FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.8K subscribers
19K photos
2.91K videos
10 files
7.8K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Navoiy viloyatida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Navoiy viloyati FVB tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida kasb-hunar maktablari va umumta’lim maktablari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 5 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar.

G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G‘olib jamoa musobaqaning respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Samarqand viloyati FVB shaxsiy tarkibi bilan uchrashdi

Favqulodda vaziyatlar vaziri rahbarligida o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat hududida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va fuqaro muhofazasi sohasidagi ishlar sarhisob qilinib, mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilanib, har sohaviy yo‘nalish bo‘yicha viloyat, shahar, tuman darajalarida tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Xorazm viloyatining Xiva shahar va Xiva tumanida joriy yil 16-18 aprel kunlari “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy quyi bo‘g‘inining zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Tadbir davomida FVDqT tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar favqulodda vaziyatlarga qay darajada tayyor ekanliklari, korxona ishchilarining bunday vaziyatlarda harakatlari sinovdan o‘tkazilib, bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#Kun_tavsiyasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlikka chaqiradi
❗️

💢 yotoq joyingizda chekmang;

💢 nosoz elektr jihozlaridan foydalanmang, bir vaqtning o‘zida bir elektr manbaiga bir nechta elektr jihozlarini ulamang;

💢 elektr manbaiga ulangan elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirmang, uydan chiqayotgan vaqtda elektr jihozlarini tarmoqdan uzishni unutmang;

💢 yosh bolalarni olov bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang va ularni nazoratsiz qoldirmang.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Farg‘ona viloyati Qon quyish markazida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazilmoqda

Mazkur aksiya doirasida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh harbiy xizmatchi va xizmatchilari ko‘ngilli ravishda qon topshirib, aksiyada faol ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Jizzax viloyati FVB mas’ullari tomonidan Paxtakor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan korrupsiya va huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olish maqsadida profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Uchrashuv davomida ma’ruzachilar tomonidan barcha xodimlar o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi, har qanday vaziyatda o‘z sha’ni va qadr-qimmatini saqlashi, odob-ahloq va kasb etika qoidalariga rioya qilishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X