ZikrilloNotes
161 subscribers
3.67K photos
360 videos
25 files
3.08K links
Notes on AI, startup, VC, investment, marketing & creative economy. DM: @Zikrill0h
Download Telegram
📹 Shunchaki ko‘rishlar emas, mijozlar va savdolar olib keladigan Reels!

Qisqa videolarni savdo vositasiga qanday aylantirish mumkin? Meta kompaniyasining ikkinchi amaliy seminarida auditoriya e’tiborini jalb qiladigan, mahsulotga qiziqish uyg‘otadigan va ko‘rishlarni real savdolarga aylantirishga yordam beradigan Reels videolarini yaratish usullarini ko‘rib chiqamiz.

Meta ekspertlari Danial Ionchenko va Nilufar Namazova vertikal videolardan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashadilar.

🗓 21-oktabr | 10:00–12:00
📍 School 21, Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 13-uy
🗣 Seminar tili: rus tili

⌛ Atigi 60 ta joy! Agar Reels videolaringiz shunchaki ko‘rishlar yig‘ib qolmay, biznesingiz rivojiga xizmat qilishini istasangiz, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

@ZikrillosNotes
Forwarded from IT Park Uzbekistan
🇺🇿🇬🇧 Londonda Uzbekistan Outsourcing Conference 2026 bo‘lib o‘tadi

19-noyabr kuni O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Uzbekistan Outsourcing Conference London 2026 tashkil etiladi.

IT Park Uzbekistan va O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida o‘tkaziladigan konferensiya O‘zbekistonda IT va autsorsing xizmatlarini rivojlantirish, xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda yangi biznes imkoniyatlarini muhokama qilishga qaratilgan.

Tadbirda IT, BPO, GBS, dasturiy ta’minot, SaaS, AI, FinTech va boshqa sohalardan 70 ga yaqin biznes vakili ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir kimlar uchun?
🔹 Kompaniya rahbarlari va boshqaruv vakillari;
🔹 Operatsion boshqaruv, autsorsing va xalqaro xizmatlar yo‘nalishi mutaxassislari;
🔹 Biznesni rivojlantirish, strategiya va hamkorlik bo‘yicha mas’ullar;
🔹 Xalqaro faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan IT va BPO kompaniyalari;
🔹 Texnologiya va autsorsing sohasiga qiziquvchi investorlar va maslahatchilar.


Ishtirokchilar qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
🔹 O‘zbekistonning IT va BPO sohasi, malakali mutaxassislari va biznes yuritish sharoitlari haqida ma’lumot olish;
🔹 O‘zbekistonda yangi jamoalar shakllantirish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini kengaytirish istiqbollarini o‘rganish;
🔹 IT Park Uzbekistan va mahalliy IT kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish;
🔹 O‘zbekiston bozoriga kirish va xalqaro autsorsing yo‘nalishidagi amaliy tajribalar bilan tanishish;
🔹 B2B uchrashuvlar davomida potensial hamkorlar bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish.


🗓 19-noyabr, 2026-yil
📍 O‘zbekiston elchixonasi, 41 Holland Park, London W11 3RP

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

—

🇺🇿🇬🇧 Uzbekistan Outsourcing Conference 2026 to Take Place in London

On November 19, Uzbekistan Outsourcing Conference London 2026 will take place at the Embassy of Uzbekistan in London.

Organized by IT Park Uzbekistan in cooperation with the Embassy of Uzbekistan in the United Kingdom, the conference will focus on IT and outsourcing opportunities in Uzbekistan, international business partnerships, and options for establishing and expanding delivery operations.

The event is expected to bring together around 70 business representatives from IT services, BPO, GBS, software development, SaaS, AI, FinTech, and related sectors.

Who should attend?
🔹 CEOs, COOs, CTOs, CFOs, and Managing Directors;
🔹 Operations, Outsourcing, and Global Delivery leaders;
🔹 Business Development, Partnerships, and Strategy professionals;
🔹 IT and BPO companies considering international expansion;
🔹 Investors and consultants interested in technology and outsourcing markets.


What to expect:
🔹 An overview of Uzbekistan’s IT and BPO ecosystem and available talent;
🔹 Opportunities to establish or expand delivery teams in Uzbekistan;
🔹 Meetings with IT Park Uzbekistan and local technology companies;
🔹 Practical insights into market entry, outsourcing, and business expansion;
🔹 B2B networking and discussions with potential partners.


🗓 November 19, 2026
📍 Embassy of Uzbekistan, 41 Holland Park, London W11 3RP

🔗 Register

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qozog‘iston investorlar uchun raqamli "oltin viza" joriy etadi

"Oltin viza" — xorijiy investorlar va ayrim malakali mutaxassislarga boshqa mamlakatda uzoq muddat yashash va ishlash imkonini beradigan maxsus maqom. Odatda, bunday dasturlar mamlakatga sarmoya va tajribali kadrlarni jalb qilish uchun qo‘llanadi.

Qozog‘iston ham ushbu tizimni raqamlashtirishni rejalashtirmoqda. Yangi loyiha doirasida investorlar hujjatlarni QazETA platformasi orqali onlayn topshirishi mumkin bo‘ladi.

Batafsil Pivot.uz'da o'qing

@ZikrillosNotes
🚀Yoshlar Ventures’ning San-Fransisko ofisi faoliyati endi yagona platformada

O‘zbekistonlik yoshlarning global texnologiyalar ekotizimiga chiqishi, xalqaro aloqalar o‘rnatishi va startaplarini rivojlantirishi uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

Kremniy vodiysida faoliyat yuritayotgan Yoshlar Ventures San-Fransisko ofisining rasmiy platformasi ishga tushdi. Endi platforma orqali ofis faoliyati, xalqaro imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish mumkin.

Platforma, shuningdek, AQShda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik talaba-muhandislar hamda startap asoschilarining yutuqlari va tashabbuslarini yoritishga xizmat qiladi.

Bu tashabbus yosh o‘zbekistonliklarning global texnologiyalar hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, xalqaro tajriba almashishi va innovatsion g‘oyalarini rivojlantirishi uchun muhim qadamdir.

🔗 Platforma: https://sf.yoshlarventures.uz

@ZikrillosNotes
Forwarded from Debocha
«Claude’ni $5 ga qanday olamiz?» degan savolga javob 👇

Hamkorlik e’lonimizdan keyin bu haqda ko‘p so‘rashyapti. Taklif qanday ishlashini bir joyda tushuntiramiz.

$5 ga nima olasiz?

Bu Ourent platformasidagi Starter paketining bir oylik narxi. Uni Claude’ning rasmiy saytidagi Pro obunasi bilan adashtirmang. Xizmatdan Ourent orqali foydalanasiz.

Nimalar qilish mumkin?

Loyiha kodi va fayllari bilan ishlash, terminalda vazifalar bajarish, sayt dizayni va prototiplar yaratish mumkin. Starter’da web, terminal va VS Code orqali ishlash ko‘rsatilgan.

Qo‘shimcha xarajat bormi?

O‘z Claude API kalitingizni ulasangiz, API uchun sarflangan mablag‘ alohida hisoblanadi. $5 to‘lov uni qoplamaydi.

Paketda foydalanish limitlari bor. Qolgan limit hisobingizda foizda ko‘rsatiladi. $5 to‘lov cheksiz foydalanish yoki kafolatlangan $100 balans degani emas.

Qanday boshlaysiz?

Ourent.uz saytiga kiring, Google yoki emailingiz orqali ro‘yxatdan o‘ting. Starter paketining shartlarini ko‘rib, hisobingizdan to‘lov qiling. To‘lov so‘mda, paket bir oyga beriladi. Saytda avtomatik qayta to‘lov yo‘qligi ko‘rsatilgan.

Savol yoki muammo bo‘lsa, kimga yozasiz?

Xarid, to‘lov, limit va foydalanish bo‘yicha Ourent qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

📩 ourentai.uz@gmail.com

Debocha sizni hamkor xizmatiga yo‘naltiradi. Paket va xizmat shartlarini Ourent belgilaydi.

@debochadur
Forwarded from Debocha
Startapingizni eshitamiz! 🚀

20-oktabr kuni soat 18:00 da From Zero yopiq Telegram guruhida loyihangizni Yoshlar Ventures va UZcombinator loyiha menejerlariga taqdim etish imkoniyati bor.

Taqdimotga tayyorlaning. Qanday muammoni hal qilyapsiz, yechimingiz qanday ishlaydi va hozir qaysi bosqichdasiz? Shu savollarga aniq javob bilan keling.

Startapingizni Debochaga yuklagansiz, lekin From Zero guruhiga hali qo‘shilmaganmisiz?

Izohda «Debocha» deb yozib qoldiring. Adminlarimiz sizni guruhga qo‘shadi.

🗓 20-oktabr · 18:00
📍 From Zero yopiq Telegram guruhi

@debochadur
🚀 CS// Angels School – Angel investorlikka ilk qadam

Klassik investitsiyadan tashqariga chiqib, yuqori daromadli angel investorlik olamiga qadam qo‘ymoqchimisiz?

CS// Angels School — bu klassik investorlar va tadbirkorlar uchun maxsus ishlab chiqilgan dastur bo‘lib, unda siz:
Har hafta startaplarga faol sarmoya kiritib kelayotgan tajribali angel investorlardan amaliy bilim olasiz
Venchur bozori, investitsiya jarayonlari va risklarni boshqarish mexanizmlarini chuqur o‘zlashtirasiz
Pulingizni faqat ko‘chmas mulk yoki depozitga emas, balki startaplarga ham to‘g‘ri joylashtirishni o‘rganasiz


Dastur bitiruvchilari uchun eng katta imkoniyatlardan biri — CS// Angels Club’ga qo‘shilish huquqi. Bu sizni O‘zbekistonning eng faol va eng yirik angel investorlar hamjamiyatiga qo‘shadi, eksklyuziv bitimlar va network imkoniyatlarini ochib beradi.

⚠️ O‘rinlar soni cheklangan — atigi 20 ta joy ajratilgan.
⏳ Dastur 3-noyabrdan 22 dekabrgacha C-Space Yunusobodda davom etadi.
🌐 Batafsil | Ariza topshirish

@ZikrillosNotes
O‘zbekiston xalqaro robototexnika alyansiga qo‘shildi

O‘zbekiston Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi Xalqaro robototexnika assotsiatsiyalari alyansi (IARA)ga a’zo bo‘ldi.

Shuningdek, Xitoyning Zhejiang Qingshanhu Sci-tech City boshqaruv qo‘mitasi bilan innovatsiyalar va texnologiyalar sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Tashrif davomida xitoylik investorlar bilan O‘zbekistonga investitsiyalar jalb qilish, istiqbolli startaplarni qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma texnologik loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad — yoshlarning robototexnika va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish, startap ekotizimini rivojlantirish hamda muhandislik salohiyatini oshirish.

@ZikrillosNotes
⚡️ O‘zbekistonda Google Pay xizmati ishga tushirilmoqda

Bu haqda 19-oktabr kuni Samarqandda C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida o‘tkazilgan panel sessiyasida Google Cloud’ning Markaziy va Sharqiy Yevropa bo‘yicha hukumat bilan aloqalar va davlat siyosati masalalari rahbari Marsin Krasuski e’lon qildi.

“Menimcha, O‘zbekiston ilg‘or raqamli tartibga solish bo‘yicha yetakchilardan biri. Shu sababli bugun Google O‘zbekistonda GPay — Google Pay xizmatini ishga tushirayotganini mamnuniyat bilan e’lon qilaman”, — dedi u.


Joriy yilning iyul oyida Markaziy bank departamenti rahbari Jamshid Usmanov Apple Pay va Google Pay xizmatlari yaqin oylarda ishga tushishi mumkinligini Spot’ga ma’lum qilgan edi. U banklar, Humo va Uzcard bilan birgalikda xizmatlarni texnik integratsiya qilish ishlari olib borilayotganini bildirdi:

https://spot.uz/oz/2026/10/19/google-pay

@ZikrillosNotes
🌍 Big ideas. Global impact for WSI by NFTE

The World Series of Innovation (WSI) 2026–2027 invites young people to create innovative solutions to real-world challenges and support the UN Sustainable Development Goals.

💡 Aged 13–24? Join the Impact League individually or with friends!

🏆 Impact League prizes per challenge category:
🥇 1st place: US$1,500
🥈 2nd place: US$600
🥉 3rd place: US$300
🗳 People’s Choice award: US$500 for the top-voted innovation.
📅 Submission deadline: December 13, 2026.

Your idea could make a difference! Explore the challenges and get started:
👉 Register innovation.nfte.com/?&utm_source=startup.vg

@StartupVGlobal 🌐 by @startup_course_com
https://telegram.me/StartupVGlobal

@ZikrillosNotes
📣 Grand Demo Day 4-mavsum — Startup Garage va Yandex Uzbekistan hamkorligida o’tkazilmoqda.⚡️

Startapingiz bormi? Loyihangizni investorlar va soha mutaxassislariga taqdim etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

📊Grand Demo Day’ning oldingi 3 mavsumida 33 ta startup sahnaga chiqdi va jami $450,000 soft commitment olindi.

🎉Endi navbat 4-mavsumga.

Saralash jarayonidan o‘tgan jamoalar 19-noyabr kuni Yandex Uzbekistan ofisida bo‘lib o‘tadigan Grand Demo Day sahnasida o‘z loyihalarini taqdim etadi.

Finalga chiqqan startaplarni investorlar bilan uchrashuvlar, yangi aloqalar, ekspertlar fikri va investitsiya imkoniyatlari kutmoqda.

Keyingi investitsiya oladigan startup sizniki bo‘lishi mumkin.

🔔Saralashda ishtirok etish uchun hoziroq bot orqali ro'yxatdan o'ting.

🔗Ro‘yxatdan o‘tish: @SGdemodaybot

@ZikrillosNotes
🤝 Bozorimizda yangi yirik kelishuv amalga oshdi: VEON X PERFECTUM

@ZikrillosNotes
⚡1
🇰🇪 Digital Uzbekistan: Kenya — Keniya bozoriga chiqmoqchi bo‘lgan dasturiy mahsulotlar uchun Open Call!

🚀 Dasturiy mahsulotingizni Keniya bozoriga olib chiqish, yangi mijozlar topish va xalqaro investorlar bilan hamkorlik o‘rnatishni rejalashtiryapsizmi?

🟢 IT Park Uzbekistan joriy yilning 8-dekabr kuni Keniyaning Nayrobi shahrida Digital Uzbekistan: Kenya tadbirini tashkil etadi. Unda ishtirok etish uchun O‘zbekiston dasturiy mahsulotlaridan arizalar qabul qilinmoqda.

Tanlangan dasturiy mahsulotlar qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
🟩o‘z mahsulotlarini Keniyadagi potensial mijozlarga taqdim etish;
🟩IT-distribyutorlar, resellerlar, tizim integratorlari va innovatsiya markazlari bilan uchrashish;
🟩Keniya bozoriga kirish strategiyasi (GTM), savdo va B2B-hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish;
🟩mahsulotlar taqdimoti va hamkorlar bilan muloqot o‘rnatish sessiyalari.

🤝 IT Park Uzbekistan tadbirni to‘liq tashkil etadi hamda tanlangan dasturiy mahsulotlarga mos B2B auditoriyani jalb qilish uchun maqsadli reklama va kommunikatsion yordam ko‘rsatadi.


🎯 Tanlov asosida 6 tagacha dasturiy mahsulot saralab olinadi. Aviachipta, turar joy va viza xarajatlari ishtirokchilar tomonidan qoplanadi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🟩ishlaydigan mahsulot yoki MVP hamda ingliz tilidagi veb-saytga ega;
🟩dastlabki sotuvlari yoki mijozlar bilan pilot loyihalari mavjud;
🟩asoschisi yoki hammuassisi ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan dasturiy mahsulotlar.

Tanlovda Keniya bozoriga chiqishni yoki ushbu bozordagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston dasturiy mahsulotlari qatnashishi mumkin.


📍 Nayrobi, Keniya
🗓 8-dekabr, 2026-yil
🕔 Arizalar qabuli: 12-noyabrgacha

🔗 Ariza topshirish
🖥 Batafsil saytimizda

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Forwarded from StartupBase
🚀 Shanxay, Shenchjen va Gongkongda 8 haftalik akseleratsiya: startaplar uchun Open Call!

Xitoyning texnologik va ishlab chiqarish ekotizimiga kirib, mahsulotingizni xalqaro bozorga olib chiqmoqchimisiz?

IT Park Uzbekistan, Astana Hub va Khan Tengri Innovation Hub O‘zbekiston va Qozog‘iston startaplarini Industrial AI Smart Industry Accelerator dasturiga taklif etmoqda.

🇨🇳 8 haftalik dastur 3 hafta onlayn tayyorgarlik va Shanxay, Shenchjen va Gongkongda 5 haftalik oflayn bosqichdan iborat.

📌 Ishtirok etish shartlari:
🔵SAFE kelishuvini tuzish talablariga javob beradigan yuridik shaxs bo‘lishi kerak;
🔵Oflayn bosqichda turar joy va ish maydoni bepul taqdim etiladi;
🔵Aviachipta va ovqatlanish xarajatlari ishtirokchilar hisobidan;
🔵Dastur tili — ingliz tili.


🌏 Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
🟩20 dan ortiq trening, vorkshop va mentorlik sessiyalari;
🟩Xitoydagi kamida 5 ta elektron komponentlar ishlab chiqaruvchi zavodga tashrif;
🟩Ishlab chiqarish hamkorlari, prototiplash markazlari va ta’minot zanjirlariga kirish imkoniyati;
🟩Potensial B2B mijozlar, investorlar va sanoat yetakchilari bilan uchrashuvlar;
🟩Yirik kompaniyalar bilan POC loyihalarini sinovdan o‘tkazish imkoniyati;
🟩China Hi-Tech Fair 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish.


🤖 Kimlar uchun?
AI + Hardware, Computer Vision, Industrial Automation, IoT va Predictive Analytics yo‘nalishlarida mahsulot ishlab chiqayotgan startaplar.


📅 Dedlayn: 26-oktabr

🔗 Ariza topshirish
🖥 Batafsil saytimizda

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IT Park Uzbekistan
🌐 Digital Eurasia – Growth Hub Grand Opening: Markaziy Yevrosiyoni Buyuk Britaniya va Yevropa bozorlari bilan bog‘lash

2026-yil 20-noyabr kuni IT Park Uzbekistan va Astana Hub hamkorligida Londonda Digital Eurasia – Growth Hub Grand Opening tadbiri bo‘lib o‘tadi. Tadbir Buyuk Britaniya va Yevropaning biznes, investitsiya hamda texnologiya hamjamiyatlari vakillarini O‘zbekiston va Qozog‘iston startap ekotizimlari bilan birlashtiradi.

Tadbir doirasida Eurasia Growth Hub — Markaziy Yevrosiyo va Yevropa texnologik ekotizimlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, biznes imkoniyatlari, investitsiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tashabbusning ishga tushirilishi e’lon qilinadi.

Digital Eurasia ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
🔹 Hamkorlik aloqalarini o‘rnatish — IT va startap ekotizimlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar, texnologik distribyutorlar, tizim integratorlari, MSP kompaniyalari, akseleratorlar va innovatsion markazlar bilan.
🔹 Investitsiya imkoniyatlarini o‘rganish — O‘zbekiston va Qozog‘iston startaplari, venchur fondlar, biznes farishtalari va boshqa investorlar bilan aloqalar o‘rnatish.
🔹 Yangi biznes imkoniyatlarini kashf etish — O‘zbekiston va Qozog‘istondan jami 10 ta startap (har bir mamlakatdan 5 tadan) bilan tanishish va o‘z biznes ehtiyojlariga mos B2B hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish.


🗓 Sana: 2026-yil 20-noyabr
🔜 Vaqt: 17:00 (Buyuk Britaniya vaqti bilan)
📍 Manzil: London, Buyuk Britaniya

🚀 Digital Eurasia – Growth Hub Grand Opening tadbirida ishtirok eting, Markaziy Yevrosiyoning texnologik ekotizimlari bilan aloqalar o‘rnating va Buyuk Britaniya, Yevropa hamda mintaqa o‘rtasidagi biznes hamkorligini rivojlantirishga hissa qo‘shing.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

—

🌐 Digital Eurasia – Growth Hub Grand Opening: Connecting Central Eurasia with the UK and European Markets

On November 20, 2026, IT Park Uzbekistan and Astana Hub will host Digital Eurasia – Growth Hub Grand Opening in London, bringing together representatives of the UK and European business, investment, and technology communities with the startup ecosystems of Uzbekistan and Kazakhstan.

The event will announce the launch of Eurasia Growth Hub, a joint initiative designed to strengthen connections between Central Eurasia and European markets and create new opportunities for business development, investment, and cross-border partnerships.

Digital Eurasia will offer opportunities to:
🔹 Build partnerships with IT and startup ecosystem builders, technology distributors, resellers, system integrators, managed service providers (MSPs), accelerators, and innovation hubs.
🔹 Explore investment opportunities and connect with startups from Uzbekistan and Kazakhstan, as well as venture capital funds, angel investors, and other investment community representatives.
🔹 Discover business solutions from 10 startups — 5 from Uzbekistan and 5 from Kazakhstan — and explore potential B2B cooperation opportunities tailored to business needs.


🗓 Date: November 20, 2026
🔜 Time: 17:00 (UK time)
📍 Location: London, United Kingdom

🚀 Join Digital Eurasia – Growth Hub Grand Opening to connect with Central Eurasia’s technology ecosystems, discover new business opportunities, and help build stronger links between the UK, Europe, and the region.

🔗 Register

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Girls Education Fund 2-mavsum uchun qabulni ochiq deb e'lon qiladi

🚪Yangi mavsumda ham 15 nafar qizlar uchun imkoniyat eshiklari ochiq.

Agar siz 8–11-sinfda o'qisangiz, IELTS yoki SAT ga tayyorlanishni xohlasangiz-u, moddiy qiyinchiliklar sizni to'xtatib qo'yayotgan bo'lsa, bu imkoniyat aynan siz uchun.


Girls Education Fund o'quvchi qizlarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
IELTS va SAT tayyorgarligi
Xalqaro professionallar bilan suhbatlar
Top universitetlarga qabul bo'yicha mentorlik


📝Ariza topshirishdan avval, iltimos, quyidagi postlarni o'qib chiqing. Ularda motivation letter qanday yozilishi va nega uni o'zingiz yozishingiz kerakligi tushuntirilgan:
🔗Motivation letter qanday yoziladi
🔗Sun'iy intellektdan foydalanmaslik haqida

❌Essay yozishda o’z jumlalaringizdan foydalaning. Sun’iy idrok ila yozilgan arizalar qabul qilinmaydi.
O'zingiz uchun bo'lmasa, bu imkoniyatga loyiq tanishlaringizga yetkazing. Ehtimol, bu imkon kimningdir hayotini o'zgartirar.

🌐Ariza topshirish | Aloqa uchun

@ZikrillosNotes