Ziyodbek's Blog
163 subscribers
451 photos
89 videos
22 files
433 links
T: Ziyodbek Ahmadjonov
D: Software Engineer
C: ITFlakes, Inter Nation, BeeLab, Comston

YT: bit.ly/3RHDBX6
W: https://ziyodbek.uz
C: @zyobee
Download Telegram
O'zgaruvchilar(variable)ni to'g'ri nomlash juda muhim!

Ayniqsa sizdan keyin kimdir bu codeni o'qisa.

P.S: Sizdan keyin keladigan dasturchiga sevgi xatiday qilib yozing codeingizni!

@zyodev
🔥3😁2
Grok AI is out!

grok.com

@zyodev
Hayit muborak🌙
👍7🔥3
Men ilgari CORS (Cross-Origin Resource Sharing) bizning backendni himoya qiladi deb o‘ylardim. Lekin bir kuni texnikasi kuchli dasturchi mendan shunday deb so‘radi:

“Agar CORS backend’ni himoya qilsa, nega Postman bilan API’ga hech qanday CORS sozlamasisiz bemalol murojaat qilish mumkin?”


Bu savol meni hushyor torttirdi. Biz hech qachon Postman’ni CORS ro‘yxatiga qo‘shmaymiz. Ammo u baribir ishlayveradi. Nega?

Ko‘pchilik dasturchilar kabi, men ham CORS nima qilishini noto‘g‘ri tushungan ekanman. Brauzerda chiqqan CORS xatolarini ko‘rib, ko‘pincha Google’dan “fix” izlab qo‘yamiz — asl sababini tushunmasdan.


Bir necha oy oldin, bu masalani chuqurroq o‘rganishga qaror qildim. Mana bir oddiy, ammo tushunarli misol:

Tasavvur qiling:
Siz brauzeringizni ochasiz va bank[nuqta]com saytiga kirib, akkauntingizga login qilasiz. Frontend esa bank-api[nuqta]com orqali API so‘rovlar yuboradi. Cookie’lar brauzerda saqlanadi.
- Keyin yangi tab ochib, notanish saytga kirasiz: unknown-site[nuqta]com.
- U saytda quyidagi JavaScript kodi ishlaydi:

fetch("https://bank-api.com/transfer?to=123&amount=3000", {
credentials: "include"
});


Siz allaqachon login bo‘lganingiz uchun cookie’lar bor.
credentials: "include" ishlatilgani sababli, brauzer cookie’larni so‘rovga qo‘shadi. Backend esa shunday deb o‘ylaydi:

“Bu foydalanuvchi login bo‘lgan, pulni ko‘chirishga ruxsat.”
💸 Natija: pul yo‘q.


Endi CORS nima qiladi?

Brauzer bu so‘rov boshqa manbadan (unknown-site.com) kelganini ko‘radi va backend’dan so‘raydi:
“Bu so‘rovni ruxsat beraymi?”
Backend quyidagicha javob beradi:
Access-Control-Allow-Origin: bank.com

Brauzer esa tekshiradi va:
• Agar so‘rov bank.com dan bo‘lsa — ruxsat beradi.
• Agar unknown-site.com dan bo‘lsa — bloklaydi.

CORS — bu brauzer darajasidagi xavfsizlik.
Backend’ning o‘zini himoya qilmaydi.

Postman esa brauzer emas — CORS bu yerda ishlamaydi.
Hatto foydalanuvchi brauzerga CORS’ni o‘chiradigan extension o‘rnatsa, zararli sayt bu himoyani chetlab o‘tishi mumkin.


Bu hammasi birgina savoldan boshlandi.
Va menga bir muhim narsani eslatdi:
- 🧠 Qiziquvchanlik — bizning superqudratimiz.
- “Qanday?” emas, “Nega?” degan savolni berishga o‘rgatadi.
Haqiqiy o‘rganish shu yerdan boshlanadi.


Source: linkedIn

@zyodev
🔥5
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🔥4
TaqobbalAllohu minna va minkum!

@zyodev
🔥3
Xobbi

Bir dasturchi akamiz o’zlariga yaxshi bir xobbi topibtilar. Baliq tutish. Yaxshi mashg’ulot, ko’proq o’ylaysiz, tin olasiz, kalamushlar poygasidan sal bo’lsa ham dam olasiz.

Yana birlari bo’sh qoldi degancha yuguradilar. Bu ham yaxshi mashg’ulot. Ochilmagan qirralar ochiladi, jismonan va ruhan tetiklashadi va eng muhimi testesteron oshadi.

Boshqa bir toifa tanishlarim bor, ularning xobbisi boshqalarning hayotlaridagi muammolar, kamchiliklarni kuzatish, muhokama qilish va ularga yechim berishdan iborat.

*Buyam bir xobbi bo’lsa kerak!

@zyodev
🔥5👎2😁1
Manba, source!

Ko‘pchilik bunga uncha e’tibor bermaydi, lekin bu juda kerakli masala.

Kimdir aytgan gapni, biror joydan olingan xabar, ma'lumotni yoki qiziq faktni "copy-paste" qilib tarqatayotganda, uni qayerdan olganimizni aytishimiz rostdan ham shartmi?

🤔 Nega manba ko‘rsatish foydali?

Sizga ishonch paydo bo‘ladi: "Bu odam havodan olib yozmaydi, aniq joydan ma'lumot olarkan" degan fikr paydo bo‘ladi. Shunchaki mish-mish emas, dalil bilan gapirayotganingiz bilinib turadi.

Tayyorlaganni mehnatini hurmat qilasiz: Har bir maqola, video yoki post ortida kimdir ter to‘kib mehnat qilgan. Manbani ko‘rsatib, o‘sha odamga "rahmat" aytgan bo‘lasiz va ko‘chirmakashlikdan yiroq bo‘lasiz.

Eng asosiysi, odamlarga yordam berasiz: Aytaylik, postingz kimgadir juda yoqib qoldi va u shu mavzu haqida ko‘proq bilmoqchi. Siz ko‘rsatgan manba orqali o‘tib, o‘ziga kerakli qo‘shimcha ma'lumotlarni bemalol topib oladi.

🧐 Xo‘p, manbani qanday ko‘rsatish kerak?

Saytdan biror narsa oldingizmi? -> Ssilkasini (linkini) tashlab qo‘ying.
Kitobdanmi? -> Kitobning nomi va avtorini yozib qo‘ying.
Boshqa bir kanaldan yoki Instagramdami? -> "@" belgisi bilan o‘sha kanalni belgilab (tag qilib) qo‘ying.

PS: Kelinglar, ko'chimachilikni "mening ijod mahsulim" deyishni bas qilaylik, asl manbaga qaytaylik.

@zyodev
🔥9👎4👍2
Forwarded from Zyo logs (Ziyodbek A)
23 yil yashab tushunganim:

Hammani eshit, ularga quloq sol, maslahatlarini ol. Lekin bilganingni qil.

Sababi senga nima qulay ekanini faqat o'zing bilasan.

Ular esa o'zlari uchun ishlagan narsani senga ham ishlaydi deb o'ylashadi.
👍6
Forwarded from @Rustam-Z⚡️
1 year ROADMAP by me, Google Engineer: How to learn PROGRAMMING

This is what I did back when I started my career.

LINK: https://www.notion.so/rustam-z/How-to-Learn-PROGRAMMING-ROADMAP-2701ece53065801db6e0c7f7f17ea5a4

Share it with someone who needs to see this.

I'm 100% confident you can get a job if you follow every single step in this guide.

🔘Learn Programming Concepts with C++
🔘Learn Python or JavaScript
🔘Learn Backend
🔘Build Projects and Find your FIRST JOB


🇺🇿👇

1 Yillik Dasturlashni O’rganish ROADMAP

Dasturlashni nimadan o'rganish boshlashni bilmaganlar uchun, mana ROADMAP. O'zim universitet vaqtlari qilgan ishlarim.

LINK: https://www.notion.so/rustam-z/How-to-Learn-PROGRAMMING-ROADMAP-2701ece53065801db6e0c7f7f17ea5a4

O‘zingizga saqlang va boshqalar bilan ulashing 👍

🔘C++ bilan dasturlashni o'rganing
🔘Python yoki JavaScript'ni o'rganing
🔘Backend'ni o'rganing
🔘Loyihalar yarating va o'z BIRINCHI ISHINGIZNI toping

@cracking_maang
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🔥1