Nurobod tumani hokimligi
5.54K subscribers
27.2K photos
1.81K videos
19 files
3.53K links
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi!

Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot

Veb-sayt: www.nurobod.uz
Facebook: fb.com/axborot.xizmati
Telegram: t.me/nur_press
Download Telegram
Bugun Nurobod tuman hokimligida kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i J.Iskandarov va kadastr palatasi tuman filiali boshlig‘i M.Muxtorov ishtirokida yer munosabatlarini tartibga solishda rivojlangan davlatlar tajribasi hamda kadastr tizimi xodimlari tomonidan sohadagi muammolarga aniq yechim topish maqsadida mahallabay, xonadonbay ishlash mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida dastlab kadastr agentligi Nurobod tuman bo‘limi tomonidan 2024-yil davomida qilingan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Joriy yilning o‘tgan 4 oyi davomida kadastr agentligi Nurobod tuman bo‘limiga jami 46 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 37 tasi ijobiy yechim topgan, 9 ta murojaat egasiga huquqiy ma’lumot berish orqali hal etilgan.

O‘zboshimchalik holatlarini bartaraf etish yuzasidan 27 ta holatda 35.6 gektar yer maydonlari ixtiyoriy bartaraf etilib, dastlabki holatiga qaytarilishi ta’minlandi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida kadastr tizimi xodimlari tomonidan aholi bilan mahallabay, xonadonbay ishlash yuzasidan M.Muxtorovning ma’lumotlari tinglandi.

Nurobod tumanidagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo’lgan jami 30 917 ta ko’chmas mulk obyektlaridan 28 408 tasi turar joy obyektlari, 2 509 tasi noturar joy obyektlari bo‘lib, barchasi “Ko‘chmas mulk-3” platformasiga to‘liq kiritilgan.

Ushbu platforma hozirgi kunda Nurobod tumani Soliq inspeksiyasi, IIB, DXM hamda bir qator boshqa tashkilotlarning ro’yxatga olish va ma’lumot almashinish elektron bazalari bilan to’liq integratsiya qilingan.

Tumandagi bino-inshootlar kadastri yuritilishi, elektron xaritalar va hisob-kitoblar orqali elektron ma’lumot almashinuvi Davlat kadastrlari palatasi Nurobod tuman filiali tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilar yo‘llagan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berilib, kadastr sohasidagi qonunbuzilishlarni barvaqt aniqlash, tegishli choralarni ko‘rish borasida tizimli ishlar davom ettirilayotgani alohida ta’kidlandi.

©️ @nur_press
Nurobod tumanida mahalla yetttiligi faoliyati yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun Nurobod tuman hokimligida mahallalar uyushmasi Nurobod tumani bo‘limi boshlig‘i L.Hamrayev va mas’ullar ishtirokida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

L.Hamrayevning ta’kidlashicha, mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida hamkorlikda faoliyat yuritadigan "Mahalla yettiligi" tashkil etildi.

«Obod mahalla», «Obod ko‘cha», «Obod xonadon» mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va mas’uliyatini oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, yettilik tomonidan milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni targ‘ib qilish, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, to‘y-marosimlarni isrofgarchiliklarsiz ixcham o‘tkazilishini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Har haftada bir marotaba mahalla hududidagi ta’lim tashkilotida o‘quvchilarning davomati, sport tashkilotlarining aholi uchun ochiqligi, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari atrofining tozaligi o‘rganib kelinmoqda.

39 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 2230 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi, 100 kishining yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga, 45 nafari mas’uliyati cheklangan jamiyatga, 68 nafar ishsiz fuqarolar jamoat ishlariga, 424 nafar fuqarolar esa doimiy ish bilan ta’minlanishiga erishildi.

Shuningdek, mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish, nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash yo‘lida samarali foydalanib kelinmoqda.

©️ @nur_press
Bulung‘urda hokimlar uchun amaliy seminar o‘tkazildi

Bugun Bulung‘ur tumanida Samarqand viloyatidagi 16 ta tuman-shahar hokimlari hamda 1-sektor kotiblari uchun “Sektorlar faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazilib, unda Nurobod tumani hokimi, 1-sektor rahbari S.Berdiqulov ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilari dastlab Bulung'ur tumanining “Amir Hamza” jome masjidida bo‘lib, yaratilgan-shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

So‘ngra Yangi Oʻzbekiston” massivida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari taqdimoti o‘tkazilib, unda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, tugallangan va qurilishi rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Ishtirokchilarga tumanning bugungi kundagi investetsiyaviy salohiyati, tadbirkorlikning rivojlantirilganligi ortidan yaratilgan yangi ish o‘rinlari va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

“Metin business fruits” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan quvvati 6 ming tonna, qiymati 25,9 milliard soʻmlik sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va quritish loyihasi amalga oshirilib, 20 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

Shuningdek, MCHJ ta’sischisi tomonidan 1000 gektar maydonda 23,4 milliard soʻmlik qiymatdagi lalmi yerlarga yomgʻirlatib sugʻorish tizimini joriy qilish orqali boshoqli va dukkakli mahsulotlar yetishtirish yo‘lga qo‘yilganligi alohida ta’kidlandi.

©️ @nur_press