Kurs natijalari
228 subscribers
58 photos
2 links
Kopirayter - Marketolog kursi yutuqlarini ulashib boruvchi kanal
Download Telegram
Assalomu alaykum, yaxshimisiz Anora opa

Shu fikrlarga yuz % qoʻshilaman. Nimaiki boʻlsa ham insonning oʻzidan ekan...

Men ham tashlab qoʻygan ishimga qaytdim, staj uchun ( portfoliomda matnlar juda kamayib ketgan edi) ish soʻragan kompaniyalar meni yaxshi qabul qilishdi, bepul ishlatish qadriyatimizga mos emas deb, maosh ham belgilashdi, 3-4 ta loyihalar bilan ishlayapman.

IELTS mashgʻulotlari bilan ulgurmayman deb oʻylagan edim, Ingliz tilidagi loyihalar bilan ishlashga kelishdim, oʻzimdan juda ham xursandman, matnlarim yoqyapti ularga, harakat qilsa kelar ekan hammasi

Sizga esa alohida rahmat 😊 koʻp narsani tushunib yetdim, rohatini koʻring bergan bilimlaringizni
Forwarded from Mukhriddin Nuriddinov
Forwarded from Mukhriddin Nuriddinov
Assalomu aleykum ustoz, ustoz sizni qo'lingizda o'qib hech rahmat demagan ekanman, bergan bilimlaringizga rozi bo'ling, kopirayting sohasiga kunimni 3/1 ni sarflayman lekin juda barokatli Allohga shukur! Boshida qiynaldim, tajriba yig'ib olgandan keyin ancha osonlashdi! Kecha bir kishiga naqd 24 ta matn kerak bo'lib qoldi! Kunimni 3/1 ni sarflab 2 kunda qilib berdim 840 min tashadi, kopiraytingdan 2 kunda buncha topaman deb o'ylamagandim! Kattakon rahmat ustoz Alloh rozi bo'lsin sizdan!
Assalamu alaykum Anora opa va Zuhriddin ustoz! Ikkingiz ham o'qishingiz uchun shu profilga yozyapman. Ustozlar sizlarga yana rahmat aytgim keldi. Sababi sizlar erinmay o'rgatgan kasbim orqali nafaqat o'zimga, balki yaqinlarimga ham foydam tegyapti.

Ular ichida eng foydalisi va meni quvontirgani ayam uchun sarflaganim bo'ldi.

O'tgan oyda bir loyihadan 500 000 so'm oylik oldim. O'sha paytta ayam Farg'onada shifoxonada edi. Opam ham Farg'onada yashaydi. Shuning uchun opamga pulni hammasini o'tkazib berdim. Opam ayam uchun sovg'alar olib, ko'rib keldi. Opam ikkimiz ayam uchun narsa olganimizga juda xursand bo'ldik. Ayam esa qo'ng'iroq qilib, "O'zing uchun ishlatmabsan, shart emas edi" , - dedi.

Lekin men ayamga o'zlari yaxshi ko'rgan qashqarbaldog'(asli nomini bilmayman, ayam shunday ataydi) ziradan olib berishni va'da qildim. Sababi ayam uchun sovg'a olganim, ayamning meni duo qilgani men uchun motivatsiya bo'ldi, o'zimga bo'lgan ishonchim yanayam ortdi.

O'sha kuni juda baxtli edim. Ichimga sig'masdim. Sizlarni yo'liqtirgani uchun Allohga shukronalar aytdim. Alloh rozi bo'lsin sizlardan ustozlarim.
Forwarded from Botirjonovich
Ilk muvaffaqqiyatli ishimdan bardavom qilsin☺️
Kecha kopirayting orqali birinchi daromadimni oldim, sizga kottakon rahmat😊
Forwarded from Nuriddinoff - IT Blog
🥹 Bugunga eng quvonchli yangiliklardan biri

Kopirayting kursimda ta'lim olgan shogirdim ilk loyihani olibdilar.

🤲 Alloh xayrli va barokatli qilsin!
Assalomu Alaykum ustoz yaxshimisiz?

Kursingizda olgan bilimlarim asosida birinchi daromadimni topdim
Siz ham moliyaviy erkin bo'lishga haqlisiz!

🥹 Qaysi IT sohasini tanlashga boshingiz qotib, o'z yo'lingizni topa olmayotgan bo'lsangiz yaqinroq keling!

⚡️ Copywriting Online maktabidagi 14 kunlik ta'lim sizga:

— Kuchli portfolio;
— Amaliy va fundamental bilim;
— Asosiysi kafolatlangan natijani taqdim etadi!

▶️ Online maktabga ulanish: CopSchool