Manaviyat.edu.uz
69.7K subscribers
7.1K photos
1.89K videos
79 files
4.43K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi

🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz
🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz

👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot
Download Telegram
🏛Adiblar xiyobonidagi ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari davom etmoqda!

▶️Andijon davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor M.Parpiyev boshchiligida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrida bo‘lib, ajdodlarimiz merosini oʻrganish va ularni kelgusi avlodga yetkazish maqsadida “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi.

▶️Toshkent tibbiyot akademiyasi Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti tomonidan “Zulfiyaxonim xotirasini yod etib” nomli tadbiri “Adiblar xiyoboni”da tashkil etildi.

▶️Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan “Adiblar xiyoboni”da “Mushoira fest” adabiyotshunoslik festivali o‘tkazildi.

▶️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Uchinchi Renessans yoshlarini tarbiyalashda Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybekning badiiy merosi” nomli konsert dasturi “Adiblar xiyoboni”da tashkil etildi.

▶️Toshkent davlat pedagogika univeristeti tomonidan “Adiblar xiyoboni”da Abdulla Avloniy haykali poyida hisobot konsert dasturi boʻlib o‘tdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 22-may haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro biologik rang-baranglik kuni.
🌏 Sherlok Xolms kuni.
🇬🇹 Gvatemala, 🇪🇨 Ekvador– Daraxt ekish kuni.
🇰🇬 Qirg’iziston – Qurolli kuchlar kuni.

#voqealar
🔸Nyu-Yorkda "Associated Press" informatsion agentligi tashkil topdi (1846).
🔸Avraam Linkoln suzuvchi dokning dizayni uchun 6469-sonli patent oldi (1849 ).
🔸Doktor Vashington Sheffild tish pastasi idishi(tyubik)ga patent oldi (1892).
🔸Aka-uka Raytlar o‘zlarining uchish apparatiga patent olishdi (1906).
🔸Parijda Xalqaro  kinologiya federatsiyasi tashkil topdi (1911).
🔸Sankt-Peterburgda dunyodagi birinchi televizion ko‘rsatuv amalga oshirildi (1911).
🔸Chili zilzilasi, insoniyat tarixidagi eng dahshatli zilzila (1960).
🔸Microsoft kompaniyasida Windows 3.0 ning relizi bo‘lib o‘tdi (1990).
🔸O‘zbek alpinistlaridan birinchi bo‘lib Rustam Rajapov Jomolungma tog’ining eng baland cho‘qqisini zabt etib, u yerda O'zbekiston bayrog'ini o‘rnatdi (1998).

#tavalludlar:
🔹1859-yil: Artur Konan Doyl (1930) – atoqli ingliz adibi.
🔹1920-yil: Tomas Gold (2004) – amerikalik astronom, statsionar koinot nazariyasi mualliflaridan biri.
🔹1924-yil: Sharl Aznavur (2018) – Fransuz aktyori va qo‘shiqchisi.
🔹1946-yil: Jorj Best (2005) – Afsonaviy irland futbolchisi.
🔹1963-yil: Mirza Azizov (2021) – O‘zbekiston xalq artisti, aktyor.
🔹1980-yil: Aleksandr Doktarashvili – sportchi, yunon-rum kurashi boʻyicha olimpiada oʻyinlari chempioni (2004, Afina), "Oʻzbekiston iftixori" (2004). 
🔹1986-yil: Tatyana Volosajar – rossiyalik figurali uchish ustasi, ikki karra Olimpiya chempioni.
🔹1987-yil: Novak Jokovich – Serbiyalik tennis ustasi.
🔹1991-yil: Kantin Maye – fransuz gandbolchisi, Olimpiada chempioni (2020), ikki karra jahon chempioni.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#tadbir

🏛Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalada “Ma'rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

⚡️“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

👉https://uza.uz/uz/posts/marifatli-zhamiyat-sari_600495

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube