"Nukus — Mangistau — Nukus" yo`nalishida yangi qatnovlar qo`yildi

Endilikda yo`lovchilar Nukus vokzalidan Qozog`istonning Mangistau viloyatiga sayohat qilishlari mumkin. Mangistau viloyati o'zining noyob tabiiy manzaralari, boy tarixi va madaniy merosi bilan sayyohlarni o'ziga jalb qiladi.
Rivojlangan turistik infratuzilma, turli xil diqqatga sazovor joylar, qulay mehmonxonalardan to eko-turbazalargacha. Do'stona va mehmondo'st mahalliy aholi sayyohlarni mintaqa madaniyati va an'analari bilan tanishtirishga tayyor.

Mangistauga to`g`ridan-to`g`ri qatnovlar 2024-yilning 22-avgust sanasidan haftasiga Nukus vokzalidan amalga oshiriladi. Poyezd harakat jadvali quyidagicha:

22-avgust sanasidan haftaning payshanba, shanba, seshanba kunlari 650-sonli "Nukus — Mangistau" yo`nalishi

Nukus 20:16 — Mangistau 17:14

23-avgust sanasidan haftaning juma, yakshanba, chorshanba kunlari 649-sonli "Mangistau — Nukus" yo`nalishi

Mangistau 18:54 — Nukus 15:22

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati”
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM