ZOMINIY
1.9K subscribers
5.19K photos
1.72K videos
30 files
2.84K links
Download Telegram
❗️Prokuror, ichki ishlar va soliq organlari rahbarlari sektorlar faoliyati bo‘yicha yuklatilgan vazifalardan ozod etiladi prezident farmoni

Sektorlar ishiga bosh vazir o‘rinbosarlari va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari mas’ul etib belgilanadi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hindiston va Pokiston: Nimalar bo‘lyapti?

Hindiston armiyasining Pokiston hududiga bostirib kirishi “muqarrar”, — dedi Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Asif “Reuters” agentligiga bergan intervyusida.

“Biz kuchlarimizni mustahkamladik, chunki bu (bosqin) hozir muqarrar. Bunday vaziyatda strategik qarorlar qabul qilish kerak va ular qabul qilindi”, — deydi Asif.

Mudofaa vazirining aytishicha, Hindistonning Pokistonga nisbatan ritorikasi sezilarli darajada kuchaygan va Pokiston harbiylari allaqachon hukumatni ehtimoliy harbiy hujum haqida xabardor qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston rasmiylari kuchayib borayotgan keskinlikni muhokama qilish uchun bir qator davlatlar, jumladan, Xitoy, Fors ko‘rfazi davlatlari, Buyuk Britaniya va AQSH bilan faol aloqada bo‘lib turibdi.

Biroq Asif qanday sabablarga ko‘ra bosqin muqarrar ekaniga aniqlik kiritmagan, shuningdek, bu hujum keng ko‘lamli yoki cheklangan bo‘ladimi, degan savolga ham aniq javob bermagan.

Bir necha yillardan buyon bir-biriga qarama-qarshi bo‘lib kelayotgan Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar 22-aprel kuni Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida joylashgan Pahalham sayyohlik shahrida sodir bo‘lgan fojiali voqeadan so‘ng keskin nuqtaga yetdi. U yerda qurollangan jangarilar tinch aholiga hujum qilib, 26 kishini, asosan, sayyohlarni o‘ldirgan.

Terakt uchun javobgarlikni Kashmirning Pokiston qismida faoliyat yurituvchi jihodchilar guruhi o‘z zimmasiga oldi. Hindiston rasmiylari hodisa uchun aybni qisman Pokistonga yuklashini aytdi va fojiaga javoban qo‘shni davlat bilan chegarani yopib, Pokistonning barcha fuqarolaridan Hindiston hududini tark etishni talab qildi.

Hindistonda ham, Pokistonda ham yadro quroli borligi vaziyatni keskinlashtirmoqda. Xavaja Asifning ta’kidlashicha, Pokiston yadro qurolini birinchi bo‘lib qo‘llamaydi, biroq o‘z mavjudligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid bo‘lgan taqdirdagina undan foydalanishga tayyor. Bu bayonot ikki yadroviy davlat o‘rtasidagi harbiy harakatlarning ehtimoliy oqibatlarini hisobga olgan holda mintaqada va umuman dunyoda xavfsizlik uchun o‘ta yuqori xavfdir.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Vanihoyat tasdiqlandi...

Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta taʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori imzolabdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ma'lum qildi.

Qarorga koʻra, “Yil oʻqituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.

“Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzodlar oʻzlari dars beradigan bitta fandan, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari esa boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida ishtirok etadi. Ishtirokchilar vazirlikning maxsus platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:

birinchi bosqichda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi;

ikkinchi bosqichda — nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod oʻtgan darsning videoyozuvi baholash uchun maxsus platformaga joylashtiriladi;

uchinchi bosqichda — nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati hamda kitobxonligi baholanadi.

Tanlov yakunlariga koʻra, har ikki yilda bir marta oktabr oyida gʻolib deb topilgan har bir nomzod reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladigan hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.

Ushbu sertifikat asosida gʻoliblar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Pedagogik mahorat markazlari direktorlari oʻrtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovida esa ishtirokchilarning 4 ta yoʻnalish boʻyicha faoliyati natijalari oʻrganiladi. Bular — hududda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha erishilgan natijalar, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash boʻyicha erishilgan natijalar, zamonaviy uslubda taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha erishilgan natijalar, Markazni tajribali kadrlar bilan taʼminlash va zamonaviy boshqaruv usullarining joriy qilinganligi.

Gʻoliblar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IJARAGA BERILADI!

Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Toshkent ko‘chasi.

Jizzax shahrining qulay hududida joylashgan noturar bino va yer maydoni uzoq muddatli ijaraga taklif etiladi!

Umumiy maydon: 44 sotix
Bino maydoni: 1000 kv.m dan ortiq
Binolar holati: Baland, mustahkam va foydalanishga tayyor
Qo‘shimcha qulayliklar:

Hudud keng va ochiq

Katta yuk mashinalari erkin kirib-chiqishi uchun maxsus sharoit yaratilgan

Sanoat yoki savdo faoliyati uchun juda qulay joylashuv


Tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar, omborxona tashkil etmoqchi bo‘lganlar uchun ideal tanlov!

Murojaat uchun telefonlar:
📞 90 310 44 04
📞 99 310 44 04

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Jizzaxda yong‘in sodir bo‘ldi...

29 aprel kuni soat 21:47da Jizzax shahar, "Kimyogar” MFY, A.Navoiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Jizzax viloyati FVBGA xabar tushgan.

Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 21:51da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:30da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in natijasida xonadon oshxonasining taxminan 20 kv.m qismi yonib zararlangan.

Yong‘inni bartaraf etishga Jizzax shahar FVBning 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZOMINIY
Hindiston va Pokiston: Nimalar bo‘lyapti? Hindiston armiyasining Pokiston hududiga bostirib kirishi “muqarrar”, — dedi Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Asif “Reuters” agentligiga bergan intervyusida. “Biz kuchlarimizni mustahkamladik, chunki bu (bosqin)…
⚡️ Hindiston va Pokiston chegarasida otishma boshlangani aytilmoqda

Pokiston Jammu va Kashmirdagi Pargval sektorida Jammu xalqaro chegarasi bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini oltinchi marta buzdi, deb yozmoqda "India Today".

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu Hindiston armiyasining "qattiq javobiga" olib kelgan. Otishma 22-aprel kuni Paxalgamdagi teraktdan keyin mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlik kuchaygan bir paytda sodir bo‘lmoqda.

Pokiston nashrlari hozircha otishma haqida hech nima demayapti.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada sotilayotgan muzqaymoq deyishyapti...

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Raqobat qoʻmitasi narxlarni soʻmda koʻrsatmayotganlarni ogohlantirdi

Taʼkidlanishicha, hozirda tovarlar reklamalarida narxlarni xorijiy valyutalarda koʻrsatish ommalashmoqda. Raqobat qoʻmitasi mazkur holatlar yuzasida munosabat bildirar ekan, “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunining 16-moddasini eslatib oʻtgan.

“Narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida koʻrsatish reklamada narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida koʻrsatish taqiqlanadi”.

Bundan tashqari, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasida, mamlakat hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun barcha hisob-kitoblar va toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida amalga oshirilishi belgilangan.

“Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bogʻlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi”, deyiladi xabarda.

Qonunda isteʼmolchilar – jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoʻnaltirilgan reklama uchun istisnolar belgilanmagan. Qiymat koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olgan har qanday reklama-axborotida narxlar soʻmda koʻrsatilishi kerak.

Shu bilan birga, narxlarni soʻmda koʻrsatishga doir talablar har qanday ochiq reklama-axborotiga, shu jumladan, internet tarmogʻida erkin foydalanishi mumkin boʻlgan ochiq sahifaga joylashtirilgan axborotlarga ham bevosita taalluqlidir.

Yuqoridagi normalarni hisobga olgan holda, Raqobat qoʻmitasi reklama beruvchi, tayyorlovchi va reklama tarqatuvchilarni rasman ogohlantiradi, deyiladi xabarda.

Yana yozilishicha, reklama-axborotida tovar (ish, xizmatlar) toʻgʻrisida maʼlumotlarni xorijiy valyutada koʻrsatilishi reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining buzilishiga olib keladi hamda tegishli javobgarlikka sabab boʻladi.

Qoʻmita tadbirkorlardan oʻz faoliyatiga doir reklama maʼlumotlarini tayyorlashda amaldagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etishni soʻragan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZOMINIY
❗️ Migrantlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha delegatsiya Rossiyaga yo‘l oldi O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari delegatsiyasi Bosh prokuror o‘rinbosari rahbarligida mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha…
❗️ O‘zbekiston va Rossiya migratsiya sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov
rahbarligidagi vazirlik va idoralar delegatsiyasi 28–29-aprel kunlari Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston–Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tomonlar migratsiya sohasidagi amaldagi holat, muammoli jihatlar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qildilar. Yig‘ilish ishtirokchilari ikki davlat manfaatlarini hisobga olgan holda migratsiya sohasida qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Ikki davlat Bosh prokuraturalari O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelishi hamda Rossiya fuqarolarining O‘zbekistonga kelishlari jarayonida ularning huquqlarga rioya etilishi ustidan nazorat va kuzatuvni kuchaytirish majburiyatini oldilar.

Tadbir yakunida delegatsiyalar rahbarlari mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston–Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi majlisida qabul qilingan qarorlar aks etgan bayonnomani imzoladilar.

Imzolangan bayonnoma ijrosi O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari tomonidan alohida nazoratga olinadi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZOMINIY
Blekaut suratlarda... Oxirgi yangiliklarga qaraganda, Ispaniyada elektr ta’minoti keng ko‘lamli blekautdan keyin 99,16% ga tiklangan. Telegram 🔨 Instagram Facebook 🔨YouTube
Ispaniyada 28-aprel kuni yuz bergan yirik elektr uzilishi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘libdi😞

Orens shahrida er-xotin va ularning o‘g‘li o‘limi bilan bog‘liq holat tergov qilinmoqda. Ularning jasadlari 29 aprel kuni ertalab topilgan. O‘limning ehtimoliy sababi sifatida kriminalistlar generator nosozligi tufayli is gazidan zaharlanishni ko‘rsatmoqda. Aytishlaricha, o‘t o‘chiruvchilar blekaut vaqtida is gazidan zaharlangan 9 kishini qutqarib qolishgan.

Valensiyada esa chiroq o‘chganidan keyin kislorod apparatiga ulangan 46 yoshli ayol vafot etgan. Yana bir ayol Karabanchel shahrida halok bo‘lgan, uning uyida chiroq o‘chganidan keyin yong‘in sodir bo‘lgan. Politsiya yong‘in sham tufayli boshlanganini taxmin qilmoqda.

🧐 Blekautning aniq sabablari noma’lumligicha qolmoqda.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Senat O‘zbekistonda elektron sigaretalar butunlay taqiqlanishini ma’qulladi

Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari bo‘yicha javobgarlik belgilanadi.

Sodir etgan noqonuniy harakatlari to‘g‘risida o‘z ixtiyori bilan hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan shaxslarni javobgarlikdan ozod qilish ko‘zda tutilgan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👀 Qozog‘istonga blekaut xavf solyaptimi?

Qozog‘istonda jurnalistlar energetika vaziridan: “Mamlakatimizda elektr energiyasi taqchilligi haqida uzoq vaqtdan beri gapirilmoqda. Shunday ekan, qaysidir kuni butunlay chiroqsiz qolishimiz mumkinmi?” — deb so‘rashibdi.

“Blekaut xavfi yo‘q. Chunki Qozog‘istonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish ulushi atigi 6,3 foizni tashkil qiladi. Yevropada esa bu ko‘rsatkich 43 foizga teng. Bu katta farq. Chunki agar shamol yoki quyosh bo‘lmasa, elektr energiyasi ishlab chiqarilmaydi. Bizda esa bunday holat bo‘lmaydi, chunki bizda an’anaviy energiya ishlab chiqarish ulushi juda yuqori”, — degan savolga javoban Yerlan Akkenjenov.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ TEZKOR GIDROMETEOROLOGIK AXBOROT!
 
1–2-may kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning quyidagi tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:

▫️Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

❗️Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi, dam oluvchi hamda harakatlanuvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM