Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
13.5K subscribers
17.3K photos
998 videos
2 files
12.1K links
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan tanishishingiz (https://taplink.cc/oliymajlis) mumkin.
Download Telegram
#ochiq_eshiklar_kuni

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti talabalari qonun ijodkorligi, Qonunchilik palatasi muzeyi, katta majlislar zali hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.


Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
O‘zbekiston parlamentining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi roli xalqaro miqyosda e’tirof etildi

➡️Bu haqda Parlamentlararo Ittifoq o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qilgan xabarda so‘z boradi. “Parlament va BRM o‘rtasidagi aloqani institutsionalizatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston ko‘plab mamlakatlardan oldinga o‘tib ketdi”, deyiladi press-relizda.

➡️Ta’kidlanishicha, Parlamentlararo Ittifoq o‘z sa’y-harakatlarini a’zo parlamentlarni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) doirasidagi jarayonlar bilan bog‘lashga qaratadi va ularni bu yo‘lda imkon qadar qo‘llab-quvvatlaydi.

➡️Xalqaro tashkilot xabariga ko‘ra, parlamentning BRM bo‘yicha Komissiyasi tuzilganidan so‘ng O‘zbekistonda BRMga bo‘lgan e’tibor kuchaydi va bu boradagi harakatlar jadallashdi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi

Forumda iqlim o‘zgarishlarining inson huquqlariga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi, sohada doimiy axborot almashish va hamkorlik qilish uchun platforma yaratishga kelishib olindi. Shuningdek, forumdan keyingi davrda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarga samarali javob berish uchun tavsiyalarni amalda qo‘llashga qaratilgan strategiya va harakat rejalari tasdiqlandi. “Iqlim o‘zgarishlari sharoitida inson huquqlarini global himoya qilish: barqaror kelajak yo‘lidagi majburiyatlar va sa’y-harakatlar to‘g‘risidagi Samarqand deklaratsiyasi” loyihasi ishlab chiqildi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Vazirdan asoslantirilgan javob taqdim etish so‘raldi

🔹 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2024-yil 31-may kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X. Umarovaga “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati to‘g‘risida” Qonunchilik palatasining parlament so‘rovi yuborilgan edi.

🔹 Unda umumta’lim maktablarida tibbiyot xonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularni zarur tibbiy jihozlar, dori-darmon vositalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berish so‘ralgan.

🔹 2024-yil 14-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida mazkur parlament so‘roviga kelgan javob deputatlar, tegishli vazirlik vakillari ishtirokida dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

👉 BATAFSIL

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hafta_ichida

Hafta davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi muhim tadbirlar haqida

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO