FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15.6K subscribers
19.5K photos
2.95K videos
10 files
7.96K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Buxoro viloyatida "Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Buxoro viloyati FVB tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida umumiy o'rtata'lim maktablari o'rtasida "Yosh qutqaruvchi” ko'ngillilar klublari musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 5 ta shart bo‘yicha g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdilar.

G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. G'olib jamoa musobaqaning rеspublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan bir nechta xorijiy davlatlar Favqulodda vaziyatlar idoralari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, tajriba almashish bo‘yicha doimiy hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning noyabr oyida Belarus Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga tashrif buyurib, qutqaruvchilarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim jarayonlari va imkoniyatlari bilan tanishgan edi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Qirg‘oq mustahkamlash ishlari doimiy nazoratda

Andijon viloyati FVB tomonidan viloyat toshqinga qarshi komissiyasi ishchi guruhi hamkorligida Paxtaobod tumanidan oqib o‘tuvchi Tentaksoy bo‘yida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchilklar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berilib, qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda. Albatta, bunday tadbirlar aholi va hududlarni sel, suv toshqini hodisalaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
“Qamchiq” Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi tomonidan “Qamchiqavtoyo‘l" IYFK DM bilan hamkorlikda bahor-yoz mavsumida toshqin suvlari, sel-oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘li kyuvet (xandaq)larining tosh massalari bilan to‘lib qolgan qismida tozalash ishlari tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Taxtako‘pir tumanida “General va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi general-leytenant T.A.Xudaybergenov boshchiligida o‘tkazilayotgan harbiy-vatanparvarlik tadbirlarining navbatdagi manzili Taxtako‘pir tumani bo‘ldi. Unda bir qator raxbarlar va mahalla faollari ishtirokida Favqulodda vaziyatlar vaziriligiga yangi qabul qilingan muddatli harbiy xizmatchilar bilan “General va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qarshi shahrida boʻlib oʻtgan "Yongʻin-qutqaruv sporti" musobaqasining Respublika birinchiligi tafsilotlari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X