ZOMINIY
1.85K subscribers
5.26K photos
1.76K videos
30 files
2.96K links
Download Telegram
"Mustaqil O‘zbekiston – Mustamlaka ramzlarisiz!"

Bugun biz erkinmiz. Davlatimiz bayrog‘i — milliy g‘ururimiz! Lekin ayrim ommaviy tadbirlarda SSSR bayrog‘i va boshqa ramzlarning ochiq ko‘tarilayotgani – bu mustaqilligimizga nisbatan bepisandlik emasmi?

Biz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan:

SSSR bayrog‘i va boshqa mustamlakachilik ramzlarini O‘zbekiston hududidagi bayram, ommaviy yig‘in va tadbirlarda ko‘tarishga QONUNIY CHEKLOV joriy etishni TALAB QILAMIZ!

Bu — ozodlikni qadrlash va kelajak avlodga toza g‘oya qoldirishdir.

Ushbu tashabbusni Milliy Tiklanish demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirovdan kutib qolamiz!!!

#ErkinlikRamzlariMuqaddas
#SSSRTarixdaQolsin
#QonunOrqaliHurmat

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloqdaman...

Oq va qora tutlar rosa pishgan. Ertalabdan hovliga chiqdim-u, tutning shoxlarini egib, to‘yib yedim. Har bir donasi bolalikdagi bir kunni eslatadi.

Rahmatlik Dadam har kuni uyg‘onganimizda — men, ukam va singlim uchun — 3 ta piyolaga qora tut terib qo‘yardi. Yuvilgan, ustiga ozgina shakar sepilgan. U tutlar nafaqat og‘izni, balki yurakni ham shirin qilardi.

Dadajonim har tong yostig‘imiz yoniga tut qo‘yib, mehrini qoldirardi. Biz hali ko‘zimizni ochmasdan, piyoda mehrning na'munasini koʻrardik.

Endi har safar tutning shoxini ushlab mevasini uzsam, qo‘lim shoxda, ko‘nglim — Dadamda bo‘ladi. Xotiralar g‘amgin emas, shirin.
Uch piyolalik bolalik... hali ham yuragimda...

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkentda sud raisi 170 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent shahrida Andijon viloyati Xonobod shahri sudi raisi Y.E 170 ming dollar pora olayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda “Effect.uz” nashri xabar berdi.

Y.E joriy yil boshlarida sudyalik lavozimiga tayinlangan bo‘lib, u 10 yillik muddat bilan ish boshlagan edi.

Holat bo‘yicha hozircha rasmiy izoh berilmagan.

Tagʻinam shunaqa isqirtlardan adolat kutamiz 😡

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qatar Trampga “uchuvchi saroy” berishi mumkin

Oq Uy Qatar qirollik oilasi bilan hashamatli Boeing 747 samolyotini AQSh prezidentining borti sifatida foydalanish uchun topshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Qatar bu samolyot sovg‘a sifatida berilishini rad etmoqda, ammo samolyotni “vaqtinchalik foydalanishga” topshirish masalasi ikki mamlakat o‘rtasida muhokama qilinayotganini tasdiqladi.

CBS News ma’lumotlariga ko‘ra, bu xabar Trampning shu hafta Qatar bo‘ylab tashrifi arafasida paydo bo‘lgan.

Manbalarga ko‘ra, agar samolyot AQShga topshirilsa, u maxsus xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanadi. Samolyotning ehtimoliy qiymati, qayta jihozlash xarajatlarini hisobga olmagan holda, 400 million dollargacha baholanmoqda. Ushbu samolyot “uchuvchi saroy” deb ataladi.

Hozirda AQSh prezidenti ikkita bortdan foydalanadi — bu Boeing 747-200B samolyotlari bo‘lib, ular maxsus uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💸 10 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlar reklama orqali daromad topganda soliq to‘laydi

Qonun loyihasida inflyuyenser va veb-sayt egasi o‘zining akkaunti, ommaviy hamjamiyati yoki veb-sayti orqali reklama yoki daromad keltiruvchi boshqa faoliyatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash ham nazarda tutilmoqda.

Atamalarga ham aniqlik kiritilmoqda. Xususan:

Inflyuyenser — onlayn-platformadagi o‘z akkauntida yoki ommaviy hamjamiyatda o‘n mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger.

Veb-sayt egasi — veb-saytdan foydalanish tartibini, shu jumladan ushbu veb-saytda kontent joylashtirish tartibini mustaqil ravishda belgilaydigan jismoniy yoki yuridik shaxs.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Usmonov Germaniyada Lyuksemburgdagi Mediahuis Luxembourg S.A. mediaholdingiga qarshi sudda g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda biznesmenning vakili.

Endilikda ushbu OAV Usmonovni avval ta'kidlaganidek "Dilbar" yaxtasining egasi deb atay olmaydi.

Avvalroq, bir nechta xorijiy OAVlar "Dilbar" yaxtasining Alisher Usmonov yoki uning singlisi Gulbahor Ismoilovaga tegishli ekanini yozgan edi. Biroq keyinchalik ushbu OAVlar o‘z xabarlarini rad etgan — xususan, Germaniyaning DPA axborot agentligi va NDR telekanali.

Alisher Usmonov matbuot xizmatining eslatib o‘tishicha, 2023-yildan beri tadbirkorning advokatlari tomonidan Germaniyada Usmonovga tegishli deb noto‘g‘ri ko‘rsatilgan ko‘chmas mulk va turli mol-mulkka oid ma'lumotlar bergan OAVlarga qarshi 10 ta sud qarori va sud orqali taqiqlar olingan. Usmonovga tegishli deb aytilgan mulklar esa aslida maxsus fondlarga (trastlarga) tegishli bo‘lib, ularni fond boshqaruvchilari boshqaradi.

Shuningdek, "Dilbar" yaxtasining egasi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar bu yaxtani tintuv qilish va Gulbahor Ismoilovaga qarshi sanksiyalar joriy etish uchun asos sifatida ishlatilgan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi insonlar bilan yo‘l kesishgani — bu o‘ziga xos baraka.

Bugun onamni uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan tizza og‘rig‘i bilan Respublika Travmatologiya va Ortopediya ilmiy-amaliy markaziga olib bordik. Ko‘plab davolanish va sanatoriyalar foyda bermagan edi. Nihoyat, o‘z sohasining haqiqiy bilimdoni, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilkhom Khujanazarovning qabuliga bordik. U kishi kerakli ko‘riklarni o‘tkazib, juda asosli va ilmiy maslahatlarini berdilar. Oddiy, samimiy va nihoyatda mas’uliyatli inson ekanlar.

Ilhom aka bilan ijtimoiy tarmoqlarda tanishgan edik. Keyinchalik esa, BMB Holding tomonidan tashkil etilgan tadbirda ilk marta yuzma-yuz ko‘rishganmiz.

Yana bir faxrli jihati — u kishi o‘zimizning Baxmal tumanida tug‘ilib-o‘sgan, bugun esa butun respublika bo‘yicha tan olingan mutaxassis. Ana shunday fidokor va bilimli insonlar yurtimizda borligi qalbimizni quvontiradi!
Nasib qilsa ertadan boshlab, Onam kerakli muolajalarni boshlaydilar.

Duo qilib qoʻyinglar, Onajonim ertaroq sogʻaysin! 🤲🤝

Bog‘lanish uchun:
Tel: +998 (97) 710-77-79
Email: ilkhom.ortho@gmail.com

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️🇺🇿🇺🇸 Green Card-2025 da eng ko‘p o‘rinni o‘zbekistonliklar qo‘lga kiritdi

Dunyo bo‘ylab 55 ming kishiga beriladigan ushbu lotoreya yutug‘ining 5,5 mingdan ziyodrog‘i o‘zbekistonliklarga chiqdi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

14–16-may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

14-mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15–16-mayda O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39–41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42–43 darajagacha ko‘tariladi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi o'zini parlamentdagi muxolifat deb e'lon qildi‼️

Parlamentdagi ko‘pchilik – “Taraqqiyot bloki”ni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildilar. Biz mazkur blokning tuzilishiga e’tiroz bildirmagan holda uning ustuvor vazifalari, shuningdek hukumat dasturi va faoliyatining ayrim yo‘nalishlariga qo‘shila olmaymiz, deydi XDP bayonotida.

Xususan:

– iqtisodiyotda davlat ishtiroki, strategik ahamiyatga ega kompaniyalar ustidan davlat nazoratini saqlab qolishga e’tiborning kamligi, ularni xususiylashtirish qonun darajasida taqiqlanmaganligi;

– raqobatbardosh va bozor mexanizmlari orqali boshqariladigan pensiya tizimiga o‘tish zaruriyatining mavjudligi;

kommunal to‘lovlari (gaz, elektr va boshqalar) masalasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashning istiqbolga mo‘ljallangan aniq strategiyasi ishlab chiqilmaganligi;

– ulushdorlik asosida uy-joy qurish bo‘yicha fuqarolar ulushlarini himoya qilish va kafolatlash tizimining hanuzga qadar yaratilmaganligi;

– aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq tizimi joriy etilmaganligi (ko‘p mablag‘ topgan, ko‘p to‘lashi lozim tamoyilini qo‘llash lozim), shu jumladan qimmatbaho mol-mulk uchun soliqning (hashamat solig‘i) joriy etilmaganligi;

farmatsevtika sohasida davlat nazorati sustligi, mahalliy va xorijiy dori vositalari uchun eng yuqori cheklangan narxlar belgilanmaganligi, shu jumladan dori vositalarining reklamasi taqiqlanmaganligi kabi bir qator masalalar partiyamiz elektorati manfaatlariga zid deb xisoblaymiz.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZOMINIY
❗️ Mubashshir Ahmad O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Tursunov Alisher Axmadovich (Mubashshir Ahmad ) joriy yilning 8-may kuni Turkiyada huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olinib, 10-may kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

A.Tursunovning ta’sisligidagi axborot platformalari orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma’lumotlarda, tegishli ekspertiza xulosalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid axborot mavjud bo‘lganligi sababli, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 244 prim 1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244 prim 3-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Endi deportatsiya qilingan migrantlardan xarajatlar undirib olinadi

Hukumatning 13-maydagi qarori bilan tashkillashtirilgan tarzda xorijga ishlashga ketib, deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi belgilanibdi.

Unga kora, endi chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarga nisbatan ta’sir choralari qo‘llanadi.

Agar deportatsiya qilingan fuqaro Migratsiya jamg‘armasi hisobidan qaytarilsa, qaytarish xarajatlari fuqarodan olinadi. Ulardan jamg‘arma hisobidan taqdim etilgan subsidiya va kompensatsiya summalari ham undiriladi.

Ularga nisbatan bir yilgacha rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan tarzda vaqtinchalik ishlarga yuborish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmaydi.

Tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada shartnoma shartlari bajarilmagani uchun jarima va uchinchi shaxslarning kafilligi belgilanadi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Qodirov Oʻzbekistondagi “Rossotrudnichestvo” faoliyatini tahlil qilish haqida TIVga soʻrov yubormoqchi

“Bolalarning ong ostiga oʻzligimiz xoʻrlangan sovet davriga sogʻinch, ajdodlarimizni qirgʻin qilgan imperialistik ramzlarga muhabbatni singdirilishi milliy tahdid sifatida baholanishi zarur”, degan Oliy Majlis deputati.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZOMINIY
Alisher Qodirov Oʻzbekistondagi “Rossotrudnichestvo” faoliyatini tahlil qilish haqida TIVga soʻrov yubormoqchi “Bolalarning ong ostiga oʻzligimiz xoʻrlangan sovet davriga sogʻinch, ajdodlarimizni qirgʻin qilgan imperialistik ramzlarga muhabbatni singdirilishi…
9-may kuni ushbu postim orqali MILLIY TIKLANISH demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirovdan ommaviy tadbirlarda sssr ramzlaridan ochiq foydalanishni cheklash boʻyicha takliflar kutgandim.
Mana koʻp oʻtmay yaxshi taklif bilan chiqibdilar.


Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 1 iyundan Xitoy bilan vizasiz rejim

2025-yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi. Har bir tashrif 30 kundan oshmasligi va har qanday 180 kunlik davr mobaynida jami 90 kundan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM