ZiyoNET portali rasmiy kanali
1.83K subscribers
841 photos
47 videos
140 files
1.81K links
📚Ziyonet.uz - таълим-порталининг телеграмдаги расмий канали.

💝 Дилкаш
🔤 Таълимий
🌎 Замонавий
Маълумотлар сиз учун 😉
Савол ва таклифлар учун: @ZiyoNETmurojaatbot
Download Telegram
#Bilasizmi?
Nega kaptarlar ular tomonga tez yurib kelayotgan mashina oldidan oxirgi lahzalarda uchib ketishadi?

Aslida mashina kaptarlarga bizga tuyulganidek tez emas, aksincha ancha sekin harakatlanayotgandek ko'rinadi. Buning sababi shundaki, kabutar harakatni sekundiga 75 kadr bilan ko'ra oladi, ya'ni inson ko'rishidan uch marta ko'proq.

Agar biz ko'radigan filmlar (sekundiga 24 kadr) ekranda kaptarga ko'rsatilsa, bu film unga sekin almashinib turuvchi rasmlar yig'indisi sifatida ko'rinadi.

Bundan tashqari, kabutarlar ko'rish qobiliyatining yana bir hayratlanarli jihati bor: ular odamga nisbatan juda uzoqdagi obyektlarni ko'ra oladilar.

📚@ziyonetofficial

🖥ziyonet.uz
#Abituriyentga_yordam

Abituriyentlar diqqatiga!

👨🏻‍💻 2020-yil 20-iyul kuni 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (111.500 so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

📣 Hozirda onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, lekin to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar mavjud bo‘lib, ular 21-iyul kuni soat 23:59 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

Davlat test markazi

❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating

📚@ziyonetofficial

🖥ziyonet.uz
ZiyoNET portali rasmiy kanali pinned «#Abituriyentga_yordam Abituriyentlar diqqatiga! 👨🏻‍💻 2020-yil 20-iyul kuni 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. Ma’lumki, test sinovlari tashkil…»
YONAYOTGAN DIPLOMLAR TAFTI

Men taqdir taqozosi bilan, biror bir institut yoki universitetda o‘qish baxtidan mosuvo qoldim. Yoshligim, qaysidir do‘kondorning yumushini qilishu, kimningdir xizmatini bajarib, ish beruvchilarning do‘q-po‘pisalaridan ezilish bilan o‘tdi.

O‘ttiz yoshlarimda, og‘ir mehnatdan charchab, pastkash ish beruvchilar azoblaridan ezilib, uzun tunlari Osmonga termulib, Xudoga nola qilardim. Ayanchli qismatimdan zerikib, o‘zimga-o‘zim gapirib qo‘yardim: «Bittagina diplomim bo‘lganda edi...»
Ba’zan yozganlarim ko‘zimga balodek ko‘rinib, uloqtirib tashlagan chog‘larim ko‘p bo‘lsa ham, yozishdan, mutolaa qilishdan, izlanishdan, o‘qishdan bir zum tingan emasman. Garchi diplomsiz ko‘cha mardikori bo‘lsam-da, ilmim, o‘sha men uchun orzu sanalgan, la’nati Universitetlar professorlarini dog‘da qoldirarli darajada sayqallanib borayotganligi menga hamisha taskin bergan. Yuragimning bir chetida bir buyuk orzu hamisha uyg‘oq yashagan. Kunu-tun, telbalardek Xudo bilan gaplashardim. Men yozish uchun yaralgan edim. U ko‘nglimga solardi, men esa tinimsiz yozardim. Faqat taqdirning ayanchli, achchiq kunlarida meni xo‘rlatadigan, yuragimni unsiz ezadigan o‘sha og‘ir bir so‘z, miyamda tinimsiz aylanaverardi: «Bittagina diplomim bo‘lganda edi..»
Qirq yoshga yetganimda men shu qadar mashhur bo‘lib ketdimki, o‘zim ishonmay qoldim. Yozganlarim, mening yurak qonim bilan yozganlarim, shu qadar qo‘lma-qo‘l bo‘p ketdiki, asti qo‘yaverasiz. Bugun mening romanlarimsiz Amerika adabiyotini tasavvur qilish qiyin. Endi nima yozsam, hali siyohi qurimay turib, nashr etishadi va tabiiyki, qo‘lma – qo‘l qilib yuborishadi. Bilasizmi, – men hamisha, meni yozuvchi qilib yaratgani uchun, shu mas’uliyatli, sharafli ishni zimmamga yuklagani, iste’dod atalgan ulug‘ ne’matni ko‘ksimga joylagani uchun, Xudodan minnatdorman. U hamisha men bilan va ishonamanki, iltijo qilamanki, meni bir lahza yolg‘izlatib qo‘ymaydi.
Diplom... Darvoqe, – diplom masalasida..

Meni har kuni, butun Dunyoning eng nufuzli, eng dongdor Universitetlariga uchrashuvlarga, master klasslarga taklif qilishadi. Men kamida eng ko‘p oladigan gonorarim evaziga, bu taklifni jon deb qabul qilaman. Universitetlarda meni eng oliy nufuzli mehmon sifatida kutib olishadi, ardoqlashadi. Men bu dargohlardan, juda ko‘p pul, bir olam taassurot va kamida, «Universitet Faxriy doktori» unvoni, shu unvonni tasdiqlovchi usti jimjimador, har qanday talabaning havasini keltirgulik darajadagi, diplom bilan, ha, to‘g‘ri eshitdingiz, diplom bilan qaytaman. Tasavvur qiling, bir kunda, kamida uch diplom. Bir yilda esa...

Uchrashuvlardan qaytgach, uyimga kelgandayoq birinchi qiladigan ishim, diplomlarni katta kamin pechimda yoqish va yonayotgan diplomlarni sevinib tomosha qilish. Ishonavering do‘stlarim, ular yonganda shu qadar maza qilasizki, asti qo‘yavering. Ha, – aytgancha, Dunyoda, yonayotgan diplomlarning haroratidek qaynoq va ehtirosli haroratni topish qiyin...

©Jon STEYNBEK
Amerika yozuvchisi. Adabiyot yo‘nalishidagi Nobel mukofoti sovrindori.

XULOSA: ALBATTA SIZ ERISHGAN DIPLOMLARINGIZNI OLOVGA TASHLANG OLOV TAFTIDAN ZAVQLANING DEMOQCHIMASMIZ. HECH QACHON CHEKINMANG. O’ZINGIZ UCHUN BAXTLI KELAJAK BARPO ETING. HAYOT DAVOM ETADI. OLIY O’QUV YURTIDA IMTIHONLARDAN O’TA O’LMASANGIZ BU FOJEA EMAS, ALBATTA YANA KELGUSI YILLARDA QAYTA URUNIB KO’RING. BILIMLARINGIZNI OSHIRING. ORTGA CHEKINMANG. ZIYONET TA’LIM PORTALI MA’MURIYATI VA XODIMLARI KIRISH IMTIHONLARIDA SIZLARGA OMAD TILAYDI.

❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating

📚@ziyonetofficial

🖥ziyonet.uz
Muzeydagi eksponatlar orasida eng koʼp tomosha qilinadigan asarni aniqlashga qaror qilindi va X larga murojaat qilish orqali bu masala tez va oddiy hal boʼldi. Eng mashhur asar qanday aniqlab olinganini va X larni toping.
Anonymous Quiz
12%
Qorovullardan bilib olishgan.
65%
Farroshlardan bilib olishgan. Qaysi eksponatning old qismi eng ko'p tozalanganligi so'ralgan.
6%
Videokuzatuvdan bilib olishgan.
17%
Anonim so'rovnomadan bilib olishgan. Qaysi eksponatni sovg'a qilishlarini xohlashlari so'ralgan.
❗️Эълон!

Республикадаги давлат олий таълим муассасаларига ўқишини кўчириш ва тиклаш учун онлайн ариза юбориш ахборот тизими ишга туширилди.

Тизимга мана бу ҳавола орқали ўтинг: transfer.edu.uz

📚@ziyonetofficial

🖥ziyonet.uz
#Daftar_hoshiyasidagi_bitiklar

Pulni aql bilan ishlata bilish uchun, avval pulni aqlga ishlatish kerak.

© Leonid Suxarov

📚
@ziyonetofficial

🖥ziyonet.uz
X da o’rtacha: bitta itdagi barcha burgalarni o’ldirish uchun yetarli miqdorda oltingugurt;
900 ta qalam tayyorlash uchun yetarli uglerod;
7 ta sovun tayyorlash uchun yetadigan yog’ mavjud. Diqqat! X ni 2 ta so'zda ayting!
Anonymous Quiz
50%
Inson tanasi
12%
Shifobaxsh minerallar
8%
Dengiz tuzi
7%
Osh tuzi
23%
Aloe yaprog'i
#Daftar_hoshiyasidagi_bitiklar

Агар, сенга яхшилик қилган кимсага яхшилик қилсанг, демак сен вафодор, яхши (инсон) экансан.
Агар, сенга яхшилик қилмаган кимсага яхшилик қилсанг, демак сен ўзини ошкор тутишни истамайдиган сахий экансан.
Агар, сенга ёмонлик қилган кимсага яхшилик қилсанг, демак сен соф мўмин экансан.

📚@ziyonetofficial

🖥ziyonet.uz
💡@Kun_fakti

21 кун кетма-кет бир нарса такрорланаверса, у инсонларда одатга айланиб қолади ва хотирасида жонланаверади. Бу илмий жиҳатдан исботланган факт...

📚@ziyonetofficial

🖥 ziyonet.uz
1600 yilda Yapon imperatori harbiy safarlarda o'zi bilan 10 tacha mushukni olib yurgan. Mushuklar vaqtni aniqlashda yordam bergan. Shuning uchun ham u qurdirgan maqbara soatsozlar ziyoratgohi deb hisoblanadi. Mushuklar orqali vaqtni qanday aniqlangan?
Anonymous Quiz
50%
Mushukning ko'zlariga qarab. Mushuklarning ko'z qorachig'i xar soatda xar xil kattalikda bo'ladi.
21%
Mushuklarning harakatlariga qarab. Xar soatda turli harakat qilishadi.
26%
Mushuklarning soyalariga qarab
4%
Mushuklar noyob bo'lgan. 12 gacha sanashni bilgan. Shuning uchun imperator o'zi bilan olib yurgan
Uganda davlatida to'y oldidan kuyov kelinga sovg'a beradi. Agarda kuyov bu narsani kelinga sovg'a qilsa, bu bilan umrimning oxirigacha sen bilan birga yashashni istayman qabilidagi niyatini ifodalar ekan. Diqqat savol: Gap qaysi predmet haqida ketmoqda?
Anonymous Quiz
27%
Shamchiroq
10%
Kundalik daftar
11%
Uy(Xonadon)
35%
Hassa(Aso)
17%
Ro'mol
#Bilasizmi?

Nega tarixdagi aka-ukalar janjali haligacha raqobatchilikga sabab bo'lmoqda?

Aka-uka Adolf va Rudolf Dasslerlar 1924-yilda "Aka-uka Dasslerlar oyoq kiyimlari fabrikasi"ga asos solishdi. Tez orada bu kompaniya sport uchun oyoq kiyimlari ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda eng yuqori o'rinlarga ko'tarildi. Ammo Ikkinchi jahon urushidan keyin Dasslerlar o'zaro nizolashib qolishdi va kompaniyani ikkiga bo'lishdi. Adolf o'z kompaniyasini Adidas deb atadi (Adi Dassler, o'z ismidan), Rudolfning kompaniyasi esa RuDa (Rudi Dassler) deb nomlandi. Sal keyinroq "RuDa" Puma deb o'zgartirilgan.

Ushbu ikki firma joylashgan nemis shaharchasi hozirgacha ikki bo'lakka bo'lingan. Bu bo'laklar aholisi hozirgacha bir-birini uncha yoqtirishmaydi. Savdo-sotiqda esa Adidas va Puma doimiy raqobatchidir.

📚@ziyonetofficial

🖥 ziyonet.uz
💡@Kun_fakti

Психологларнинг таъкидлашича, таом тайёрлашни билмаган қизлар, албатта, муваффақиятли ҳаёт кечиришади.

📚@ziyonetofficial

🖥 ziyonet.uz
#Eng_qisqa_hikoya

G'aroyib tanishuv

Qahvaxonada kofe ichib o'tirgan bir yigit qo'shni stolda o'tirgan go'zal qizni ko'rib qoldi.
Nihoyat, u bilan tanishishga qaror qildi:
- Yaxshi qiz, yoningizda o'tirsam maylimi?
Qiz o'z-o'zidan qichqirib yubordi:
Men siz o'ylagan qizlardan emasman, siz bilan borish niyatim yo'q!
Odamlar o'girilib, nafrat bilan yigitga qaray boshlashdi. Yigit qip-qizarib, joyiga qaytib o'tirdi. Shu payt uning yoniga o'sha bag'ri tosh qiz kelib, xijolat aralash kulimsiradi.
- Meni kechiring, iltimos. Men ruhshunosman. "Insonlar kutilmagan vaziyatlarda" mavzusida dissertasiya yozayotgandim.
Yigit to'satdan kafeni boshiga ko'tarib baqirib yubordi:
- Nima?! Ikki yuz dollar?!
Qiz uyalganidan shu zahoti ko'chaga chiqib ketdi. Yigit bamaylixotir narsalarini yig'ishtirib, ko'chada unga yetib oldi:
- Tanishganimdan xursandman. Men huquqshunosman va odamlarning o'zlarini aybdor qilib qo'yishini yaxshi ko'raman...

📚@ziyonetofficial

🖥 ziyonet.uz
Ba'zilar mazasini ta'tib ko'radi, bazilar butunlay yutib yuborishadi. Kamdan kam insonlar esa o'zlari yaratadi yoki o'zlashtirishadi. Ingliz faylasufi Frensis Bekon nimaga quydagicha tarif bergan?
Anonymous Quiz
16%
Dindorlik
21%
Kashfiyot
35%
Kitob
12%
Farzand
16%
Uslub
Сизларни ва барча оила аъзоларингизни бугунги муборак АРАФА тонги хамда келаётган "Рамазон" хайит байрами билан муборакбод этамиз.

Сизга ва оилангизга соғлик-омонлик, икки дунёни саодатидан насиб этишини сураймиз.

Аввало она Юртимиз тинч, осмонимиз доимо шундай мусаффо бўлсин!

Байрамни оила аъзоларингиз билан шодлик, хурсандликда хайрли ўтказишингизни тилаб қоламиз!