ZOMINIY
1.86K subscribers
5.26K photos
1.75K videos
30 files
2.96K links
Download Telegram
⚡️ 1 iyundan Xitoy bilan vizasiz rejim

2025-yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi. Har bir tashrif 30 kundan oshmasligi va har qanday 180 kunlik davr mobaynida jami 90 kundan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyatining Zomin tumanida fuqaro jarlikka tushib ketdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, tumanning “Suffa platosi” hududidan oqib o‘tuvchi “Qashqarsuv” soyi bo‘yida bir nafar fuqaro jarlikka tushib, qaytib chiqa olmayotgani to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va tegishli tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro jarlikdan sog‘-salomat chiqarib olinib, unga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZOMINIY
⚡️Sara Nazarbayeva vafot etgani aytilmoqda

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning turmush o‘rtog‘i Sara Nazarbayeva 85 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda manbalar.

Hozircha bu ma’lumot rasmiy tasdiqlanmagan.

So‘nggi haftalarda Sara Nazarbayeva Prezident ishlari boshqarmasiga qarashli Respublika klinik shifoxonasida, ya’ni Olmatidagi “Sovminka” nomi bilan mashhur muassasada davolanayotgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun uni sun’iy nafas oldirish apparatidan uzish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Hozirda “Sovminka” hududida va uning atrofida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari kuzatilmoqda, qo‘shimcha qo‘riqchilar safarbar etilgan.

"Jamoat tartibini ta’minlash uchun xavfsizlik kuchaytirildi", — demoqda politsiyachilardan biri.

Avvallari bemalol yurish mumkin bo‘lgan shifoxona hududiga endilikda kirish cheklangan, yangi to‘siqlar o‘rnatilganini ham ta’kidlashmoqda manbalar.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZOMINIY
⭐️ Ba'zi manbalar xabarni "soxta" (feyk) deb atamoqda. Boshqa manbalar esa bu borada izoh berishdan bosh tortmoqda. Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube
❗️ Rasmiy munosabat bildirildi

"OAVning ko‘plab so‘rovlariga javoban shuni ma’lum qilamanki, Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning turmush o‘rtog‘i Sara Nazarbayeva hozirda shifoxonada davolanmoqda. Uning vafoti haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", — deb yozdi Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidentining matbuot kotibi Aydos Ukibay.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DXX Call-markazi ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, DXX vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida Call-markaz faoliyat yurita boshladi.
Call-markazga 1520 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Prezident: “Namanganda o‘quvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh bo‘lib qolayapti. O‘lim bilan tugayotgan holatlar ham ko‘p.

Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ymoqda”.

Shu munosabat bilan bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlanadi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endi shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham rasman tan olinadi

1 iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning my.gov.uz dagi elektron shakli rasman tan olinadi. Ularning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni so‘raydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.

Bu prezidentning “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida shaxsiy hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qishloq xo‘jaligi vazirligi dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2025 yil 14 maydan 18 mayga qadar bo‘lgan davrda ochiq havoda ishlaydigan fermerlar, bog‘dorlar va dehqonlarga murojaat bilan chiqdi. Murojaatda aytilishicha, ushbu kunlarda yuqori harorat va kuchli quyosh ta’siri tufayli kunduzgi soat 10:00 dan 16:00 gacha dala ishlarini vaqtincha to‘xtatish tavsiya etilmoqda.

Vazirlikning ta’kidlashicha, bu chora odamlarni issiq o‘tishi, quyosh urishidan himoya qilish hamda mehnat sharoitini xavfsizlashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi xodimlaridan belgilangan vaqt oralig‘ida ishlarni kechiktirmasdan ertalab yoki kechqurungi soatlarga ko‘chirish so‘raldi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚪 BAAda Trampni shunday kutib olishibdi

BAAga tashrif davomida AQSH prezidentiga uchrashuvlar va bayramlarda ayollar tomonidan ijro etiladigan sochi raqsi (xaliji) namoyish etilibdi. Ta'kidlanishicha, ushbu raqs Fors ko‘rfazi mamlakatlarida ayol go‘zalligi, qadr-qimmati, erkinligi va milliy o‘ziga xosligini ifodalaydi.

Trampning Yaqin Sharq mamlakatlari bo‘ylab gastrol safari bor. Bungacha u Saudiya Arabistoni va Qatarda bo‘lgan. Bu Trampning Oq uyga qaytganidan beri birinchi keng ko‘lamli xorijiy safari.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟 “Xalqaro Biznes Marafon” muvaffaqiyatli o‘tkazildi! 🌍

Joriy yilning 15 may kuni poytaxtimizda joylashgan Yoshlar ijod saroyida “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatyasi hamkorligida nufuzli tadbir — “Xalqaro Biznes Marafon” bolib otdi.

Unda:
🔹 350 dan ortiq faol va tashabbuskor yoshlar;
🔹 20 dan ziyod xorijlik  tajribali biznes mutaxassislari hamda yurtimizdagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar;
🔹 Shuningdek, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

💡 Marafon davomida:
– Jahon tajribasiga asoslangan biznes yondashuvlar tahlil qilindi;
– Yoshlar va mutaxassislar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi;
– Xalqaro darajadagi spikerlar motivatsion nutqlar qildi;
– Networking va tajriba almashinuvi uchun qulay platforma yaratildi.

🤝 Bu marafon — yoshlar uchun faqat bilim emas, balki global fikrlash, muloqot va hamkorlik sari qadam bo‘ldi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️1 iyundan e’tiboran yo‘l chizig‘ini bosgan haydovchilar avtomatik jarimaga tortilmaydi — Prezident topshirig‘i

2025-yil 1-iyundan boshlab, yo‘l chiziqlarini bosish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar avtomatik foto va video qayd etish tizimlari orqali jarimalanmaydi.
Bu qaror haydovchilarni texnogen jarimalardan himoya qilish va tizimda inson omilini hisobga olish maqsadida qabul qilindi.

Istisno:
“Stop-chiziq” — ya’ni 5.33 yo‘l belgisi bilan belgilangan to‘xtash chizig‘ini bosib o‘tgan haydovchi avtomatik kamera orqali qayd etiladi va jarima yuboriladi.

Shuningdek, agar haydovchi yo‘l chizig‘ini bosgan bo‘lsa va bu holat YPX inspektori tomonidan aniqlansa, qoidabuzarlik joyida rasmiylashtirilishi mumkin.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyatining bir qator tumanlarida oʻqituvchilarga avans to‘lovlari to‘xtab qolgan!

Hozirda quyidagi tumanlarda oʻqituvchilarga avans to‘lovlari amalga oshirilmayapti:

Jizzax shahri

Arnasoy tumani

Baxmal tumani

G‘allaorol tumani

Do‘stlik tumani

Zarbdor tumani

Mirzacho‘l tumani


Sabab — mablag‘ yetishmasligi!

Bu hududlarda mehnat qilayotgan ustozlar vaqtida pulini ololmayapti. Har bir oila bu avansga umid qilib yashayapti, xarajatlarini rejalashtiradi. Ammo tizimdagi muammolar sababli yana oddiy xalq aziyat chekmoqda.

Savol: Mablag‘ qayerda? Nega bu muammo hal etilmayapti?
Talab: Mas’ullar bu masalaga jiddiy yondashsin. Bu oddiy raqamlar emas — bu odamlarning mehnati, tirikchiligi va ishonchi!

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ikki viloyatning sobiq hokimlari — Ergash Saliyev va A.A. Maxmudaliyev senatorlik maqomidan mahrum etildi.

Bu haqda 2025 yil 30 aprelda qabul qilingan Oliy Majlis Senatining SQ-120-V-sonli qarorida belgilangan. Unga muvofiq, ular tegishlicha Senatning Sud-huquq masalalari hamda Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitalari tarkibidan chiqarildi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Doʻstlar, mana buyerda qiziq ishlar boʻlyapti... 😬

Bir muddat oldin sobiq deputatlar Feruza Jo'rabekovna, Jahongir Tulaganov hamda Olim Sulaymanovlarga telegramdagi shaxsi no'malum boʻlgan troll sahifada magʻzava agʻdarilib, ularning shani, qadr qimmatini yerga uradigan post yozilgandi va u post Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning rasmiy telegram kanaliga "pereslat" qilingandi. Oradan biroz vaqt oʻtib, ushbu kanal Zoyir Mirzayevniki emas, Toshkent viloyati hokimligiga aloqador boʻlgan "Yoshlar Kundaligi"da faoliyat olib boradigan Otabek Mirzayev degan insonga tegishli ekani haqida ma'lumotlar tayyorlandi.

Yolgʻonning oxiri kesik deb shunga aytishsa kerak?

Tinib-tinchimagan sobiq deputat Feruza Babasheva va bir guruh faollar izlanishlar olib borib, Zoyir Mirzayevning rasmiy kanali deb yuritilgan kanal 2021-yildan beri hokimga tegishli boʻlganligini isbotlashdi.

Aytishlaricha bu kanaldan Toshkent viloyati hokimligi rasmiy kanallariga ham ma'lumotlar uzatib turilgan...😁

Blaa, shuncha narsalarni oʻzgartishib, Zoyir Mirzayevning oʻzi yuritadigan Facebook sahifasiga qadalgan oʻsha telegram kanalni esdan chiqarishibdi 😅(Hokimning oʻzi doimiy oʻsha Facebookdagi sahifadan faol foydalanishini hamma biladi)

Latifada aytadiku: Qizim ovozini oʻxshatdingku-ya lekin xidini nima qilamiz? deb.

Qisqasi koʻp narsalarning oxiri koʻrinib qolganga oʻxshaydur 😬

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 17 may kuni Jizzax shahridagi bozor hududida joylashgan choyxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jizzax shahar “Xalqobod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 13:39 da qurshab olingan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax shahrida choyxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Jizzax shahridagi “Xalqabod” mahallasida joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in yuzaga kelgan. FVV voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilganini va yong‘in deyarli bartaraf etilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yong‘in soat 13:39 da qurshab olingan.

«Olib borilayotgan tezkor harakatlar tufayli yong‘in maydoni qisqarib bormoqda. Hozircha jabrlanuvchilar yoki halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi», deyiladi xabarda.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bog‘cha va maktablar oldiga 30 tezlikka radar qo‘yiladi — Hukumat qarori

Ichki ishlar vazirligi 2025 yil 1 sentyabrga qadar joylardagi o‘rganishlar asosida yo‘llar bo‘yida joylashgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish mumkinligini ko‘rsatuvchi yo‘l belgilari va bunga qat’iy rioya etishni ta’minlovchi maxsus texnika vositalarini o‘rnatish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘radi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM