Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Taʼkidlanishicha, hozirda tovarlar reklamalarida narxlarni xorijiy valyutalarda koʻrsatish ommalashmoqda. Raqobat qoʻmitasi mazkur holatlar yuzasida munosabat bildirar ekan, “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunining 16-moddasini eslatib oʻtgan.
“Narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida koʻrsatish reklamada narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida koʻrsatish taqiqlanadi”.
Bundan tashqari, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasida, mamlakat hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun barcha hisob-kitoblar va toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida amalga oshirilishi belgilangan.
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bogʻlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi”, deyiladi xabarda.
Qonunda isteʼmolchilar – jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoʻnaltirilgan reklama uchun istisnolar belgilanmagan. Qiymat koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olgan har qanday reklama-axborotida narxlar soʻmda koʻrsatilishi kerak.
Shu bilan birga, narxlarni soʻmda koʻrsatishga doir talablar har qanday ochiq reklama-axborotiga, shu jumladan, internet tarmogʻida erkin foydalanishi mumkin boʻlgan ochiq sahifaga joylashtirilgan axborotlarga ham bevosita taalluqlidir.
Yuqoridagi normalarni hisobga olgan holda, Raqobat qoʻmitasi reklama beruvchi, tayyorlovchi va reklama tarqatuvchilarni rasman ogohlantiradi, deyiladi xabarda.
Yana yozilishicha, reklama-axborotida tovar (ish, xizmatlar) toʻgʻrisida maʼlumotlarni xorijiy valyutada koʻrsatilishi reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishiga olib keladi hamda tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.
Qoʻmita tadbirkorlardan oʻz faoliyatiga doir reklama maʼlumotlarini tayyorlashda amaldagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etishni soʻragan.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZOMINIY
Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov rahbarligidagi vazirlik va idoralar delegatsiyasi 28–29-aprel kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston–Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Tomonlar migratsiya sohasidagi amaldagi holat, muammoli jihatlar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qildilar. Yig‘ilish ishtirokchilari ikki davlat manfaatlarini hisobga olgan holda migratsiya sohasida qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Ikki davlat Bosh prokuraturalari O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelishi hamda Rossiya fuqarolarining O‘zbekistonga kelishlari jarayonida ularning huquqlarga rioya etilishi ustidan nazorat va kuzatuvni kuchaytirish majburiyatini oldilar.
Tadbir yakunida delegatsiyalar rahbarlari mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston–Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi majlisida qabul qilingan qarorlar aks etgan bayonnomani imzoladilar.
Imzolangan bayonnoma ijrosi O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari tomonidan alohida nazoratga olinadi.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZOMINIY
Blekaut suratlarda... Oxirgi yangiliklarga qaraganda, Ispaniyada elektr ta’minoti keng ko‘lamli blekautdan keyin 99,16% ga tiklangan. Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨 YouTube
Ispaniyada 28-aprel kuni yuz bergan yirik elektr uzilishi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘libdi😞
Orens shahrida er-xotin va ularning o‘g‘li o‘limi bilan bog‘liq holat tergov qilinmoqda. Ularning jasadlari 29 aprel kuni ertalab topilgan. O‘limning ehtimoliy sababi sifatida kriminalistlar generator nosozligi tufayli is gazidan zaharlanishni ko‘rsatmoqda. Aytishlaricha, o‘t o‘chiruvchilar blekaut vaqtida is gazidan zaharlangan 9 kishini qutqarib qolishgan.
Valensiyada esa chiroq o‘chganidan keyin kislorod apparatiga ulangan 46 yoshli ayol vafot etgan. Yana bir ayol Karabanchel shahrida halok bo‘lgan, uning uyida chiroq o‘chganidan keyin yong‘in sodir bo‘lgan. Politsiya yong‘in sham tufayli boshlanganini taxmin qilmoqda.
🧐 Blekautning aniq sabablari noma’lumligicha qolmoqda.
Telegram🔨 Instagram
Facebook🔨 YouTube

Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari bo‘yicha javobgarlik belgilanadi.
Sodir etgan noqonuniy harakatlari to‘g‘risida o‘z ixtiyori bilan hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan shaxslarni javobgarlikdan ozod qilish ko‘zda tutilgan.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qozog‘istonda jurnalistlar energetika vaziridan: “Mamlakatimizda elektr energiyasi taqchilligi haqida uzoq vaqtdan beri gapirilmoqda. Shunday ekan, qaysidir kuni butunlay chiroqsiz qolishimiz mumkinmi?” — deb so‘rashibdi.
“Blekaut xavfi yo‘q. Chunki Qozog‘istonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish ulushi atigi 6,3 foizni tashkil qiladi. Yevropada esa bu ko‘rsatkich 43 foizga teng. Bu katta farq. Chunki agar shamol yoki quyosh bo‘lmasa, elektr energiyasi ishlab chiqarilmaydi. Bizda esa bunday holat bo‘lmaydi, chunki bizda an’anaviy energiya ishlab chiqarish ulushi juda yuqori”, — degan savolga javoban Yerlan Akkenjenov.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1–2-may kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning quyidagi tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:
▫️Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
❗️Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi, dam oluvchi hamda harakatlanuvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Qurilish sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot!
Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan qurilish sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning dolzarb muammolarini o‘rganish, taklif va tashabbuslarini eshitish, shuningdek, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni muhokama qilishdir.
🗓 Sana: 2025-yil 1-may (Payshanba)
🕔 Vaqt: Soat 11:00
📍 Manzil: Jizzax shahar Davlat xizmatlari markazi binosi
👷♂️ Kimlar ishtirok etishi mumkin?
◾️ Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari
◾️ Loyihalash va injiniring kompaniyalari
◾️ Qurilish texnologiyalari va uskunalari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar
✅ Uchrashuv davomida:
◾️ Davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik masalalari
◾️ Qurilishda yuzaga kelayotgan amaliy muammolar
◾️ Bank-moliya va soliq tizimidagi yengilliklar bo‘yicha tushuntirishlar beriladi
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
998915935344 raqamiga murojaat qiling
❗️ Ushbu ochiq muloqot — sizning takliflaringizni eshitish, hamkorlikni kuchaytirish va sohadagi muammolarni hal etishga xizmat qiladi. Barcha manfaatdor tadbirkorlarni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Ta'kidlanishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 2000-yilda tugʻilgan, muqaddam firibgarlik bilan bogʻliq jinoyati uchun bir necha marotaba sudlangan shaxs Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni Qoʻshma Shtatlarga yuborish va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 35 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOSHKENT GULLAR BAYRAMI 2025
Barchangizni ushbu goʻzal joyga taklif etamiz!
https://youtu.be/p0h_GCz3ISs?si=56SLqSWu1RXCaD_R
Telegram🔨 Instagram
Facebook🔨 YouTube
Barchangizni ushbu goʻzal joyga taklif etamiz!
https://youtu.be/p0h_GCz3ISs?si=56SLqSWu1RXCaD_R
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
TOSHKENT GULLAR BAYRAMI 2025. Barchangizni ushbu goʻzal joyga taklif etamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZOMINIY
Ikki yadroviy davlat o‘rtasidagi munosabatlar yana bir inqirozga yuz tutmoqda…
Hindiston o‘z havo hududini Pokistondan parvozlar uchun yopdi - qaror 30-apreldan kuchga kirdi va kamida 23-maygacha amal qiladi.
Hindiston rasmiylarining aniqlik kiritishicha, bu qadam Islomobod tomonidan ilgari kiritilgan shunga o‘xshash cheklovlarga javob bo‘lgan.
Ushbu chora ikki yadroviy davlat chegarasidagi shundoq ham keskin vaziyatni kuchaytiryapti.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilda global harbiy xarajatlar 9,4 foizga oshib, 2,718 trillion dollarga yetdi.
Koʻrsatkichlar sovuq urushdan keyin eng yuqori natijada turibdi. Dunyoning 100 dan ortiq mamlakati 2024-yilda ijtimoiy sohalar oʻrniga mablagʻlarini harbiy xarajatlarga yoʻnaltirgan.
Eng koʻp harbiy sohada pul sarflagan mamlakatlar orasida AQSh birinchi oʻrinda. Davlatda oʻtgan yilda deyarli ushbu sohaga 1 trillion dollar ajratilgan. Xitoy esa 314 milliard dollar bilan ikkinchi oʻrinda turibdi. Xitoyning harbiy kuchga eʼtiborni koʻproq qaratishi Osiyo mintaqasida ham qurollanish poygasini jadallashtirgan.
Yevropada mudofaa xarajatlari 17 foizga oshib, 693 milliard dollarni tashkil etgan. Shu jumladan, Rossiyaning harbiy xarajatlari 2024-yilda 149 milliard dollarga yetdi. Ukraina esa sohada 64,7 milliard dollar sarfladi.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya safida urushayotgan o‘zbekistonliklar haqidagi yangilik e’lon qilingandan keyin anonimlar tahririyatlarga chiqib bu yangilikni o‘chirish talab qilinayotgani va ular davlatning axborot siyosatiga aloqasi yo‘qligi avvalroq xabar berilgandi.
Bu sharmanda trollar nafaqat o‘zimizda endi chet elda ham shunday davlatning so‘z erkinligiga putur yetkazadigan kulguli harakatlarini boshlashibdi. «Хочу жит» loyihasi shu vaqtgacha Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belorus haqida shunday ma’lumot bergani lekin ularning birontasida bunday infourushga qolmaganini yozibdi. Biznikilar esa «salla desa kalllaniyam qo‘shib olib tashlash» vajida «negativ chiqdi biz to‘xtatamiz», deb yeng shimarib yugurib boribdi.
Biron tahliliy yondoshinglare, sal kommentlarniyam o‘rganinglar o‘rtoq trollarga topshiriq beruvchilar. Bu yangilikda deyarli 90% odam borganlarni o‘zini qoralab yotibdi. Davlatni aybdor qilmayapti. Bo‘lsa 10% dir bunday fikr bildirganlar. Siz esa o‘z «javob»ingiz bilan 100% salbiy siyoh uyg‘otib keldingiz!
Manba
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekneftgaz” AJ 850 million dollarlik obligatsiyalarni joylashtirdi
30 aprel kuni “O‘zbekneftgaz” AJ xalqaro kapital qarz bozoriga muvaffaqiyatli qaytib, 5 yillik 144A/RegS formatidagi katta nominalli obligatsiyalar chiqardi.
Ushbu ahamiyatli bitim kompaniyaning strategik rivojlanish yo‘lidagi navbatdagi muhim bosqich bo‘lib, xalqaro investorlar tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJning barqaror kredit reytingi va mamlakat moliyaviy bozoriga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi.
Obligatsiyalar chiqarilishi Buyuk Britaniya, AQSh, Yevropa, Shveytsariya, Osiyo davlatlarining Fund Managers, Banks & Private Banks, Pension & Insurance kabi yuqori reytingli, yirik xalqaro kompaniyalar investorlari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, 1,9 milliard AQSh dollariga teng buyurtmalar jalb etildi. Bu esa kompaniyaga obligatsiyalar narxini 37,5–50 bazis punktigacha kamaytirish va emissiya hajmini avvalgi rejalardan oshirib, 850 million dollargacha yetkazish imkonini berdi.
Bitim J.P. Morgan, Abu Dhabi Commercial Bank, Deutsche Bank, MUFG va Standard Chartered Bank kabi yetakchi moliyaviy institutlar (Bookrunner sifatida) hamda “O‘zsanoatqurilishbank”ning (Co-Manager sifatida) hamkorligida amalga oshirildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uyat
😡 Buxoro – Miskin uchastkasi: qumli azob va javobsiz tizim
Buxoro – Miskin uchastkasida harakatlanayotgan poyezdlar vagonlariga qum kirib, yo‘lovchilarni qiynamoqda. Eng achinarlisi – vagon oynalari yopiq bo‘lishiga qaramay, qum ichkariga kiradi.
Axir millionlab mablag‘lar ajratilib, ushbu yo‘nalishda qum ko‘chishini to‘xtatish uchun ihotalash ishlari bajarilgani haqida rasman xabar qilingan edi. Unda nega natija yo‘q?
Bu yerda oddiy provodniklar aybdor emas. Muammo yuqorida – tizimning o‘z ishiga mas'ul bo‘lmagan rahbarlarida. Ayniqsa, ushbu yo‘nalish bo‘ylab Toshkentdan davolanish uchun yo‘lga chiqqan bemorlar battar kasal bo‘lishi mumkin.
Shunchaki e'tibor emas, javobgarlik talab etiladi!
🥴 Tagʻin ogʻzimizni toʻldirib, turistlar olib kelamiz deb jar solamiz...
Savol: Siz ichiga qum va changlar toʻlgan shunday poyezdda ketgan boʻlarmidingiz?

Jizzax va Surxondaryoda uy narxlari oshib, Toshkentda pasayib bormoqda
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ketma-ket ikkinchi oy pasayishda davom etmoqda. Mart oyida bitimlar hajmi 8,8%ga kamayib, 20,4 mingtani tashkil etgan.
Bu bo‘yicha Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) o‘zining navbatdagi hisobotida mart oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlar tahlilini taqdim etdi.
Tahlilga ko‘ra, mart oyida tuzilgan bitimlar soni 2024 yilning mos davriga nisbatan 15%ga oshgan. 2025 yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, bitimlar umumiy soni 68,4 mingtaga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 10,8%ga o‘sgan.
Yillik hisobda respublikada bir kvadrat metr uy-joy narxi 0,9%ga oshgan. Hududlar kesimida eng sezilarli o‘sish Jizzax (12,3%), Surxondaryo (10,7%) va Qashqadaryo (8,5%) viloyatlarida kuzatilgan.
Toshkent shahri bo‘yicha esa ikkilamchi uy-joy narxida eng katta pasayish Mirobod (8%), Chilonzor (8,7%) va Yashnobod ( 7,5%) tumanlarida kuzatilgani aytilmoqda.
Shuningdek, yil davomida bir kvadrat metr uchun o‘rtacha narxlarda eng sezilarli pasayish Shayxontohur (14,7%), Uchtepa (11%) va Yunusobod (6,7%) tumanlarida qayd etilgan.
Keltirilishicha, mart oyida Toshkent shahrida ijara narxlarida o‘zgarish kuzatilmagan va o‘rtacha ijara narxi 8 dollarni (bir kvadrat metr uchun) tashkil etgan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida ijara narxi yillik hisobda 7,4%ga pasaygan. Narxlarning eng katta pasayishi Mirzo-Ulug‘bek, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida qayd etilib, pasayish sur’ati o‘rtacha 10%ga yetadi.