Sevgi She'rlari
14.7K subscribers
10.6K photos
4.83K videos
9 files
11K links
Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌#Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI

@Maqsudbek_T

Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr
Download Telegram
Audio
Baxt haqida ta'riflab bermang,
Ko'zim bilan ko'rmagunimcha.
Dardni menga o'rtoq deb bilmang,
G'amgin bo'lib yurmagunimcha.

To'g'ri bitta ojiz bandaman,
Sevgim eta olmadim izhor.
Orzularni qilmay kanda man,
Ko'nglimda yo'q hech qandayin yor.

Kecha seni sevdim degandi,
Bugun tashlab ketti bevafo.
Shunday bo'lishini tangrim bilgandi,
Aytmabdida bir bor aqlingni yig'vo.

Kun bottiyu yana o'sha oy,
Mendek qizga sirdosh tutundi.
Qarang ko'z yoshlarim misoli bir soy,
Shu kunlarda qalbim alam yutundi.

Ishondingda axmoq ayb o'zingda,
Yana kimdirlardan alamlaring bor.
O'ylab ko'r xatolar bordir so'zingda,
Hali chalasan ko'p baxt haqida tor.

Sevgi bormi o'zi dunyoda,
Buncha o'zing qiynamasanga.
Qizlar ishi faqat hayoda,
Koshki o'zing o'ylamasanga.

Qanday go'zal kulib yashamoq,
Hayotning zo'r tuhfalari bor.
Hafa bo'lma eh sen ko'zmunchoq,
Bilasanku o'zi dunyo tor.

Baxt haqida ta'riflab bermang,
Ko'zim bilan ko'rmagunimcha.
Dardni menga o'rtoq deb bilmang,
G'amgin bo'lib yurmagunimcha.

+🎤 Marjona Ortiqova
Itarmangiz ko'ksimdan, ko'ksim ilma-teshikdir !
Men kechganman o'zimdan, qalbim bo'm-bo'sh beshikdir.
Men kim-baxtga zor bo'lgan, chekkan ozor Zaynabman,
Bek uyida xor bo'lgan , qalbi mozor Zaynabman !

Marg'ilonning yo'liga ko'zim tushsa dil yig'lar,
Bo'sh chimildiq to'rida ishqqa mahkum qul yig'lar...
Yig'lama-ey ko'nglim-a , bekning bag'ri tor ekan,
Manglayiga bitilgan sendan o'zga yor ekan !

Men dardimni so'ylasam-toshlar erib ketdilar,
Yor yo'liga ko'z tikib yoshlar qurib ketdilar...
Yig'lamayman ! Yig'lasam -bu Xudoga nolishdir,
Dardimni bilgan Alloh tunda hamroh bolishdir...

Kelmagin-ey jon Kumush, begim so'zim olmaydi,
Men kundoshga chidarman-qalbim chiday olmaydi.
Zaynabni ham bir eslang ! Ishq sharobin ichgan on,
Men bolishni qucharman, bek Kumushni quchgan on.

Men kim-bitta ojiz qul, avval boshda Xudodir ,
Kumushni ham o'ldirgan, menmas -rashki balodir !!!
Begim , sizga yor bo'lib , bir bor bag'rim to'lmagan,
Sizni qanday suyganim -Qodiriy ham bilmagan !

Haydamangiz, ketaman. Marg'ilonga qayting siz.
Meni qarg'aganlarga mendan salom ayting siz !
Zaynab endi telba deng, ishq ko'yida devona ,
Baxt ko'rmagan kulba deng - yurak-bag'ri vayrona...

Itarmangiz ko'ksimdan, ko'ksim ilma-teshikdir !
Men kechganman o'zimdan, qalbim bo'm-bo'sh beshikdir.
Men kim-baxtga zor bo'lgan, chekkan ozor Zaynabman,
Na kelin , na yor bo'lgan , qalbi mozor Zaynabman !

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Bizlar ayrilmadik...

Ayriliq atamang bizning sevgini,
Bizning yoʻllarimiz ayrodir faqat.
Bizning qalbimizda uygʻongan
sevgi,
Boqiy tuygʻulardan yaralgan xilqat.

Toʻgʻri, bizlar birga boʻlmadik gulim,
Men uchun muhabbat visoling emas,
Bir zamon, bir makon bizlar sevgilim,
Bir shaharda tugʻilmoq ayriliqmas,

Ayriliq emas bu, jonim sen bilan,
Bir osmon ostida yashamoq goʻzal,
Nafas olib birga, bitta havodan,
Sheʼrlarni nomingla boshlamoq goʻzal.

Bizlarning muhabbat ayriliq emas,
Bizda kulib boqqan mehr koʻzlar bor.
Bizda oshiqlarning orzusidagi,
Yurakdan aytilgan shirin soʻzlar bor.

Baxt bu kelishingni kutmoqlik emas,
Shodon kulgularing koʻrmoqligim baxt,
Baxt bu qoʻllaringni tutmoqlik emas,
Mitti yuragingda boʻlmoqligim baxt.

Ayriliq nomlamang bizning sevgini!
Mangu bogʻladilar bizni muhabbat,
Qalbga muhrlangan goʻzal tuygʻuni,
Baxtli xotirlaymiz bizlar toabat.

Islombek Murodillayev

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Uzilma yerdan.

Vaqti kelib kelsa davru-davroning,
Uch-to‘rt so‘m pul topib buzilma birdan.
Eng baland cho‘qqiga yetib narvoning.
Omad quchsa seni uzilma yerdan.

Bir zamonlar esla yiqilib qirdan.
Shu holga kelmading oson, tez, birdan.
Parvoz qilib koʻkga oshig‘ing olchi.
Omad quchsa seni uzilma yerdan.

Unutib barchasin kim eding kecha.
Bugun tiling burro, jim eding kecha.
Soxta do‘stlar topib bugun bir necha.
Omad quchsa seni uzilma yerdan.

Minib olib bugun kibr otiga.
Kechagi do‘stlarni olmas yodiga.
Manmanlik yarashmas inson zotiga.
Omad quchsa seni uzilma yerdan.

Sen chiqding chiqadi, zo‘rlarning zo‘ri.
Zo‘rman deb g‘oz bo‘lib kerilma birdan.
Kimga vafo qildi sahnaning to‘ri.
Omad quchsa seni uzilma yerdan.

Kursingdan yiqilsang bo‘sh qolmas joying.
Do‘stim degan kishing chopadi poying.
To‘proqdan olingan zuvalang, loying.
Omad quchsa seni uzilma yerdan.

Davring keldi bugun baralla kuyla.
O‘zliging unutma o‘ylab so‘ng so‘yla.
Osmonga tez chiqsang qulashing o‘yla.
Omad quchsa seni uzilma yerdan.

Mehr oqsin tomirda qon bilan jo‘shib.
Yuragingdan kuyla kuylarga qo‘shib.
Bugun senga Alloh nazari tushib
Omad quchsa seni uzilma yerdan.

Baxtga yetsin chindan peshona terdan.

Sobitjon Eshtemirov. 17.05.2022.

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙XAYRLI TUN🌙

​​​​​Gʻimir-gʻimir, tashvishlar tindi,
Boʻy koʻrsatdi osmondagi moh.
Biz bugunni yashadik, endi,
Umr bersin ertaga Alloh!

Uyqu istar horigan koʻzlar,
Charchoq ruhim oromin izlar,
Yetgay yana diydorga yuzlar,
Umr bersa ertaga Alloh!

Turmush deya tugulgan mushtlar,
Ulgurmagan, bitmagan ishlar,
Koʻp bugundan qolgan yumushlar,
Umr bersa ertaga Alloh!

Shukronam bor, har lahza, onda,
Jilva sochar bir umid jonda,
Yangi sheʼrim oʻqiysiz tongda,
Umr bersa ertaga Alloh!

Etsin bizga yangi kun hadya,
Sizga boʻlsin qalbim badiya,
Xabar yozay “Assalom” deya,
Umr bersin, ertaga Alloh!

    🌙Tuningiz osuda oʻtsin !
           XAYRLI  TUN!🌙


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
CHIROYLIGIM ENG ZOʻRI ONAM

Duo qilib yonimda hardam,
Mehribonim doimo malham,
Koʻzlarimda koʻrsatmaydi nam,
Chiroyligim, munisim onam.

Erkalatar, silaydi boshim,
Dardim olib, artadi yoshim,
Farishtamda jannat quyoshim,
Chiroyligim, eng zoʻri onam.

Oʻziz asrang, horib qolibsiz,
Roʻzgʻor deya, charchab tolibsiz,
Oʻziz kiymay, bizga olibsiz,
Chiroyligim, munisim onam.

Qiynamasin sizni dard-alam,
Qoshlarizga yarashar qalam,
Doim deysiz, bolam-a bolam,
Chiroyligim, eng zoʻri onam.

Siz borsizki, koʻksim keraman,
Eng chiroylik gular teraman,
Jonim tugul, borim beraman,
Chiroyligim, munisim onam.

Oʻziz oʻylab, oling endi dam,
Nima kiysez, yarashar biram,
Koʻrmang endi ikki dunyo gʻam,
Chiroyligim, eng zoʻri onam.

Farishtamsiz, jannatim onam.

✍️ Solihabegim
( Dilafruz Shahirxoniy)


Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Seni kutmoqlikning azobi yomon,
Tunlar tonglar bilan topishdi, yoʻqsan,
Tobora tomirin otyabdi xijron,
Sogʻinchdan sochimga oq tushdi, yoʻqsan...

Mungʻayib boqaman ketgan yoʻlingga,
Bosgan izlaringda undi chechaklar,
Naxot yoʻl topmadim nozik qalbingga,
Naxot armon boʻlsa orzu, istaklar...

Seni sevmoqlik baxt, olloxim bergan,
Seni kutmoqlikdan qaytgum yoʻq sira,
Sen mening chechagim, koʻz ochib koʻrgan,
Sen bilan xar onim, shirin xotira...

Taqdirdir, bejizga uchrashmadik biz,
Nigoxlar uchrashgan onni eslayman,
Kulgichi chiroylik, sochi uzun qiz,
Qayta koʻramanmi seni, bilmayman...

Yuragim sen bilan ketdi, qaytmadi,
Xayolku, sen bilan tunu kun uzra,
Kelsayding, kutinshga sabrim qolmadi,
Ishqdan ado boʻlgan xolimni qara...

Seni kutmoqlikning azobi yomon,
Yomonki, sogʻinchlar aylamoqda qul,
Oʻlsam, bir iltimos, sendan yorijon,
Qabrimga yozib ket : Keldim Ergashqul...

Rahimov Ergashqul

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
🌙Chinor bo‘lsam uzoq umrimning Sirlarini
senga ochardim.
🌙Gar oy bo‘lsam,
porlab kechangda, faqat senga
Nurim sochardim.

🌙XAYRLI TUN
NURYUZLILARIM...!!!

🌙 Tuningiz osuda va sokinlikda o‘tsin, yaxshi dam oling, shirin tushlar xamroxingiz bo‘lsin Azizlarim.


T.me/Sherlari_Sevgi
So'nggi qo'ng'iroq

ABUDIL
🎙Qomarun...

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum varahmatullohi va barokatuhu!

Dam olish kuni, yakshanba tongi siz uchun xayrli boʻlsin!

🌸Oʻrmalagan har jonning rizqini berguvchi Alloh taolo- bugun sizni uygʻotar ekan,  beradigan rizqlarini ham tayin etib qoʻydi...

🌸Ilohim, yaxshilar ichida issiq oʻrningiz, yaʼni qadar rizqingizga sogʻ omon yeting...

🌸Dasturxon oʻrtasidagi issiq noningiz-nasibangizning haloliga  yetkazsin...

❤️🌸Kuning sezmazmun va barakali boʻlsin!

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

🌸Xayrli tong, Azizlar!

Barchaga xaftaning– Seshanba tongi muborak boʻlsin!

Har tongimiz Bismilloh ila boshlanib, har kunimiz Alhamdulillah ila yakunlansin. Barchamizga dunyo va oxiratimizni saodatga bogʻlaydigan xayrli amallar qilish nasib etsin!!

Alloh har birimizning xonadonimizga fayzu-barokat, ketmas davlat, shukronai neʼmat va tinchlik-totuvlik ato etsin!

Yangi kunga “Bismillah!”...

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

28 - M A Y
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
ISHONCH QOLMADI

Yoʻlimda hasratlar boʻldi ziyoda,
Dardlardan koʻngilda quvonch qolmadi.
Aldanib aldanib yolgʻon dunyoda,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.

Yonimda maqtashib oshim totdilar,
Ortimdan pinxona toshlar otdilar.
Ishongan doʻstlarim arzon sotdilar,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.

Jonim tutganlarim dushman tomonda,
Adashsam oʻqlari tayyor kamonda.
Atrofga soxtalar toʻlgan zamonda,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.

Soxta ekan yonib kuyganlarim ham,
Ulfatim deb sharob quyganlarim ham.
Pulsiz qolsam ketdi suyganlarim ham,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.

Oqibatim kunu tunimda edi,
Tarifi har joyda tilimda edi.
Dilim ogʻritganlar dilimda edi,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.

Bazan haqiqatdan chalgʻitdi koʻzim,
Boshga balo boʻldi aytilgan soʻzim.
Gohida oʻzimni aldayman oʻzim,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.

Bir dunyo dard bilan kulib yuribman,
Bariga jim sabir qilib yuribman.
Kimning kimligini bilib yuribman,
Xudodan boshqaga ishonch qolmadi.

Odilbek Qodirov

Telegram.me/Sherlari_Sevgi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DADAJON, SOGʻINDIM-SOGʻINDIM SHUNDOQ.

Oilam deb, roʻzgʻor deb toʻldirar kamin,
Farzand deb tinmaydi, olmaydi damin,
Jon kuyar, davlatim, jannatim manim,
Dadajon, sogʻindim-sogʻindim shundoq.

Mehnatdan tinmagan, qoʻllari qadoq,
Tinimni bilmagan, sochlarida oq,
Bizdanda olisda ishlaydi biroq,
Dadajon, sogʻindim-sogʻindim shundoq.

Onam non yopganda, qoʻllar kuyib,
Tandirning boʻyida yeyardik suyib,
Hammamiz birlashib, mehrni tuyib,
Dadajon, sogʻindim-sogʻindim shundoq.

Bolam deb biz uchun fido qillar jon,
Toʻyib quchogʻlasam boʻlsaydi imkon,
Suratga qarayman, sogʻinib har on,
Dadajon, sogʻindim-sogʻindim shundoq.

Dadajon har doim kulingiz shodon,
Bizlarni kechiring boʻlganmiz nodon,
Farzandlik boʻlganda tushundik obdon,
Dadajon sogʻindim-sogʻindim shundoq.

Solihabegim
(Dilafruz Shahirxoniy)


T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
Yuragimda qolib ketding!

Ketaverding ortga boqmay,
Tuygʻularim olib ketding.
Qanday yashay dilni yoqmay?
Yuragimda qolib ketding.

Hamon sen deb uraverar,
Isming aytib turaverar,
Sevma desam sevaverar,
Yuragimda qolib ketding.

Unutdim deb oʻyladimu,
Unutolmay yondim mangu,
Sevgi degan oʻtli tuygʻu,
Yuragimda qolib ketding!

Oʻzgalarni sevolmadim,
Chindan koʻngil berolmadim,
Yasholmadim, oʻlolmadim,
Yuragimda qolib ketding!

Oʻzgalarni tanlagan sen,
Pok ishqimni toptagan sen,
Holim abgor aylagan sen,
Yuragimda qolib ketding!

Unutilmas jola boʻlib,
Davosi yoʻq nola boʻlib,
Eng ohirgi tola boʻlib,
Yuragimda qolib ketding!

Unutolmay yillar oʻtar,
Kimlar kelib, kimlar ketar?
Olib ketgin noming yetar,
Yuragimda qolib ketding!

Senga faqat qildim vafo,
Qaydan topay dardga davo?
Tashlab ketgan ey bevafo,
Yuragimda qolib ketding!

Mumtozbegim


https://t.me/sherlari_sevgi
ESLAB TURING

Ko‘zlar ko‘zga begona qarang.
Endi sizni unutdim demang.
Agar meni chindan sevsangiz,
Eslab turing yo‘q bo‘lib ketmang.

Ko‘zim kulib yuragim yonib,
Yashayabman dunyoda arang.
Meni tirik ko‘ray desangiz,
Eslab turing yo‘q bo‘lib ketmang.

Yodimdasiz yonimda emas,
Yurak deydi o‘zga kerakmas,
Onam topgan qiz ham sizdekmas,
Eslab turing yo‘q bo‘lib ketmang.

Onda soda qo‘ng‘iroq qiling,
Gaplashganda jilmayib kuling,
Sizga bog‘liq hayotim biling,
Eslab turing yo‘q bo‘lib ketmang.

Balki telba balki ojizman,
Men haqimda hech kimga aytmang,
Agar sizga malol kelmasa,
Eslab turing yo‘q bo‘lib ketmang.

Hech unutib bo‘lmaydi sizni,
Nega tag‘dir ayirdi bizni,
Yana takror aytaman shuni,
Eslab turing yo‘q bo‘lib ketmang.

QODIR QAXXOR

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QADRLI, QADRDONIM BUGUNGI

31 - M A Y
🎉

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🎊

T.me/+VnWzfGOmBegK77Yj
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu Alaykum!

🌸Mehrli qalbingizdek tafti taralib turgan,
YOZ ning ilk kuni muborak boʻlsin!
Qalbingizda doim Yoz ning iliqligi hukmron boʻlsin!

🌸Boshlangan yangi kun, yangi oy, yangi fasl fayzli va omadli kelsin azizlar!

Yoz - oʻtsin soz 😉

🌸Barchangizni Alloh oʻz panida saqlasin!
Yozgi ta’til maroqli oʻtsin☺️

      🌸 XAYRLI TONG

🌸
Telegram.me/Sherlari_Sevgi