Sherlar Olami 📃
2.16K subscribers
583 photos
661 videos
1 file
2.48K links
Salom siz dilga yaqin manoli sherlar kanalidasiz..

Biz sizlarga har kuni
#Manoli
#Ibratli
#Sevgi
#Hayotiy

Dilga yaqin sherlarni joylab boramiz bizdan uzoqlashmang. Siz eng zo'r kanaldasiz...

Admin: @Bektoy_07
Download Telegram
Ushbu sherim Karonavirusdan vafot etayotgan oshiq yigitning sevgilisiga iltijosidek chiqqan ekan ✍️👇👇

Men ketyabman...
(Hayoliy she'r)

Men ketyabman ,.....
ortimdan mayus,
Nigohingni tikib yurma yor,
Bahoringga alishmasin kuz,
Behuda yosh to'kib yurma yor,

Men ketyabman......
Chekma iztirob,
Kelish ketish hayot qonuni,
Alam chekma chiday olmasman,
Hayotingni bir lag'za kuni,

Men ketyabman .......
Jilmay ,silta qo'l,
Rozimasman, yig'lashlaringga,
Bog' dilingni qilib issiq cho'l,
Yor ko'nglingni tig'lashlaringga,

Men ketyabman.....
Manguga emas,
G'am chekmagin qaytishim bordur,
Tushlaringga goh kirib elas,
Sevishimni aytishim bordur,

Men ketyabman...
Yolg'izman dema,
Ildam tashla oldinga qadam,
Sen kuchlisan, ojizman dema,
Sendan uzoq yashasin alam,

Men ketyabman......
Iltimosim bor,
Kulib jo'nat so'nggi manzilga,
Chin dilingdan jilmayib dildor,
Ketishimni yo'ygin hazilga,

Men ketyabman....
Senga jonimni,
Meros qilib , endi azizam,
Agar sevsang avayla asra,
Ko'ksingdagi meni azizam,


#Muallif: Sardor ODIL

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
Musofirga...

Ona yer zamindan ketibsan yiroq,
Yaqinlar diydorin ortga suribsan,
Hirpirab o'chmoqda sen yoqqan chiroq,
,,Aytgin ne maqsadda daydib yuribsan''

Siyrating ketmoqda yodlardan o'chib,
Sen yozgan asarga chaplangan siyoh,
Bevatan yurishlik qushlarday uchib,
Bilgin bu dunyoda eng og'ir gunoh,

Qachon kelding aytgin ona zaminga,
Yo'qladingmi otang ,tug'ulsa imkon,
Bitta musibatga qildirding amin,
Faqat o'zin o'ylab yasharkan inson,

Bilmaysan otangni ahvoli qanday,
Qirqqa yuzlanmagan yuzida ajun,
Senga bu dilimni savoli shunday:
O'ylamaysan aytgin ul zotni nechun,

Bilsayding onangni ming havotirda,
Hayol qozonida qovrulgan joni,
Ikki dunyo saqla buni xotirda,
Sog'inchsiz o'tmaydi ona bir oni,

Qalbing osmoniga oppoq his ilib,
Yurtingga qaytaqol dardlaring ketsin,
Hudo berganiga qanoat qilib,
Yashamoqqa aytgin o'zi ne yetsin,

Yanglishib yurtingdan ketibsan mayli,
Adashmoq hammada bo'ladi qismat,
Zora Sardorbekni she'ri tufayli,
Yurtingga qaytsayding menga shu qimmat,

#Muallif: Sardor ODIL

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
Siz uchun uzganman yurak gulini,

Sizni menga nogoh uchratdi taqdir,
Beixtiyor xislar keldi junbushga,
Yuragimda tindi sukunat ohir,
Ishq ifori,
tunlar...kiradi tushga,

Unsiz yuragimni tig'laydi firoq,
Ko'zlarim yumulsa sizni izladim,
Kipriglari quvonch yoshiga qirg'oq,
Lablari gul g'uncha qizni izladim,

Sog'inchlarda beun yuragim pora,
Sizsizlikda lahza o'tmog'i mushkul,
Sinamang xijronda ey dil ozora,
Yolg'izlik aslida o'limdur butkul,

Ko'nglingizga qadam bosmoqchun asli,
Bilmay o'zligimdan kechib qo'yganman,
Behosdan azizam baxt uchun asli,
Sevgi sharobini ichib qo'yganman,

Yasharman axtarib taqdiri azal,
Qalbingiz qasriga eltar yo'lini,
Nomingizga bitib necha ming g'azal,
Siz uchun uzganman yurak gulini,

#Muallif: Sardor ODIL

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Жуда ажойиб шер экан..)))

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
Qaniydi Istasam ...

Yurakda sog'inchim bo'lganida jam,
Hayollar solganda qalbimga g'ulu,
Xijronga asirman qoshlari qalam,
Taqdirni zarbidan noliyman suluv,

Yurakda ne o'tar o'zimga ayon,
Pirpirar ichimda yonayotgan sham,
Bardavom xajringiz olovida jon,
Qovrular betinim azizam har dam,

Tunlarim uzoqdur tonglarim otmas,
Tushlarim mehmoni o'zingiz erkam,
Husningiz ko'zlarim oldidan ketmas,
Sog'inib yashayman sizni malikam,

Sizni ko'rmoqlikka sizga yetmoqqa,
Qaniydi istasam bo'lsaydi imkon,
Ko'nglingizni bir dam hurram etmoqqa,
Borimni berardim men suygan inson,



#Muallif: Sardor ODIL

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
O'zlikni angla...

Goh omad yo'lingda, gohi begona,
Dunyoning ishlari mastu-mastona,
Boylikka hirs qo'yib,yurma ishona,
Nonko'rni unutma hudoyim urgan,
Borini qadriga yetishni o'rgan,

Harakat qilganni hudoyim siylar,
Beshavqat taqdiri, hukmini tiyar,
Kim ipak kiyadi , kimdur chit kiyar,
Har kim taqdiriga muallif bo'lgay,
Mehnatkash insonni toleyi kulgay,

Jannatga yo'l ochar sahiylik asli,
Do'zohga eltadur , nohalol vasli,
Yashnasin desang gar , ko'ngilni qasri,
Qalbingda umurbod yashasin imon,
Dunyoga bir marta keladi inson,

Bandasi kuchsizdur, bandasi ojiz,
Demoqlik noto'g'ri yaxshi yomonsiz,
Sardorni she'rida takidlash joiz,
Begona bo'lmaydi odam insonga,
Dard ravo ko'rmaydi, olam insonga,

Dard chekar gunohga ,qo'l urgan demak,
Yomonga yondoshib yo'l yurgan demak,
Har kim ekanini o'rishi kerak,
Qildingmi qilmishga javob bermoq bor,
Unutma shohiddur bu parvardigor,

Chin bo'lsa iltijo ijobat bo'lgay,
Ollohning ismila shaytoning o'lgay,
O'yla inson asli nimaga kelgay,
Asli o'zligini anglamay turgan,
Avvalo insondek yashashni o'rgan ,

#Muallif : Sardor ODIL

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
Sirli maktub...

Xijronga ilk bora, ko'nglimni qo'yib,
Siz meni ,,Sevgi '' deb aytgan so'zims iz,
Ismini yurakka yozganim o'yib,
Birinchi muhabbat qora ko'zimsiz,

Tunlarim o'tardi ,uyqusiz bedor,
O'lib tirilardim fig'on qo'lida,
Ko'yingiz domida chekardim ozor,
Sizni axtarardim hayol cho'lida,

O'sha damlar hecham, yodimdan o'chmas,
Ko'nglimdagi chechak ochilgan dami,
Zabunim aylanmas, dil sirim ochmas,
Shu fursat so'ndirdim baxtim gulshanin,

Hamon menga o'sha nigohlar jumboq,
Men sizni suygandek suyganmidingiz,
Yuragimni guldek tuhfa etgan chog',
Sevgi iforini tuyganmidingiz,

O'sha kezda juda qilari alam,
Dil amridan hecham yurolmagandim,
Ilk satrini bezab yozilgan ,,Salom'',
Maktubimni go'zal berolmagandim,

Ilk satrini bezab yozilgan ,,Salom'',
Maktubimni sizga berolmagandim,


🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
Tabrik...

Birlashibdi taqdir yo'lingiz,
Poyingizga gullar to'lajak,
Dunyo ichra baxtiyor inson,
Bo'lsa do'stim sizdek bo'lajak,

Baxt poylaydi ostonangizda ,
Kirmoqlikka so'raydi izin,
Toleyingiz kulibdi biram,
Yoningizda oymomo qizin,

Ko'rmangiz dard ko'rmang hech alam,
O'zi qo'llab tursin yaratgan,
Xisobi yo'q zar - bermasa ham,
Tugalmas baxt bersin yaratgan,

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
Тушларимда кутиб яшарман...

Сиғмаганда жоламга-- сабр,
У бирла мен тўлиб тошарман,
Топталмагай шунчаки ,қадр,
Тушларимда кутиб ящарман,

Ортга боқмай кетдингиз йироқ,
Щундан алам, ютиб ящарман,
Ғуруримни қилмасман ойоқ,
Тушларимда кутиб ящарман,

Йетаклайди ҳаёл оғуши,
Ахтариб бахт жарга тушарман,
Мағзунгина қалбим оққуши,
Сизни Тушда кутиб ящарман,

Майли тақдир ўйини бўлса,
Бир умр тоқ ўтиб ящарман,
Юрагимга соғинчлар тўлса,
Тушларимда кутиб ящарман,

Сизга ишқим пинхон, ҳақиқат,
Асли сизга жоним тўшарман,
Ўнгда сизга йетмасам абат,
Тушларимда кутиб ящарман,


#Muallif: Sardor ODIL

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
Ona...

Yoshligingdan, tun uxlamay bo'lgan bedor,
Alla aytib tegrangda hech, tinmas bemor,
Alam cheksa sendan buni tutgan inkor,
Ona ekan, Do'stim yolg'iz ona ekan,

Qabog'ingdan ko'z yoshingni tomdirmagan,
O'zi yonib seni aslo yondirmagan,
Mehir berib mehir qo'lin tindirmagan,
Ona ekan ,Do'stim, yolg'iz ona ekan,

Betob holing ,boshing uzra parvona ham,
Sen beg'amsan , darding olgan mastona ham,
Dil uyingni qilur ulug' koshona ham,
Ona ekan ,Do'stim, yolg'iz ona ekan,

Qoqilganda ahvolingga kuyungan bir ,
Zot anglamas g'amlaringni tushungan bir,
Kim bo'lsangda oftob bilib isingan bir ё,
Ona ekan ,Do'stim, yolg'iz ona ekan,

Taqdir yig'lab ,qilar ishing chappa ketsa ,
G'anim kimsa ,seni uchqur nishon etsa,
Qalqon bo'lib o'zin tutib turguvchi zot,
Ona ekan, Do'stim, yolg'iz ona ekan,
Ona ekan, Do'stim ,yolg'iz ona ekan,

#Muallif : Sardor ODIL
✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
Dil siri...

Ildamlaydi soat millari,
O'rtamizda shuncha yil sukut,
Bezabunmis kitob singari,
Shekspirdan ,, Jonim-meni kut''

Bir so'z demas yuraklar beun,
Nahot shunday yashaymiz jim jit,
Hasratlarda muzlagan dilni,
Kel taftingla bir zumda ilit,

Oramizda yo'llar, masofa,
Ishqda alam, chekkanim, azal,
Jamolingni qumsab bilmaysan,
Tirilib o'laman ey go'zal,

Sog'inchingni izini qara ,
Ahvolimni qildi chalajon,
Tanam butdur yuragim yara,
Kuydim ishqing ila lolajon,

Bo'ldi yetar qilganim sabr,
Yetar shuncha ko'ksim urganim,
Taqdir ayon,o'zingiz axir,
Baxt qasrini birga qurarim,

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
TELBA OSHIQ

Osmonim yulduzga to'lardi bir zum,
Seni diydoringga topilsa chora,
Cheksiz ,quvonardi bu qora ko'zim,
Moviy ko'zlaringni ko'rsa bir bora,

Hasratlar dilimni o'yar bilmaysan,
Sendan uzoqlarda yashamoq o'lim,
Ehtimol tunlari senham yig'laysan,
Men telba oshig'ing sog'inib gulim,

Sevgi o'zi shunday azobli tuyg'u,
Dosh bermoq choramiz ,yo'q o'zga imkon,
Xiyonat solmasin o'rtaga qayg'u,
Meni sevib yasha men sevgan inson,

Qiynoqlaring zarbi qon qildi dilni,
Mo'jaz yuragimda o'zgacha tuzum,
Kelmasang yulolman ichda g'ijilni,
Ishqda yolg'izginam ey qaro ko'zim,

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
.......ILTIJO......

Bo'lsin vafo, har bosgan izim,
Jafolaring ayla ,menga yod,
Toq o'tishga hech berma izin,
Meni yolg'izlatmagin hayot,

Sinovlarda, qovurma jonni,
Menga otsang, baxt o'qini ot,
O'tinchim shu umrim bir oni,
Meni yolg'izlatmagin hayot,

Tugar bir kun umur yonar sham,
Orzularim , aylama barbod,
Baxt xisini sezayin men ham,
Meni yolg'izlatmagin hayot,

Taqdirimni chiroyliroq chiz,
Istehzora...
muhtarama zot,
Izin berma cho'kishimga tiz,
Meni yolg'izlatmagin hayot,

Mayli undan jonginamni ol,
Tingla so'zim takrorlayin bot,
Yolg'izlik bu...
...o'limga teng hol,
Meni yolg'izlatmagin hayot,

Har ne gulning so'lmog'i tayin,
Abadiylik har, jonzotga yod,
Mag'zun kunlar o'tgani sayin,
Meni yolg'izlatmagin hayot,

Bo'lsin vafo, har bosgan izim,
Jafolaring ayla ,menga yod,
Toq o'tishga hech berma izin,
Meni yolg'izlatmagin hayot,

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
TASKIN...

Dil amrini sira etmadim bajo,
Topmadi yuragim bir lahza taskin,
Ichimda hasratim chiqarmas sado,
Umrim o'tar asta, bedor va sokin,

Termulaman ortga turar o'tgan kun,
Xato qilmishlarim kiradi tilga,
Ko'ksimni nadomat nimtalar butun,
Xanjarlar uradi ojiza dilga,

O'zimga ayondur bitta
........ gunohim,
Atolmadim sira nomardni nomard,
Ko'rganim ozgina,
....... mahzun nigohim,
Ko'p bora yig'latti oddiygina dard,

To'g'ri ishlarimdan xatolarim ko'p,
O'zimdan o'tgani o'zimga ayon,
O'zimni o'ylashni endi unutib,
Jigarni o'ylayman bugundan buyon,

O'tmishni unutish beimkon ishdur,
Shahdam tashagayman oldinga qadam,
Men bilan yurganlar bu bugun qishdur,
Ko'rsataman sizga bahorlarni ham,

O'zing bardoshimni metin qil hayot,
Yelkamdan azoblar yukin ol hayot,

#Muallif: Sardor ODIL

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
KONTRAKT OSHIB KETDI

Salom Ota, qalaysiz,
Kunimga siz yaraysiz,
Nega unday qaraysiz,
Kontrakt oshib ketdi😢

Darsda hayol suraman,
Ijarada turaman,
Sizni yaxshi ko'raman,
Kontrakt oshib ketdi.😢

Rosti,aytmadim qo'shib,
Yig'lagim kelar jo'shib,
Stipendiya tushib,
Kontrakt oshib ketdi.😢

"O'qish" deya chopgandik,
Oxir kamol topgandik,
Yozda to'rtga yopgandik,
Kontrakt oshib ketdi.😢

Kunimiz o'tar arang,
Asablar bo'lar tarang,
Holimizga bir qarang,
Kontrakt oshib ketdi.😢

Byudjet edi zo'rimiz,
Shunga edi to'rimiz,
Qurib qopdi sho'rimiz,
Kontrakt oshib ketdi.😢

Ota, o'yga botasizov,
Novvasni ham sotasizov,
Yoki qarzga botasizov,
Kontrakt oshib ketdi.😢

#Hayotiy 🧞🎩
Talabalarga yuboramiz☺️

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xayrli tong aziz yurtdoshim. Bugun 18-may Dushanba tongi sizga va oilangizga tinchki totuvlik ro'zg'oringizga baraka olib kelsin....

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tutayotan ro'zangin, sabringiz uchun Ollox sizdan rozi bo'lsin..

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
Haqiqat

Shodlik ketib ,kelganida dard,
Ko'zingga tor ko'rinsa jahon,
Qo'ldan uchib ketganda omad,
Bo'lsa yolg'iz ONA, mehribon,

Bevafolar suqqanda xanjar,
Do'st teringga tiqqanda samon,,
Bor bo'yicha imkoni qadar,
Bo'lsa yolg'iz ONA, mehribon,

Tekkanida tuhmatni toshi,
Raqiblaring to'qisa bo'xton,
Musibatli kuning yo'ldoshi,
Bo'lsa yolg'iz ONA,mehribon,

Baxting sendan ketganda yiroq,
Ovutuvchi inson xush zabon,
O'chganida umid bir chiroq,
Bo'lsa yolg'iz ONA, mehribon,

Chin bilganing chiqqanda soxta,
Baxt bilganing chiqqanda armon,
Omad qushing uchgani chog'da,
Bo'lsa yolg'iz ONA ,mehribon,

Bu dunyoda mehr tafrini,
Ulashuvchi ul zotdur ishon,
Bir duogo'y ochib kaftini,
Bo'lsa yolg'iz ONA, mehribon

Do'st bilganing ko'p chiqar nomard,
Sardor aytar so'ziga inon,
Ko'rsa agar yuzlaringda gard,
Bo'lsa yolg'iz ONA,mehribon ,

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
Necha yilki

Necha yilki ko'rmadim seni,
Necha yilki dilda bahor yo'q,
Hayollarga o'radim seni,
Osuda tun o'tsiz , nahor yo'q,

Necha yilki Firog'ing qat- qat,
Yuragimga sanchaverar tig',
Necha yilki seni deb faqat,
Xijronlarda dilginam tilig',

Necha yilki oshufta yurak,
Fig'onlarga qiladi, toqat,
Necha yilki ey pari yurak,
Yolg'iz seni ,sevadi faqat,

Necha yilki etmadim jazim,
Xislarimni senga, yorishga,
Sog'inchingga etdimu tazim,
Borolmadim seni ko'rishga,

Necha yilki ko'rmadim seni,
Necha yilki dilda bahor yo'q,
Hayollarga o'radim seni,
Osuda tun o'tsiz , nahor yo'q,

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍃🌹АССАЛАМУ АЛАЙКУМ 🌹🍃

☘️ РАМАЗОННИНГ 26-КУНИ МУБОРАК БЎЛСИН! 🤲☘️

🌹🌸Аллоҳ таоло ушбу ойни барчамиз учун хайр-баракотли қилсин,
🌹🌸Бу ойда ҳаммамизни ‎ибодатда, тавбаю истиғфорда, зикру тасбеҳда бардавом айласин.

🌸🌹Қайғу берган АЛЛОҲ бахт ҳам беради.
🌸🌹Мартаба-ю, обрў тахт ҳам беради.
🌸🌹Синов имтихонларга қилсангиз бардош.
🌸🌹Охират кунида «ЖАННАТ» беради. 

🌙🌸🌹АЛЛОҲ БАРЧА КАТТАЮ- КИЧИК ГУНОҲЛАРИМИЗНИ КЕЧИРСИН АМИЙН🤲🏻!!!!

🤲☘️РАМАЗОННИНГ 26-КУНИ
МУБОРАК БЎЛСИН! 🤲 ☘️

🌙🌹АЛБАТТА ЎЗ ЯҚИНЛАРИНГИЗГА ҲАМ ТАРҚАТИНГ!!🌹🌙

✿°•┈•○•┈•°ৡ❀ৡ°•┈•○•┈•°✿

🔴 SHERLAR OLAMI ⭕️
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw

☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring