Kogonlik avtobus haydovchisi 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi
Buxoroning Kogon tumanida yashovchi avtobus haydovchisi 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Qayd etilishicha, joriy yilning 18-mart kuni 1991-yilda tug‘ilgan avtobus haydovchisi hamda 1984-yilda tug‘ilgan yuk avtomobili haydovchi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Olib borilgan tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, avtobus haydovchisining qoidalarni qo‘pol ravishda buzib harakatlanishi natijasida avtobusdagi 2 o‘quvchi vafot etgan, 25 nafari jarohat olgan.