Edu.uz
140K subscribers
14.6K photos
2.87K videos
205 files
9.95K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006

📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
Geologiya fanlari universitetining 70 dan ortiq ilk bitiruvchilariga magistrlik diplomi topshirildi

Ahamiyatlisi, himoya qilingan dissertatsiyalar orasida Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yuqori baholangan ilmiy ishlar boʻlib, ularni rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha grant loyihalari sifatida davom ettirishga tavsiyalar berildi.

👉 Batafsil UzA saytida

➡️ @eduuz
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Nodavlat_tashkilotlar

⚡️Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari boʻyicha onlayn muloqot oʻtkaziladi

Bugun 27-avgust kuni soat 16:00 dan 17:00 ga qadar nodavlat ta’lim tashkilotlari boʻyicha Ta'lim inspeksiyasining masʼul xodimlari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirokida onlayn muloqot oʻtkaziladi.

🎙Muloqot telegramning ovozli chat xizmatidan foydalangan holda tashkil etiladi.

📌
Muloqot davomida nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridagi qabul jarayonlari hamda bu borada e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar boʻyicha savollarga javob beriladi.

❗️Taʼlim inspeksiyasi masʼullariga bevosita mavzu bo‘yicha savol yoki taklif laringizni @uztdibot orqali #savol xeshtegi bilan yuborishingiz yoki inspeksiya matbuot kotibi kanalida ushbu e’longa izoh sifatida yozib qoldirishingiz mumkin.

Savollarga ovozli chat davomida javob qaytariladi.

📌 Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga obuna boʻling: https://t.me/uztdi
#Malaka_oshirish

400 dan ortiq trenerlarni tayyorlash boshlandi

Vazirlik huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazda oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishga jalb etilgan 446 nafar professor-o‘qituvchi uchun qisqa muddatli onlayn trenerlar tayyorlash kurslari tashkil etilmoqda.

Batafsil ushbu havola orqali tanishing

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
⚡️Барча давлат олий таълим муассасаларининг барча босқич талабалари учун тўлов-контракт миқдорлари оширилмайди!

Давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг мамлакатимиз таълим тизимига берган алоҳида эътибори, жумладан талабаларга олий таълим олишлари учун кўрсатган ғамхўрлиги, халқчил сиёсати натижасида 2022/2023 ўқув йили учун барча йўналишлар бўйича тўлов-контракт миқдорлари оширилмайдиган бўлди.

Талабалар ва уларнинг ота-оналарига қулай шароитлар яратиш, глобал иқтисодий инқироз шароитида аҳолининг тўлов қобилиятини инобатга олган ҳолда, истисно тариқасида, 2022/2023 ўқув йили учун барча босқичдаги талабаларнинг тўлов-контракт асосида ўқитиш қиймати миқдорлари давлат олий таълим муассасалари, жумладан, молиявий мустақиллик берилган олий таълим муассасаларида ҳам, базавий тўлов-контракт қиймати 2021/2022 ўқув йили учун белгиланган миқдорларда сақлаб қолинади.

Шу билан бир қаторда, 2022/2023 ўқув йили табақалаштирилган тўлов-контракт миқдорлари ўтган ўқув йили учун белгиланган миқдорларда ўзгаришсиз қолади.

Талабаларни таълим шакллари (кундузги, сиртқи, кечки ва масофавий) бакалавриат таълим йўналишлари ҳамда магистратура мутахассисликлари бўйича бир йиллик ўқитиш қийматлари миқдорлари қуйидагича:

👉Юклаб олиш

➡️@eduuz
2022/2023 ўқув йили учун республика олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари (магистратура мутахассисликлари) бўйича битта талабани тўлов-контракт шаклида бир йиллик ўқитиш қиймати миқдори

💾 ПДФ шаклида юклаш

👉@eduuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest
#22—27.08.2022

🇺🇿 O‘tgan hafta davomida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi eng muhim xabarlar videosharhi

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​#Professor_minbari
#22—28.08.2022


Professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda:

🔸«Высшая школа: пора самостоятельности»Аббос ХОДЖАЕВ, начальник отдела Министерство высшего и среднего специального образования, профессор;

🔹“Professional ta’lim: yutuqlar, muammolar va izlanishlar”Zayniddin XUDOYBERDIYEV, vazirlik huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta'limi boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktori;

🔸“Erkin va farovon hayotimiz garovi”Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor;

🔹“Abadiy do‘stlik namunasi” Gulchehra RIXSIYEVA, Toshkent davlat shaqshunoslik universiteti rektori;

🔸“Sog‘lom xalq, barkamol millat buyuk ishlarga qodir”Jasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

🔹«Новые этапы реформ в системе высшего образования»Одилжон МАМАТКАРИМОВ, ректор Наманганского инженерно-технологического института;

🔸“Maʼrifiy rishtalar ko‘prigi”Sharipboy ERGASHEV, Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori;

🔹“Taʼlimdagi xalqaro hamkorlik – uchinchi renessansni amalga oshirish omili bo‘ladi”Hojiakbar DALIYEV, “MEI” milliy tadqiqot universiteti” federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi Toshkent filiali ijrochi direktori;

🔸“Taʼlim transformatsiyasi — jamiyat farovonligini taʼminlashi mumkin bo‘lgan sermahsul usul”Abduqahhor G‘ANIYEV, Qarshi davlat universiteti Pedagogika instituti direktori;

🔹“Innovatsion ta’lim — neft va gaz sohasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash omili”Abdulla MAGRUPOV, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali ijrochi direktori;

🔸“O‘zbekiston–Saudiya Arabistoni: hamkorlikning yangi bosqichi”Muhiddin KALONOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, professor;

🔹“Tadbirkor uchun ishlaydigan zamon keldi”Dilorom QOSIMOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

🔸«Поэзия в камне» Ширин КАРИМОВА, доктор философии Национального института художеств и дизайна имени Камолиддина Бехзода;

🔹“O‘zbekiston sug‘urta bozori — uning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni va rivojlanishi nega ortda qolmoqda?” Qamariddin QO‘LDOSHEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

🔸“Jahonning noyob javohiri tilsimotlari maʼdanlarni boyitishdagi eng zamonaviy yondashuvlar”Mamatxon QORABOYEV, Geologiya fanlari universiteti professori;

🔹“Yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuv”Otabek BOBOJONOV, Toshkent davlat yuridik universiteti fakultet dekani, PhD;

🔸“Innovatsiyaga asoslangan taʼlim klasteri”Jabbor USAROV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti fakultet dekani; Nizomiddin BOZOROV, axborot xizmati rahbari.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
📌Toʻlov-shartnomalarni olish toʻliq raqamlashtirildi

Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Endilikda, birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Shuningdek, belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirishga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab imkoniyat beriladi.

Platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.

2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#Vazir_Xorazmda

Vazir Xorazmdagi oliygohlarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov yangi tashkil etilgan Urganch davlat pedagogika institutida bo‘lib, ta’lim muassasasi kampusida talaba-yoshlar va pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Batafsil ushbu havola orqali tanishing.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube