Edu.uz
149K subscribers
15.2K photos
2.97K videos
207 files
10.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum, Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006

📲 Sayt: https://gov.uz/edu
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzofficial
📲 http://youtube.com/c/eduu
📲 https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
Voleybol: Hamyurtlarimiz Osiyo chellenj kubogida ishtirok etmoqda

Bugun, 29-avgust kuni Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar terma jamoalari ishtirokida Osiyo chellenj kubogi bahslari boshlandi.

Unda hamyurtlarimiz guruh bosqichida Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqa Osiyo voleybol konfederatsiyasi kalendar rejasidan o‘rin olgan bo‘lib, ishtirokchi mamlakatlar uchun reyting ballarini keltiradi.

Batafsil:👉https://edu.uz/uz/news/view/4364

Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
❗️ССВ: Фарғона жамоат саломатлиги тиббиёт институти талабаларининг мурожаати ижобий ҳал этилди

Ижтимоий тармоқларда Фарғона жамоат саломатлиги тиббиёт институти ва Кубань давлат тиббиёт университети ҳамкорлигида ташкил этилган қўшма таълим йўналишида таҳсил олаётган талабалар ва уларнинг ота-оналари мурожаати эълон қилинди.

Унда Кубань давлат тиббиёт университетида “Стоматология” йўналиши бўйича ўқишни давом эттириш учун ташкил этилган имтиҳонларда етарли балл тўплай олмаган айрим талабаларнинг норозилиги акс этган.

Мазкур ҳолат юзасидан олиб борилган тезкор ўрганишлар натижасида қуйидагиларни маълум қиламиз.

Фарғона жамоат саломатлиги тиббиёт институтида 2019-2020 ўқув йилидан бошлаб Россиянинг Кубань давлат тиббиёт университети билан ҳамкорликда “Даволаш иши” ва “Стоматология” қўшма таълим йўналишлари ташкил этилган.

2019 йил 27 мартда икки томонлама тузилган шартномага мувофиқ, ўқишга қабул қилинган талабаларнинг “Даволаш иши” йўналиши бўйича 3 йил Ўзбекистонда ва 3 йил Россия Федерациясида, “Стоматология” йўналишида эса 3 йил юртимизда ҳамда 2 йил Россияда таълим олиши белгиланган.

2021-2022 ўқув йили якуни бўйича “Стоматология” йўналишида 46 нафар, “Даволаш иши” йўналишида 40 нафар талаба 3-босқични битириб, 2022 йил 21 август куни Россия Федерациясининг Кубань давлат тиббиёт университетига ўқув юрти мутасаддилари бошчилигида юборилган.

25 август куни Кубань давлат тиббиёт университетида “Стоматология” йўналиши бўйича 3-босқичини битирган талабаларидан имтиҳон олинганда, 46 нафаридан 25 нафари белгиланган баллни тўплаб, ўқишни давом эттиришга тавсия этилган. Қолган 21 нафар талаба белгиланганидан паст балл жамғаргани учун имтиҳондан ўта олмаган.

❗️Шундан сўнг ушбу талабалар ва уларнинг ота-оналари томонидан билдирилган мурожаат асосида Соғлиқни сақлаш вазирлиги ва Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Россия томони, жумладан, Кубань давлат тиббиёт университети маъмурияти билан тегишли музокаралар олиб борди. Натижада имтиҳондан ўта олмаган талабалар рус тилини пухта эгаллаш шарти билан ушбу университетда ўқишни давом эттириш имкониятига эга бўлди.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram
Qoraqalpogʻistondagi talabalar uchun qulayliklar yaratilmoqda

Vazir Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holatini borib koʻrdi.

Batafsil ushbu havolada 👈

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
1800 oʻringa moʻljallangan oʻquv laboratoriya binosi qurilishiga tamal toshi qoʻyildi

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Qoraqalpoq davlat universitetining yangi 4 va 6 qavatdan iborat 1800 oʻringa moʻljallangan oʻquv laboratoriya binosi qurilishiga tamal toshi qoʻydi.

Batafsil ushbu havolada 👈

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
#EʼTIROF

Oliy taʼlim muassasalarining bir guruh fidokorlari eʼtirof etildi

🔰 Prezident Farmoni binoan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi munosabati bilan Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va OAV xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida oliy taʼlim fidoiylari, professor-oʻqituvchilari ham borligi soha vakillarini quvontirdi.

💐 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi e’tirof etilgan barcha ustozlarni samimiy qutlaydi.

🔘 “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan

Xalmuradov Rustam Ibragimovich
— Samarqand davlat universiteti rektori;

🔘 “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Umurzakov Uktam Pardayevich (marhum) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Kengashi sobiq raisi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining sobiq rektori,

Dadabayev Xamidulla Aripovich — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining professori,

Isxakov Mirsadik Mirsultanovich — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedra mudiri;

🔘 “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Matyakubov Ataxan — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti;

🔘 “Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Usmanov Aziz Magdaliyevich —
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti professori;

🔘 Do‘stlik» ordeni bilan

Abduraxmanov Sayib
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali professori,

Ansatbayev Najimatdin — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali professori,

Berdimuratova Alima Karlibayevna — Qoraqalpoq davlat universiteti kafedra mudiri,

Kudbiyev Davlatbay — Farg‘ona politexnika instituti professori,

Pirmatov Serik — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti,

Samadov Raxmatulla Sunatullayevich — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti,

Turayev Yunus Sharipovich — O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori,

Yusupova Venera Ismetovna — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti;

🔘 II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Yeshimbetova Aydin Ibadullayevna —
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi katta o‘qituvchisi taqdirlandi.

👉@eduuz
#Inson_qadri_uchun

"Madaniyat va ma'rifat" telekanalining "Inson qadri uchun" loyihasi oliy ta'limdagi islohotlarga
bag‘ishlandi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Afg‘onistonlik ilk tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi

Kuni kecha vazirlik huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli 3 oylik kurslarining “Tikuvchilik”, “Avtomobil transporti” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” (Web-dasturchi) yo‘nalishlarida tahsil olgan 37 nafar tinglovchiga ilk sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Batafsil: 👉https://edu.uz/uz/news/view/4373

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube