𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐝𝐢𝐤
1.82K subscribers
80 photos
33 videos
3 files
7 links
بِسْـــــــــــــمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْم

وَّذَكِّرۡ فَاِنَّ الذِّكۡرٰى تَنۡفَعُ الۡمُؤۡمِنِيۡنَ

Ва эслатгин. Албатта, эслатиш
мўминларга манфаат берур...

Зарият сураси 55-Оят
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Агар фақатгина сизда бир дуо қилиш имкони бўлса, уни ҳам биродарларингиз учун қилинг.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
•Аёллар эрингиз учун зийнатланинг!

Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам:«Хотинларнинг энг яхшиси унга қаралганида шодлантирадиганидир», деганлар.

Имом Аҳмад ривояти.

@Eslatdik
Бир улуғ зот айтади:

«Мен кечаси туриб Таҳажжуд ўқиб эрталаб мен таҳажжуд ўқидим деб гердайиб юрганимдан кўра , уҳлаб қолиб эрталаб афсусланганим мен учун яхшидир».
Nuh (alayhissalom) hayvonlarga bir marotaba nido qildi va ular kemaga minishdi.
Insonlarni 950 yil da’vat qildi, biroq ular cho‘kishni tanlashdi. Sog‘lom instinkt,
kasal aqldan yaxshiroqdir.


Adham Sharqoviyning "Qisqa o'y-fikrlar" kitobidan.

@Eslatdik
Умар разияллоҳу анҳу айтадилар:

"Аёлларнинг ёмонидан Аллоҳдан паноҳ сўранглар. Ва уларнинг яхшисидан ҳам эҳтиёт бўлинглар "

(Баҳжатул-мажалис)

#КунҲикмати

@Eslatdik
“Zikr qilinishicha, Ibn Javziy rahimahullohning qoʻlida 20 000 (yigirma ming)dan ortiq yahudiy va nasroniylar Islomga kirgan.

U kishi sababli 100 000 (yuz ming) kishi tavba qilgan.

Oʻzlari 2000 (ikki ming)dan ortiq asar tasnif etganlar.

Ana shunday olim shogirdlariga: «Agar Jannatga kirganingizda, orangizda meni topolmasangiz, «Ey Robbim, falon bandang bizga seni eslatib turardi” deb men haqimda soʻranglar» dedilar-da, soʻngra yigʻlab yubordilar.

(Alloh u kishidan rozi bo'lsin)

@Eslatdik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inson doim bir qalbga muhtoj.
Sizni sizdan koʻproq tushunadigan, oʻzingizdan koʻproq qayg'uradigan, mehr beradigan.

Inson insonga muhtoj.
Yelkasiga boshingizni qoʻyib dunyoni unitadigan, qoʻllariga qoʻlingizni berib hotirjamlik tuyadigan, koʻzlariga boqib tabassum qiladigan, eslab zavq oladigan bir insonga muhtoj.

Ket deganda keladigan, jahl qilsangiz kuldiradigan, kulganingizda qayg'usini unitadigan, butun dunyoni faqat siz deb biladigan bir insonga muhtoj.

@Eslatdik
Gul suvga oshiq boʻldi...
Suvga:
– Seni sevaman, – deb aytdi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi.
Oradan biroz vaqt oʻtgandan keyin, takror Gul Suvga:
– Seni sevaman, – dedi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi...
Gul kasal boʻlib, soʻlib qoldi...
Suv bu holni koʻrib chidolmasdan, tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:
– Gulga nima boʻlgan ekan? – deb soʻradi.
Tabib esa:
– Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi. – dedi...
Bundan shu narsa tushuniladi-ki, “Ishq – faqatgina seni sevaman!”, deb aytishlikdan iborat emas ekan.
Ishq – senga har narsasini bera olishiga ishonganing bir insonni sevishlikdir...

Mavlono Jaloliddin Rumiy

@Eslatdik
Bekorga “Soliha ayol iymonning yarmi” deyilmas ekan.

Ba’zan charchaysan, qalban charchaysan-ku, o‘shanda u senga dalda bo‘ladi.

Bugun qo‘lingga Qur’onni ololmagan bo‘lsang, u sen uchun o‘qib beradi, sen unga shunchaki boshingni qo‘ysang bas.

Agar kunlik zikrlarni unutsang, eslatadi, kechroq uxlasang, seni o‘zi bomdodga uyg‘otadi.

U g‘amgin bo‘lsang opang, xursand kuningda singling bo‘la oladi. Har qanday vaziyatda esa do‘sting.

Sen shaytonga quloq solib namozga dangasalik qila boshlasang, u xuddi farishtadek seni ibodatga chorlaydi.

Kitob o‘qimoqchi bo‘lsang-u, charchoq o‘qishga qo‘ymasa, u kitob o‘qib beradi, sen tinglaysan.

Ammo unutma, u ham charchaydi. Sen ham uning yarmi bo‘l!

Allohim! O‘zing xayrli deb bilgan vaqtda, xayrli inson ila iymonimizning yarmini to‘ldir.

@Eslatdik
СОЛИҲА АЁЛ ДИННИНГ ЯРМИ.

عَنْ هِشَامِ بْنِ حُجْرٍ، عَنْ طَاوُسٍ، قَالَ:
«لَا يَتِمُّ نُسُكُ الشَّابِّ حَتَّى يَتَزَوَّجَ»
مصنف ابن أبي شيبة

Ҳишом ибн Хужр Товусдан ривоят қилади:

Йигитнинг амаллари, то уйланмагунича тўлиқ бўлмайди.

وقد روى الحاكم في المستدرك عن أنس مرفوعاً

من رزقه الله امرأةً صالحة فقد أعانه على شطر دينه فليتق الله في الشطر الباقي

Ҳоким Мустадракда Анас розияллоҳу анҳудан ривоят қилади:

Кимга Аллоҳ таоло солиҳа аёлни насиб қилса, дарҳақиқат унга динининг ярмига ёрдам берибди. Қолган ярмида Аллоҳдан қўрқсин.

@Eslatdik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Рўзанинг танамизга фойдалари

@Eslatdik
Вақтни зое қилиш, ўлимдан ҳам ёмон, чунки вақтни зое қилиш, сени Аллоҳдан ва охират кунидан айиради. Ўлим бўлса, сени дунё ва дунё аҳлидан айириб, якунида барибир Аллоҳга йўлиқтиради.

Ибн Қоййим роҳимаҳуллоҳ.

@Eslatdik
ERKAK RASHK QILADI

Erkaklar, rashkli bo‘ling. Ayolingizni begonalar bilan bemalol aralashib yurishiga yo‘l qo‘yish u yoqda tursin, ular yonida ismini ham aytmaslikka harakat qiling. Yoshi ulug‘larimiz ayolini bosh farzandining ismi bilan chaqirishlari ham shu sababdan edi. Arablar avvaldan “Falonchining onasi”, “Falonchining otasi” ma’nosida kunyalangan. Ya’ni Abu Abdulloh, Ummu Abdulloh kabi.

«Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan

@Eslatdik