Ziyodbek's Blog
163 subscribers
451 photos
89 videos
22 files
433 links
T: Ziyodbek Ahmadjonov
D: Software Engineer
C: ITFlakes, Inter Nation, BeeLab, Comston

YT: bit.ly/3RHDBX6
W: https://ziyodbek.uz
C: @zyobee
Download Telegram
Apple Intelligence!

Apple Intelligence meni 1-real suratimdan foydalanib qolgan to'rt obrazni tasavvur qildi.

Birga-bir mening multik variantim deyolmaymanku lekin harakat qildi har holda.

IOS 18.2 versiyasida va nihoyat Genmoji Playground ishladi. U yerda siz real bir suratdan foydalangan holda har-xil multik obrazlarni hosil qilishingiz mumkin.

Yuqoridagi suratlar tahlili:
1-surat: Real iPhonega olingan o'zimning suratim.
2-surat: 1-surat va hat(bosh kiyim) aralashtirilgan versiya
3-surat: 1-surat va sharf aralashmasi
4-surat: 1-surat va sayohatchi aralashmasi
5-surat: 1-surat va genmoji fantaziyasi aralashmasi


P.S: Apple creative! Endi savol qaysi birini profilga qo'yovuza?!

@zyodev
👍1🔥1
"Ayfonim qizib ketyapti" deysizmi?

IOSni oxirgi 18.2 versiyasida yaxshi yangilanishlar bo'ldi. Lekin....!

Telegram uchun bu yangilanish unchalik omadli kelmadi. Agar siz iPhone ni oxirgi versiyaga yangilasangiz, telegram ochilganda yoki shunchaki orqa fonda ishlab turganda ham tezkor xotiradan juda katta miqdorda foydalanganini hisobiga juda qizib ketadi.

Eng asosiysi quvvatni suvday ichadi. Shunda sizda ikkita yo'l bor tez telegramdan foydalanib keyin undan butunlay(kill) chiqib ketish muammo hal qilingunicha, ikkinchisi IOSni update qilmaslik.

Bu hozircha boshqa ilovalarda kuzatilmadi. Ushbu muammo yuzasidan telegramda bug issue ochilgan va ishlanmoqda. Shu havolada.

Aytgancha siz telegramdagi bor muammolar haqida xabar bersangiz yoki ulardan boxabar bo'lib tursangiz bo'ladi. Quyidagi havola:
https://bugs.telegram.org

@zyodev
👍2
Qachonki, sen ish topganingda!

Oxirgi ikki hafta LinkedIn profileim 20 dan ortiq recruiterlar tarafidan ko'rib chiqildi.

Buni isboti 3 yoki 4tasi directly message ham qoldirgan. O’zi shunday urushdan keyin qahramonlar ko’payadi.

Ish qidirayotganingda recruiterlarga yozsang ham bir natija chiqmaydi)

@zyodev
🔥3
Har birimiz online kurs yoki o’quv markazda o’rganganmiz.

Shunday ekan men yordam so’ramoqchi edim:

Shu o’quv markaz yoki kurslarda nimalar yaxshi ediyu qaysi taraflari sizningcha yaxshi emas edi?

Javoblaringgiz anonim qoladi. Ulashsangiz ham bo’ladi!

Shu yerga bosing 👇
t.me/LetsAskBot?start=im9oNm
t.me/LetsAskBot?start=im9oNm

@zyodev
Sarhisob kuni!

Yillik hulosalar qilishni 2020-yildan boshlagan bo'lsam uni yozma ravishda qilishni 2022 dan boshlagan edim. 2023 dan esa yozilgan sarhisobni qisqacha telegramda qoldirishga odatlandim.

Demak yana bir yil uchun sarhisob qilamiz:

- O'tgan yil men uchun sport bilan chuqur tanishish yili bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Dieta, mushaklar o'sishi va yog' erishi kabi jarayonlarga ilmiy yondashish imkoniyati paydo bo'ldi. O'rtacha 5 oy sport bilan aktiv shug'ullandim va qo'limga yetgan dard (sport mashg'ulotlaridan tashqarida) tufayli tashlashga majbur bo'ldim.

- Va yugurish bilan mashg'ulotlar o'rnini to'ldirishga o'tildi. Umumiy hisobda 225km yugurib o'tildi. 320km maqsad edi. Lekin boshlanishi uchun yomon emas, shukur.

- Karyera taraflama, ish almashtirish. mobaynida va yangi ish jarayonida ko'p narsalarni o'rganishga majbur bo'ldim. Bulardan eng asosiysi eski yozilgan project code baselar va electron bilan qanday muomala qilishni o'rgandim.

- Undan so'ng bir nechta kichik loyihalarni online kichik jamoamiz bilan amalga oshirdik, bu bilan ozroq project manegement haqida o'rgandim desa ham bo'ladi.

- Sayohat masalasida O'zbekiston ichida sayohatlar qilindi asosan Vodiydagi uch viloyatning chekkalarigacha va albatta Samarqand, Jizzaxga.

Tilga olib aytsa bo'ladigan nuqtalar yuqoridagilardan iborat edi.

Yangi 2025 davri uchun esa nasib qilsa anchagina narsalarni o'ylab rejalab yuripmiz.

- Sport borasida: Ironman, Oceanman kabi musobaqalarga tayyorgarlikni boshlash.

- Karyera bo'yicha: Online o'qitishni boshlash (teachingni sog'indim), soham bo'yicha bakalavr boshlash

- Sayohat bo'yicha: Ro'yxatdagi davlatlardan 1 yoki ikkitasiga sayohat.

Kelajak rejalar haqida shularni ayta olaman ekan. Albatta bu bizni o'ylaganlarimiz. Umid, harakat qilamiz Yaratganni beradigan yaxshi muvaffaqqiyatlariga.

Boshqa sarhisoblar izohlarda👇

@zyodev
👍2🔥2👏1
New year, new me!

Distance: 21,07km half marathon
Date-time: 11:44 01.01.2025

P.S: What a wonderful world!🌎

@zyodev
🔥3👏1
Tesla Robotaxi!

Elon Musk ko’rgazma(test) sifatida taqdim qilgan robotaksini eshitganlar bor deb o’ylayman oramizda.

Shunday bo’lsa ham qisqacha robotaksi haqida:

- Elektrda yuradigan
- Boshqaruv rulsiz
- Gaz/tormoz pedallarsiz
- Faqat ikki o’rindiqli
- Monitor (manzilni kiritish va hkz uchun)
- Kapalak eshiklar


Ushbu yangi zamon taksi robotlari sizni bir joydan manzilingizga hech kimning aralashuvisiz eltib qo’yadi. Bu juda katta texnika siljishi albatta.

Katta megapolislarda o’zi yuradigan taksilar bor hozir ham lekin ularda yuqorida sanab o’tilgan rul, pedallar va hkz bor.

Tesla robotaxini sinab ko’rganlarning fikricha bu juda qo’rqinchilik sayohat. Nega?

Boshqa o’zi yurar taksilardan farqli ravishda tesla taksilariga o’tirganingizda siz har qanday, hatto fors-major holatda ham nimadir qilaolmasligingiz hissi sizni qo’rqitadi. Yani nimadir qilay desangiz rul yoq yoki boshqa.

Bu feedback Elon akaga yetkazilgan ko’ramiz ommaviy sotuvdan oldin bu hissiyotga qanday yechim qilishar ekan.

@zyodev
👍2
Forwarded from Khumoyun Codes
Shogirdlarimizdan biri yaqinda EPAMdan suhbatdan o'tganlari haqida yuqoridagi aytgan edim. Suhbatda tushgan savollarni boshqalarga ham foydasi tegib qolar deb, yozib olgan ekanlar. Shunga kerak bo'lib qolsa albatta o'zingizga saqlab boshqalarga ham ulashib qo'ying 😉

HTML/CSS:
- Adapive bilan responsive design/verstka nima farqi bor?
- Accessibility nima?
- SEO ni qanday qilib yaxshilasa bo'ladi?
- Positionlarni sanab ber
- SCSS / Less ishlatganmisan? Oddiy CSS dan farqini aytib bering

Javascirpt:
- Closure nima?
- Event loop nima?
- Promise nima ?
- Async Await haqida gapirib ber
- Javascript single threadmi yoki multithread?
- WebWorker nima?
- Set va Map nima ?
- Type turlari va farqlari nimada?
- eventDelegation nima?
- Map bn Object ni farqi
- Hoisting nima ?
- TDZ (Temporary Dead Zone) nima?

TypeScript:
- type bilan interface ni farqi nimada?
- Generics nima ?
- Qaysi holatlarda TypeScript kerak / kerak emas.

React:
- Class componentlar bilan ishlatganmisiz?
- Class component bilan Function Componentning farqi?
- Nega aynan Class component ishlatishim kerak?
- Reconsilation nima?
- Lifecycle methods Class componentlarda va Functional componentda qanday ishlatilinadi?
- Qanday qilib kodni optimize qilgan bo'lardingiz?
- HOC nima?

Umumiy:
- Code reviewda qatnashganmisiz?
- CI/CD nima? foydalanganmisiz?
- Agile / Kanban haqida gapirib bering?
- Cloud servicelar dan foydalanib ko'rganmisiz?
- Docker ni ishlatib ko'rganmisiz?
- Xujumlar haqida gapirib bering.
- RestApi bn Graphql ni farqi?
- Test yozib ko'rganmisiz?
- Tailwind / Bootstrap ishlatib ko'rganmisiz? Ularni qachon ishlatish kerak / kerak emas?

Amaliy savollar:
1. function retryFetch(url, count, delay) {}, response ijobiy kelmaguncha shu funksiya ${count} marta ishlashi kerak.
2. hasDuplicate function yozib ber. Arrayni ichida bir ma'lumot takrorlangan bo'lsa true qaytarishi kerak
3. sum function yozib ber. sum(1, 2, 3, 4, 5, 6)
4. harflar nechta qatnashganini topib beruvchi funksiya yozib bering. test => {t: 2, e: 1, s: 1}
5. Arrayning flat methodini qo'lda yozib bering.

Barcha amaliy savollarda time comlexity bn space complexityni aytish so'raldi

Bundan tashqari 3-4 ta consolega nima chiqishi haqida ma'lumot so'radi

P.S. Suhbat javobi hali chiqqani yo'q, shunga imkoni bo'lsa do'stimiz haqqiga duo qilib qo'ysangiz xursand bo'lar edik 😊

@khumoyun_codes
🔥3
Khumoyun Codes
HTML/CSS:
Yuqoridagi EPAM savollariga javoblar yozsam ancha kontent bo'lib qolarkan a? Nima demadilar.

Interviewda quyidagicha javob bergan bo'lardim:

- HTML/CSS bu browserdagi har qanday platforma, website, interaktiv mahsulotlarning asosi bo'lib xizmat qiladigan texnologiyalardir.

- HTML - yoyganda HyperText Markup Language, nima qayerda joylashishini hal qiladi, yani strukturasini. Strukturani qurishda teglardan foydalanadi.

- CSS - yoyganda Cascading Style Sheets, ana o'sha HTML element(qism, teg)larga ko'rinish (stil) berish uchun foydalaniladi. (rang, shrift, masofalar)

P.S: Yuqoridagi uchta nuqtani aytiladi, katta ehtimol bilan ushbu javobingizdan ham savol topib berishadi)) #interview #answers

@zyodev
👍5🔥1
Khumoyun Codes
- Adapive bilan responsive design/verstka nima farqi bor?
Adaptive dizayn (yoki adaptive verstka) – bu har xil ekran o‘lchamlari uchun alohida layout (maket) tayyorlashni talab qiladi. Masalan, saytning desktop, tablet va mobile versiyalarini alohida ishlab chiqasiz. Har bir versiya (layout) ma’lum “breakpoint”ga (ekran kengligiga) moslab aniq o‘lchamlar bilan tuziladi. Shuning uchun ekran o‘lchami bir oz o‘zgarsa ham, layout keskin “sakrab” boshqa versiyaga o‘tadi.

Responsive dizayn (yoki responsive verstka) – bu sayt yoki ilovaning ekran o‘lchamiga qarab o‘zini “moslashtirib” ketishiga asoslangan yondashuv. Bunda sahifa elementlari “rezina” (fluid) bo‘ladi, media-query (CSS) yordamida turli xil ekran kengliklarida o‘zi mos ravishda joylashadi. Ekran cheksiz o‘lchamda o‘zgaraversa ham, sahifadagi bloklar shu o‘zgarishga nisbatan qaytadan o‘lchab, qayta joylashadi.

Qisqacha aytganda:
Adaptive: aniq `breakpoint`lar va alohida layoutlar. Har xil qurilmaga alohida ko‘rinish chiqariladi.
Responsive: butun layout “rezina” bo‘lib, o‘zgarayotgan ekran o‘lchamlariga mos ravishda tartib va hajmini o‘zi o‘zgartirib boradi.

P.S: Qisqacha shunday) #interview #answers

@zyodev
🔥3👍1
Channel photo updated
Khumoyun Codes
- SEO ni qanday qilib yaxshilasa bo'ladi?
🔹 1. Semantik HTML ishlatish
✔️ <header>, <article>, <section>, <nav>, <footer> kabi teglarni ishlating.
✔️ <h1> dan <h6> gacha bo‘lgan sarlavhalarni mantiqiy ketma-ketlikda yozing.

🔹 2. Meta Teglar va Strukturaviy Ma’lumotlar
✔️ Title va Meta Description har bir sahifa uchun unikalligi muhim.
✔️ Open Graph (og:title, og:description, og:image) va Twitter Cards qo‘shing.

🔹 3. Mobilga Moslashuv
✔️ meta viewport ni ishlatish:
<meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1">

✔️ Sahifani Google Lighthouse orqali tekshirib turing.

🔹 4. Sahifa Yuklanish Tezligini Oshirish
✔️ Rasm optimizatsiyasi: WebP yoki AVIF formatlaridan foydalaning.
✔️ Lazy Loading qo‘shing:
<img src="image.jpg" loading="lazy" alt="Tavsif">

✔️ CSS va JS fayllarni minify qiling.
✔️ Cache sozlamalarini to‘g‘ri qo‘ying.

🔹 5. Yaxshi URL Struktura
✔️ Tushunarli URL yozing:
example.com/best-seo-tips

example.com/page?id=12345

✔️ robots.txt va sitemap.xml sozlamalarini to‘g‘ri qo‘ying.

🔹 6. Ichki Linking va Accessibility (A11Y)
✔️ <a> teglarida aniq matn ishlating:
<a href="/seo-tips">SEO ni yaxshilash bo‘yicha maslahatlar</a>

✔️ ARIA atributlari bilan sahifani imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun moslang.

🔹 7. Structured Data (Schema Markup)
✔️ JSON-LD formatida Schema.org belgilarini qo‘shing:
<script type="application/ld+json">
{
"@context": "https://schema.org",
"@type": "Article",
"headline": "SEO yaxshilash usullari",
"author": {
"@type": "Person",
"name": "Dasturchi"
}
}
</script>

✔️ Google Rich Snippets funksiyasidan foydalaning.

🔎 SEO natijalarini tekshirish uchun:
📊 Google Lighthouse
📊 PageSpeed Insights
📊 Google Search Console


P.S: Juda to'liq javob shunday bo'lgan bo'lardi. #interview #answers

@zyodev
🔥3👍1
O'zgaruvchilar(variable)ni to'g'ri nomlash juda muhim!

Ayniqsa sizdan keyin kimdir bu codeni o'qisa.

P.S: Sizdan keyin keladigan dasturchiga sevgi xatiday qilib yozing codeingizni!

@zyodev
🔥3😁2
Grok AI is out!

grok.com

@zyodev