Beshtor
2.18K subscribers
29 photos
1 video
1 file
13 links
Biznes, bozor, shaxsiy investitsiyalar va texnologiya haqida. Tahlil.

Barcha xabarlar ochiq ma'lumotlarga asoslangan.

Rus tilida: @skartariss
Download Telegram
Ilk bor O‘zbekistondagi eng yirik food-tarmoqlarni solishtirish imkoni paydo bo‘ldi.

E'tibor bering, 5 brenddan 4 tasi ̦— mahalliy, o’zimizniki.

Bu kamdan-kam uchraydigan holat (masalan, Rossiya yoki Qozog'istonda bunday emas).

Bu O‘zbekistonning uzoq vaqt davomida yopiqligi va xalqaro brendlar uchun qiziq bo’lmagani bilan izohlanadi.

Hozir, albatta, xorijiy brendlar birin-ketin kirib kelishmoqda, ammo mahalliy tarmoqlar oyoqqa turib bo’lgan.

Lekin, iste'molchilar soni ham ko'payib borayotganini hisobga olsak, bozorda yangi kompaniyalar uchun joy yetarli deb aytish mumkin.

@beshtorr

#bozor
«Wolt» O‘zbekistonga kirib kelmoqda

Yaqinda O’zbekistonda «Wolt», dunyoning eng yirik oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlaridan biri, ish boshlaydi deb eshitgan bo‘lishingiz mumkin (masalan, Alisher Jumaniyozov bu haqda hali qishda yozgan edi).

Hozir yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi:

🔴Toshkentda «Wolt Texnologiyalari» kompaniyasi ro'yxatga olindi (100 foizga Finlyandiya «Wolt Enterprises Oy»ga tegishli);

🔴wolt.uz sayti ishga tushurildi (hozircha faqat umumiy ma'lumotlar quyilgan);

🔴xodimlarni ishga qabul qilish jarayoni boshlandi.

Shundan kelib chiqib, rasmiy e'lon qilinishiga oz qoldi, deb taxmin qilish mumkin.

Bozorda nima gap

Uzoq vaqt davomida oziq-ovqat yetkazib berish bozorini «Express 24 va boshqalar» deb ta'riflash mumkin edi.

O'tkan yili hammasi o'zgardi: «Yandex Eats» kirib keldi, «Uzum Tezkor» ish boshladi. Endi bu davraga «Wolt» ham qo'shiladi.

Shu bilan birga, bozor to'yinganlikdan ancha yiroq.

Aniq raqamlarni aytishga haqqim yo'q, lekin haftada kamida bir marta yetkazib berishdan foydalanadiganlarning ulushi katta emas.

Aksariyat odamlar oyiga bir marta yoki undan ham kam buyurtma qilishadi.

Shuning uchun ha, raqobat kuchayib bormoqda, lekin faqat ba'zi segmentlarda va tor chegaralarda.

Qupol qilib aytkanda, barcha xizmatlar bitta Eshmat bilan ovora bo’lib, Toshmatlar esa e'tibordan chetda qolmoqda.

Ammo yaxshi yangilik ham bor — yetkazib berishni birinchi marta sinab ko'rganlar soni doimiy ravishda o'sib bormoqda.

Kelajakda ularga xizmat ko'rsatish uchun yana bir nechta yirik brendlar talab qilinishi mumkin.

Eng muhimi, hammaga kurerlar yetsin — hozir asosiy raqobat aynan ular uchun kechmoqda.

Foto: Forbes

@beshtorr

#bozor #wolt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Boylar boyishda davom etdi, lekin kambag‘allik darajasi ham pasaydi

2023-yilda O‘zbekistonda real ish haqi (narxlar oshishi hisobga olingan holda) 7,8 foizga oshdi.

Real ish haqi – maoshingizga qancha narsa sotib ololishingiz ko‘rsatkichi, unda narxlar oshishi va tushishi inobatga olinadi.

O‘tgan yili bu ko‘rsatkich oshgan bo‘lsa-da, Jahon banki o‘sish notekis bo‘lganini ta’kidladi. Ya’ni malakali (va boyroq) xodimlarning ish haqi kambag‘allarnikidan ko‘proq o‘sgan.

Buni qanday tushuntirish mumkin?

Iqtisodiyotimiz o‘sib borayotgan bo‘lsa-da, buni turli tabaqadagi aholi har xil his qiladi.

Shartli misol – men 1 million so‘m oylik olaman, do‘stim esa 100 million so‘m. Ikkimizning ham daromadimiz bir xil – 10 foizga o‘sdi. Faqat menda bu 100 ming so‘m, unda esa 10 million so‘mga aylanadi)

Lekin…

Umuman olganda, boy aholining ko‘payishida hech qanday salbiy jihat yo‘q. Yomon tomoni shundaki, bu odamlar o‘rtasida daromadlar tengsizligini oshiradi.

Oqibatda vaziyat o‘sha hazildagidek: “Men faqat xamir yeyman, do‘stim esa go‘sht. O‘rtacha hisobda esa biz manti yeyotgan bo‘lamiz”.

Yaxshi xabar ham bor

Jahon bankining xuddi shu ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda kambag‘allik darajasi 5 foizdan 4,5 foizga pasaygan.

Shu sababli, kambag‘al odamlar ham moliyaviy ahvoli yaxshi odamlarga nisbatan sekinroq bo‘lsa ham boyib bormoqda.

Bu nimani bildiradi?

Bu O‘zbekistonda malakali kadrlarning keskin yetishmovchiligini anglatadi.

Xulosa qilib aytganda, o‘zingizga sarmoya kiriting, rivojlantiring va malakangizni oshiring.

Hozirda bunday xarajatlar tezda o‘zini oqlaydi.

@beshtorr

#iqtisodiyot
O‘zbekistonga dunyoning uchta eng katta pizza tarmoqlari kirib kelmoqda

Tez orada mamlakatimizda dunyodagi uchta eng yirik pitseriya tarmog‘i bo‘ladi:

🍕Papa Jons – ish boshlab bo‘lgan;

🍕Domino’s – jarayonda;

🍕 Pizza Hut – iyulda ochiladi.

Nima uchun aynan hozir va deyarli bir vaqtda?

E’tibor bering, ilgari xalqaro ovqatlanish tarmoqlari O‘zbekistonga umuman kirmas edi, hozir esa birdaniga uchtasi va deyarli bitta vaqtda.

Sababi, aslida, juda oddiy:

● O‘zbekiston hali ham boy mamlakat bo‘lmasa-da, iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘syapti;  

● Rossiya bozoriga qiziqish sustlashgani sabab unga endi muqobillar kerak;

● Brendlar ilgari qiziqmagan mamlakatlariga ko‘proq e’tibor berishni boshladi.

Bularni hammasi franchayzing

Yana bir qiziq jihat shundaki, bu brendlarning barchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki franchayzing orqali O‘zbekistonga kiryapti.

Oddiy qilib aytganda, bizning mahalliy tadbirkorlarimiz taniqli brend ostida biznes qilish huquqini sotib olishmoqda.

Masalan, KFC, Costa Coffee va boshqalar aynan shunday mamlakatga kirib kelgan.

Bu hozir bizda mashhur biznes modeli. Shuning uchun, O‘zbekistonda yana ham ko‘proq xorijiy brendlar paydo bo‘lishini kutish mumkin.

Foto: Beshtor

@beshtorr

#bozor #franchayzing #ovqat
UzAutoMotors — 90 foiz, qolganlar — 10 foiz: bu O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish bozorining qisqacha tavsifi.

Ha, ko‘p yillar davomida bizda faqat Chevrolet chiqarilardi, lekin hozir vaziyat sekin o‘zgaryapti.

O‘tgan yildan boshlab ADM Jizzax tomonidan Kia, Chery va Haval, Asaka Motors tomonidan esa Exeed yig‘ilmoqda.

Hozirda ular avtomobil ishlab chiqarish bozorining deyarli 10 foizini tashkil qiladi va ishlab chiqarish quvvati oyma-oy o‘syapti.

Ammo, rasmda ko‘rib turganingizdek, bu yangi modellarga Cobalt yoki Damas’ga yetib olgunicha hali ancha bor.

@beshtorr

#avto #bozor
Paynet sarguzashtlari: 20 yil ichida xususiy kompaniya davlatga o‘tib, yana xususiylashtirildi

Hammasi 2004–2005-yillarda boshlangan.

Uyali aloqa xizmatlariga skretch-kartalar orqali pul to‘lashdan charchagan Botir Arifjonov sheriklari bilan investor topib, 2006-yilda Paynet’ni ishga tushiradi.

Ish zo‘r ketdi — bor yo‘gi uch yildan keyin kompaniya to‘lov bozorning deyarli 90 foizini nazorat qila boshladi.

O‘z-o‘zidan, bunday muvaffaqiyat boshqalar e’tiborini tortdi. 2010-yillar atrofida Rossiyaning QIWI kompaniyasi Paynet’ni sotib olishga qiziqish bildiradi.

Botir aka va uning sheriklari muzokara uchun Moskvaga borib, yaxshi taklif bilan (10 mln dollardan ortiq) qaytishadi.

Lekin aynan o‘sha vaqtda ularga qo‘ng‘iroq bo‘ladi (QIWIdan emas). Go‘shakning narigi tomonidan kompaniya darhol sotilishi kerakligi aytiladi.

O‘sha vaqtlarda bunday “taklif”larni rad etishning iloji yo‘q bo‘lgani uchun, Paynet asoschilari kompaniyani atigi 60 ming dollar (davlat kursi bo‘yicha) atrofida sotishgan.

Keyingi 12 yilda kompaniya egalari vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turdi (Xalq banki, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi).

Yaqinda esa Paynet yana xususiy maqomga qaytgani ma’lum bo‘ldi. Endi kompaniyaning yagona egasi — “New Industrial Technologies”.

Hozirda Paynet bozor yetakchilaridan biri – 2023-yilda uning savdo aylanmasi 830 milliard so‘mni, 2024-yilning dastlabki uch oyida 157 milliard so‘mni tashkil qildi.

O‘zbekistonning fintech sanoati qanchalik tez rivojlanayotganini inobatga olsak, Paynet’ning kelajagi porloq ko‘rinyapti.

P.S. Paynet asoschisi Botir Arifjonovning bizga aytishicha, sobiq muassislarning hech biri kompaniyada qolmagan.

@beshtorr

#fintech #xususiylashtirish
Taksi bozori soyadan chiqmoqda, ammo oldinda hali ish ko‘p 

Birinchi to‘rt oy yakunlariga ko‘ra, taksi agregatorlari (Yandex Go, Uklon, MyTaxi va boshqalar) aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshdi.

Bu vaqt ichida deyarli 20 million qatnov amalga oshirildi (kuniga o‘rtacha 166 666).

Taqqoslash uchun, 2017-yilda O‘zbekistonda kuniga 15 mingga yaqin rasmiy qatnov amalga oshirilardi.

Bularning barchasi yo‘lovchi tashish sohasi asta-sekin soyadan chiqayotganidan dalolat beradi.

Asosiy sabab — raqamlashtirish

Soliq qo‘mitasi taksilar bilan integratsiya qildi va endi hammasini ko‘rib turibdi (qancha yo‘lovchi, qancha qatnov, qanday to‘lanadi — kartadami, naqd puldami).

Shu bilan birga, hozirda 124 ta kompaniyadan faqat 6 tasi Soliq qo‘mitasi bilan integratsiyalashgan.

Shuning uchun, oldinda hali ish ko‘p, lekin boshlanishi yomon emas.

@beshtorr

#bozor #taksi
Nima uchun O‘zbekistonda yana Lukoyl “zapravkalari” ochila boshladi

Yaqinda Lukoyl O‘zbekistonda ikkinchi yoqilg‘i quyish shoxobchasini ochdi.

Birinchisi ish boshlanganidan 6 yil o‘tgach, ha…

“Nega shuncha vaqt kutishdi?” degan savol bersangiz, javobi juda oddiy — biznes yondashuv o‘zgardi.

2018-yilda kompaniya birinchi shoxobchasini o‘zi noldan qurgan.

Endi esa ishlayotgan shoxobchalarini topib, ularning egalari bilan sherik bo‘lyapti: “zapravka” rekonstruksiyaga yopiladi va keyin yangi ko‘rinishda ochiladi.

Shoxobchani egasi Lukoyl brend ostida ishlash imkoniyati, ish standartlari va boshqa narsalar evaziga kompaniyaga o‘z daromadining qaysidir qismini beradi.

Bunaqa biznes-modelni franchayzing deyishadi.

Nima uchun aynan hozir

Lukoyl franshizasi 1998-yildan beri mavjud, biroq u O‘zbekistonga endigina keldi.

Ehtimol, bunga kompaniyaning sanksiyalarga uchragani va boshqa bozorlarning eshiklari yopilgani sababdir.

Nima bo‘lsa ham, kompaniyaning O‘zbekistonga rejalari katta — yaqinda yana 6-8 ta shoxobchalar ochishi rejalashtirilgan.

Shu uchun, siz ko‘pdan beri bilgan-tanigan “zapravkalar” birin-ketin Lukoylga aylana boshlasa, hayron qolmang.

Rasm: Lukoil

@beshtorr

#kompaniyalar
O‘zbekiston fintex bozori haqida yaxshi sharh chiqdi

Pul miqdorlari, yetakchilar, prognozlar va taxminlar — sharxda hammasi bor.

Masalan, hozir naqdsiz to‘lovlar va kartadan-kartaga pul o‘tkazmalari bozori $60 milliardga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi.

2027-yilga kelib, u kamida $100 milliardgacha o‘sadi.

To‘lov xizmatlari orasida Click (15 mln foydalanuvchi) va Payme (11,6 mln), banklar orasida esa Uzum Bank (5 mln) yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek, xaridlarni bittada emas, bo‘lib-bo‘lib to‘layotgan odamlar soni ham ortib borishi ma’lum bo‘ldi.

Hozir shu tarzda $450-500 millionga oldi-sotti qilinsa, 2027-yilga borib bu miqdor $1,6-2 milliardgacha o‘sadi.

Muddatli to‘lov bozori yetakchisi Uzum Nasiya ekan ($210 million).

Umuman olganda, O‘zbekistonda fintex juda ham tez rivojlanmoqda, chunki iqtisodiyot raqamlashtirilmoqda.

Naqd pul ulushi qisqarishda, onlayn to‘lovlar esa o‘sishda davom etmoqda.

@beshtorr

#bozor #fintex
Nega O‘zbekistonda avtomobillar savdosi pasaymoqda

Yil boshidan avtomobil savdosi pasayib borayotgani haqidagi xabarni ko'rgan bo'lishingiz mumkin.

Bu muhim mavzu, shuning uchun uni tahlil qilish va aniqlashtirish vaqti keldi.

Asosiy sabab — avtokreditlar

Banklar qancha ko'p avtokreditlar bersa, shuncha ko'p avtomobillar sotiladi va aksincha. O‘zbekistonda bir necha yildan beri shunday.

2023-yilning yanvar-mart oylarida o’zbekistonliklar 7,5 trillion so‘mga avtokreditlar oldi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida esa bor yo’g’i 4,2 trillion so‘mga.

Ya'ni, joriy yilda avtokreditlar hajmi 44 foizga kamaydi.

O‘tgan yil davomida banklar tomonidan oyiga o‘rtacha 3 trillion so‘mga avtokreditlar berilgan bo‘lsa, hozirda bu ko’rsatkich 1,5 trillion so‘mni tashkil etmoqda.

Nega avtokreditlar kamaydi

Ayrim banklar shu qadar ko'p avtokreditlar berdiki, bu O'zbekistonning butun moliya tizimi barqarorligiga tahdid sola boshladi.

Shu bois, Markaziy bank tartibga solishni kuchaytirdi va banklar endi avvalgidek ko‘p avtokredit bera olmaydi.

O'z navbatida, avtokreditlarining kamayishi avtomobillar savdosining qisqarishiga olib keldi.

Bu yaxshimi yomonmi

Bir tomondan bozor qizib ketgan edi, endi esa talab kamaydi, narxlar ham pasaydi (lekin unchalik emas).

Banklar uchun xavflar biroz kamaygan, butun moliyaviy tizim biroz barqarorlashgan.

Bu hammasi yaxshi.

Boshqa tomondan, ba'zi banklar va avtosalonlarning daromadlari kamaygan bo’lishi mumkin.

Ba'zi odamlar esa avtokredit olaman deb banklar o'rniga boshqa joyga (xufiyona iqtisodiyotga) murojaat qilgan bo’lishi mumkin.

Bu endi unchalik yaxshi emas.

Nima bo’lganda ham, vaziyat biroz tinchlandi, avtomobil va avtokredit bozorlarning o'sish sur'atlari g'ayritabiiylikdan normal holatga qaytadi.

Shunaqa gaplar.

Rasm: UzAuto Motors

@beshtorr

#avto #banklar #bozor
Forwarded from Plossla
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ploss Podkastni keyingi soni chiqdi

Bu safargi sonimizda mehmon sifatida Пик Скартариса (@skartariss, @beshtorr) telegram kanali asoschisi, biznes analitik Timurmalik akani chaqirdik.

Video davomida o'zbek iqtisodiyotida kommunikatsiyaning ahvoli, Fintex, dollar bilan bog'liq vaziyat, monopoliya va bukmekerlik nega legallashtirilayotgani haqida bilib olasiz.

Video: https://youtu.be/W709M0OvXL8

@plossla
🔥 ELLE O'zbekistonga kirib kelmoqda

Ha, dunyodagi eng yirik va eng mashhur medialardan biri tez orada O‘zbekistonda ish boshlaydi.

Hozir xodimlarni ishga qabul qilish jarayoni ketmoqda (vakansiyalar).

Agar hammasi o'xshasa:

ilk bor O'zbekistonda nufuzli moda jurnali paydo bo’ladi.

ilk bor xalqaro mediabrend oʻzbek tilida nashr etiladi.

Kutamiz 🤞

Bu nafaqat O‘zbekiston imidji, balki iqtisodiyoti uchun ham muhim voqeadir. Tafsilotlar paydo bo‘lgach, batafsil aytib beraman.

Malumot uchun:

ELLE ayollar uchun dunyodagi
birinchi raqamli media brendidir. 1945 yilda yaratilgan.

Bugungi kunda ELLE tarmog'i 56 mahalliy saytlar bo'ylab 32 million o'quvchi va oyiga 90 milliondan ortiq tashrif buyuruvchilarni qamrab oladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni hisobga olsak, ELLE auditoriyasi 200 milliondan ortiq kishini tashkil etadi.

Bundan tashqari, tarmoq 190 xil yo'nalishdagi (moda, go'zallik, dekoratsiya, xizmatlar va boshqalar) litsenziyalash faoliyatini o'z ichiga oladi.


@beshtorr

#elle #media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM