ZOMINIY
1.86K subscribers
5.25K photos
1.75K videos
30 files
2.94K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BMB Holding – korporativ sportda ham faollik koʻrsatmoqda!

Yurtimizdagi korxona, tashkilot va muassasalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sportni ommalashtirish maqsadida muhim bir tarixiy qadam tashlandi. O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi va uning rasmiy ochilish marosimi Hyatt Regency mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu assotsiatsiya davlat va xususiy sektor xodimlari o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom raqobat va jamoaviylikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, futbol va futzal yo‘nalishlarida BMB HOLDING assotsiatsiya doirasida mas’ul tashkilot etib belgilangani – kompaniyaning sport sohasiga bo‘lgan e’tiborining yaqqol isboti bo‘ldi.

Tadbirda BMB HOLDING kuzatuv kengashi raisi va O‘zbekiston futzal federatsiyasi raisi Bekzod Mamatqulov soʻzga chiqib, tadbir ishtirokchilariga holding tizimida sportning korporativ muhitdagi o‘rni, xususan futbol va futzal rivojlantirish boʻyicha ishlar haqida ma'ruza qildi.

BMB HOLDING nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va sport hayotida ham yetakchi bo‘lishni maqsad qilgan kompaniya hisoblanadi.

Sog‘lom tana – sog‘lom jamiyat!

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston. G‘alabaga yo‘l” – tarixga boshqacha nigoh.

1941-yilda O‘zbekiston aholisi atigi 6 million 800 ming nafar edi. Shunga qaramay, deyarli 2 million yurtdoshimiz urushga safarbar etilgan. 600 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming kishi bedarak yo‘qolgan, 60 mingdan ortig‘i nogiron bo‘lib qaytgan…

Og‘ir davrda xalqimiz yana bir buyuk fazilatini namoyon qilgan: 1,5 million ko‘chirilgan odamni, jumladan 250 ming etim bolani bag‘riga olgan, mehr bergan. Bu – chin insoniylik namunasi!

Shu voqealar haqida hikoya qiladigan “O‘zbekiston. G‘alabaga yo‘l” nomli badiiy-hujjatli film bugun “Rossiya-Kultura” kanalida namoyish etildi. Unda O‘zbekiston va Rossiyaning mashhur aktyorlari ishtirok etgan.

Eng qizig‘i — ertaga, soat 16:20 da “Sevimli” kanalida bu film o‘zbek tilida efirga uzatiladi! Ko‘ring, menimcha afsuslanmaysiz ☺️

Ps: film ustida ishlashda professor Otabek Hasanov bilan birga men ham konsultant sifatida ishtirok etdim.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amerikalik kardinal Robert Prevo yangi Rim papasi bo‘ldi. U Lev XIV nomini tanladi.

Lev XIV tarixda AQSHlik birinchi papa bo‘ldi. U 1955
yilda Chikagoda tug‘ilgan. Matematika yo‘nalishida taxsil olgan.

Yangi Papa o‘z nutqini tinchlikning ahamiyati haqida boshlab, butun nutqi davomida bu mavzuni qayta-qayta ko‘tardi.

Jahon matbuotida yangi papaning atrof-muhit, kambag‘allar va muhojirlarga yordam berish bo‘yicha qarashlari avvalgi papa Fransiskning qarashlariga juda yaqin, ekani aytilmoqda.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Mustaqil O‘zbekiston – Mustamlaka ramzlarisiz!"

Bugun biz erkinmiz. Davlatimiz bayrog‘i — milliy g‘ururimiz! Lekin ayrim ommaviy tadbirlarda SSSR bayrog‘i va boshqa ramzlarning ochiq ko‘tarilayotgani – bu mustaqilligimizga nisbatan bepisandlik emasmi?

Biz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan:

SSSR bayrog‘i va boshqa mustamlakachilik ramzlarini O‘zbekiston hududidagi bayram, ommaviy yig‘in va tadbirlarda ko‘tarishga QONUNIY CHEKLOV joriy etishni TALAB QILAMIZ!

Bu — ozodlikni qadrlash va kelajak avlodga toza g‘oya qoldirishdir.

Ushbu tashabbusni Milliy Tiklanish demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirovdan kutib qolamiz!!!

#ErkinlikRamzlariMuqaddas
#SSSRTarixdaQolsin
#QonunOrqaliHurmat

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloqdaman...

Oq va qora tutlar rosa pishgan. Ertalabdan hovliga chiqdim-u, tutning shoxlarini egib, to‘yib yedim. Har bir donasi bolalikdagi bir kunni eslatadi.

Rahmatlik Dadam har kuni uyg‘onganimizda — men, ukam va singlim uchun — 3 ta piyolaga qora tut terib qo‘yardi. Yuvilgan, ustiga ozgina shakar sepilgan. U tutlar nafaqat og‘izni, balki yurakni ham shirin qilardi.

Dadajonim har tong yostig‘imiz yoniga tut qo‘yib, mehrini qoldirardi. Biz hali ko‘zimizni ochmasdan, piyoda mehrning na'munasini koʻrardik.

Endi har safar tutning shoxini ushlab mevasini uzsam, qo‘lim shoxda, ko‘nglim — Dadamda bo‘ladi. Xotiralar g‘amgin emas, shirin.
Uch piyolalik bolalik... hali ham yuragimda...

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkentda sud raisi 170 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent shahrida Andijon viloyati Xonobod shahri sudi raisi Y.E 170 ming dollar pora olayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda “Effect.uz” nashri xabar berdi.

Y.E joriy yil boshlarida sudyalik lavozimiga tayinlangan bo‘lib, u 10 yillik muddat bilan ish boshlagan edi.

Holat bo‘yicha hozircha rasmiy izoh berilmagan.

Tagʻinam shunaqa isqirtlardan adolat kutamiz 😡

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qatar Trampga “uchuvchi saroy” berishi mumkin

Oq Uy Qatar qirollik oilasi bilan hashamatli Boeing 747 samolyotini AQSh prezidentining borti sifatida foydalanish uchun topshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Qatar bu samolyot sovg‘a sifatida berilishini rad etmoqda, ammo samolyotni “vaqtinchalik foydalanishga” topshirish masalasi ikki mamlakat o‘rtasida muhokama qilinayotganini tasdiqladi.

CBS News ma’lumotlariga ko‘ra, bu xabar Trampning shu hafta Qatar bo‘ylab tashrifi arafasida paydo bo‘lgan.

Manbalarga ko‘ra, agar samolyot AQShga topshirilsa, u maxsus xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanadi. Samolyotning ehtimoliy qiymati, qayta jihozlash xarajatlarini hisobga olmagan holda, 400 million dollargacha baholanmoqda. Ushbu samolyot “uchuvchi saroy” deb ataladi.

Hozirda AQSh prezidenti ikkita bortdan foydalanadi — bu Boeing 747-200B samolyotlari bo‘lib, ular maxsus uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💸 10 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlar reklama orqali daromad topganda soliq to‘laydi

Qonun loyihasida inflyuyenser va veb-sayt egasi o‘zining akkaunti, ommaviy hamjamiyati yoki veb-sayti orqali reklama yoki daromad keltiruvchi boshqa faoliyatni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash ham nazarda tutilmoqda.

Atamalarga ham aniqlik kiritilmoqda. Xususan:

Inflyuyenser — onlayn-platformadagi o‘z akkauntida yoki ommaviy hamjamiyatda o‘n mingdan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger.

Veb-sayt egasi — veb-saytdan foydalanish tartibini, shu jumladan ushbu veb-saytda kontent joylashtirish tartibini mustaqil ravishda belgilaydigan jismoniy yoki yuridik shaxs.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alisher Usmonov Germaniyada Lyuksemburgdagi Mediahuis Luxembourg S.A. mediaholdingiga qarshi sudda g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda biznesmenning vakili.

Endilikda ushbu OAV Usmonovni avval ta'kidlaganidek "Dilbar" yaxtasining egasi deb atay olmaydi.

Avvalroq, bir nechta xorijiy OAVlar "Dilbar" yaxtasining Alisher Usmonov yoki uning singlisi Gulbahor Ismoilovaga tegishli ekanini yozgan edi. Biroq keyinchalik ushbu OAVlar o‘z xabarlarini rad etgan — xususan, Germaniyaning DPA axborot agentligi va NDR telekanali.

Alisher Usmonov matbuot xizmatining eslatib o‘tishicha, 2023-yildan beri tadbirkorning advokatlari tomonidan Germaniyada Usmonovga tegishli deb noto‘g‘ri ko‘rsatilgan ko‘chmas mulk va turli mol-mulkka oid ma'lumotlar bergan OAVlarga qarshi 10 ta sud qarori va sud orqali taqiqlar olingan. Usmonovga tegishli deb aytilgan mulklar esa aslida maxsus fondlarga (trastlarga) tegishli bo‘lib, ularni fond boshqaruvchilari boshqaradi.

Shuningdek, "Dilbar" yaxtasining egasi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar bu yaxtani tintuv qilish va Gulbahor Ismoilovaga qarshi sanksiyalar joriy etish uchun asos sifatida ishlatilgan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi insonlar bilan yo‘l kesishgani — bu o‘ziga xos baraka.

Bugun onamni uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan tizza og‘rig‘i bilan Respublika Travmatologiya va Ortopediya ilmiy-amaliy markaziga olib bordik. Ko‘plab davolanish va sanatoriyalar foyda bermagan edi. Nihoyat, o‘z sohasining haqiqiy bilimdoni, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilkhom Khujanazarovning qabuliga bordik. U kishi kerakli ko‘riklarni o‘tkazib, juda asosli va ilmiy maslahatlarini berdilar. Oddiy, samimiy va nihoyatda mas’uliyatli inson ekanlar.

Ilhom aka bilan ijtimoiy tarmoqlarda tanishgan edik. Keyinchalik esa, BMB Holding tomonidan tashkil etilgan tadbirda ilk marta yuzma-yuz ko‘rishganmiz.

Yana bir faxrli jihati — u kishi o‘zimizning Baxmal tumanida tug‘ilib-o‘sgan, bugun esa butun respublika bo‘yicha tan olingan mutaxassis. Ana shunday fidokor va bilimli insonlar yurtimizda borligi qalbimizni quvontiradi!
Nasib qilsa ertadan boshlab, Onam kerakli muolajalarni boshlaydilar.

Duo qilib qoʻyinglar, Onajonim ertaroq sogʻaysin! 🤲🤝

Bog‘lanish uchun:
Tel: +998 (97) 710-77-79
Email: ilkhom.ortho@gmail.com

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️🇺🇿🇺🇸 Green Card-2025 da eng ko‘p o‘rinni o‘zbekistonliklar qo‘lga kiritdi

Dunyo bo‘ylab 55 ming kishiga beriladigan ushbu lotoreya yutug‘ining 5,5 mingdan ziyodrog‘i o‘zbekistonliklarga chiqdi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!

14–16-may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

14-mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15–16-mayda O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39–41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42–43 darajagacha ko‘tariladi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM