin va buni onalar oʻzlariga qarama-qarshi qilingan harakat deb xulosa chiqarmasligi kerak.

*Bolalar dastlabki yillarida tuygʻularini boshqara olish qobiliyatiga ega boʻlmaydi.

*Yig'i ularning asosiy aloqa vositasi.
*Oʻyin ular uchun suv va havodek zarur. Ular bilan aloqa oʻrnatishning, yaqinlashishning eng oson va toʻgʻri yoʻli - birgalikda oʻynashdir.

(Ijtimoiy tarmoqdan olindi)

👉@rustamnishonov👈
Фарзандингизга доимо айтиб туришингиз керак бўлган 9 та гаплар

1.
Сен кучлисан, енгилма!
2. Мен доим сен биланман.
3. Ҳаммасини уддалайсан!
4. Мен сенга ишонаман.
5. Мен сен билан фахрланаман.
6. Менга ёрдам бераётганинг учун рахмат.
7. Мен сени яхши кўраман.
8. Кунинг қандай ўтди?
9. Бундай вазиятда сен қандай йўл тутган бўлар эдинг?

Меҳр ва эътиборингизни аяманг. Кўпроқ бағрингизга босиб қучоқлаб туринг, эркаланг, у болалигини ҳис қилсин.

Болани урманг! Болага нима яхши-ю нима ёмонлигини тушунтиришдан эринманг.

👉@rustamnishonov👈
Forwarded from TopEx School
🇺🇿 Tez kunda

🇷🇺 Скоро

🗺 Manzil: Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'chasi, 39-uy

📷 Instagram | ✈️ Telegram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TopEx School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😎 Top Expertlar maktabi

⚡️ O’z kasbining bilimdoni, experti, professionali bo’luvchi yetuk insonlarni yetishtirib chiqaruvchi maktab - TOPEX school

—————————

😎 Школа Топ Экспертов

⚡️TOPEX - школа топ экспертов стремляющаюся к развитию профессионалов и экспертов своего дела, предоставляющаяся высококачественного образования и практического навыка, необходимого для успешной карьеры

🗺 Manzil: Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'chasi, 39-uy

📷 Instagram | ✈️ Telegram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TopEx School
🤔 Nega aynan Topex School deysizmi?!

💻Steam va Kids MBA ta’lim dasturlariga asoslangan

🥘 Sog’lom va tartibli ovqatlanish tarziga amal qiladi

🏢 Xavfsiz va qulay o’quv muhitiga ega

🦾 Tajribali va malakali pedagoglar jamoasi

✍️Individual ta’lim nazorati ta'minlanadi

Farzandingizning yorug’ kelajagini biz bilan birga quring!

————

🤔Спрашиваете почему именно Школа Topex?!

💻Обоснован на образовательных программ Steam и Kids MBA.

🥘 Соблюдает здоровое и регулярное питание.

🏢 Безопасная и комфортная среда обучения

🦾 Команда опытных и квалифицированных педагогов

✍️Осуществляется индивидуальный куратор обучения

Постройте светлое будущее своего ребенка вместе с нами!

📷 Instagram | ✈️ Telegram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Охирги йилларда Рамзан Қодиров бошчилигидаги тиктокер чеченларнинг тарғиботи ўлароқ мафкурасиз ёшларимиз чеченларга тақлид қила бошлашди.

Ҳолат Қорақалпоғистонда бўлган экан. Бир тўда чеченларга тақлид қилган моллар тўй кортежидаги машиналар билан сола-сол қилишибди.

Миллатнинг муштарак мафкураси йўқлиги сабаб ёшлар ҳали қарасанг, чеченларга, арабларга, туркларга тақлид қилиб юраверади...

Шунинг учун ҳам бирлаша олмаймиз...

@adolat_kuychisi