Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti | Rasmiy kanal
3.04K subscribers
17.5K photos
1.64K videos
99 files
6.28K links
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rasmiy kanali/Официальный канал Андижанского института сельского хозяйства и агротехнологий.


🌐https://andqxai.uz
📲 https://t.me/AQXAI_pressa
📲 https://www.facebook.com/andqxai.pressа
📲
Download Telegram
Ustoz-u shunchalar ulugʻki, bizga alifbodan tortib, barcha ilmlar ziyosin ulashgan ulugʻ insonlar. Hayotning eng qiyin vaziyatlarida ham hatto ustozlarimizning bergan oʻgitlari biz uchun yoʻlboshchidir. 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan qator ustozlarimiz xotirasi yod olinmoqda, hayotlari holidan xabar olinyapti. Agrobiologiya dekani I. Tursunov boshchiligida barcha kafedralarning professor-oʻqituvchilari va talabalar institutimizga koʻp yillik xizmatlarini qoʻshgan, yoshlar tarbiyasida mehnatlarini ayamagan ustozlarga yana bir karra eʼtibor koʻrsatildi.

♻️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TINCHLIK NE'MATI...

O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti talabalari avg‘on urushi qatnashchilari bilan suxbatlarda ishtirok etishdi.

♻️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#USTOZLAR_YODI

Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti faol talabalari hamda fakultet tyutori X. Madiyeva oliygohimizda uzoq yillar davomida mehnat qilgan ustozlar xonadonida.

♻️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti talabalari hamda ustozlar Andijon shahridagi "Sahovat" keksalar va nogironligi bor shaxslar uchun internat uyida yashovchilar holidan xabar oldilar.

♻️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti matbuot xizmati
#USTOZLAR_YODI

Agrobiologiya fakulteti tyutori Nigora Imomova boshchiligida fakultetning 2-bosqich talabalari 2-jahon urushi qatnashchisi Umarali Atabayev xonadonida boʻldilar. "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Umarali otaning holidan xabar olindi. Samimiy suhbat davomida urush yillaridagi qiyinchiliklar, insonlarning matonati va tinchlik uchun olib borgan kurashlar haqida soʻzlab bergan urush faxriysi, yoshlarga farovon kunlarning qadri naqadar ulugʻ ekanligini hayajon bilan tilga oldi. Otaxon uchun yoshlar tomonidan sovgʻalar topshirildi. Duoga ochilgan qoʻllar yaxshi niyatlar ijobatini soʻradi.

♻️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti matbuot xizmati