Shahzod Nabiyev I J O D I
141 subscribers
642 photos
30 videos
2 files
508 links
Yelkamni suyagan daraxtga qarab,
Men senga oshiqman yaratgan egam..
Download Telegram
Muslimim ramazon hayit muborak

Qoʻlin ochib Qibla tomon qaragan,
Ogʻir kunda mazlum korin yaragan,
Bugun shafaq nurlarini taragan,
Muslimim ramazon hayit muborak.

Sabr qilib ogʻir, gʻamli kunlarga,
Tongni kutgan koʻzni yumib tunlarga,
Yaratgani ishqida maftunlarga,
Muslimim ramazon hayit muborak.

Borar yoʻli iymon boʻlgan, or boʻlgan,
Ha ishida Alloh oʻzi yor boʻlgan,
Vatan uchun xizmat qilib kor boʻlgan,
Muslimim ramazon hayit muborak.

Muhammadga ummat boʻlgan birodar,
Yoʻlimiz bir, dinimiz bir va qadar,
Hayot asli : poklanmoqqa bir Safar,
Muslimim ramazon hayit muborak .

Shahzod Nabiyev )

9.04.2024.yil 22:42 ( Almatiy )

t.me/Shahzod_Nabiyev
*. *. *. *

Yuribmizda, koʻksimizda olov bilan,
Yuribsizda, bizni tashlab birov bilan.

Oq tushmadi — sochlarimni sovuq urdi,
Boshimizga bevaqt tushgan qirov bilan.

Izingizda qora otli shahzodalar,
Boʻlarmidi ishingiz biz — yayov bilan.

Bilmadingiz, sezmadingiz ohimni bir,
Qor yonmadi ming topilgan qalov bilan.

Hozir qizlar dilga emas, pulga qarar,
Istasangiz oʻynab aytay garov bilan.

Sillamni sil qilib qoʻydi firoq dardi,
Yomon ekan birga kelsa tumov bilan.

Biz boʻlgancha boʻldik, faqat kelinchagim,
Baxtli boʻling, xoʻpmi endi, kuyov bilan.

Toʻyingizga taklifnoma yuborsangiz,
“Gʻayrat shoʻrlikka!” deb yozing undov bilan...

G'ayrat Sheraliyev
*. *. *. *. *

Bilasizmi! bilmaysizda yoʻq,
Bilishni ham xohlamagan dil,
Tasavvurim qarshingiz sochsam,
Tushunish ham aslida mushkul.

Bilasizmi! bilmaysizda yoʻq,
Dunyoimni zulmatlar bosgan,
Xoʻrsiniqlar adashgan goʻyo,
Yoʻllarimni kulfatlar bosgan.

Bilasizmi! Bilmaysizda yoʻq,
Yuragimda aslo gunoh yoʻq,
Sal qogʻozga oʻrab aytayin,
Siz odamni yondiruvchi choʻgʻ.

Shahzod Nabiyev )

22.04.2024.yil

t.me/Shahzod_Nabiyev
***

Кўкларда кўк каптар қушдаймиз, жоним,
Қайғурма кел кўнгил хушлаймиз жоним,
Менинг танишларим йўқ у дунёда
Барибир "Жаннатга тушмаймиз жоним"...

Ёруғ дунёда ким яшайди тўйиб,
Умр ўтиб кетгай киприк қоққунча:
Онанг кўксига бир бошингни қўйиб,
Боланг кўзига бир кулиб боққунча...

Муҳаммад Юсуф

t.me/Shahzod_Nabiyev
*. *. *. *. *

Unutildi dilga tushgan dard,
Unutildi ming bitta hasrat.

Va ogʻriqni sezmaydi tanam
Unutildi kechagi kun ham..

Oʻtib ketdi har qanday isyon,
Kim kimligini bilindi inson.

Muhabbat ham kuzga almashdi,
Yuz, yuz xil yuzga almashdi.

Arosatda qolgan tunlarim,
Bedor ingrab chiqqan kunlarim.

Chigallashdi hayot bir qiyin,
Mana fursat Qandayin shirin.

Endi baxtdan quvnab qolaman,
Hamon oʻsha-oʻsha bolaman.

Unutildi dilga tushgan dard,
Unutildi ming bitta hasrat.

Shahzod Nabiyev

29.04.2024

t.me/Shahzod_Nabiyev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Musofirdagi yaqinlarimga )


Oʻz uyimga mehmon boʻlgan yoshligim

Hayot kitobini ochganda taqdir,
Taqdirlar yozmishdir qanchalar mohir,
Gʻaflatga tushganda boʻlmadim zohir,
Oʻz uyimga mehmon boʻlgan yoshligim.

Daydigan shamoldek keldi-yu ketdi,
Qoʻl yetmas Hiloldek kuldi-yu ketdi,
Yigitlik yoshim ham bir joyga yetdi,
Oʻz uyimga mehmon boʻlgan yoshligim.

Otamga suyanchiq boʻlaman dedim,
Bobomdek koʻksimni keram dedim,
Har lahza Allohim panohim dedim,
Oʻz uyimga mehmon boʻlgan yoshligim.

Xotira qolarkan mingdan-ming shirin,
Koʻngilda ochilmas sirlar yashirin,
Eslasang, Eslasam boshqacha lekin,
Oʻz uyimga mehmon boʻlgan yoshligim.

Quvvatdan qolmasin bel bilan ilk
Paygʻambardan meros musofirchilik
U deymiz, bu deymiz shu yigitchilik,
Oʻz uyimda mehmon boʻlgan yoshligim.

Shahzod Nabiyev)

1.05.2024

t.me/Shahzod_Nabiyev
Этардинг

Келсанго, оғоз этардинг,
Дард – ғамни оз этардинг.

Осмоним бағри узра
Дил қуши парвоз этардинг.

Ўзгаларни бўйламасман,
Сенку қаддим ғоз этардинг.

Дилгинамни хушнуд айлаб,
Ҳар юмушни соз этардинг.

Истасам васлинг, ажабким,
Келмайин, кўп ноз этардинг.

Барча дардим сенга маълум,
Шунда ҳам ҳамроз этардинг.

Сен дилимнинг офтоби,
Қишларимни ёз этардинг.

Шохрух Эргашев

t.me/Shahzod_Nabiyev
*. *. *. *. *. *. *

Bizni eslamaysiz yodimizdagi,
Qani orom bersa yonimizdagi,
Nigohlar toʻqnashar keskir qilichdek,
O xuddi uchrashgan ilk onimizdagi..

Firoqlar jang etar quyosh ham nursiz,
Balki taqdir bergan achchiq bir magʻiz,
Shubhalar gunohdir,
Gunohdir sevmoq!?
Sochlari jamalak Shahrixonlik qiz.

Yodimdan oʻchmaysiz, ming bora kechdim,
Zarradek sochildim, toshlarni quchdim,
Shahrixon yoʻlida daydidim tinmay
Hamon arosatda bechora koʻnglim.

Shahzod Nabiyev

7.05.2024.yil

t.me/Shahzod_Nabiyev
*

Xoʻrsinaman nafas siqilar,
Qurishar lab mador yoʻq tanda,
Men yodiga tushaman kimni,
Qoʻl siltagan olis vatanda.

Eslamaydi zulfiqor togʻlar,
Eslamaydi sharqiroq soylar,
Bogʻlar yana qiygʻos gullagan
Oʻsib katta boʻlgandir toylar.

Ochilmagan gul qolmagan yo,
Balkim sevgim baxtini topgan,
Andijon ...
jon degan tomonda,
Bir alanga meni uygʻotgan.

Qadr istab charchadim oshno,
Qadr istab charchadim ona,
Dengiz kabi hayqirgim kelar,
Anglamaydi xayollarim na.

Bir boshliqman yoki bir jasad,
Qimor kabi hayot yoʻllarim,
Bir chiptaga qizgʻanar har kun,
Choʻntakda pul qadoq qoʻllarim.

Xoʻrsinaman nafas siqilar.

🖌Shahzod Nabiyev

16.12.2021 / 17:00

t.me/Shahzod_Nabiyev
2019 VS 2024
O'zgarmapmanmi!
Audio
Murat Göğebakan - Vurgunum I Sözleri (Uzbek tilidagi so'zlari)
Kofi tog’ qadar buyuk bo’lsangda , kafanga sig’adigan qadar kichiksan.