EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿
24.1K subscribers
12K photos
2.86K videos
26 files
7.29K links
Ekologiya boʻyicha eng soʻnggi yangiliklar. @ekologuz🇺🇿Последние новости на экологические темы из Узбекистана. @ekologuzru🇷🇺 The latest news on environmental issues from Uzbekistan @ekologuzenglish🇬🇧

Savol va takliflar uchun bot: @eklguz_bot
Download Telegram
"Yashil makon" umummilliy harakat doirasida daraxt ekish mavsumi tugadi. Endi ekoinspektorlarimiz sal bo‘shadi, demak ko‘proq jonivorlarga ziyon yetkazayotgan huquqbuzarlarni jarimaga tortilsa yaxshi bo‘lar edi.
https://t.me/bulbul5353 telegram kanalida ochiq sayroqi qushlar savdosi ketmoqda.

Masalan, guruhda Sanjar 775 niki ostidagi Saidjon ismli shaxs "4ta yengi bul bul bor sotiladi, sayrab tushgan yengi qushla" deya e'lon bergan. Unga avtomobil' Lasetti rusumli S929DB tegishli bo‘lishi mumkin (aniq emas).

Mazkur yovvoyi sayroqi qushlar savdosi bilan shug‘ullanadigan shaxslarning tabiatimiz, xalqimiz boyligi bo‘lgan qushlarni ushlab, ularni sotish orqali daromad olishga haqqi bormi ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Assalomu alaykum hurmatli mushuk sevarlar. Toshkent shahrida mushuklarga yordam berib. ularn davolab yurgan ayol vafot etib, uning 6 ta mushugini olib qaramoqdamiz. Ichida fipngani bor. Sizlardan yordam surab qolamiz🙏.

Mushukni davolash 84 kun davom etadi va ancha qimmat. Molnupiravir degan dori kerak, har bir kapsulasi 22.000 so‘m turadi. Dori berishni 6 mart kuni boshladik, uzgarishlar bor, sal yuryapti, umuman yura olmas edi. Yotgan joida hojatga boradi, yunglari sargayib ketgan, hozir unga qarayotgan ayol tozalab turibti. Savob ishni birga qilaylik🙏.

Yordamni dori, ovqat yoki kartaga qabul qilamiz, mushuklarimiz juda kup. Hohlaganlarga video tashlab beramiz. Yordam qulini cho‘zganlardan Allohim rozi bo‘lsin🤲.

Tel +998903201445

Yordam kartasi: 8600060437732382

Qosimova N. ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoda mehribon insonlar ko‘p. Siz ham hayotingiz davomida biror hayvonni qutqardingizmi?

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
1500 yildan keyin qirilib ketgan hayvonlar ro'yxati keltirilgan kitobning nomi nima?
Anonymous Quiz
42%
Qora kitob
49%
Qizil kitob
8%
Yashil kitob
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Surankent KFY, Ittifoq mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanal qirg‘og‘iga qurilish chiqindilarining keltirilib tashlanishi haqida yozgan edik. Muammo hanuz hal bo‘lganicha yo‘q.

Muammoni bartaraf etishda Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi yordam beradi degan umiddamiz.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Yakkatut qishlog‘ida joylashgan 41-maktabda bioxilma-xillikni asrashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Nima uchun o'qituvchilar va o‘quvchilar o'z ona yurtining tabiatini saqlashda faol ishtirok etishlari kerak? Bugungi kunda qishloq aholisini qanday ekologik muammolar tashvishga solmoqda? Seminar davomida ushbu masalalar muhokama qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, bahor fasli boshlanishi bilan chiqindi konteynerlari yo‘qligi sababli nopok dam oluvchilar tabiat qo‘ynida dam olgach, chiqindilarini qishloq hududiga tashlab ketishadi. Qolaversa, qishloqdan oylab chiqindi olib chiqilmayotgani, daraxtlarning kesilishi, suv yetishmasligi, jonivor va qushlarning yo‘qolib borayotgani bugun nafaqat o‘qituvchilarni, balki yosh avlodni ham tashvishga solmoqda.

Seminar Acted xalqaro tashkiloti tomonidan “O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilishni yaxshilash bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.
☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
#Rasmiy_munosabat

Ekologuz orqali “Oqdaryo tumani Zarafshon daryosidan. Ko‘prikdan unchalik uzoq emas. Hozirda baliq ovlash taqiqlanganiga qaramay, brakonyerlar taqiqlangan usullardan foydalangan holda kunduzi baliq tutadilar” mazmunida xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan Oqdaryo tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari tashkil etildi.

Aniqlanishicha, haqiqatda ham Samarqand tumani Ohalik MFYda yashovchi fuqaro A.Sh tomonidan qo‘lbola yasalgan to‘r bilan Qoradaryo daryosida yangidan qurilgan suv to‘g‘oni atrofida noqonuniy tarzda baliq ovlayotgan ekan.

Shu bois huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1- qismiga binoan, BHMning 10 barobarida jarima qo‘llanilib, ov mavsumi taqiqlangan davrda ov qilish mumkin emasligi to‘g‘risida ogohlantirishlar berilganligini maʼlum qilamiz.

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Aftidan, tadbirkorlarni moratoriy qiziqtirmaydi. Suratda Samarqand shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Zarafshon daryosining ko‘prik va gaz quvuri oralig‘ida shag‘al qazib olishayotganini ko‘rish mumkin.
P/S. O‘zbekistonda 1 maydan Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladi. Bu uchun jarimalar 10 baravar oshiriladi. Buzilgan yerlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish, tabiiy landshaftni tiklash rejalashtirilgan.
☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
Tovuqlar soatiga ______ tezlikda yugura oladi.
Anonymous Quiz
44%
9 km
22%
11 km
20%
14 km
14%
20 km
Diqqat, Qoraqalpogʻiston respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatining ekoko’ngillilari yaqinroq keling!🌍

Bugun dunyo ekologlari tomonidan ko'p va xo'p muhokama qilinayotgan iqlim o'zgarishi haqida ko'proq bilib, atrof-muhitni asrashga hissa qo'shishni va ushbu mavzudagi 2 kunlik treningimizga qatnashishni istaysizmi ?

🌿 Trening davomida iqlim oʻzgarishining sayyoramizga taʼsiri, unga qarshi kurashishning zamonaviy usullari va har birimiz atrof-muhit muhofazasiga qanday hissa qoʻshishimiz mumkinligi haqida bilib olasiz.

💡 Sizni qiziqarli ma'ruzalar, amaliy mashg'ulotlar va ekologiya sohasidagi mutaxassislar bilan dolzarb masalalarni muhokama qilish imkoniyati kutmoqda.
📅 Sana: Aprel oyining oxiri- may oyining boshlari (aniq sana keyinroq e'lon qilinadi)

🕒 Vaqti: 09:00 dan 17:00 gacha

📍 Joy: Aniq joylashuv saralashdan so’ng e’lon qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun oxirgi muddat: 13.05.2024

Ro’yxatdan o’tish uchun faqat o’z hududingizni tanlab, savollarga javob bering:

Qoraqalpog’iston respublikasi

Xorazm

Buxoro

Navoiy

Birinchi bosqichdan o‘tganlar suhbatga taklif etilinadi.

☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo‘ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning 

Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Okapi – Markaziy Afrikaning tropik o‘rmonlarida, xususan, Kongo demokratik respublikasida yashaydi. Tanasining uzunligi 2 yarim metr, balandligi 1 yarim metr, vazni 230 kg atrofida.

Bu hayvon ko‘rinishidan otni eslatadi, oyoqlari va orqa tomonlarida zebranikiga o‘xshash chiziqlar, tanasining o‘rta qismi yovvoyi eshakka, boshi jirafanikiga o‘xshaydi. O‘zi jirafasimonlar oilasiga mansub. Bo‘yni jirafanikidan qisqaroq. Tanasining chiziqsiz joyidagi rangi to‘q jigarrang. Jirafaga o‘xshaydigan yana bir tomoni tilining uzunligidir. U uzun tili orqali yuzini yuvishi va daraxt barglarini yulib olib yeyishi mumkin.

Quloqlari katta bo‘lib, dushman xavfini uzoqdan sezishiga yordam beradi. Inson uchun zaharli bo‘lgan barglarni okapi yeya oladi.
☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling
@eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning