ZOMINIY
1.91K subscribers
5.16K photos
1.71K videos
29 files
2.79K links
Download Telegram
"Zolimlarning zulm va nohaqliklari davomiy tarzda boʻlaversa, odamlar hech narsadan qoʻrqmay qoʻyadi... hatto oʻlimdan ham."
Chunki qo‘rquv – umid bo‘lgan joyda yashaydi. Umid so‘nsa, yurakda faqat qaror qoladi. Bu qaror — adolatni talab qilish, haqiqatni tiklash yo‘lida hatto jonini ham ayamaydigan darajada kuchli bo‘ladi.

Tarix guvoh: zulm kuchaysa, xalq uyg‘onadi.

#haqiqat #zulm #insoniyat #ozodlik #jasorat

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ishsiz fuqarolarga subsidiya (qaytarilmaydigan mablag‘) va ssuda (foizsiz qarz) ajratish bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda

Subsidiya va ssuda arizalari jismoniy shaxslardan test rejimda quyidagi 3 ta yo‘nalishda qabul qilinmoqda.

1. Urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun subsidiya (1 125 000).
2. Migratsiyadan kelgan shaxslarga qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ustav fondi kiritish uchun subsidiya (3 750 000).
3. Kambag‘al oila a’zolariga zarur asbob uskunalar uchun ssuda (18 750 000).

Mazkur mablag‘lardan foydalanish uchun asosiy talablar:

- Ijtimoiy himoya reyestri yoki kambag‘al oila reyestriga kiritilgan oila egasi yoki a’zosi bo‘lish;
- "Ishsizlar reyestrida" ishsiz deb e’tirof etilgan bo‘lish.

Onlayn ariza berish

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔧 Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Eron bilan strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qiluvchi qonunni imzolabdi

Hujjatga ko‘ra, agar davlatlardan biri hujumga uchrasa, ikkinchisi tajovuzkor (ya'ni hujum qilgan malakat)ga hech qanday yordam ko‘rsatmasligi kerak.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Namangan shahar hokimi viloyat YHXB boshlig‘idan noqonuniy o‘rnatilgan radarlarni olib tashlashni so‘radi

Namangan shahar hokimi hududlarda noqonuniy o‘rnatilgan radarlarni olib tashlashni so‘rab, viloyat YHXB boshlig‘iga xat yo‘lladi.

Unda keltirilishicha, jamoatchilik, yoshlar tomonidan aholi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va muhokama yig‘ilishlarida, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari tomonidan jarimalarning qo‘llanishidan norozilik kayfiyatlar ortib borishi, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatda olib borilayotgan boshqaruvga nisbatan salbiy fikrlar bildirilishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, bino-inshootlarning tom qismlari, shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi yoritish tayanchlariga belgilangan me’yorlarga zid ravishda o‘rnatilgan fotoradarlar tomonidan jarimalarning qo‘llanishi oqibatida Namangan shahrining fuqarolariga moddiy va ma’naviy zarar keltirmoqda.

Xatda Namangan shahri, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlarida Vazirlar Mahkamasining qaroriga zid ravishda o‘rnatilgan kameralarni KAAT tizimidan o‘chirish hamda ular tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklarga jarimalar qo‘llash ishlarini to‘xtatish so‘ralgan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yordam qoʻlingizni choʻzing, azizlar!

Jizzaxlik Ona nomidan murojaat...

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!

Oʻgʻlim Muxammadjon 2021-yil 17-yanvarda tugʻilgan. 2024-yilga qadar sogʻlom, quvnoq bolaligini yashab keldi. Afsuski, 2024-yil noyabr oyida isitma va holsizlik sabab shifokorlarga murojaat qildik. Tekshiruvlar natijasida unga “neyroblastoma” turidagi ogʻir onkologik kasallik tashxisi qoʻyildi. Muxammadjon Toshkent bolalar milliy tibbiyot markazida davolanmoqda.

Bugunga qadar 6 kurs kimyoterapiya oldi, zarur operatsiyalar o‘tkazildi. Endilikda esa uni Turkiyaning “Medical Park” kasalxonasida chuqurroq tekshiruvlar va davolanish uchun olib borishimiz kerak. U yerda professorlar ko‘rigidan o‘tib, zarur PET-tahlillar va boshqa muhim muolajalar amalga oshiriladi.

Ammo bu davolanish xarajatlari juda katta. Shu sababli ushbu sahifani ochib, siz azizlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldik. Har bir so‘mingiz, har bir duoyingiz Muxammadjonning sog‘ayib ketishida katta umid va tayanch bo‘ladi.

Yordam qo‘llaringizni uzating:

UZCARD: 6262 9101 2382 4997
HUMO: 9860 0825 6428 1044
Karta egasi: Toshmatova Manzura (onasi)
Bog‘lanish uchun tel: +998 88 688 61 68

Iltimos, ushbu postni iloji boricha koʻproq insonlarga yetkazishda yordam bering. Ulashish — bu ham katta yordamdir.

Alloh saxovatli insonlarni doimo asrasin!

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ O‘zbekistonlik ziyoratchilar 2025 yilgi haj mavsumi uchun 78 million 670 ming to‘laydi — “Daryo”

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔧 Jizzaxda tabiiy gaz ta’minotidan qarzdorlikni yo‘q qilib berishni va’da qilgan gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “SharofRashidovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi gazchi xodimi B.P. fuqaro U.T.ning yashash xonadoni tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan bo‘lsa-da, 10 mln so‘m evaziga yangi gaz hisoblagich o‘rnatib qarzdorligini yo‘q qilib berishini va’da qildi. Shundan 1 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qozog‘istonda “zamhokim”ni otib ketishibdi

Chimkent hokimiyati binosi yaqinida Ruslan Berdenov hujumga uchragan. Unga qarata uch marta o‘q uzilgani aytilmoqda. “Zamhokim” operatsiya qilingan, ahvoli og‘ir barqaror.

Suiqasdda gumonlangan shaxs qo‘lga olingan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ “Basri Baba”, “China Chuan Chuan”, “Bon!” va “Cakelab” restoranlarida taomnomalar davlat tilida taqdim etilishi ta’minlanibdi

Raqobat qo‘mitasi murojaatlar asosida umumiy ovqatlanish shoxobchalarida xizmat va taomnomalarning davlat tilida taqdim etilishini o‘rganib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etibdi, endilikda taomnomalar o‘zbek tilida ham taqdim etilyaptikan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TO‘YLAR TARTIBGA SOLINADI..

Prezidentning “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxatida keltirilishicha, joriy yilning avgust oyigacha to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha parlament palatalari kengashlarining qo‘shma qarori qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, to‘y-hasham, ma’raka va marosimlardagi isrofgarchiliklarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari kuchaytiriladi.


Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025-yil 23–24 aprel kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida Xalqaro biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

Forum doirasida 30 dan ortiq yetakchi hamkor davlatlardan 200 dan ziyod kompaniya rahbarlari ishtirok etadi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Siyosatchilar haqida qisqacha: 😁

"Yolgʻon gapirmayman" deb aytsa – ishonmang.
"Xalq uchun ishlayapman" desa – kuting, lekin ko‘zingiz bilan ko‘ring.
"Bu loyiha ochiq va shaffof" desa – aksi boʻlishi mumkin 🥴

Yaxshi siyosatchi – yolg‘onni ham chiroyli gapira oladigan aktyor!
Yomon siyosatchi esa – rost gapiga ham odamlarni ishontirolmaydi.

Xulosa:
Siyosatchilar ozroq yolg‘onchi bo‘lishi mumkin, lekin butunlay rostgo‘y bo‘lishsa, ular diplomat emas, shunchaki shoir bo‘lib qolishardi.

Endi uxlanglar, xayrli jun 🙄

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mehnat migrantlariga moliyaviy ko‘mak tartibi tasdiqlandi

Hukumat qaroriga ko‘ra, mehnat migratsiyasidagi fuqarolarga subsidiya va kreditlar ajratiladi. Endi:

Viza, yo‘l chiptasi, til va kasb imtihonlari xarajatlari davlat subsidiyasi hisobidan qoplanadi;
Nemis, ingliz, yapon va koreys tillaridan B1 darajada sertifikat olgan talabalarni ko‘p tayyorlagan 50 nafar o‘qituvchiga — 50 mln so‘m beriladi;
Migratsiyaga ketuvchilarga 10 mln so‘mgacha mikrokreditlar ajratiladi (2 yilga, yuqori foizda);
“Xorijga ishga tayyorlash markazi” tashkil etiladi, “Yagona darcha” orqali xizmatlar ko‘rsatiladi;
Arzon va tartibli avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Davlat xizmatlarini fuqarolar tomonidan baholash yo‘lga qo‘yiladi, qoniqarsizlariga chora ko‘riladi

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PQ-145 Davlat korxonalarini xususiylashtirish.pdf
3.6 MB
❗️Prezident qaroriga ko‘ra, davlat ishtirokidagi 29 ta yirik korxonaning aksiyalari xalqaro bozorlarda ommaviy savdolarga chiqariladi.

Xususiylashtirish rejalashtirilgan korxonalar qatorida:
UzAuto Motors;
UMS (Mobiuz);
Uzbekistan GTL;
Uzbekinvest;
O‘zmetkombinat;
Navoiyazot;
Texnopark;
Issiqlik elektr stansiyalari
shular jumlasidan.

Telegram 🔨 Instagram
Facebook 🔨YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM