Respublika sardorlari / Лидеры республики
1.02K subscribers
4.29K photos
459 videos
10 files
818 links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Respublika Sardorlar Kengashining rasmiy kanali

🇷🇺 Официальный канал Лидеров Республиканского Совета Союза молодёжи Узбекистана

✔️Rasmiy bot: @RespublikaMurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Anjuman_2022
#PoytaxtSardorlari

🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahri Sardorlar Kengashi "Kamalak" bolalar tashkilotining XXI anjumaniga tayyor!

@respublika_sardorlari 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PoytaxtSardorlari

🌈 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tashabbusi bilan “Yangi Oʻzbekistonning Yangi sardorlari!” shiori ostida “Poytaxt sardorlari Forumi” oʻtkazildi.

👋 Forum doirasida 250 nafardan ortiq faol va tashabbuskor yoshlar tajribali mutaxassislardan yangi bilimlarga ega boʻlish bilan birgalikda, “Kahoot” enerjayzer oʻyini, “Zakovat” intellektual oʻyini, “Talent show” loyihasi hamda “Eng yaxshi guruh” tanlovlarida oʻzaro sogʻlom raqobatga kirishishdi. Ayniqsa, “Men ham sizdek sardor boʻlaman”, “Yulduzli kun” hamda “Tengdoshga tengdosh” kabi motivatsion uchrashuvlar yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.

👨‍🏫 Qolaversa, forum doirasida “Poytaxt sardorlari saylovi” ham oʻtkazildi. Katta raqobat ostida oʻtgan saylovlarda poytaxtning eng faol, fidoiy, shijoatli va tashabbuskor 14 nafar yoshi 2022-2023 oʻquv yilida Toshkent shahar sardorlar Kengashi a’zolari sifatida faoliyat yuritadigan boʻldi.

🤝 Forum soʻngida 14 nafar Poytaxt sardorlariga ishonch yorliqlari topshirildi. Forum doirasida oʻtkazilgan tanlovlarda gʻolib boʻlgan jamoalar maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Forumning barcha ishtirokchilariga esa maxsus sertifikatlar hamda “Jadidlar” kitoblar to'plami topshirildi.

🇺🇿 @respublika_sardorlari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Poytaxt Sardorlari 16-19-noyabr kunlari Buxoro viloyatida bo'lib o'tadigan II Respublika Sardorlar forumiga tayyor

#PoytaxtSardorlari #SardorlarForumi

🇺🇿👦👧🇺🇿

🙋‍♂️ @respublika_sardorlari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👋 Toshkent shahrida "Ijtimoiy faollik yoki na'munaviy ta'lim" mavzusida Bolalar press klubi tashkil etildi

Press klubda ishtirok etgan Toshkent shahar mutasaddilari tomonidan Sardorlar uchun foydali va kerakli bo'lgan ma'lumotlar berildi.

🤝 Toshkent shahar sardorlari ham mavzu yuzasidan o'z fikrlarini bildirish bilan birgalikda, o'z taklif va tashabbuslarini ham aytib o'tdilar.

#PoytaxtSardorlari

🌈 Bizning sahifamiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 13-18-fevral kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan "Ma'naviyat haftaligi" o'z nihoyasiga yetdi.

Haftalik davomida "Zakovat kubogi-2023" intellektual o'yini, "Turk tilini bilasizmi?" mavzusida seminar, "Abdulla Qodiriy ijodi yoshlar nigohida" mavzusidagi ilmiy konferensiya, "Kitob va kitobxonlik inson ma'naviyati ko'zgusi" mavzusidagi ijodiy uchrashuv hamda So'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy va Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan "Nazm va Navo" kechasi tashkil etildi.

📌Mazkur tadbirlarda 800 dan ortiq umumta'lim, professional talim va oliy ta'lim muassasalari o'quvchi-yoshlari ishtirok etib, yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar, ajdodlar merosini o'rganish bilan birgalikda intellekt maydonida o'z bilimlarini sinab ko'rdilar.

🤩"Ma'naviyat haftaligi" o'z oldiga qo'ygan barcha maqsadlariga to'liq erishdi. Yuqoridagi video orqali "Nazm va Navo" kechasidagi jarayonlarni tomosha qilishingiz mumkin!

#PoytaxtSardorlari

📱 @Respublika_Sardorlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#PoytaxtSardorlari
#QoraqalpogistonSardorlari

⚡️ Qoraqalpog'iston va Poytaxt Sardorlaridan xayriya aksiyalari!

🌈 Mohi Ramazon oyida Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi yurtdoshlarimizni mazkur tabarruk oyda tabriklash maqsadida turli tarqatma, xayriya ishlarini olib bordilar.

@Respublika_Sardorlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PoytaxtSardorlari

🔥 Poytaxt Sardorlaridan "#Yengilmas" loyihasi!

⚡️ Loyiha
orqali Toshkent shahar Sardorlar Kengashi umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil olayotgan muvaffaqiyatli yoshlar hayoti va kelasidagi maqsadlarini yuzaga olib chiqmoqdalar.

@Respublika_Sardorlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chorlov
#PoytaxtSardorlari

🌈 Toshkent shahar Sardorlar Kengashi Qashqadaryo viloyatining “Lochin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘lib o‘tadigan “Kamalak” bolalar tashkilotining an’anaviy XXII anjumaniga tayyor!

📌 Sizchi, siz tayyormisiz?

@Respublika_Sardorlari
Poytaxtda "Uslubiy ko'mak karvoni" davom etmoqda!

28-noyabr kuni O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar sardorlar Kengashi tomonidan "Tengdosh tengdoshga" tamoyili asosida Shayxontohur tumanining 186-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "Sardor kim: Bugungi sardor qanday bo'lishi kerak?" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

#PoytaxtSardorlari
@Respublika_sardorlari
⚡️ Poytaxt sardorlari "Plogging" loyihasini o'tkazishdi!

Poytaxt sardorlari tashabbusi bilan joriy yilning 5-dekabr kuni yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatni asrash va unga g'amxo'rlik qilish maqsadida Talabalar shaharchasida "Plogging" loyihasi o'tkazildi.

Yangi jamoa bilan yangi g'alabalar sari!

#PoytaxtSardorlari
@Respublika_sardorlari
Poytaxt Sardorlari Parlamentga sayohat qilishdi!

Bugun, 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan sardorlar kengashi a’zolarini Qonunchilik palatasi va deputatlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularga konstitutsiyaviy islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berish maqsadida Poytaxtning faol 30 nafar sardorlarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga sayohati tashkil etildi.

Yangi jamoa bilan yangi g'alabalar sari!

#PoytaxtSardorlari
@Respublika_sardorlari
⚡️ Toshkent shahar "Kamalak" bolalar tashkilotining IX Rayosat yig'ilishi o'tkazildi

Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining konferensiyalar zalida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar "Kamalak" bolalar tashkilotining IX Rayosat yig'ilishi o'tkazildi.

IX Rayosat yig‘ilishida
2022/2023-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha fikr-mulohazalar hamda takliflar bildirildi.

#PoytaxtSardorlari #rayosat
@Respublika_sardorlari
"Munozara"ning Toshkent shahri bosqichi o'tkazildi!

Finalda turnirning 2 ta eng kuchli jamoalari, Yangihayot tumanining 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilaridan iborat "Magistr" jamoasi va Yashnobod tumanining 231-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilaridan iborat "Teenagers" jamoalari o'zaro bellashdilar.

Endilikda, Yangihayot tumanining 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilaridan iborat "Magistr" jamoasi Respublika bosqichida Toshkent shahar sharafini himoya qiladi.

Yangi jamoa bilan yangi g'alabalar sari!

#PoytaxtSardorlari
@Respublika_sardorlari
Poytaxt sardorlari tashabbusi bilan joriy yilning 16-dekabr kuni sovuq kunda insonlarga iliqlik va tabassum ulashish maqsadida an'anaviy "Savob to'la yuraklar" xayriya aksiyasi o'tkazildi.

Aksiya doirasida qurilish ishlarida faoliyat yuritayotgan ishchilar, obodonlashtirish xodimlari va aholiga issiq choy va kofe hamda shirinliklar tarqatildi.

Yangi jamoa bilan yangi g'alabalar sari!

#PoytaxtSardorlari
@Respublika_sardorlari
🇺🇿 Poytaxt sardorlari tashabbusi bilan yurtimizga kirib kelayotgan yangi 2024-yil munosabati bilan "Yangi yil tabriknomalari" loyihasiga start berildi.

Loyiha doirasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi va xodimlariga bayram tabriknomalari tarqatildi.

🎓 Loyiha ko'tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

#PoytaxtSardorlari
@Respublika_sardorlari
Poytaxt sardorlaridan ajoyib tadbir!

Joriy yilning 16-fevral kuni Yoshlar ijod saroyida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar "Imkon" yo'nalishi sardorlari tashabbusi bilan O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi direktori Abidova Shirin Raximjanovna ishtirokida Poytaxt sardorlari uchun maxsus seminar-trening tashkil etildi.

🇺🇿 Seminar davomida ishtirokchilarga volontyorlik haqida umumiy tushunchalar, sardor va volontyor tushunchalarining uzviy bog'liqligiga oid ma'lumotlar berildi. Shuningdek, jamoa shakllantirishga oid qiziqarli o'yinlar seminar ishtirokchilarining kayfiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Yangi jamoa bilan yangi g'alabalar sari!

#PoytaxtSardorlari
@Respublika_sardorlari
Ovozli chatda ishtirok eting!

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar "Kamalak" bolalar tashkiloti faoliyatini rivojlantirish bo'limi boshlig'i Ochilboyev Azizbek Baxodirjon o'g'li ishtirokida ochiq muloqot tashkil etiladi.

📆 19.02.2024, 22:00

Ishtirok etishni istaganlar ushbu havola orqali ishtirok etishlari mumkin:

Yangi jamoa bilan yangi g'alabalar sari!

#PoytaxtSardorlari
@Respublika_sardorlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtda "Plogging" o'tkazildi!

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar "Ekologiya" yo'nalishi sardorlari tomonidan O’zbekiston ekologik partiyasi bilan hamkorlikda yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatni asrash va unga g'amxo'rlik qilish maqsadida joriy yilning 4-aprel kuni Shayxontohur tumanida joylashgan Navro'z bog'ida "Plogging" loyihasi o'tkazildi.

Yangi jamoa bilan yangi g'alabalar sari!

#PoytaxtSardorlari
@Respublika_sardorlari