Respublika sardorlari / Лидеры республики
1.07K subscribers
4.29K photos
459 videos
10 files
818 links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Respublika Sardorlar Kengashining rasmiy kanali

🇷🇺 Официальный канал Лидеров Республиканского Совета Союза молодёжи Узбекистана

✔️Rasmiy bot: @RespublikaMurojaat_bot
Download Telegram
"Bolalar intellektual olimpiadasi" davom etmoqda!

O'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va intellektual qobiliyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida o'tkazilayotgan "Bolalar intellektual olimpiadasi"ning navbatdagi loyihasi "Ekologik muammolar bolalar nigohida" loyihasi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog'ida tabiat qo'ynida tashkil etildi!

Ishtirokchilar global, O'zbekistondagi va Qashqadaryodagi ekologik muammolar haqida fikr almashishdi!

@Respublika_sardorlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtda "Plogging" o'tkazildi!

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar "Ekologiya" yo'nalishi sardorlari tomonidan O’zbekiston ekologik partiyasi bilan hamkorlikda yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatni asrash va unga g'amxo'rlik qilish maqsadida joriy yilning 4-aprel kuni Shayxontohur tumanida joylashgan Navro'z bog'ida "Plogging" loyihasi o'tkazildi.

Yangi jamoa bilan yangi g'alabalar sari!

#PoytaxtSardorlari
@Respublika_sardorlari
⚡️ Amir Temur bobomiz 688 yoshda!

✍️ Moziyga qaytganda eslamaslikning iloji bo‘lmaydigan takrorlanmas hayot yo‘liga ega bo‘lgan bitta afsonaviy inson o‘tgan. Har bir qadamida adolat va kuch timsollari ramziy ma’noda aks etar ekan, haq yo‘liga qarshi turgan barcha dushmanlar ustidan zafar quchdi.

100 kunlik toad-ibodatdan bir kunlik adolat yaxshi.

#AmirTemur688
@Respublika_sardorlari
9-aprel - Qoraqalpog‘iston Respublikasi konstitutsiyasi va gerbi qabul qilingan kun!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi konstitutsiyasi va gerbi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993-yil 9-aprel sanasida qabul qilingan.

💐
Respublika Sardorlar Kengashi jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni ushbu kun munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

🤝 O‘zbek va Qoraqalpoq xalqining ming yillik tarixi va ezgu qadiriyatlari hech qachon so‘nmasin. Doimo birdamlikda yanada ko‘p marralarni zabt etish nasib qilsin!

#Qoraqalpogiston #Konstitutsiya

@Respublika_sardorlari
⚡️ Tavallud kuningiz muborak bo'lsin Nargiza!

Bugun 12-aprel O'zbekiston yoshlar ittifoqi Respublika kamalak "Ekologiya" sardori Nargiza Shavkatovaning tug'ilgan kunlari munosabati bilan Respublika Sardorlar Kengashi jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilaymiz!

Nargizaning keyingi faoliyatlariga omad va zafarlar tilaymiz.

@Respublika_sardorlari
🗣 Respublika "Ta'lim" yo'nalishi sardorlari tomonidan Sardorlar o‘rtasida onlayn munozara turnirini kutib oling!

15-aprel kuni soat 20:00da, Respublika Sardorlarining telegram sahifasida Sardorlardan tashkil topgan 2 ta jamoa ishtirokida onlayn munozara tashkil etiladi.

📚Mavzu: "Kinofilmlardan ko‘ra spektakllar foydali "

👋 Sizlarni jamoa a'zolari bilan tanishtiramiz

• "Diamond" jamosi spikerlari:

1-spiker - Maksyutova Alina (Navoiy viloyati)
2-spiker - Saydakbarova Xabibaxon (Toshkent viloyati)
3-spiker - Ismoilov Muhammadziyo (Andijon viloyati)

• "Karl Poper" jamoasi spikerlari:

1-spiker - Abdusolieva E’zoza (Jizzax viloyati)
2-spiker - Ergasheva Komila (Surxondaryo viloyati)
3-spiker - Ibragimova Nastarin (Surxondaryo viloyati)

😊 Barchangizni 15-aprel kuni soat 20:00da onlayn munozarada kutib qolamiz!

#munozara #onlayn

@respublika_sardorlari 👈