Farg‘ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati.
680 subscribers
20.2K photos
2.06K videos
8 files
4.37K links
YouTobe https://youtube.com/channel/UCC_ztb-C6u2Y8FI-gOprEeg
Facebook https://www.facebook.com/Farg'onaviloyatiFVB
Farg‘ona viloyat FVB Matbuot xizmati rasmiy muhokama gruhiga qo’shiling
https://t.me/+gxIwYD0oICNkZjEy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Mobile_Rakurs

Bayram munosabati bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida faoliyat yuritgan nafaqadagilar, xizmat vaqtida halok bo'lganlarning oila a'zolari holidan xabar olindi.

FVB Matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
TELEGRAM |FACEBOOK |YOUTUBE
O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatining navbatdagi medalini qo‘lga kiritdi

Eslatib o'tamiz, bugun Istanbul shahrida bo'lib o'tayotgan yong'in-qutqaruv sporti bo'yicha jahon chempionatining navbatdagi sovrinlari to'plami o'ynaldi.
Turnirning ikkinchi kunida ishtirokchilar 100 metr masofaga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha bahslashdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdulvosid Rahmonov 15,49 soniya natija qayd etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, Rahmonov O‘zbekistonning avval 15,66 soniyani tashkil etgan rekordini ham yangiladi.
Qayd etish joizki, jahon chempionati sovrinlari uchun 20 dan ortiq mamlakat terma jamoalari kurash olib bormoqda.
---------
В копилке сборной Узбекистана очередная медаль Чемпионата мира

Напомним, что сегодня на Чемпионате мира в городе Стамбуле были разыграны очередные комплекты наград Чемпионата мира по пожарно-спасательному спорту.
Во второй день турнира участники соревновались в преодолении 100-метровой полосы с препятствиями. Член сборной Узбекистана Абдулвосид Рахмонов завоевал бронзовую награду, финишировав с результатом 15,49 секунд. Тем самым Рахмонов также обновил и рекорд Узбекистана, который ранее составлял 15,66 секунд.
Отметим, что борьбу за награды Чемпионата мира ведут команды из более чем 20 стран.
Tungi nazotar tadbirlari amalga oshirildi.
Farg'ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari-Shtab boshlig'i polkovnik B.Ashurov tomonidan Farg'ona shahar hududidagi oʻquv muassasalarida  oʻtkaziladigan “Bilimlar kuni” tadbiriga jalb qilingan xodimlarning tungi xizmat olib borilishi yuzasidan nazotar tadbirlari amalga oshirildi.

FVB Matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
TELEGRAM |FACEBOOK |YOUTUBE
Bugun mamlakatimiz bo'ylab birinchi qo'ng'iroq bayram tadbirlari o'tkazildi.

Maktab — orzularga qanot bag'ishlaydigan, har bir o'quvchining kelajak maqsadlari ijobatiga poydevor bo'luvchi muqaddas maskan.

Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.

Bag'dod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazilgan bayram tadbirida Farg'ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik I.Qo'chqarov ishtirok etdi hamda maktabga yangi qabul qilingan birinchi sinf o'quvchilariga muhtaram prezidentimizning bayram sovg'alarini topshirib, yangi oʻquv yilida barcha yosh o'quvchilarga katta ishtiyoq, taʼlim jarayonida ulkan muvaffaqiyatlar va yutuqlarga erishib, el-yurt oldida ustozlari va ota-onalari yuzini yorug' qilishlariga tilak bildirdi.

FVB Matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.
TELEGRAM |FACEBOOK |YOUTUBE